BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 1. Bank krediti nima?
2. Kredit berishning qanday tamoyillari mavjud?
3. Kreditning qanday turlarini bilasiz? Har bir turining mazmunini qisqacha izohlang.
4. Kredit va lizingning o‘zaro farqi nimada?
5. Foiz stavkasi nima va u qanday ifodalanadi?
6. Hozirgi kunda bank amaliyotida kredit foizini hisoblash va to‘lash qanday amalga oshiriladi?
7. Kredit ta’minoti nima uchun zarur?
8. Mijozning kredit olish layoqatini baholash nima uchun zarur?
1.Tadbirkorlik faoliyatida lizing, investitsiyalar.
2.Davlat subsidiyalaridan foydalanish.
Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat:
munosabatlarda uchinchi tomon (lizing obьekti sotuvchisi)ning mavjud-ligi;
Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.
Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir.Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas:
er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari;
intellektual mulk natijalari.
Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.