MARKETING TADQIQOTI MAQSADINI ANIQLASH VA VAZIFALARNI QO‘YISH Marketing tadqiqotidan nima kutiladi – buni aniq tasavvur etish maqsadni aniqlab olishni taqozo etadi. Maqsadga qarab, unga erishishni ta’minlovchi vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek, aynan shu bosqichda tadbirkorlikni tashkil etish borasidagi taxmin yoki farazlar ilgari suriladi. Masalan: – maktab yonida tez tayyorlanuvchi ovqat mahsulotlari do‘konini ochish katta foyda keltiradi;
– tayyorlangan mahsulotlarni o‘quvchilarning sinf xonalariga yetkazib berish usulidan foydalanish sotish hajmini keskin oshiradi va h.k. Marketing tadqiqoti davomida ushbu taxmin yoki farazlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi aniqlanadi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 1. Tadbirkorlik faoliyatida marketingning o‘rnini tushuntirib bering.
2. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi mazmuni nimadan iborat?
3. Marketingning maqsadini izohlab bering.
4. Marketingning qanday vazifalari mavjud?
5. Marketingning asosiy tamoyillarini hisobga olish nima uchun zarur deb o‘ylaysiz?
14-MAVZU: Marketing tadqiqotlarini o’tkazishning ahamiyati va uning bosqichlari
REJA.
1.SHaxsiy biznes faoliyatini ochishda marketing tadqiqotlarini o’tkazish usullari.
2.Segmentatsiya va bozorni segmentlash
MARKETING TADQIQOT REJASINI ISHLAB CHIQISH Marketing tadqiqoti davomida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarning aniq majmuyi uning rejasini namoyon etadi. Rejada, eng avvalo, quyidagi jihatlar bayon etiladi:
1) marketing tadqiqotini amalga oshirish borasidagi muammolar. Masalan:
– maktab o‘quvchilarida tez tayyorlanuvchi ovqat mahsulotlariga talabning mavjudligi to‘g‘risda ma’lumotning yo‘qligi;
– maktab rahbariyatining tayyorlangan mahsulotlarni sinf xonalariga olib kirishga ruxsat berish yoki bermasligining noaniqligi va h.k.;
2) maqsadli guruh, ya’ni mahsulotning potensial xaridorlari.Bu o‘rinda sizning maqsadli guruhingiz mazkur maktab o‘quvchilari hisoblanadi. Siz ularning bu boradagi fikrlarini o‘rganishingiz kerak. Biroq barcha maktab o‘quvchilari bilan birma-bir suhbatlashib chiqish juda ko‘p vaqt talab qiladi. Shunga ko‘ra, siz ularning ma’lum bir qismidan, aytaylik, har bir sinfdan bir nafar o‘quvchidan so‘rov o‘tkazish orqali fikrini bilishingiz mumkin;