Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


-MAVZU: Mahsulotlar narxini shakllantirish va reklama REJA



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə48/150
tarix16.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#181713
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

16-MAVZU: Mahsulotlar narxini shakllantirish va reklama

REJA.

1.Narx va narx belgilash vazifalari.


2.Narx strategiyasi va mahsulot narxini shakllantirish.

TANNARX TUSHUNCHASI
Tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni sotish orqali foyda ko‘rishga intiladi. Biroq buning uchun u o‘z mahsuloti qanchaga tushgani, ya’ni uning tannarxi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining puldagi ifodasi. Demak, bundan ko‘rinadiki, mahsulot tannarxini aniqlash uchun uni ishlab chiqarish va sotishga qilingan sarf-xarajatlarni yaxshi bilish lozim. Ammo mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash ham murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki tannarxning o‘zi turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni hisoblashda o‘ziga xos jihatlarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
TANNARXNING TURLARI
Tannarxning ishlab chiqarish tannarxi, to‘la tannarx, chegaraviy tannarx kabi turlari mavjud. Ishlab chiqarish tannarxi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisidir. U o‘z ichiga ishlab chiqarishni tashkil etishdan boshlab to tayyor mahsulotning omborga kelib tushguniga qadar jarayonlardagi xarajatlarni qamrab oladi. To‘la tannarx mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisidir. Ya’ni, u ishlab chiqarish tannarxi hamda mahsulotni sotish bilan bog‘liq tijorat xarajatlaridan tarkib topadi.
Chegaraviy tannarx – bu har bir navbatdagi ishlab chiqarilgan mahsulot birligining tannarxi. Misol uchun, siz 20 dona mahsulot ishlab chiqarganingizda umumiy xarajatlar 100 000 so‘mni tashkil etdi. Bu holatda bitta mahsulot tannarxi 5 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, siz yana bir dona qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarmoqchi bo‘ldingiz. Buning natijasida sizning umumiy xarajatingiz 104 000 so‘mni tashkil etdi. Bundan
ko‘rinadiki, mahsulotingizning chegaraviy tannarxi 4 000 so‘m bo‘lgan.
Ishlab chiqarish tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin