O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BOSHLANGICH PROFESSIONAL TA’LIMNING 3.52.01.04 - Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kasbi bo‘yicha “Mutaxassislikka kirish” fanidan O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
Axborot vositalari mashinalari kompyuter tarmoqlari operatori
va
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.04
Ajratilgan soat:
40
Toshkent – 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 20 avgustdagi 3 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
A.Eliboev
Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Karimov
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Mutaxassislikka kirish
Ajratilgan soat
40
Mavzular soni
12
Dasturning maqsadi
“Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori” maqsadi bu – shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalari bilan tanishish, ularning asosiy ko‘rsatkichlari, zamonaviy turlari va farqlarini ajrata bilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish zaruriyati, xarakatlarini ma’lum qonunqoida asosida mahorat va ma’lum amaliy malakalar yig‘ishni ta’minlashdir.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Axborotni dasturiy va dasturiy - apparat ximoya
vositalari bilan ishlash
Ofis va kompyuter texnikalari bilan ishlash;
Orgtexnika uskunalarini yig‘ish va o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish
Telekommunikatsiya vositalari bilan ishlash;
Kompyuter tarmoqlari majmualari bilan ishlash;
Kompyuter tarmoqlari dasturiy ta’minotlari bilan ishlash;
Bilimlar
ofis texnikasining asosiy masalalari va maqsadi;
kompyuter tarmoqlarini asosiy tushunchalari;
ajratilgan tizimlarda ma’lumotlarni qayta ishlash;
MS Office integrallashgan paketi bilan ishlash;
kompyuterning asosiy komponentalari;
tarmoqlarda havfsizlik;
tarmoqlar himoyalash modellari;
serverlar haqida bilish;
lokal tarmoqlar va internet rivojlanish tarixi haqida;
ofis texnikasi rivojlanish tarixi haqida;
tarmoq operatsion tizimlar haqida bilish;
Ko‘nikmalar
tarmoqlarni maqsadli o‘rnatish va asosiy masalalarni aniqlash;
alohida tizimlarning kamchilligi va afzalligini aniqlash;
tarmoq komponentalari funksiyalarini aniqlash;
tarmoqda ma’lumotlarni himoyalash va ma’lumotlar havfsizligi qiymatini aniqlash;
Win XR/2012 Server instalizatsiyasi uchun minimal talablar;
dasturiy vositalar yordamida kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish;