O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BOSHLANGICH PROFESSIONAL TA’LIMNING 3.52.01.04 - Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kasbi bo‘yicha
“Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
Axborot vositalari mashinalari kompyuter tarmoqlari operatori
va
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.03
Ajratilgan soat:
60
Toshkent – 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 20 avgustdagi 3 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
A.Eliboev
Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Karimov
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
Ajratilgan soat
60
Mavzular soni
11
Dasturning maqsadi
Ish joylarida, shu jumladan kompyuter markazlarida va ofislarda shaxsiy kompyuterlar va ofis uskunalari o‘rnatilgan korxonalarda sog‘lom, xavfsiz va yuqori samarali mehnat sharoitlarini yaratish
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
mehnat konunchiligi va mexnat xavfsizligi qoidalarini o‘rganish
kasbiy faoliyatdagi shikastlanishlar va ularning oldini olish
Bilimlar
mehnat havfsizligi qoidalarini;
mehnat qonunchiligini;
mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini;
kasbiy faoliyatda shikastlanishga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
elektr havfsizligi va elektr tokidan shikastlashdan himoya qilish qoidalarini;
yong‘inga qarshi himoya tizimlari;
texnika xavfsizligi qoidalari
Ko‘nikmalar
kasbiy faoliyatda mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq ishni tashkil etish va mehnat xavfsizligini ta’minlash;
texnik tizimlar va texnologik jarayonlarda sodir bo‘ladigan xavflardan saqlanish
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
elektr tokidan yoki boshqa sababdan shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish;
yong‘inni o‘chirish foydalaniladigan jihozlarni ishlatish