Toshkent – 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 20 avgustdagi 3 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
A.Eliboev
Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Karimov
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish
Ajratilgan soat
100
Mavzular soni
21
Dasturning maqsadi
“Shaxsiy kompyuterlar arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish”– fanining maqsadi bu – shaxsiy kompyuter butlovchilari bilan tanishish, ularning asosiy ko‘rsatkichlari, zamonaviy turlari va farqlarini ajrata bilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, PKni yig‘ish, eski va zamonaviy kompyuterlarni modernizatsiya qilish, PK butlovchilarini tanlash, xarakatlarini ma’lum qonun-qoida asosida mahorat va ma’lum amaliy malakalar yig‘ishni ta’minlashdir.
Fanni o‘rganish natijasida O‘quvchilar shaxsiy kompyuterni ichki va tashqi qurilmalarni bilishi, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi, foydalanish tartibini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishini tashkil etishlari lozim.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
kompyuter butlovchilarini maqsad va vazifalarini bilish;
tizimli plata tushunchasi va turlarini aniqlashni;
shaxsiy kompyuter komponentlarini bilish.
Qattiq disk tushunchasi, turlari, xarakteristikalari. 5. Videoadapter interfeysini bilish
PK profilaktikasini bilish.
PK nosozliklarini aniqlash va bartaraf qilishni bilish