Yana bir muhim omil, mamlakatdagi hukumat rahbarlari, mehnat jamoalari, muxolif
partiya vakillari va halqning xorijiy investorlarga nisbatan boʻlgan doʻstona munosabatlaridir.
Undan tashqari oddiy halqning xorijliklarga, ularning mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatiga
boʻlgan munosabati ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil ham investorlarning mamlakatdagi
faoliyatlariga katta taʻsir oʻtkazadi. Hukumatning siyosati yana bir muhim omil hisoblanib,
investorlarning faoliyatiga turli xil taʻsir oʻtqazishi mumkin. Albatta, hukumat olib borayotgan
iqtisodiy siyosat bevosita yoki bilvosita biznes, savdo va investitsiyalash jarayoniga oʻz taʻsirini
oʻtkazadi. Bunda uch jihatga alohida eʻtibor berilishi zarur: xorijiy investorlarning loyihalarda qatnashish darajasi. Xorijiy investorlarni oʻz biznesining qanday kismiga egalik qilishlari
kiziqtiradi. Bu esa loyiha turiga bogʻliq: a) agar investitsiya loyihasi eksportga yunaltirilgan,
hamda xom ashyoning asosiy kismi chetdan keltirilayotgan boʻlsa, investor biznesning maksimal
darajada katta kismiga (baʻzida 100%iga) egalik qilishga daʻvogar boʻladi; b) agar investitsiya
loyihasi eksportga yunaltirilgan, hamda xom ashyoning asosiy kismi mamlakatning ichki xom
ashyosi boʻlsa, investor xuddi shunday biznesning qoʻshni mamlakatlardagi shart-sharoitlariga
qarab ish tutadi; v) agar investitsiya loyihasi mahsulotni ichki bozorda sotishga muljallagan boʻlsa,
koʻpgina TMKlar sherikchilik asosida ish yuritishga harakat qiladilar, aks holda boshqa
raqobatchilar ulardan oldin bozorni egallab olishlari mumkin.
Xorijliklarning mehnati. Xorijiy investorlar oʻz biznesi va daromadlarini hamyurtlari
nazorati ostida boʻlgani maʻkul deb fikralashadi. Ammo ishga juda koʻp xorijliklarni jalb etish
xarajatlarni oshirib yuboradi.
Valyuta muomalasini tartibga solish. Xorijiy investorlarni mamlakatga mablagʻ olib
kirish, uni sarflash imkoniyatlaridan tashqari biznesdan topilgan daromadni konvertirlangan
valyutaga ayirboshlash, chetga olib chiqish, valyuta hisob rakamiga ega boʻlish imkoniyatlari
nixoyatda kiziqtiradi.Keyingi omil infrastruktura holati boʻlib, u mamlakatdagi yuqoridagi sanab
oʻtilgan omillarning mavjud boʻlishidan keyingi muhim omillardandir. Unda ishlab chiqarish
uchun yer maydonlaridan foydalanish, yerni ijaraga olish shartlari va muddati, avtomobilь va temir
yoʻllarning sanoat xududlarini asosiy transport boʻgʻinlari (portlar, aeroportlar) va bozorlar bilan
boglanganligi, elektr energiyasining mavjudligi, suv taʻminoti darajasi (baʻzi xollarda ichimlik suv
bilan taʻminlanganlik darajasi), telekommunikatsiyaning rivojlanish darajasi, telefon, faks, teleks
aloqalarining mavjudligi, kompьyuter orqali aloqa oʻrnatish masalalari muhimdir.
Ishchi kuchi. Koʻpincha xorijiy investitsiyalarni kiritishning asosiy sababi qilib qabul
qiluvchi mamlakatda ish kuchining arzonligi koʻrsatiladi. Lekin, investitsiyalarni jalb qilishga
savodxonlik, ishchi kuchining malaka darajasi, mehnat qilish etikasi, mehnat unumdorligi darajasi,
turli ijtimoiy harakatlarning ishlab chiqarish jarayoniga taʻsiri va boshqalar ham oʻz taʻsirini
koʻrsatadi.