ushbu mukofotni taʻminlashlari lozim. Mukofot miqyosi va shakli qimmatli qogʻozlar bilan
bitishuvlarni xilma-xilligiga bogʻliq.
Investitsiyalashda xarajatlar ketma-ketligi. Amalda investitsiyalashga
xilma-xil
yondashuvlardan foydalaniladi. Ulardan biri aniq maqsadlarga erishishga yunaltirilgan xarajatlarni
chuqur rejalashtirishdan iborat. Boshqasi, qarama-karshi yondashuv boʻlib harakatlar tasodifidan
iborat, unda qarorlar intuitsiya asosida qabul qilinadi. Tajribani koʻrsatishicha maqbul
yondoshganda natijalar odatda yuqori boʻladi. Shuning uchun investor dastlab reja tuzishi, keyin
umumiy moliyaviy maqsadlarga muvofiq investitsiya dastoʻrini bajarishi kerak. Unday dastoʻrni
amalga oshirish natijasi tavakkallikni konikarli darajasida muljallangan
daromadni beruvchi
investitsiya portfelini shakllantirish lozim. Investitsiyalashda asosiy bosqichlarni qisqacha
ifodalab kuramiz chunki u bizga kontseptsiyalarni, kurollarni va ushbu jarayonni alohida texnik
usullarini koʻrib chiqishga yordam beradi.
Investitsiyalashni dastlabki shartlari. Pulni qoʻyishdan oldin, siz oʻzingizni
hayotiy
extiyojlaringiz bir maromda taʻminlanganligiga ishonch xosil qilishingiz lozim. Pullar joriy
extiyojlarni taʻminlash uchun qoʻyilishi
kerak emas, investitsiyalarni maqsadi - joriy pul
mablagʻlarini boʻlajak extiyojlarini kondirish uchun foydalanishdir. Undan tashqari, siz omonat
hisobga naqd pullarga koʻzda tutilmagan holatlar paydo boʻlishini
oldini olib uncha katta
boʻlmagan pul summasini kuyasiz. Boshqa sharoit esa vafot etganda, kasal boʻlganda,
mehnat
kobiliyatini yukotganda, mulkiga ziyon yetkazilganda yukotishlardan muxofaza qilish boʻlib
hisoblanadi. Bunday tavakkallikdan hayotni, salomatlikni, mulkni va majburiyatlarni sugoʻrtalash
muxofaza qiladi. Undan tashqari, pensiyaga chiqqandan keyingi yetarli daromadni rejalashtirish
ham investitsiya dastlabki
shartlaridan biri hisoblanadi, chunki pulni bunday qoʻyishni natijasi
investitsiyalash dastoʻrini kay darajada muvaffakiyatli tuzilganligiga bogʻliq. Oʻz
oldiga aniq
maqsadlar qoʻyishdan oldin yakka omonatchi pensiga chiqish paytiga eng kamida qanday natijaga
erishishini xoxlashini belgilab olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: