Biznes boshqaruv asoslari


Boshqarishning asosiy funktsiyalari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Boshqarishning asosiy funktsiyalari 
№ 
Asosiy 
funktsiyalar 
Funktsiyalarniig mazmuni va oʻrni 


1. 
Rejalash-
tirish 
Boshqarishning asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja 
tuzishdan boshlanadi. 
Bu rejada: 
boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi; 
vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi
xalq xoʻjaligi boʻgʻinlarining oʻzaro aloqalari oʻrnatiladi. 
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shyndaki, bunda hap bir boshqaruv xodimi 
oʻzining shaxsiy ishini rejalashtiradi, oʻz ish joyidagi faoliyati koʻrsatkichlarini 
ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi. 
2. 
Tashkil 
qilish 
Bu funktsiya boshqaruv obʻekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi 
jarayonlarning uyushqoqligini taʻminlaydi. 
Shu nyqtai nazardan, tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning oʻzgarib 
turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish 
demakdir. 
Bu funktsiya joriy va strategik rejalarning ijrosini taʻminlash boʻyicha birinchi 
qadamdir. 
3. 
Muvofiq-
lashtirish va 
tartibga 
solish 
Rejalashtirish 
boshqarishning 
strategiyasi 
hisoblansa, 
muvofiqlashtirish 
boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi. 
Bu funktsiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar oʻrnatish yoʻli bilan 
boshqariladigan tizimning turli qismlari oʻrtasida kelishib ish olib 6orishni 
taʻminlashdir. 
Muvofiqlashtirish mablagʻlarni tejash maqsadida boshqaruvdagi parallelizm va bir-
birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, u turli tarmoqlar 
oʻrtasida resurslarni taqsimlash yoʻli bilan nisbat va mutanosiblikni, ishlab chiqarish 
bilan isteʻmol oʻrtasidagi munosabatni oʻrnatadi. 
Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi boʻlib, u sodir boʻlib turadigan 
ogʻishlarni bartaraf qilish yoʻli bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni 
maqsad qilib qoʻyadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan 
ogʻishlarning oldi olinadi. 
4. 
Nazorat 
Bu funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, balki 
boshqaruv obʻektida sodir bulayotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil 
qilish va maʻlum tartibda shu obʻekt faoliyatini oʻz vaqtida sozlab turishdir. Nazorat 
oʻrnatilgan meʻyoriy hujjatlardan, rejalardan ogʻishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi 
va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 
Taʻsirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam 
nazorat yoʻq joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bulmaydi. 
Boshqarish faoliyatining turlariga koʻra, funktsiyalar quyidagicha boʻladi: 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin