5.
Boshqa salbiy
qusurlar
Rahbarlik uslubidagi garchi kam boʻlsa-da, har holda uchrab turadigan
va umumiy ishga zarar keltiradigan boshqa salbiy tomonlar ham borki,
bular:
•
xudbinlik;
• takabburlik;
• maqtanchoqlik;
• tamagirlik;
• yovuzlik, zolimlik;
• hushomadgoʻylik;
• dimogʻdorlik;
•
xasislik, gʻarazguylik;
• ayyorlik;
• jizzakilik;
• boqibegʻamlik;
• badnafslik;
• subutsizlik;
•
baxillik;
• mansabparastlik va h.k.
Bunday salbiy qusurlar mavjudligini anglasak, koʻrsak ham lekin
koʻpincha ularni yoʻqotish qiyin kechadi.
Chunki har qanday kishiga, xususan rahbarga uning mazkur fazilati yoki
uning ish uslubidagi notoʻgʻrilik aytilsa, tabiiy u norozi boʻladi.
Shu sababli bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kurash juda ham
oson va silliq oʻtmaydi. Buning uchun kundalik mehnat, izchillik va sabot-
matonat talab qilinadi.
Ha, rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish lozim. Buning uchun boshqarishning
barcha unsurlariga eʻtiborni kuchaytirish kerak boʻladi.
Eng avvalo, rahbar yuqoridagi
nuqsonlardan holi boʻlishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim:
• Rahbar oʻz huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy
manfaatlari bilan uygʻun olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga
putur yetkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umummanfaatlariga boʻysunishi lozim.
• Ishlab chiqarishni faqat jamoada obroʻ-eʻtiborga ega boʻlgan rahbargina yaxshi boshqara
oladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obroʻ faqat xizmat mavqesi bilan emas, balki avvalo,
bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
• Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham oʻzini tuta biladigan,
odobli va hushmuomala
boʻlishi zurur. Oʻz xatti-harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgalarini tiya biladigan,
yurish-turishida boʻysunuvchilarga oʻrnak koʻrsatadigan boʻlishga majburdir.
• Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli boʻysunuvchi xodimlarga beriladigan
farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida boʻlmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida
ham boʻlishi kerak. Bu oʻrinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan holi emas.
Dostları ilə paylaş: