Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Iymon
Hikmat odobi poklik va toʻgʻri yoʻlga yetaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va obroʻga 
yetkazadi. Har ikkisi ham ulugʻ fazilat boʻlib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi. 
Odob rahbarni aql va axloq egasi boʻlishga, vijdonli, or-nomusli, sof koʻngilli, subutli 
boʻlishga daʻvat etadi. 
Iymon arabcha soʻz boʻlib, lugʻaviy maʻnosi - ishonch. Iymonli kishini, xususan rahbarni 
qisqacha shunday tavsiflash mumkin: 
- eʻtiqodli, yaʻni oʻz fikr va qarashlariga mahqam, sobitqadamlik bilan ishonish va oʻzgalarni 
ham oʻzidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. Eʻtiqod jurʻatni, mardlikni, 
fidoyilikni taqozo qiladi; 
- maslakli, yaʻni oʻziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, 
ilmiy, gʻoyaviy va diniy yoʻl sohibi; 
- taqvodor, yaʻni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan; 
- sharm-hayoli, yaʻni har qanday nojoʻya xatti-harakatlardan oʻzini tiya oladigan; 
- oriyatli, yaʻni oʻziga nomunosib yoki ep koʻrilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan; 
- andishali, yaʻni oqibatini oʻylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli; 
- vijdonli, yaʻni nohaq, adolatsiz ishlardan gʻazabga keladigan, bularga qarshilik bildiradigan, 
oʻz faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand boʻladigan, yomon tomonlaridan 
norozi boʻlib, ruhan eziladigan, yaʻni vijdon azobiga tushadigan. Sodda qilib aytganda:Iymon uch 
narsaning butunligidan hosil boʻladi: eʻtiqod, iqror va amal. Eьtiqod - bu ishonch. Iqror - soʻzda 
buni tan olish. Amal - yaxshi ishlar bilan uni isbotlash. 
Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʻusi va qobiliyati, ishda, kishilarga 
munosabatda halollik, toʻgʻrilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgoʻyliq. Oʻzgani oʻz oʻrniga va , 
shuningdek,, oʻz oʻrniga oʻzgani xayolan qoʻyib koʻrish ham insofga olib keladi. Toʻq ochni, boy 
kambagʻalni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sogʻlom bemorni oʻz 
oʻrniga qoʻyib koʻrilsa va aksincha ham xuddi shunday boʻlsa, olam guliston - insoflilar safi 
koʻpayaveradi. Insof - har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi 
kishilar oldida oʻz xatti-harakati bilan maʻnaviy masʻuliyatini his etishining ifodasi. 
Adolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilat. Adolatparvar rahbarning axloqiy 
hislatlari bemalol qonun oʻrnini bosa oladi. Ulugʻ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning 
uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida 
uqtirgan edi: 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin