Moliyaviy rejalashtirish Strategik reja
Ishlab chiqarish rejasi
Korxonaning maqsadi,
vazifasi, masshtabi va
faoliyat sohasini belgilash
Ishlab chiqarish, marketing,
ilmiy – tadqiqot, investitsion
siyosatlarni aniqlash
Strategik rejada korxona faoliyati sohalarini maqsadlari, vazifalari, masshtablarinini
shakllantirishni ko’zda tutiladi. Ishlab chiqarish rejasi strategik reja asosida tuziladi va ishlab
chiqarish, marketing, ilmiy-tadqiqot va investitsion siyosatni ko’zda tutadi.
Strategik reja Maqsad turlari:
Struktura:
Bozor
Ishlab chiqarish
Moliyaviy – iqtisodiy
Ijtimoiy
1. Mazmuni va maqsad
2. Prognoz va mo’ljallar
3. Ixtisoslashgan reja
va prognozlar
Moliyaviy reja o’zida korxonalarning moliyaviy maqsadlariga erishish uslublarini
tavsiflovchi va uning daromad va xarajatlari bog’lovchi hujjatni o’zida aks ettiradi. Moliyaviy
rejalashtirish jarayonida:a) korxonaning moliyaviy maqsadlari belgilanadi; b) mazkur moliyaviy
maqsadlarga korxonaning joriy moliyaviy holatini muvofiq kelish darajasi aniqlanadi; v)
o’rnatilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan harakatlar, tadbirlar ketma ketligi
shakllantiriladi.
Moliyaviy reja – bu korxonaning moliyaviy maqsadlariga erishish usullarini
xarakterlovchi hamda uning daromad va xarajatlarini o’zaro bog’lovchi hujjatdir.
Moliyaviy rejalashtirish bosqichlari 1. Korxona moliyaviy holatini tahlili;
2. Prognoz sxemalari va budjetlarni tuzish;
3. Moliyaviy resurslarga bo’lgan umumiy talabini aniqlash;
4. Moliyalashtirish manbalari tuzilmasini prognozlash;
5. Boshqarish va nazorat tizimini yaratish va qo’llash;
6. Rejalarga o’zgartirishlar kiritish tadbirlarini ishlab chiqish.
2.Moliyaviy rejalashtirishning turlari.