rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi.
Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, yaʻni:
mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
mehnat normalari, materiallar sarfini belgilash;
asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
ishlab chiqarish vositalari, texnika;
xom ashyo;
energiya;
transport kabi moddiy taʻminot vositalari zarur.
Shundan keyin:
kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish;
mehnatni tashkil qilish;
ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi.
Koʻrinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon
boʻlayapti. Zero:
Funktsiyalar faoliyat turlarini, subʻektning boshqarish obʻektiga aniq taʻsir qilish yoʻnalishini
aks ettiradi.
Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining oʻzi ham boʻlishi mumkin
emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning koʻlamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar
sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos boʻlib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: