vaqt va har bir bosqichni yakunlash uchun foydalanilgan axborot har bir isteʻmolchi uchun har xil
boʻladi. Isteʻmolchilarning qaror qabul qilishining 5 ta bosqichi 10-2rasmda koʻrsatilgan.
Qaror qabul qilish ehtiyojlardan boshlanadi. Siz och qolgan yoki chanqagan yoki oʻrtoqlaringiz
bilan kechqurungi koʻngilochar tadbir rejalashtirgan boʻlishingiz mumkin. Ehtimol sizga yozda
ishlashga ish kerakdir yoki siz biror kollejga bormoqchidirsiz. Agar ehtiyojingiz oʻta zarur boʻlsa,
siz uni tezda qondirishga harakat qilasiz. Agar u unchalik muhim boʻlmasa,
siz uni orqaga
surishingiz yoki eʻtiborga olmasligingiz mumkin. Agar ehtiyojingiz sizga tanish boʻlsa va siz uni
oldinroq qondirgan boʻlsangiz, sizgakoʻpincha avvalgi tajribangizni qaror qabul qilishingizda
yordam beradi. Agar bu yangi ehtiyoj boʻlsa, qaror qabul qilishda
qiyinchilikka uchrashingiz
mumkin, chunki avval bunga oʻxshash narsani sinab koʻrmagansiz. Insonlar axborotni qaror qabul
qilishda ishlatadilar. Siz doʻstingiz yoki ishonchli kattalar bilan maslahatlashishingiz mumkin.
Reklama, jurnal maqolasi, yoki internet sayti sizning eʻtiboringizni jalb etishi mumkin, chunki u
muhim ehtiyojingizga taalluqli axborotni yetkazib beradi. Siz oʻzingiz ishongan va siz
tushunadigan axboroti taqdim etadigan manbaalarni tanlaysiz. Bu axborotni qoʻllagan holda siz
ehtiyojlaringizga mos koʻringan juda kam mahsulotlarni tanlaysiz. Tanlovlar qisqargani sayin siz
ulardan qaysi biri yaxshiroq tanlov ekanligini yoki bahosi boshqalarinikidan yaxshiroq ekanligi,
aniqlash uchun ularni solishtirasiz. Qoʻlga
kiritgan
axborotlaringiz
va
ehtiyojning
shoshilinchligi va muhimligiga koʻra, siz qaror qabul qilasiz. Odatda siz uchun eng zoʻr
mahsulotni xarid qilish qarorini qabul qilasiz. Qoniqarli tanlovni topa olmaganingiz yoki oʻsha
vaqtda kerakli mablagʻingiz boʻlmagani sababli bu mahsulotni sotib olmaslik qarori boʻlishi ham
mumkin.2007 yilda to 2010 yilgacha 6 ta kompaniya kompaniyalar 10 ta eng zoʻr kompaniyalar
fortuna jurnallari roʻyxatiga kirish imkoniyatiga ega boʻldi. Ular Apple , ,thribh {fndtq, Google,
Johnson& Johnson, procter &Gamble va Toyota kompaniyalaridir.Keyin siz koʻproq maʻlumot
olish
uchun avvalgi bosqichga qaytib, boshqa tanlovlarni qarab chiqishingiz yoki axborot
yigʻishingiz mumkin. Agar siz mahsulotni
sotib olishga qaror qilsangiz, siz savdoni amalga
oshirasiz va tanlagan mahsulotingizni ishlatasiz. Shu tajribaga asosan
siz yaxshi qaror qabul
qilganmisiz, yoʻqmi bilib olasiz. Agar mahsulot sizga yoqqan boʻlsa, keyingi safar ehtiyoj tugʻilsa,
ehtimol yana xuddi oʻshanday qaror qabul qilaverasiz. Bu safar qarorni tezroq va osonroq qabul
qilishingiz mumkin. Agar mahsulot kutganingizdek boʻlmagan boʻlsa, siz u mahsulotni yana sotib
olishingiz ehtimoldan yiroqdir.
Dostları ilə paylaş: