160
11- mavzu: Qim
matli qogʻozlar bozori va birjalar faoliyatinining
huquqiy tartibga solinishi
1. Qimmatli qogʻozlar va qimmatli qogʻozlar bozori tushunchasi,
turlari
2. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi qonunchilik.
3. Qimmatli qogʻozlar muomalasi ustidan nazorat.
4. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari.
5. Fond birjasining huquqiy maqomi va faoliyati.
Qimmatli qogʻozlar tushunchasi, turlari. Qimmatli qogʻozlar
bozori tushunchasi.
2015-yil 15 -
iyundagi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra,
qimmatli
qogʻozlar — hujjatlar boʻlib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik
shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi
mulkiy huquqlarni yoki qarz
munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki
foizlar tarzida daromad
toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni bosh-
qa shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu qonun
nuqtai nazaridan qimmatli qogʻozlar – qimmatli qogʻozni sotib olgan
investorning ushbu qimmatli q
ogʻozlar emitenti – ishlab chiqaruvchisi
oldida mana shu qimmatli qogʻozga
nisbatan mulkiy huquqlarini
(muayyan miqdordagi pulni toʻlashni, muayyan mol-mulkni oʻtkazib
berishni talab etish huquqini) tasdiqlovchi, investorga oʻz huquqlarini
boshqa shaxslarg
a oʻtkazish bilan ularni erkin sotish imkoniyati bilan
tasdiqlangan belgilangan shakldagi hujjatlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksida esa qimmatli
qogʻozlarga nisbatan kengroq taʼrif berilgan boʻlib, Mulkiy huquqlarni
belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda
tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qogʻozlar
hisoblanishi, ularni taqdim
etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni
amalga oshirish yoki boshqa
shaxslarga berish mumkin
41
. boʻlishi koʻrsatilgan. Yaʼni qimmatli
qogʻozlarda muayyan mulkiy huquqlar va mol- mulk subekti va
majburiyatli shaxs toʻgʻirisidagi axborotlar yozilgan boʻladi
42
.
41
O`zbekiston Republikasi Fuqarolik kodeksi https://lex.uz/docs/111189
42
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 1-jild (birinchi qism) Adliya vazirligi. – T.:
“Vektor-Press”, 2010.–(Professional (malakali) sharhlar). 272-bet