Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Reja


Ishlab chiqarish jarayonining hisobi



Yüklə 53,41 Kb.
səhifə7/8
tarix02.06.2023
ölçüsü53,41 Kb.
#122409
1   2   3   4   5   6   7   8
Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Reja

Ishlab chiqarish jarayonining hisobi


Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati uning uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari, xom-ashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yordamchi materiallar, asbob-uskunalar, imorat, inshoot va boshqa moddiy boyliklar bilan ta’minlangandan so‘ng boshlanishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan mehnat buyumlariga kishilar mehnat qurollari bilan ta’sir qilib, mehnat buyumlarining shakl va ko‘rinishlarini o‘zgartiradi, natijada ishlab chiqarish xarajatlari paydo bo‘ladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyumlarining qiymati, ularning shaklini o‘zgartirishga ta’sir qilgan ishchilar ish haqi va ish haqiga nisbatan hisoblangan har xil ajratmalar summasi, mehnat buyumlariga ta’sir qilishda ishchilar tomonidan foydalanilgan mehnat qurollarining amortizatsiya summasi hamda ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish va unga rahbarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sarf-xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schyotlar to‘g‘risida qisqacha tavsif berib chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari va ahamiyati haqida talabalarni tanishtirib chiqamiz.
Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010– “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:
-ishlab chiqarish xaqiqiy hajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot xaqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar xaqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan
asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib, ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin.

    1. Yüklə 53,41 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin