jadval 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – «A» mahsulot
№
Muomalamazmuni
2010-«Asosiyishlabchiqarish»schyotidebeti
2010 krediti
1010
6710
6520
2510
Jami
1
Materiallar
45000
45000
2
Ishchilarning ish haqi
130000
130000
3
Davlatning maqsadli
jamg‘armalariga ajratmalar
42900
42900
4
Umum ishlab chiqarish
xarajatlari
44200
44200
5
Mahsulotning chiqishi, reja
tannarx
220200
6
Reja va haqiqiy tannarx
o‘rtasidagi farq (salbiy)
41900
Jami
45000
130000
42900
44200
262100
262100
jadval2010-«Asosiyishlabchiqarish» schyoti–«B» mahsulot
№
Muomalamazmuni
2010-«Asosiyishlabchiqarish»schyotidebeti
2010 krediti
1010
6710
6520
2510
Jami
1
Materiallar
50000
50000
2
Ishchilarning ish haqi
150000
150000
3
Davlatning maqsadli
jamg‘armalariga ajratmalar
49500
49500
4
Umum ishlab chiqarish
xarajatlari
57400
57400
5
Mahsulotning chiqishi, reja
tannarx
300000
6
Reja va haqiqiy tannarx
o‘rtasidagi farq (salbiy)
6900
Jami
50000
150000
49500
57400
306900
306900
Ishlab chiqarishning xaqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formula foydalaniladi.
T = X + B – O bu yerda: T – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi
X – ishlab chiqarish xarajatlari
B – oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i O – oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i
Sotish jarayonining hisobi
Sotish jarayoni xo‘jalik jarayonlarini ichida oxirgisi bo‘lib, bunda ishlab chiqarish jarayoni natijasida tayyorlangan mahsulotlar sotilib, pul ko‘rinishida korxonaga kirim qilinadi. Shu bilan birga bu jarayonda sotish natijalari aniqlanadi, sotish natijalari esa, foyda yoki zarar bo‘lishi mumkin.
Sotish jarayoni hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
sotish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobini tashkil etish;
sotish natijasida olingan daromadlarni ular hosil bo‘lgan joylari bo‘yicha to‘g‘ri hisobini tashkil etish;
sotish natijalarini to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlash.
Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schyotlari muhim o‘rin tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130, schyotlarining debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schyotlarning kredit tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda 9200-«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar» (9210-9220), 9300-Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350, 9360, 9370, 9380, 9390), 9410-
«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» (9410, 9420, 9430, 9440), 9500-
«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar» (9510, 9520, 9530,
9540, 9550, 9560, 9590), 9600-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga
oluvchi schyotlar» (9610, 9620, 9630, 9640, 9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va
yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar» (9810, 9820) va 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» (9910) qo‘llaniladi. (Schyotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, realizatsiya natijalari aniqlanadi.
Sotish jarayonida ishlab chiqarishda tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiyasi ro‘y beradi, uning hisobini yuritish uchun 9000–“Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar” schyoti mo‘ljallangan.
Mahsulotni sotishdan olingan daromadni hisobi 9010 schyotda, tovarlarni sotishdan olingan daromadlarni hisobi 9020 schyotda, ishlarni bajarish va xizmat kursatishdan olingan daromadlarning hisobi esa, 9030 schyotda hisobga olinadi.
Sotilgan tayyor mahsulotlarni tannarxini hisobini yuritish uchun 9110 schyot, sotilgan tovarlarning tannarxini hisobini yuritish uchun 9120 schyot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxini hisobini yuritish uchun esa, 9130 schyotlar mo‘ljallangan.
Masalan, tayyor mahsulot uchun xaridorlarga schyot yuborilsa, Debet 4010 – 2 000 000 so‘m.
Kredit 9010 – 2 000 000 so‘m.
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxini hisobdan chiqarilishi esa, quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali aks ettiriladi:
Debet 9110 – 1 500 000 so‘m.
Kredit 2810 – 1 500 000 so‘m.
Mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlanishi 9910–“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti orqali amalga oshiriladi, ya’ni:
Debet 9910 – 1 500 000 so‘m.
Kredit 9110 – 1 500 000 so‘m. Bir vaqtning o‘zida:
Debet 9010 – 2 000 000 so‘m.
Kredit 9910 – 2 000 000 so‘m.
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, 9910–“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti yordamida mahsulotni sotishdan olingan daromad va shu mahsulotning tannarxi solishtiriladi. 9910 schyotning kredit qoldig‘i foydani, debet qoldig‘i esa, zararni bildiradi.
Korxonalarda tayyor mahsulotdan tashqari asosiy vositalar, valyuta mablag‘lari, materiallar, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlar ham sotilishi mumkin. Ushbu sotish jarayonlarining hisobi 9210–“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”, 9220–“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotlarida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan olingan foydaning hisobi 9310-schyotda, boshqa aktivlarni sotishdan olingan foydaning hisobi esa, 9320-schyotda yuritiladi.
Sotish jarayonining xususiyati shundan iboratki, uning ro‘y berishi natijasida
sotilgan aktivlarning o‘rniga korxonga pul mablag‘ining kirimi amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Amortizatsiya qilinadigan qiymat qanday yuzaga keladi?
Asosiy vositalarni qanday baholash turlari mavjud?
Asosiy vositalarni qiymatini shakllanishida qanday baholar yuzaga keladi?
AVECO usul nimasi bilan qulay hisoblanadi?
Baholash nima va uning ahamiyati nimalardan iborot?
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga qarab xarajatlar qanday turkumlanadi?
Dastlabki qiymat nima?
Jahonda qo‘llaniladigan baholash turlari.
Joriy qimat qanday yuzaga keladi?
Kalkulyatsiya nima va uning ahamiyati nimadan iborot?
Kalkulyatsiya schyotlariga qaysilar misol bo‘ladi?
Materiallarni baholashni qanday turlari mavjud?
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan maqsad nima?
Nomoddiy aktivlarni qanday baholari mavjud?
Tugatish qiymatini qo‘llashda nimaga e’tibor qaratiladi?
Xarajatlar nima va ular qanday turkumlanadi?
Xarajatlarni qanday turlari mavjud?
Xarid bahosi va dastlabki qiymat o‘rtasida qanday farq mavjud?
Aosiy vositalarning kirimi qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish jarayonida nimalar ishtirok etadi?
Mahsulot sotish jarayoni hisobi qanday amalga oshiriladi?
Sotish jarayoni hisobi vazifalari nimalardan iborat?
Ta’minot jarayoni hisobining vazifalari nimalardan iborat? Xarajatlarni qanday turlari mavjud?