Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Reja


-jadval Biznes tashkiloti turlarining kuchli va nozik tomonlari3



Yüklə 53,41 Kb.
səhifə2/8
tarix02.06.2023
ölçüsü53,41 Kb.
#122409
1   2   3   4   5   6   7   8
Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Reja

15-jadval Biznes tashkiloti turlarining kuchli va nozik tomonlari3


Biznes
turlari

Kuchli tomonlari

Nozik tomonlari

Yakka tadbirkor

  • Osongina tuziladi va tuzishga oz xarajat

  • Tadbirkor o‘zi foydani hammasini oladi( boshqalar bilan bo‘lishmaydi)

  • Boshqalarga bog’liq bo‘lishi kerakmas

  • Bir nechta tuzatishlarga asoslanadi

  • Alohida daromad

solig’i(foyda solig’i) ushlanmaydi

  • Osongina tugatilishi mumkin va xarajatlar minimal miqdorni tashkil etadi

  • Cheklanmagan majburiyatga ega

  • Cheklangan kapitalga ega

  • Egasi biznes majburiyatlarini o‘z bo‘yniga oladi

  • Cheklangan hayotga ega

Hamkorlik

  • Oson shakllanadi

  • Boshqa hamkorlar olib kirilishi mumkin

  • Kapital ko‘paytirishga imkoniyat mavjud

  • Bir nechta tuzatishlarga asoslanadi

  • Alohida daromad solig’i ushlanmasligi kerak

  • Biznesdan keladigan daromad uchun hamkorlar

birgalikda ishlashadi

  • Cheklanmagan majburiyat mavjud (kamida bitta hamkorning cheklanmagan majburiyati mavjud)

  • Foyda hamkorlar orasida taqsimlanishi kerak

  • Hamkorlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin

  • Hamkorlikni tugatish shartlari aniq sharoitlarga bog’liq bo‘ladi

Kompaniya

  • Cheklangan majburiyat

  • Katta miqdordagi kapital osongina yig’iladi

  • Egalik osongina boshqaga o‘tadi( qimmatli qog’ozlar chiqarish orqali)

  • Katta miqdorda foyda solig’i mavjud

  • Ko‘plab davlat tuzatishlariga asoslanadi

  • Egalik ma’lum bir odam qo‘lida bo‘lmaydi

Biznes faoliyati turlari.4 Biznesning turli xillari uning faoliyati, chunonchi





3 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 9-bet.
4 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 10-bet.
xizmat, savdo va ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. Shuning uchun, yakka tadbirkorlar, hamkorlar va kompaniyalar biznes turlari yoki faoliyatining qismi hisoblanadi. Masalan, savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkor, ishlab chiqarish yoki savdoni o‘z ichiga oluvchi qonuniy firma yoki kompaniya kabilarni egallovchi xizmat biznesi mavjud bo‘lgan hamkorlik va shuningdek, o‘z tashish faoliyati orqali xizmat ko‘rsatishni ham taklif etadi.

      1. Xizmat biznesi. Nomini nazarda tutgan holda, biznesning bu turida sezib bo‘ladigan mahsulotlar bo‘lmaydi. Malayziyada, 1990 yillardan beri xizmat biznesi tez darajada o‘sishni boshladi. Moliyaviy institutlar, sug’urta kompaniyalari, farmatsevtika kompaniyalari, advokatlar va hisobchilar bu biznesni qay darajada o‘sganiga misol bo‘la oladi.

      2. Savdo biznesi. Savdo biznesi mahsulotlarni sotish va sotib olishni, va shuningdek, savdo biznesi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Mahsulotlar xomashyo, uning qismlari yoki iste’molga tayyor mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Umumiy qilib olganda, savdo ulgurji sotuvchi ( ko‘p miqdorda) yoki chakana sotuvchi ( oz miqdorda) turlariga bo‘linadi. Savdogar ko‘plab jarayonlardan o‘tishni talab qilmaydigan sotuvchi va xaridor o‘rtasida mahsulot taqsimlovchi o‘rtada turuvchi shaxs hisoblanadi. Ko‘p savdogarlarning qiladigan ishi mahsulotlarni o‘rash, reklama qilish va sotib oluvchilarga mahsulotlarni yetkazib berishdan iborat.

      3. Ishlab chiqarish biznesi.5 Xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni ishlab chiqarish deb nomlanadi. Shuning uchun , ishlai chiqarish biznesi ko‘plab jarayonlarni o‘z ichiga oladi, chunonchi savdo biznesi bilan solishtirish, chunki bu iste’mol uchun tayyor mahsulotlar qilinadi. Holbuki, ishlab chiqarish biznesi homashyo va mehnat jarayonida, fabrika natijasida: misol uchun egri mahsulotlar, egri mehnat, fabrikaga yordamchi va qulaylik beruvchi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.

Biznes uy sharoitida kichik ishlab chiqarishni tashkil etish ( uy xo‘jaligi sanoati) : oziq-ovqat ishlab chiqarish, tikuvchilik, hunarmandchilik va hokazolar yoki fabrikalarda yirik ishlab chiqarish: Proton yoki Saym Antennalari kabilardan iborat bo‘ladi.
Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo‘ladi.



5 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 10-bet.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig‘ma ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o‘tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so‘nggina aniqlanadi va qayd qilinadi.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag‘larining aylanish davri uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo‘jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bilan unga u yoki bu mablag‘larni topshirish yoki olib qo‘yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Xo‘jalik aloqalari buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo‘ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag‘laridan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa shu kabi mablag‘lari kiradi. Bu mablag‘larning holati va ulardan foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. Demak, mablag‘larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket uzluksiz kelib tursagina sodir bo‘lishi mumkin.
Mablag‘larning aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni har bir bosqichini; bo‘lgan muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab chiqarish va tovar mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bu mablag‘larning miqdori korxona faoliyatining hajmiga to‘g‘ri kelishi va har bir boskichda normal ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo‘jalik operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga oshiradi.
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag‘larining harakati, ularning shakllari o‘zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona pul mablag‘lari o‘rniga o‘zlariga kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini oladi va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, tayyor mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag‘larining harakatidan iborat ekan.
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti haqida kerakli axborotlarni olish, mablag‘lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Buxgalteriya hisobining obektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridan iborat bo‘lib, kapitalning doiraviy aylanishini shaklantiradi.
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uni ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mablag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona mol yetkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish zaxiralari (mineral o‘g‘it, urug‘lik, yoqilg‘i va moylash materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida (… I-ch …) ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish iste’moli uchun ishlatilishi yoki sotilishi mumkin.
Realizatsiya jarayoni (TI-----PI)xo‘jalik mablag‘larining doiraviy aylanishini yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi. Shunday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi.
Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari doiraviy aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o‘tar ekan. Ularning ayrimlari ta’minot jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladi, shuningdek bir qismi realizatsiya jarayonida bo‘ladi va natijada biridan ikkinchisiga o‘tib turadi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, doiraviy aylanishda xo‘jalik mablag‘larining shakllari va tuslari ham o‘zgarib turadi. Masalan, ta’minot jarayonidagi xom-ashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonidan so‘ng boshqa shakl va tusga, ya’ni tayyor mahsulotga aylanadi. O‘z navbatida tayyor mahsulot sotilgandan so‘ng esa pul shakliga o‘tadi.
Doiraviy aylanish jarayonida xo‘jalik mablag‘larining manbalarida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi. Mablag‘lar chetdan jalb qilinganda, foyda aks ettirilganda,
foyda taqsimlanganda, ssudalar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilganda va boshqa hollarda mablag‘lar manbalarida o‘zgarish sodir bo‘ladi.
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo harakatda bo‘lib, o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalarining tarkibi va tuzulishida sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar xo‘jalik muomalasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash, olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funktsional rolini, ularning doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko‘rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi.



    1. Yüklə 53,41 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin