asosiy vosita kirim qilindi.
Debet 0150 580000 so‘m.
Kredit 0820 580000 so‘m.
Asosiy vositalar bepul ko‘rinishida ham korxonalarda qabul qilinishi mumkin. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi xususiyatlarga e’tiborni qaratmoq kerak:
Asosiy vositalarni yangi va oldin foydalanganligiga;
Asosiy vositalarni davlat yoki nodavlat korxonasiga bepul kirim qilinayotganligiga.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat
buyumlariga xom-ashyolar, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari bilan birga tashish, keltirish, tushirish
xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport- tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil etadi. Mehnat buyumlari hisobi 1000–“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da yuritiladi. mehnat buyumlari bilan xaqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining xaqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari
yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish materiallari va o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar bilan qay darajada ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan to‘la nazorat o‘rnatadi.
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol