Buxgalteriya bu faqat moliyaviy baholash emas. U shuningdek tanish, hisoblilik va dalildir. Shunga qaramay baholash ko‘plar tomonidan buxgalteriyaning markaziy nuqtasida sifatida qaraladi. Shunga ko‘ra, biz o‘lchash va baholash nazariyalari o‘rtasidagi farqni tushunishimiz kerak. Baholash o‘lchashni taxmin qilishdir. O‘lchash biz ular biror ish qilsak yoki qilmasak-da inventarlarni hisoblash va tartibga solishni talab etadi. O‘lchash 5ta shkalada bo‘ladi. Hamma raqamlar hamma yerda va har vaqtda shu 5ta shklaga moslanadi; har qanday bitta raqam bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq shkalani band qila olmaydi.
Biz ushbu shkalalarni juda ham yaxshi tushunib olishimiz kerak va raqamni ko‘rganda u qaysi shkalaga mos tushishini taniy olishimiz kerak, bu esa professional buxgalteriya ekspertizasining bir qismi hisoblanadi va o‘z navbatida rekvizit raqamlanishini zimmasiga oladi. Buxgalterlar sifatida biz raqamlar bilan juda qulay munosabatda bo‘lishimiz kerak va har qanday sonli da’voni qattiqqo‘llik, tanqidiylik va aniqlik asosida baholash qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak.
Ikkilik shkalasi hamma elektronika va mashina darajasidagi dasturlashning asosidir, lekin u buxgalteriya va moliyaviy izlanishlarda haqiqiy dunyoni modellashtirishda ishlatiladi.
Nominal shkala oddiy doimiy hisoblash va kasr o‘nliklarni o‘z ichiga olishi mumkin. U qanday kattalikda, qay darajada og‘ir va boshqalarni emas, qancha ekanligini o‘lchaydi. 5 ta olma, 6 dollar, 7.5 olma, nonning yarmi, 35 ta aksiya, 89 naqd dollar(lekin biror narsaning narxi EMAS), Nominal shkalalar savoldagi narsalarni sanaydi. Sanala oladigan hamma narsa jamilarni, o‘rtachani, yo‘nalishni, o‘rtacha chetlashishni, tuzilishni tasvirlovchi statistik xulosalarni berishi mumkin, ularning hammasi hozir ham nominal hisoblanadi. Bir xil birlikda bo‘lgan statistik ko‘rsatkich ushbu birliklarga o‘xshash bir xil shkalada ifoda etiladi. Statistik ko‘rsatkichlar biz bir daqiqa ichida tushuna olishimiz mumkin bo‘lgan lekin tasvirlash imkoniga ega bo‘lgan(inferensial statistikaga qarshi ravishda) holatdir.
Nominal shkaladan kattaroq bo‘lib tartib sonlar hisoblanadi. Nominal shkala sanoq sonlarni ishlatadi: Tartib shkalalar darajalar, reyting, jadvallari, sport natijalari( bir vaqtdan ko‘proq vaqt davomida)larni ifodalaydi va yuqoriroq bo‘lish pastroq bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroq deb hisoblanadi. Ba’zida son emas harflardan foydalanishimiz ham mumkin, bu ko‘proq xalqaro reytingni ko‘rsatadi. AAA kredit reytingi C+ dan biriga qarama-qarshi turadi, bunda ushbu misol kredit reytingini 1- chi,2-chi,3-chi sifatida qabul qilish o‘lchovini ifodalaydi.
Oraliq shkalalar turli statistikaning keng qamroviga ega bo‘lishi mumkin, Sonlarning me’yoriy taqsimlanishi tepadan pastga qarab, eng pastdan yuqoriga holatida o‘lchovlarning yoyilishi hisoblanadi, odatda bu holat qo‘ng‘iroq burilishini ifodalaydi, bungamisol qilib testlarni kiritishimiz mumkin, variatsiyani tahlil qilishimiz mumkin, murakkab masalalar uchun regression test tizimi o‘zgaruvchilar va boshqa parametrli statistika bilan bog‘liqligi muhimdir. Buni buxgalteriyada qanday maqsadlarda foydalaniladi degan savolga quyidagicha javob qaytaramiz:asosiy vositalar yoki TMZlar bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazish jarayoni.
Eng katta o‘lchov boshqacha aytganda nisbat shlalasi hisoblanadi. Masalan, iste’molchilar narx indeksi, investitsiya qaytimi, bozor nisbati hammasi nisbat shkalasi, lekin ular hammasi nol haqiqatan ham nol bo‘lgandagina tan olinadi. Kelvinda o‘chanadigan temperature nisbatdir, chunki nol Kelvin haqiqiy fizik noldir, hafta kunlari, soat vaqti oraliq hisoblanadi. Biroq, davomiylik yoki sekundomer vaqti nisbatdir, chunki ularda vaqtning boshlanishini ifodalovchi haqiqiy nollar bor va biz vaqtni boshlanishiga qo‘ymaganimizcha vujudga kelmaydi. Biz bunga misol qilib hisobotni topshirish davrini keltirishimiz mumkin.
Buxgalterlar uchun oraliq shkalalar va nisbiy shkalalar o‘rtasidagi farqlar amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas, shuningdek bu yerda bir qancha nisbiy
shkalalarga mos keluvchi, oraliqqa mos kelmaydigan statistikalar bor, hozirgi buxgalteriya holatida olimlar va injinerlar uchun katta qiziqishga sabab bo‘ladi.
O‘lchov obyektivdir va u avtomatlashtirilishi mumkin. Baholash esa subyektiv va u faqat buxgalterning subyektiv mulohazalariga ko‘ra dasturga qurilgan holda avtomatlashtirilishi mumkin. Foydalanishdagi baho, Marks uni foydalanish bahosi deb atagan, buxgalteriya hisobi dunyosiga kirmaydi. Marks buni insonning shaxsiy baholashiga biroz yaqin narsa sifatida tasvirlagan, lekin cheklangan mulohazada uning shaxsiy bahosi foydalilik vazifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi(uning chiroyli ekanligidan ko‘ra, uning individual kelib chiqishi va bog‘liqligi). Asosiy buxgalteriyada baholash foydalanish bahosi bilan bir xilda. Bu kutilayotgan(statistik kutilayotgan) kelajakdagi foydaning biror narsadan diskont qilish darajasi yoki joriy qiymatiga ekvivalent hozirgi qiymati hisoblanadi. Kutilayotgan Sof Joriy Qiymat, bundan keyin qisqacha (NPV- Net Present Value), amaldagi baholash uchun o‘lchov birligi hisoblanadi.
Biz asosiy hisoblashda ishlatadigan eng obyektiv baho tarixiy qiymat hisoblanadi. Tarixiy qiymat buxgalteriyasi hamma naqd pul kirimlari va to‘lovlarni qanday bo‘lsa shundayligicha talqin qiladi hamda oldin mavjud bo‘lgan kontrakt bo‘yicha faol ishlatilgan xarajatlar va qayta to‘lovlarni o‘zida ifodalaydi. Tarixiy qiymat faktning holatidir va ushbu hujjatlarda transaksiyalar qayerda o‘tkazilganini, hisoblashuvlarni an’anaviy kafilligini o‘zida ifodalaydi. Ma’lumot sifatida yondashish esa tarixiy qiymatni ishlatadi, chunki u asoslangan va haqqoniy ravishda agentlar va boshqaruvchilar tomonidan daromadni qanday boshqarilgani haqida ma’lumotlardan foydalanadi, chunki bunda menejerlar va agentlar ushbu vaqt davomida aksiyadorlarning resurslarini o‘z boshqaruvida ushlab turadi. Ma’lumot tomonidan yondashuvda firmaning bahosi va boshqa bilinmagan kapital ko‘payishi va yo‘qotilishi balans moddalari bilan bog‘liq bo‘ladi va ular boshqaruvning faoliyatdan olingan daromadlardagi foydalilik ko‘rsatkichini firmaning asosiy biznes va mukofotlarni o‘z ichiga oluvchi xarajatlarni boshqarishning asosiy holatlarini bilish uchun xizmat qiladi. Ma’lumot usulida buxgalteriyaga yondashuv Yevropa va Osiyoda hozirgacha davlat sektori buxgalteriyasida ishlatib kelinmoqda va uning yangi raqobatchisi o‘lchov usuli hisoblanadi. O‘lchov usulining eng asosiy ustunligi bu ishonchlilik hisoblanadi. Siz oldin yozilgan aniq yozuvni o‘chira olmaysiz, chunki toshlarga va qoyalarga yozilgan narsalar muhimi ishonchlidir. Buxgalteriya qonuniylikni talab qilganida, tarixiy qiymatlarning voqeligi juda ham ma’qul keladi, lekin u istagan vaqt uchun firmaning qiymati borasida aniq fikr bera olmaydi, chunki uning barcha ma’lumotlari tarixiy, shuning uchun ular balansda turadi.
Hozirgi kunga kelib IAS, FASB (International Accounting Standarts, Financial Accounting Standarts Board) va G‘arb buxgalteriyasi eng asosiy
paradigmalardan hisoblanadi, biz bunda buxgalteriya investorlarga o‘z investitsiyalari bo‘yicha firmalarga va firmalar qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilishlari qarorini qabul qilishda yordam berishlari kerak, bunda firmalarning o‘lchov usulini joriy qilishini ma’qul ko‘rdik.
Biz ishlatadigan joriy qiymatlar ushbu inventarlarning yakuniy qiymati va bu bizning barcha joriy likvidlik bozorida qiymat sotilishini ifodalaydi, bu bizning barcha asosiy vositalar va majburiyatlarimiz bo‘yicha bo‘ladi va ularni kamaytirish uchun kerak bo‘ladigan narsalarni baholash uchun qachon shu vaziyat yuzaga kelsa ularni birgalikda sotishimizni o‘zida ifodalaydi. Firmaning joriy qiymati haqida investorlarga eng haqqoniy ma’lumot bu tarixiy qiymat bilan yuzaga keladi, shundan kelib chiqib investorlarga qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, ushlab turish va sotishda yaxshiroq qaror qabul qilish imkonini beradi(qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalar birgalikda) va bunda ushbu holat ma’lumot usulida amalga oshish imkoniga egadir. Bu yerda nazarda tutilayotgan zarur nazariya shundan iboratki, asosiy vositalar va majburiyatlarning joriy qiymatlari kutilayotgan kelajakdagi qiymatlariga yaqindir bu esa tarixiy qiymatga nisbatan yaxshiroqdir. Shunga muvofiq, haqqoniy baholar buxgalteriya standartlarida tarixiy qiymatga nisbatan investitsiya qilish uchun qarorlarni qabul qilishda muhimroq ahamiyatga ega bo‘lishda yaqinroq va ishonchliroq manba sifatida xizmat qiladi. Ushbu dalil joriy inventarlarning joriy qiymatlarini faol likvid bozorida ko‘rish imkoni mavjud bo‘lgan buxgalteriya balansi moddalarida kuchliroq ravishda namoyon bo‘ladi. (IFRS 13).
Pul kredit yo‘nalishi bu yerda umuman qayta o‘lchanmaydi. Ularning tutib turishda giper inflatsiya vaqtida yo‘qotish bu sotib olish qobiliyatining haqiqiy kamayishi hisoblanadi, ular tasavvuriy yoki ehtimoliy narx turi emas. Bunga qarama-qarshi ravishda qarz olgani sababli yig‘ilgan pullar haqiqiy yig‘im hisoblanadi. Biz umumiy qoidaga ko‘ra pul aktivlarini giperinflatsiya sharoitida ushlab turishdan zarar ko‘ramiz, lekin pullik majburiyatlarni yig‘ishdan foyda olamiz. Joriy Xarid Qobiliyati Sababli foyda sifatida pul-kredit aktivlarni ushlab turish foydalar yoki zararlar holatida sof foyda va firmaning o‘zgarmas dollar shartlarida balansda o‘zaro munosabatlarni oshkor qilishni nazarda tutadi.
Yuqori inflatsiya sharoitida debitor bo‘lib pul massasini ushlab turish foyda hisoblanadi. Kreditor bo‘lish esa buning aksi sifatida zarar hisoblanadi. Shuning uchun tarixiy qiymatni inflatsiya orqali qayta hisoblash foyda yoki zararni vujudga keltiradi, bu esa inflatsiyaning o‘ziga to‘g‘ridan to‘g‘ri xosdir, lekin uning foydasi yoki zarari uning naqd pulda ekanligida emas, balki xarid qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
Qayta o‘lchash jarayonidagi tabiiy taxmin shundan iboratki, pulning sotib olish qobiliyati vaqt o‘tishi bilan sekin asta va tizimli ravishda pasayib boradi. Hozirga kelib shuni aytish mumkinki, Tinker va boshqalar(1982) qiymat haqidagi
nazariyalariga ko‘ra ular ijtimoiy kurash natijasidir deydi, masalan bunda qiymat nazariyasiga ko‘ra vaqt jamiyatgagi eng kuchli guruhning qiziqishlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bozor qiymati qiymat so‘zi bilan bir xil ko‘rinishda ishlatilsa-da, bu holatda ular kapital egalari, investorlar va qarz beruvchilarning qiziqishlariga ta’sir qiladi. Bunday baholash ilmiy dalil sababli yuzaga kelmagan, balki ijtimoiy qurilish sabab yuzaga kelgan, shuning uchun ular siyosiy jihatdan xatto o‘z tarafdorlari tomonidan ham neytral deb qabul qilinadi. 6 Biz yuqoridagi fikrlar bilan xorij tajribasidan tanishib chiqdik, endi esa yuqoridagi fikrlar O‘zbekiston sharoitida qanday amal qiladi va qay tarzda ekani biz baholash deganda nimalarni bilishimiz kerak ekanligini ko‘rib chiqamiz.
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zahiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularninig tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi.
Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir.
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya
6An Introduction to Accounting Theory, Gabriel Donleavy 2016, 53-71 betlar
hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi.
Baholash va kalkulyatsiya xo‘jalik ko‘rsatkichlarini pulda ifodalash uchun foydalaniladigan buxgalteriya hisobi obyektlarini pulda o‘lchash usulidir. Bu usuldan foydalanish tovar - pul munosabatlarining mavjudligi bilan shartlangan. Bunday iqtisodiyotni rivojlantirish vositasi, qurollari hisoblangan pul, narx, tannarx, foyda, savdo, kredit, moliyalarni qo‘llash katta ahamiyatga egadir.
Buxgalteriya hisobining obyektlarini pulda o‘lchash ishlab chiqarishning rivojlanishi haqida umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni olish, korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan solishtirish, tijorat hisob - kitobi printsplariga rioya qilishi ustidan nazorat etish imkonini beradi. Faqat qiymat o‘lchovdan foydalangan holdagina ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi – muayyan korxonada yangitdan yaratilgan qiymat miqdori haqida umumiy ma’lumot olish mumkin.
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valyuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMS) bilan belgilanadi.
Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
4 – BHMSga asosan tovar - moddiy qiymatliklar tannarx bahosida yoki sof sotish bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo‘lsa, shu qiymatda baholanadi. Sotib olingan tovar – moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish xarajatlarini, transport – tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib kelish
xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri
ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material xarajatlardan tashkil topadi.
Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko‘proq yig‘ilib qolgan va aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy hisobotda aktivlar sotilishidan kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik uchun ularning qiymati pasaytiriladi.
To‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom- ashyolardan tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy) baholarda sotiladigan bo‘lsa, bunday tovar - moddiy qiymatliklarning qiymati sof bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya hisobini yuritishda muhimlilik tomoyillari ta’minlanadi.
Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda dastlabki qiymati (Boshlang‘ich qiymat) bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari 5 “Asosiy vositalar” nomli BHMSda belgilangan.
Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati.
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni ularni sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha qabul qilinadi:
korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar – tomonlarning kelishuvi bo‘yicha;
korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va shaxslardan sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki ushbu obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda,
to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda tashib keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda;
boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha baholanadi.
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa.
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi.
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan xolatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan past bahoda realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin.