Biznes modellarni yaratish



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə2/13
tarix07.06.2023
ölçüsü51,39 Kb.
#126538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BIZNES MODELLARNI YARATISH

Diversifikatsiyalangan. Diversifikatsiyalangan biznes modeliga ega tashkilot har xil ehtiyoj va talablarga ega bo'lgan ikki xil xaridor segmentiga xizmat qiladi. Masalan, 2006 yilda Amazon.com chakana savdo tarmog'i "bulutli hisoblash" xizmatlarini taklif qildi. Natijada, kompaniya butunlay yangi iste'molchilar segmenti
- mutlaqo boshqa qiymat taklifiga ehtiyoji bo'lgan veb-kompaniyalar bilan o'zaro aloqalarni boshladi. Diversifikatsiya qilishning strategik asoslarini Amazon.com ning kuchli IT-infratuzilmasi orqali tushuntirish mumkin, kuchli IT-infratuzilma mijozlarga chakana savdo va yangi bulutli xizmatni bir vaqtning o'zida yetkazib berishga imkon beradi.

Ko'ptarmoqli platformalar (yoki ko'ptarmoqli bozorlar)


Ba'zi tashkilotlar mijozlarning ikki yoki undan ortiq segmentlariga xizmat qiladi. Masalan, kredit karta kompaniyasiga kartalar egalarining ulkan bazasi, shuningdek ushbu kartalarni qabul qiladigan savdogarlar va xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar bazasi kerak. Xuddi shu tarzda, erkin media biznesi reklama beruvchilarni jalb qilish uchun ko'plab o'quvchilar/auditoriyaga muhtoj va bu orqali o’z ishlab chiqaruvchi va ta’minlovchilarini moliyalashtiradi. Bunday biznes modelning ishlashi uchun ikkala segment ham zarur.

  1. Qiymat takliflari. Ushbu blokda biz quyidagi savollarga javob berish orqali qiymat taklifiga oydinlik kiritamiz.

Iste'molchiga qanday qiymat taqdim etamiz? Biz mijozlarimizga muammolarni hal qilishda qanday yordam beramiz? Biz qanday ehtiyojlarni qondiramiz? Har bir iste'molchi segmentiga qanday tovar va xizmatlar to'plamini taklif qila olamiz?
Qiymat taklifi ushbu segmentning ehtiyojlarini qondirish uchun bir nechta elementlarni birlashtirib, ma'lum bir mijoz segmenti uchun foyda keltiradi. Foyda miqdoriy (narx, xizmat ko'rsatish tezligi) yoki sifatli (dizayn, mijozning ijobiy hissiyotlari) bo'lishi mumkin.
Quyida iste'molchi uchun mahsulot yoki xizmatning qiymatini tashkil etadigan ba'zi bir elementlar keltirilgan.

Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin