Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

OʻQUV MATERIALLARI

MA’RUZA MATNLARI

1-MAVZU:BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV ” FANINING MAZMUNI VA VAZIFALARI.

REJA:


  1. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi.


  2. Muloqotning biznesdagi o‘rni


  3. Til va yozuv.O‘zbek yozuvlari tarixi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent moliya institutida iqtisodchi-bakalavrlarga “Biznes muloqot va akademik yozuv” fani kiritildi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda iqtisodiy nutq asoslarini shakllantirish, iqtisodiy til, iqtisodiy atamashunoslik, iqtisodiy matnlarni yaratishni o’rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra institut talabalari uchun “Biznes muloqot va akademik yozuv” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.


Mazkur fan talabalarga muloqot va uning turlari, biznesda samarali muloqot tashkil qilish yo’llari, matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani iqtisodiy nazariya va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar iqtisod tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston iqtisodini yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun dasturda iqtisodiy til bilimlariga alohida urg‘u berildi.

Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr iqtisod tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.




Fanning maqsadi

iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllan- tirishdir.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin