Strukturalashtirilmagan yigʻilish: guruh muhokamalari, ishchi guruh maxsus yigʻilishlari, aqliy hujum majlislari kabilar.
KONFERENSIYA
Konferensiya - yopiq guruh muhokamasidir. Konferensiya odatda katta miqdordagi insonlarning yig‘ilishi bo‘lib, ular muayyan mavzu bo‘yicha muhokama qilish uchun tajriba yoki ma’lumotni almashish uchun o‘tkaziladi. Konferensiya tashkilot duch kelgan yoki shu bilan bo‘gliq masala biror muammo xususida qarashlarni almashinish uchun o‘tkaziladi va hatto yechim ham berishi mumkin, ammo konferensiyadan olingan takliflar bog‘langan bo‘lmaydi. Ular tavsiya tabiatiga ega bo‘ladi. Konferensiya qatnashchilari ro‘yxatdan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.
Tashkilotda savdo boshqaruvchisi savdo xodimlariga hafta davomidagi savdoning qisqacha ma’lumotini bo‘yicha har haftada bir marta konferensiya o‘tkazishi va ular ko‘rsatilgan fikrlari asosida kelgusi hafta strategiyasini rejalashtirish mumkin. Konferensiya yangi ishchilar uchun trening bo`lishi mumkin. Bu ishchilarga tashkilot haqida ma’lumot berilishi mumkin va norasmiy muhitda ularga tashkilot haqida barcha narsani, uning maqsadi, siyosati va hokazolarni o‘rgatiladi. Bu kabi konferensiya trening uchun konferensiya deb tasvirlanishi mumkin.
Ba’zan katta sanoat konserni tashabbus olib, boshqa o`xshash konsernlardan umumiy qiziqishdagi muammoni muhokama qilish uchun konferensiyaga delegatlarni taklif qilishi mumkin. Mezbon tashkilot konferensiya o`tkaziladigan joyni tanlaydi, vakillar qolishi uchun chora-tadbirlar ko`radi, batafsil dastur tuzib chiqadi, turli yig`ilishlarni boshqarish uchun mashhur insonlarni taklif etadi, notiqlarni tanlaydi va konferensiya so‘ngida yetakchi gazetalarga konferensiyaning ba’zi muhim tomonlarini yoritish uchun ma’lumotlar beradi.
Bunday konferensiyalar 2 kundan 3 kungacha davom etadi.