Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə42/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Adabiyotlar ro`yxati:


              1. Vikram Bisen Priya.Business communication.New Delhi.2009.
              2. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.


              3. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.


              4. Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.




[15: 43-44]

5-MAVZU: JAMOA OʻRTASIDAGI MULOQOT

Reja:

1. Yigʻilishlar. Yigʻilishning maqsadi va turlari.
2. Konferensiya nutqlari. Ommaviy axborot vositalari intervyusi.
3. Seminar va shoʻba muloqotlari. Biznes etiket.
4. Taqdimot tayyorlash va uning tarkibiy qismlari. Taqdimot jarayonida koʻrgazmali vositalardan foydalanish.

5.Tashqi qiyofa va koʻrinish. Taqdimot uchun tayyorgarlik.




Yigʻilishlar - oʻzaro muloqotning eng mashhur metodidir. U bevosita, yuzma-yuz muloqotni osonlashtiradi va tashkilotning turli darajalarida asosiy bo‘ladi.

Yigʻilish a’zolari orasida ogʻzaki muloqot manbasi sifatida xizmat qiladi. Shunday bo‘lsada, ular xodimlarni birga jamlash uchun e’lon, yigʻilish kun tartibi, ko‘rilgan ishlarning bayonnomasini yozib borish va yuqori lavozimdagi shaxslarga ma’lumotlar hisobotini berish kabi yozma muloqot orqali osonlashtirib turiladi.

Yigʻilish bu muayyan muddatga berilgan vazifani bajarilish yo‘llari va vositalarini muhokama qilish uchun jamlangan shaxslar guruhidir. Guruh a’zolari umumiy tajriba, umumiy muammmo va umumiy qiziqishlarini bo‘lishadilar. V.X.Nyumanning fikriga ko‘ra, «ba’zi ma’muriy harakatlarni bajarish uchun maxsus tayinlagan odamlar guruhi qo‘mitasidir. U faqatgina guruh sifatida ish olib boradi va oʻz a’zolari o‘rtasida gʻoyalarning erkin almashinuvini talab etadi».

Xiks va Gullet atamaga quyidagicha ta’rif berishadi: «Qo‘mita reja bo‘yicha muayyan mavzuni muhokama qilish va qaror qilish uchun yigʻilgan odamlar guruhidir. Qo‘mita reja asosida yigʻilgani uchun, qo‘mitaning ta’rifiga beixtiyor yoki norasmiy tarzda kelib chiqqan guruhni qo‘shmaymiz». Yigʻilish katta guruhga taalluqli masalani muhokama qilish maqsadida rasman yigʻiladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin