Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə49/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

SHOBA BOSHQARUVI UCHUN MASLAHATLAR


  1. Sho’bani qatnashchilarga salomlashuv bilan boshlang. «Mehribon, ammo qat’iy» munosabatni ko`rsating. Qayishqoqlik, ta’sirchanlik, qiziquvchanlik, ruhlantiruvchi xulq-atvor.


  2. Qatnashuvchilarga sho’ba mavzusi va shu’bani qanday boshqarishingiz xususida rejalaringizni ayting.


  3. Mavzu bo`yicha asosiy masalalarni ko`tarib 5 daqiqa atrofida nutq so`zlang.


  4. Guruhning boshqa guruh a’zolarini muhokama qilinayotgan masalalariga qarashlarini ifoda etishlarini taklif qilib tajribalarni so`rang. Suhbatda ustun turishdan ko`ra, so`ralayotgan masalalarni tajribasi bilan bog`lay oladigan qatnashchilarga savollar bering.


  5. Ishtirokchilarnig qiziqishlari eng yuqori nuqtaga etguncha asosiy masalalar va kichik masallarni muhokamasini davom ettiring.


  6. Ishtirokchilardan savollar berishlarini taklif qiling va javob kamligi holatida (imkoni bo`lganda) yo`naltiruvchi savollar orqali qatnashchilarning ismlari bilan muhokamaga qiziqtiring.


  7. Kimningdir qarashlari ustun bo`lmasligiga imkon bermay muhokamani muvozanatini tutib turing va bir me’yorda saqlang.


  8. Har bir ishtirokchi o`zini qiziqtirgan masalalar bo`yicha fikrlarini vaqtga ko`ra almashganiga amin bo`ling.


  9. Siz tomoningizdan tayinlangan ko`ngilli ishtirokchi Sho’bada muhokama etilgan asosiy punktlarni qayd etib borayotganiga amin bo`ling.


  10. Mashg`ulot so`ngida qatnashchilarni e’tiborlari va qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiring.



BIZNES ODOB-AXLOQ ME’YORLARI (ETIKET)

Biznes odob-axloq me’yorlari mijoz bilan tushlikda qaysi vilkadan foydalanishdan ko`ra muhimroq narsalardan tashkil topgan. Baxtga qarshi, boshqalarning zehnicha, barcha narsa tafsilotlarda yashirinadi. Agar biznes va ijtimoiy vaziyatlarda sarosimaga tushadigan bo`lsangiz, bajarayotgan ishlaringizda o`z-o`zingizni yaxshi nazorat qila olmasangiz, siz odamlarning ishonchini qozonmaysiz. Odob-axloq me’yorlari sizni jiddiylik bilan qabul qilinishingiz mumkinligini ko`rsatish uchun o`ziga sayqal berib taqdim etish. Odob-axloq me’yorlari odamlar orasida o`zini qulay tutishdir (shu bilan birga o`z atrofingizda ham qulay sezdirishdir).

Odamlar o`zingiz uchun va biznes muvaffaqiyatingizda ham asosiy omildir. Ko`pchilik arzigulik va foyda keltiruvchi ittifoq/birlashmalar munosabatning kutilmagan uzilishi tufayli yuk bo`lib ketgan. Odob-axloq me’yorlari biznes yoki shaxsning muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligini belgilashda muhim omildir. Odob-axloq me’yorlari shaxs o`zini boshqalarga qulaylik bilan va atrofidagi insonlarni qulay his etishlarini taqdim etish usulidir.

Yaxshi odob-axloq me’yorlari muvaffaqiyat asosidir. Yaxshi xulq-atvor va odob-axloq me’yorlarini mashq qilish biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun, odamlar tomonidan tan olinganlik shu bilan birga mijozlar, xaridorlar va ishchilar bilan yaxshi munosabatda bo`lish juda ham muhim. Yaxshi odob-axloq me’yorlari atayin yoki bexosdan mashq qilinmasa, muvaffaqiyat yo`lida ko`plab to`siqlarga duch keladi. Ammo agar shaxs umuman ishchilarining ehtiyojlariga odob-axloq me’yorlariga rioya qilib, ularga xushmuomala va e’tiborli bo`lsa, u har qanday ishda ham muvaffaqiyatli bo`ladi.

Siz bilan ishlaydigan insonlarning hurmatini qozonish va maqtov olishdan ko`ra, foyda ko`rish osonroq. Biznes odob-axloq me’yorlarida quyidagi maslahatlarga rioya qilinsa, hayotingiz osonroq bo`lardi:


  • Kompaniyadagi har bir muloqot qilayotgan kishingiz bilan qanday lavozimda bo`lishi va qanday vaziyat nima masalada qat’i nazar hurmat bilan qoida qilib muomala qilishga amin bo`ling.


  • Tadbirdan oldin ko`rishni xohlagan insonlaringizni yodingizga soling insonlar haqidagi ma’lumotingizni adres kitobidan foydalaning.


  • Oyoq uchida qadam bosganingizga uzr so`rang.


  • Ularning axloqiy holatini maktab bajarayotgan ishlarini va mehnat sifatini yaxshilash uchun baholashingizni bildiring.


  • Siz uchun ahamiyatli bo`lgan insonlar haqida qaydlar yozib qo`ying va ularning lavozimi ko`tariladigan bo`lsa tug`ilgan kunlari, yubileylari va boshqa har qanday sabablar bilan qo`llab-quvvatlang.


  • Uchrashganingizda barcha qatnashuvchilarning jadval haqida, yig`ilishning maqsadi, muhokama qilinadigan masalalar va yig`ilishning kutilgan davomiyligini bilishlariga amin bo`ling.


  • Yig`ilish bayonnomalarining va qisqacha mazmunining tarqatilishi va yig`ilishdan so`ng barcha qatnashchilarga minnatdorchilik asosiy xushmuomalalik.


  • Doimo qo`ngiroqlarga javob bering, agar javob bera olmasangiz, avtootvetchikda xushmuomalalik bilan xabar qoldirishingiz eng osoni bo`ladi. Telefonda hech kim bilan qo`pol yoki besabr bo`lmang.


  • Ishchimi yoki ish beruvchimi, yoki biznes tanishlar bo`lishidan qat’i nazar hech kimni kuttirib qo`ymang. Hech qachon yig`ilish yoki ishga kech qolmang.


  • Yaxshi odob-axloq me’yorlarida kiyinish ham juda muhim aspekt. Biznesmenlar qusursiz kiyingan bo`lishlari kerak.


  • Ayollar muvofiq kiyinib, oz hamkasblarida notogri taassurot qoldirmasliklari kerak. Muvofiq e’tibor bilan tayyorgarlik ko`plab sarosimaga tushishlarni oldini olishi mumkin.


  • Ishchilaringizning xaridorlarga bir-birlariga yaxshi xulq bilan muomala qilayotganlariga va kelishmovchiliklarsiz ishlashga amin bo`ling. Jilmayib xizmat ko`rsatish biznesning yaxshilanishiga va xaridor(mijoz)larning doimiyga aylanishiga yordam beradi.


  • Vilka chap tomonga qo`yiladi. Pichoq va qoshiq chap tomonga qo`yiladi. Ovqatlar chapdan beriladi sizning non tarelkangiz chap tomonda bo`ladi.


  • Ichimliklar, shu jumladan, kofe ham o`ng tomonda bo`ladi.


  • Banket stolida o`tirganingizda, chap va o`ng tomoningizdagi ikki odamga xizmat ko`rsatilganda ovqat yeyishni boshlashingiz mumkin. Agar sizga hali xizmat ko`rsatilmagan bo`lsa, boshqalarni ovqatni boshlashga undang. Faqatgina o`zingizni oldingizdagi narsalarni oling va boshqa narsalarni yoningizdagi inson uzatib yuborishini so`rang. Chap tomonningizdagilarga o`ng tomonga berishni taklif qiling, vaholanki, ba’zi narsalar uzatilishi boshlagandan keyin u o`z-o`zidan davom etib ketadi.


  • Mezbonlarga ovqat songida minnatdorchilik bildirmang. «Rahmat» tolov shakli hisoblanadi va shuning uchun haqoratdek hisoblanadi.



Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yigʻilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin