3-topshiriq. Quyidagi jadvalda yozma manbalarning talabalar tomonidan ko`p foydalaniladiganlari keltirilgan. Ularning ijobiy va salbiy tomonlarini ko`rib chiqish uchun sherigingiz bilan ishlang.
4-topshiriq. Matnni o`qing. Qo`shimcha ma’lumotlar to`plab kengaytiring.
Biznes nima? “Biznes” so‘zi birinchi marta XVIII - XIX asrlarda paydo bo‘lgan. Amerika lug‘atlarida “biznes” tushunchasi insonning erkinligi va tirikchiligini ta’minlovchi tijorat faoliyati deb talqin qilinadi.
Biznes - bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan vositasi.
Ibtidoiy jamoa davrida odamlar o‘zining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi.
Bir tovarning ikkinchi tovarga almashtirilishidan boshlab bank, ombor, zavod, birja, dilerlar, biznesmenlar bilan bog‘liq tarmoqlangan faoliyatga aylandi. Shu bilan birga, ma’lum bir shaxsga tegishli kapitalning maqsadli ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli faoliyat biznes deb ataladi.
Biznesmen o‘zining faoliyatida yollanma ishchilar va xizmatchilarning mehnatidan foydalanadi. Mustahkam va kuchli biznesga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik xususiyatiga va biznes bilan bog‘liq bo‘lgan predmet haqida chuqur bilimga ega bo‘lish kerak. Biznesmen tovarni kim uchun va nima uchun ishlab chiqarayotganini, kimga va qanday sotishni, sotishdan tushgan tushumni nimaga sarflashni aniq bilishi kerak.
Shunday qilib, biznes biror kishining iste’molchi uchun foydali bo‘lgan tovarni ishlab chiqarishga yo‘naltirgan bilimi va tijoriy faoliyatlar tizimidir.
Biznes tadbirkorning aniq faoliyatiga bog‘liq. Biznesmenlar o‘zining bilimi va qobiliyatiga tayanib, daromad keltiruvchi sohagagina investitsiya kiritishadi.