4-topshiriq.O’qing. Gaplarni qaysi uslubga xosligini ayting.
Marhamat tumanida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlangan adabiy tadbir bo’lib o’tdi. 2. Daryodek shovullagan umrimizda nimalardir qilishga ulgurish, el-ulus orasida yaxshi nom qozonish har bir inson uchun baxt va sharafdir. 3. Jizzaxdagi istirohat bog’lari, so’lim xiyobonlar kundan-kunga ko’rkamlashib, chiroy ochib bormoqda. (Gazetadan). 4. Ayirboshlash – odamlar o’rtasida faoliyatning almashuvi, mehnat mahsulotlarini ayriboshlanishi; uning asosida esa ijtimoiy mehnat taqsimoti yotadi. 5. Iste’mol ikki turga bo’linadi: individual iste’mol (insonning xilma-xil, moddiy va ma’naviy boyliklar – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim, poyabzal, o’qish va h.k.foydalanishi) hamda ijtimoiy birlikdagi iste’mol, maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash, mudofaa, ijtimoiy tartibni saqlash xizmatlaridan hamjihatlik bilan foydalanish. 6. Mulkchilik munosabatlari davlat tomonidan kafolatlanadi va qonun yo’li bilan himoya qilinadi. 7. Pul – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar almashinuvida umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. (Darslikdan). 8. Yomg’ir shunday kuch bilan quya boshladiki, bekat ayvonida turishning iloji qolmadi. (Sh.Xolmirzayev).
5-topshiriq.Gaplarni ko’chiring. Qanday uslubga xosligini ayting. Kuz! Libosing shohona. Tillarang chehrang, sokin nafasing, xotirjam odiming taftini juda sog’ingan edik. Shuncha zeb-ziynat va latofating manbai ne? Balki yorqin jamoling har kimni o’ziga maftun aylashidadir gap. Yoki sen jamiki go’zalliklar in’ikosi – bekatidirsan. Bir boqishing bog’dagi olmalar yuziga alvon tus beradi. Shuncha qudratni qaydan olasan. Atrofga boqaman. Borliq sen tortiq qilgan sovg’alardan bezak taqish bilan ovora. Saxovating mevasidan hamma, ayniqsa, bobodehqonlar juda shod. Tomosha qilib turib, tin olaman, zavqlanaman. Ochig’i, kuzni nega mahzun fasl deya ta’riflashlarini tushunolmayman… Mana, ko’p kuttirmay, kuz ko’zlarida quvonch yomg’iri paydo bo’ldi: ko’chada turfa ranglardagi yomg’irpo’shlar. Yomg’irni intiq kutganlarning labida tabassum. Ha, oldinda sizu bizni za’faron faslning bundan ham betakror tuhfalari kutyapti.