"Koʻngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin soʽz bil" deydi hazrat Navoiy. Nutqda xato qilmaslikning choralaridan biri chin soʽzni aytish. Shunda soʽz tinglovchi qalbi qulfini ochuvchi kalitga aylanadi, odamlarni inontiradi, zero, "Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngliyu tili bir kishi aytqan soʽzga but".
Nutqiy muloqotga kirishgan kishining maqsadlari doirasini umumlashgan holda quyidagilar bilan belgilish mumkin:
Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qoʻllanishida qaytarish uslublarini qoʻllashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarning paydo boʻlishiga katta hissa qoʻshdi.
Yangi kommunikatsion texnologiyaning qoʻllanilishi keng ko‘lamdagi korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik, narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshlaydi. Shunday qilib, kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy boʻlib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video kassetalari, video disk, telefonlar va koʻpgina mexanik uskunalar kabi an’anaviy media vostalari koʻplab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish, nazorat, yo‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham foydalidir.
Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat sifatida xizmat qilishi uchun qabul qilishi shart yoki raqobatbardosh rivojlanish yoʻlida omon qolish qiyin boʻladi.
Qisqa xabarlar xizmati (SMS) mobil telefonlar orqali xabarlarni jo‘natish va qabul qilish imkoniyatidir. SMS mobil telefon uskunalari oʻrtasida qisqa xabarlarni almashinuviga imkon yaratuvchi protokol muloqotidir.
Qisqa xabarlar xizmati (sms)
Dunyoda SMS xabarlarini yuborish ma’lumotlaridan eng koʻp foydalanuvchi 2.4 milliard faol qoʻllanuvchilar telefonlarida xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi barcha mobil telefon abonentlarining 74%ini tashkil qiladi. Matn soʽz yoki raqamlar yo boʻlmasa harfli-raqamli birikmasi shaklida boʻlishi mumkin. Faol mobil telefon qurilmasi orqali, ayni paytda rivojlantirilayotgan ovozli va ma’lumot qo‘ngʻirogʻidan qat’i nazar, har qaysi payt qisqa xabarlarni qabul qilishi va yuborishi mumkin.