Biznes muloqot va akademik yozuv


Faktlaringizni yaxshi biling



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə52/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

2.Faktlaringizni yaxshi biling

Ma’lumotni sodda qilib yetkazish deganda albatta gapirayotgan narsangiz haqida yaxshi bilimga ega boʻlishingiz shartmas degani emas. Taqdimotingiz yoki oʽzingizni tanishtirishingiz qisqa bolsa-da, undan keyin beriladigan savollarga javob bera olmasangiz ham yaxshi taassurot qoldirmagan boʻlasiz. Gapirayotgan narsangiz haqida har tomonlama ma’lumotga ega boʻling va soʻralishi mumkim boʻlgan savollarga oldindan tayyor boʻling. Shu bilan birga kim bilan gaplashayotganingizni yoki kimga taqdimot qilayotganingizni yaxshi biling. Shunda ma’lumotlarni ularga qiziq boʻladigan tarzda yetkazishingiz osonroq boʻladi.

3.Nima uchun aynan siz? Kundalik hayotimizda biz nimalarnidir tanlashimiz, katta yoki kichik boʻlsin qandaydir qarorlar olishimizga to‘gʻri keladi. Bu tanlov va qarorlarni qilayotganimizda esa doim ba’zi sabablar asos boʻladi. Masalan, bozorga chiqqanimizda o‘nlab xil mevala rorasidan aynan bittasini tanlaymiz va u tanlagan mevamiz boshqalardan ma’lum jihati bilan ajralib turishi tanlashimizga sabab boʻladi.Bunga sabab uning koʻrinishi, mazasi yoki narxi boʻlishi mumkin. Agar sotayotgan odam shu mevaning aynan qaysi jihati bizni qiziqtirayotganini bilsa, uni bizga sotishi osonroq boʻladi. Xuddi shunday siz sotayotgan mahsulot yoki xizmatlarning oʽziga xos jihatiga urgʻu berishga harakat qiling. Yoki ishga kirmoqchi boʻlsangiz nimaga boshqa o‘nlab talabgorlarni emas, aynan sizni ishga olishlari kerakligini, boshqalardan nima xislatlaringiz bilan ajralib turishingizni ta’kidlashingiz kerak boʻladi.

Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda oʻzgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib kompaniya saytidan eng yangi ma’lumotni olish mumkin.

Ma’ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma`ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini oʻzida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.

So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez oʻzgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tibornni tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g’risida savol tug’iladi.

Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin