Biznes muloqot va akademik yozuv


Boshqa turdagi qisqartmalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə60/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Boshqa turdagi qisqartmalar - ular yakka tarzdagi harflarning yig‘indisi. Masalan, AQSH - Amerika Qo‘shma Shtatlari, BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Ushbu turga kiruvchi ko‘pchilik qisqartmalar qanday so‘zlardan tuzilgani noma’lum bo‘lib qoladi. Misol uchun, DVD, DNK.

Punktuatsiya. Ba’zi qisqartma so‘zlardan foydalanilganda, albatta, ularni nuqta bilan yakunlash kerak bo‘ladi (1 mln. = 1 million).

Akronim va boshqa turdagi qisqartma so‘zlarda tinish belgisi (nuqta) qo‘llanilmaydi (masalan, AQSH yoki BMT).

Sinonimlar yozillishi har xil, lekin bir xil mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi. Professional yozuvchi sinonimlarni bir xillikdan qochish va o‘quvchini asarga jalb qilish maqsadida qo‘llaydi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
2.Husanov N., Mirahmedova Z. Iqtisodiyot atamalari va ish yuritish. –T.: TMI, 2005.
3.Husanov.N., Husanova M., Xo`jaqulova R., Yusupov E. “Iqtisodiyotda texnik yozuv”. T.: “Fan va texnologiya markazi”, 2012. 152 b.


4.Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003.


  1. Stephen Bailey. Academic Writing. Handbook for international student`s. London, 2015


[14; 156-164-betlar]

7-MAVZU: MATN YARATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

REJA:

1.Matn va uning turlari.

2. Mos manbalarni topish. Matnda tanqidiy munosabatlarni rivojlantirish.

3. Iqtisodiy matnga fakt to‘plash. Ixtisoslikka oid matnga termin tanlash.

4.Matnni tahrir qilish. Ko‘chirmachilikning salbiy oqibatlari.
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmuniga ko’ra ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo, yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur ((ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.


Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.

Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.


Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush(harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodorbirlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi.


Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin