Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə59/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

TERMINLARNING YASALISHI


Hozirgi bosqichda iqtisodiyot sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga: asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma (ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbek tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi) terminlar kiradi. Mana shunday tub, ya’ni noyasama iqtisodiy terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, daromad, narx, qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, poshlina, bank va b.

Shakldosh so‘zlar - Ma’lum bir umumiy so‘zlar bir xil ma’no anglatishi mumkin, lekin ular turlicha talaffuz qilinadi va ma’no jihatdan o‘zgaradi. Masalan: qurg‘oqchilik Avstraliya bug‘doy ekinlariga ta’sir qildi. Tezda narxning oshishi ta’siri talabning kamayishiga olib keldi.

Boshqa tillardan kirib kelgan so‘z va iboralar Akademik matnlarni o‘qish mobaynida boshqa tillardan (odatda lotin, nemis va fransuz) kirib kelgan so‘z va iboralarni uchratish mumkin va bu kabi so‘zlar ajratib yoziladi. Siz bu iboralarni yozuvda qo‘llamasligingiz mumkin, lekin ularni o‘qish davomida tushunish juda muhimdir.

Qisqartma so‘zlar - Qisqartma so‘zlar tildagi eng muhim va keng tarqalgan bo‘lib, ularni qo‘llash qulay va oson hisoblanadi. Talabalar oddiy va murakkab qisqartmalarni bilishlari juda muhim.

Qisqartma so‘zlar turlari. Qisqartma so‘zlar biror so‘z va iborani qisqartma shakli hisoblanadi. Quyida turli xildagi qisqartmalar berilgan.

Qisqartma so‘zlar - Odatda, norasmiy yoki so‘zlashuv usulda qo‘llaniladigan qisqartmalardan iborat.

Akronim - bu kabi qisqartmalar so‘zlarning bosh harflaridan tuziladi. Masalan, OITS-orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Bu kabi qisqartma-akronimlar bir so‘z sifatida talaffuz etiladi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin