Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə57/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi. Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an’anasini davom ettirib, ko‘rsatilgan “Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e’lon qilindi. Atamaqo‘m mana shu prinsiplarga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasiga chiqara boshladi.
Shuni aytish kerakki, tilda an’anaviy tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor.
Qadimgi iqtisodiy atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisodiy terminlar beqiyos boyib bormoqda. O‘zbek tilining iqtisodiy terminlarini to‘plash, sistemalashtirish, ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish va shu asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga solish zarurati tug‘ildi.
Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr yuritganini ko‘rsatib turadi. Boshqa tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagani sari, boshqa sohalarda bo‘lganidek, iqtisodiyotda ham yangidan-yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi, iqtisodiyotni o‘rgana boshlashga yo‘l ochildi, pirovardida, hozirgi davrda hayotimizning asosini tashkil etgan tom ma’nodagi iqtisodiyot ro‘yobga chiqdi. Bunday ekstralisoniy omillar iqtisodiyotning o‘ziga xos terminologik tizimining qaror topishiga sabab bo‘ldi. Demak, iqtisodiyot terminologiyasi hozirgi holatiga yetib kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.



Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” lug‘ati, inqilobgacha yaratilgan bir qancha lug‘atlar, o‘zbek adabiyoti vakillari, xususan, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalarning badiiy, ilmiy-badiiy asarlari o‘zbek iqtisodiy terminlarning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutgan manbalar hisoblanadi.



Asarda o‘z ifodasini topgan ba’zi leksemalar davr o‘tishi bilan is’temoldan tushib, hozirda arxaizmga aylanib qolganligini ham qayd etish lozim. Маsalan, bergo‘ - qarz; oto‘nch - qarz; o‘ro‘nch - pora; og‘ur - davlat; yomg‘a -mollarni saqlovchi va ularni yig‘uvchi (amaldor); sart - savdogar; terchi - muzd, ish haqi oluvchi.
Keltirilgan dalillardan ijtimoiy-siyosiy hayotning, bilish jarayonining xilma-xil sohalariga oid ko‘pdan-ko‘p terminlarning qayd etilganligi va ulardan ayrimlarining ham o‘sha davrdagi ma’nolari bilan qo‘llanayotganligi ayon. Bundan ularning hozirgi kunlargacha yetib kelishida turli davrlarda tuzilgan lug‘atlarning ham ahamiyati beqiyos ekan, degan xulosaga kelish qiyin emas. Iqtisodiy terminlar o‘z ifodasini topgan lug‘atlar jumlasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin: “Badoyi-ul lug‘at”, Shayx Sulaymon Buxoriyning lug‘ati, L.Budagov, V.V. Radlov tomonidan jonli turkiy tillar va lahjalar hamda turkiy yozma yodgorliklar materiallaridan foydalanib tuzilgan lug‘atlar va boshqalar.
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning ilmiy yoki badiiy asarlarida ko‘plab asli o‘zbekcha (ko‘pi umumturkiy) iqtisodiy terminlar ishlatilgan.

Navoiy asarlarida faqat umumturkiy iqtisodiy atamalar qo‘llanib qolmay, ularning arabcha, fors-tojikcha sinonimlari o‘z ifodasini topganki, quyida keltiriladigan misollar shundan dalolat beradi: savdopisha-savdogar-savdogarchilik; sarmoya-davlat-mablag‘; bay’ona-baho, qiymat, bay puli; manfaat-foyda-daromad; boj-xiroj; dastmoya-farmoya-naqd-pul-naqdina; narx-baho; nafaqa-maosh-xarajat va boshqalar
Zero, xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari hayotiy zaruriyat bo‘lgani tufayli shu jarayonda bir tildan ikkinchi tilga leksemalar o‘tib turadi. Har bir tilning lug‘aviy tarkibida etimologik jihatdan shu tilning o‘ziniki bo‘lgan so‘zlardan tashqari, o‘zga tillarning lug‘aviy unsurlari bo‘lishi tabiiydir.

Alisher Navoiy asarlarida arabcha va fors-tojikcha lug‘aviy birliklarning ko‘plab qo‘llanishining qator obyektiv sabablar bilan bog‘liq ekanligi ayrim tadqiqotlarda ta’kidlangan. Ulardan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek tilida o‘zlashma qatlamning o‘ziga xos xususiyatlari aks eta boshlagan. Bunday qatlamlardan tashkil topgan sinonimiya shular jumlasidandir. Fikrimizni iqtisodiyotga oid quyidagi sinonimik qatorlar tasdiqlay oladi:


Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z va terminlar kirib kela boshladi. O‘zbek tili leksikasidagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoning chor Rossiyasiga qo‘shib olinishi natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi. Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi.Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
1950-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiyot terminologiyasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Bu davr iqtisod fani bilimdonlarining iqtisod fanini tartibga solish borasidagi ishlarini kuchaytirish, o‘zbek tili so‘z yasash vositalarining faollashuvi, yangi-yangi terminlar yasalishi va iste’molga kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Albatta, bu rivojlanish jarayonining o‘ziga xos sabablari bor.
Xususan, iqtisod sohasida ona tili bazasida mustaqil ravishda darslik, qo‘llanma va lug‘atlar yarata oladigan, soha terminlarini tartibga solish bilan shug‘ullana oladigan mahalliy kadrlarni yetishtirish muhim vazifa bo‘lib qoldi. Bunday chora-tadbirlar tufayli O‘zbekistonda iqtisod fani va iqtisodiyot terminologiyasini tartibga solish, iqtisod fanini o‘qitish sifatini oshirish imkoniyati yaratildi. Natijada iqtisod yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari uchun tarjima darsliklari bilan bir qatorda o‘z (o‘zbek) mualliflari mustaqil ravishda yaratgan iqtisod darsliklari, qo‘llanmalari hamda bir qator terminologik lug‘atlar yuzaga keldi. Bu darslik va lug‘atlar o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasini tartibga solish hamda uning yanada ixchamlashuvi uchun katta zamin bo‘lib xizmat qildi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin