Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə63/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Tanqidiy fikr yuritish

Hatto siz matn ishonarli ekanini bilsangiz ham, uni o‘z manbalaringizda ishlata olsangiz ham, unga tanqidiy munosabatda bo‘lishingiz muhimligicha qoladi.

Bu yondashuv balki, o‘qish davomida eng oson o‘rganiladigani bo‘lishi mumkin. Istisno barcha akademik ish uchun muhimdir (tinglash, muhokama qilish va yozish).

Tanqidiy o‘ylash faqatgina siz eshitgan yoki o‘qigan narsangizni passiv qabul qilish emas, balki faol savol berish va baholash hamdir.

Siz o‘qiganda, ushbu savollarni o‘zingizga bering:


  • Bunda muhim fikr nima?


  • Yozuvchining argumenti mantiqiy rivoj topadimi?


  • Berilgan namunalar foydalimi? Qolgan namunalar yaxshiroq bo‘lishi mumkinmi?


  • Muallifning qandaydir kamchiliklari bormi?


  • Dalil ishonarli taqdim etilganmi?


  • Men muallif fikriga qo‘shilamanmi?

3-reja:

Mavzu bo‘yicha jamlangan faktlar mohiyat e’tibori
bilan har xil bo‘ladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo‘shimcha) fakt, mavzu qamrovi va hajmiga ko‘ra katta yoki kichik, o‘rniga ko‘ra birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga ko‘ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga ko‘ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko‘ra o‘tkinchi yoki davomli, mohiyatiga ko‘ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko‘ra umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko‘ra xolis yoki noxolis faktlarga bo‘lish mumkin. Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan.

Asosiy faktik materialga daxldor bo‘lgan qo‘shimcha, yordamchi faktlarni to‘plash ham yangiliklar yozish jarayonigacha bo‘lgan muhim bosqichni tashkil etadi. Barcha faktlar ichidan eng asosiysini ajratish, ya’ni birinchi va ikkinchi darajali faktlarni farqlash zarur. To‘plangan faktlarning ayrimlari bir-birini to‘ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi.

Faktlarni jamlashda bevosita voqea-hodisaning o‘ziga tegishli
bo‘lgan dalillarga tayanilsa, ikkinchidan o‘sha hodisani ko‘rgan, eshitganlarning fikrlari qayd etiladi. To‘plashda amal qilinishi zarur bo‘lgan holatlar faktik materiallar bilan bog‘liq. Raqamlar, turli nomlar, iqtiboslar, geografik atamalar aniqlik bilan qayd etilishi zarur. Yangi fakt hodisani yoritishda quyidagilarga e’tibor qilinadi:

Birinchidan, qalamga olinayotgan faktning muhim va dolzarbligini belgilash maqsadida uni shunga o‘xshash faktlar orasidagi o‘rnini aniqlash lozim.


Ikkinchidan, unga beriladigan iqtisodiy, geografik va tarixiy ta’rif ham faktning mohiyatini atroflicha, to‘laroq ochishga xizmat qiladi.

Uchinchidan, o‘zaro taqqoslash maqsadida statistik jihatdan raqamlar ko‘rsatkichi bilan izoh berilishi ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.

To‘rtinchidan, ana shu faktga daxldor bo‘lgan soha mutaxassislarining fikrini keltirish orqali o‘z munosabatini bildirishi ham ayni muddaodir.

Matn tuzuvchi ushbu ikki manbaga tayanishi zarur:




2. Qaysi soha, qaysi yo‘nalish bo‘yicha matn tayyorlash zarur bo‘lsa, shu soha vakillari, mutaxassislari bilan suhbatlashish, sohaga doir adabiyotlar bilan tanishib chiqish.

1. Hukumat qarorlari. Chunki bunda barcha yo‘nalishlar, tendensiyalar, iqtisod, fan, texnika, madaniyat bo‘yicha rejalar barcha-barchaga belgilangan bo‘ladi.


To‘plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog‘ozga tushmasligi mumkin. To‘plangan faktlarning ahamiyatlisini ajratib olish lozim. Matn tuzuvchi mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig‘adi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, umumlashtiradi, belgilaydi.


Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi – bundan qat’iу nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z, har bir gap va abzatslar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, matnni tushunish qiyin bo‘ladi.

Matnda ba’zan bir-biriga zid gaplar berilib qoladi.


Masalan: Bozorda xorijdan keltirilgan mahsulotlar juda ko‘p, lekin ular juda qimmat.

Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biriga zid bo‘lsa ham, ular o‘rtasida mantiqiy uzilish yo‘q. Chunki bozorda mahsulotlarning ko‘pligi ularning arzonlashishga sabab bo‘lsa-da, ammo mahsulotning xorijdan keltirilganligi, sifati, foyda va xaridorlarning talabi ularning arzonlashishiga asos bo‘la olmaydi.

Muvaffaqiyatli tuzilmagan gap ham mantiqning buzilishiga olib kelishi mumkin: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish rejasini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan).
Tavsifiy matnlarda shaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq ma’lumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-voqeani xolisona baholash muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi. Shuningdek, shaxs harakat-holatining belgisini ifodalovchi ravishlardan o‘rinli foydalanish talab qilinadi.
Shunga ko‘ra, tavsifiy matn yaratish zaruriy til vositalarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashni, sifat va ravish yasalishi me’yorlarini, bunday so‘zlardagi belgi ifodasining darajalashini puxta bilishni taqozo etadi.

Ixtisoslikka oid matn tuzishda esa quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:


- matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish;
- ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish;
- so‘z va terminlarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish;
- tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan termin, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;
- ixtisoslikka oid terminlarni boshqa tillardan o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;
-terminlarni o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularninng ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.
Umuman ixtisoslikka oid so‘z va terminlarni to‘g‘ri tanlash hamda qo‘llash nutq madaniyatining, kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.

So‘z va termin tanlashda quyidagilarga e’tibor berish zarur:


- so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
- tanlangan terminni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;
- so‘zning, terminning tushunarli bo‘lishini hisobga olish;
- terminning ma’no xususiyatiga asoslanib, uni maqsadga muvofiq tarzda tanlash;
- baynalmilal terminlarni adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq holda tanlash;
- terminni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;
- so‘z va terminni matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.
Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Tahrir so‘zi arabcha bo‘lib, yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish ma’nolarini anglatadi.
Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.
Tahrir usulida asosiy e’tibor matn talqin (variant)larini qiyoslashga qaratiladi. Bunda, ya’ni qiyoslash jarayonida, tabiiyki, tuzatishlar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birinchisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani bo‘lsa, ikkinchisi tuzatilgan namunasi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda displey ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi.
Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur.
Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol.
Mohirona amalga oshirilgan tuzatishlar matnning yaxlitligi va mazmuniy uyg‘unligiga putur yetkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim nuqsonlarni istisno etadi, muallif fikrini, g‘oyasini oydinlashtiradi. Muharrirlik faoliyati andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Zero, tuzatishning har qanday matnga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q. Muharrir tuzatish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega, lekin bu usul to‘g‘ri, asoslangan bo‘lishi lozim, Shuningdek, uni to‘g‘ri qo‘llay bilishi ham kerak.

Tahrir uslubiyatida tuzatishning to‘rt turi farqlanadi. Bular quyidagilar:


a) o‘qib tuzatish; b) qisqartirib tuzatish;
s) ishlov berib tuzatish; d) o‘zgartirib tuzatish.
Musahhih va muharrir o‘qishidagi maqsad alohida, boshqa-boshqadir. Musahhih chop etishga tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, tinish belgilari bilan bog‘liq xatolardan holi qiladi. Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g‘riligini tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi.
Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg‘a o‘qishdan iborat. Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taxalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e’tibor qaratadi, uzunlik, miqdor o‘lchamlarining o‘rinliligi va to‘g‘riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Ayrim hollarda bunday o‘qish tahririyatning malakali va tajribali mutaxassisiga topshiriladi, lekin u materialni tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish, tuzatish emas. Ammo, tabiiyki, aniq ko‘rinib turgan punktuatsion, grammatik, imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun bunday o‘quvchining malakasi juda yuqori bo‘lgan taqdirda ham mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok etadi va muammolarni hal qiladi.
Matnda qisqartirib tuzatishlarni amalga oshirishdan maqsad, avvalo, matn hajmini kichraytirish va shu yo‘l bilan uni maqbul o‘lchamga keltirish, qolaversa, ortiqchaliklardan holi qilishdir. Qisqartirib tuzatishining o‘qib tuzatishdan farqi shundaki, bunda matnga bevosita qo‘l uriladi. Shunga ko‘ra, muharrir matnning mazmuniy va sintaktik qurilishini hisobga olishi lozim.

Matnni qisqartirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:


- matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
- gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish, qo‘shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
- birikmalarni ma’nodosh so‘zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish;
- matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
- birikmalarni va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.

Manbadan olinayotgan ko‘chirmalar hech bir o‘zgarishsiz, qo‘shtirnoq ichida keltirilishi va manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Matnda, ayniqsa, rasmiy matnlarda kishilarning ismi-familiyasini, lavozimlarini, tashkilot, muassasalar nomlarini, geografik joy nomlarini yozishda har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shartli qisqartmalar ham o‘zbek tili lug‘atlarida keltirilgan tarzda amalga oshirilishi to‘g‘ri bo‘ladi.




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin