BIZNES REJA NIMA UCHUN MUHIM?
Zamonamizning
deyarli
barcha
biznes
mutaxassislari
biznes
reja
yozish
va
uni
tayyorlashning muhimligi haqida ta’kidlashadi.
Shunga qaramay, ayrim tadbirkorlar aniq bir rejasiz
raqobatli biznes maydoniga kirib kelishga harakat
qilishadi. Bunga sabab nima bo’lishi mumkin? Bu
savolga tadbirkorlar bir qancha bahonalarni sabab
qilib ko’rsatishadi. Ahamiyat bering, ular sabab
emas, balki sabab sifatida keltirilgan bahonalardir.
Mana shunday bahonalar quyidagi ko’rinishda
bo’lishi mumkin:
Tadbirkorlik faoliyatini boshlashga bo’lgan
ishtiyoq muvaffaqiyat uchun yetarli deb
o’ylashadi;
Biznes reja tuzish vaqt va kuch talab etadi.
Ushbu vaqtni biznesni rivojlantirishga
sarflash afzal, deb bilishadi;
Lekin, aniq bir rejasiz faoliyat ko’rsatish, reja bilan
ish yuritishga qaraganda ko’proq vaqt va kuch talab
etishi takror va takror isbotlangan. Biznes-reja sizga
uzoq-masofali va ko’p muddatli bo’lgan tadbirkolik
yo’lida o’ziga xos kompas vazifasini o’taydi.
Zamonaviy tadbirkorlik faoliyati katta raqobatga
to’la va jadal rivojlanib borayotgan soha. Ishlash
jarayonida
ko’zlangan
maqsadni
yo’qotib
qo’ymaslik va muvaffaqiyatga erishish ehtimolini
oshirish uchun sizda aniq ishlab chiqilgan biznes
reja bo’lishi kerak.
O’z g’oyangiz uchun tashqaridan sarmoya yoki
grant qidirish uchun, kerakli mutaxassis kadrlarni
jalb etish uchun yoki muvaffaqiyatga erishish
imkonini oshirish uchun hammasiga biznes reja
ishlab chiqishingiz shart.
Biznes rejani ishlab chiqish uchun talab etiladigan
izlanish va fikrlash jarayoni sizga g’oyangizni turli xil
nuqtai nazardan ko’rib chiqishga undaydi. Bu
jarayon esa sizga oldindan o’ylab yurgan fikr va
g’oyalaringizning boshqa qirralarini yoritishga va
yangi xulosalarga kelishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |