MAHSULOT VA XIZMATLAR TA’RIFI Biznes rejani o’qiydigan odam siz taklif etayotgan
xizmat va mahsulotlarning asl ma’nosini tushunishi
juda muhim. Shuning uchun ushbu ma’lumotlarni
yozayotganingizda oddiy tilda ifodalashingiz kerak.
Sizning biznes rejangizni o’qiyotgan odam ko’pgina
texnik atama va iboralarning ma’nosini yoki ushbu
sohada
ishlatiladigan
ayrim
jargon
so’zlarni
tushunmasligi mumkin. Sizning vazifangiz esa
bularni aniq va ravshan qilib tushuntirib berishdan
iborat.
Ushbu qismni yozishda quydagilarga ahamiyat
bering:
1. Agar yangi mahsulot yoki xizmat taklifi bilan
chiqayotgan bo’lsangiz, nima uchun sizning
taklifingizga talab borligini izohlab bering. Agar
mavjud mahsulot va xizmat shaklini taklif etib
chiqsangiz, nima uchun aynan sizning mahsulot
yoki xizmatlaringiz boshqalardan ustun bo’lishini
izohlab bering.
2. Agar
mavjud
bo’lsa,
taklif
etilayotgan
mahsulotga tegishli patent, mualliflik huquqlari
haqida ma’lumot bering. Agar mavjud bo’lmasa,
mahsulotni qanday qilib patentlashtirish rejasi
haqida yozing.
3. Mahsulot va xizmatni bozorga taklif etishda
to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlarni
tasvirlab bering. Masalan, davlat tomonidan
tartibga solish qonunlari, raqobatdagi mahsulot
va
xizmatlar,