Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 275,25 Kb.
səhifə1/5
tarix26.05.2022
ölçüsü275,25 Kb.
#59598
  1   2   3   4   5
8 mavzu. Biznesda tavakkalchilik

BIZNES VA TADBIRKORLIK


8-ma’ruza
BIZNES VA TADBIRKORLIKDA TAVAKKALCHILIK
Iqtisodiyot nazariyasi
kafedrasi katta o’qituvchisi: PhD R.G.Abdullayeva

REJA


1.Tadbirkorlik muhiti va xo‘jalik tavakkalchiligi.
2. Tavakkalchilikni o‘lchash uslublari.
3. Tavakkalchilik elementlari bilan bog‘liq qarorlarni tanlash va amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar.
4. Kichik biznesda xo‘jalik tavakkalchiligini sug‘urtalash.
1-reja.Tadbirkorlik muhiti va xo‘jalik tavakkalchiligi.
Bozor munosabatlariga o‘tish kichik biznesdagi har qanday xo‘jalik subyekti uchun noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi bilan bog‘liq. Tadbirkorlik muhitini doimiy ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu esa xo‘jalik tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik faoliyatining samaradorligini oshiradi.
Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy axvol, qonunchilik asosi, halkning ijtimoiy-madaniy saviyasi tarmoqlarning ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy-iqtisodiy sharoit va bozorning o‘ziga mos tarkibi, ya’ni konyunkturasi ta’sir ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatilgan ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda ularning hozirgi kichik bazis darajasini qoniqarli deb hisoblash mumkin va u respublikada kichik biznesning taraqqiyotini ta’minlay oladi.


Tavakkalchilik — yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarga qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun, tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatar ham tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko‘p qirralidir va uni bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Umumiy holda xo‘jalik tavakkalchiligi bu inson faoliyatidagi noaniqlik va ziddiyat holati o‘lchovidir, u xavf-xatar, omadsizlik va zarar ko‘rish bilan tavsiflanadi.Tadbirkor uchun xos bo‘lgan xususiyat, bu shartli tavakkalchilikka borish, ya’ni foyda ko‘rishni ko‘zlashdir.


Yüklə 275,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin