Biznes va tadbirkorlik


Moliyaviy risk darajasini kamaytirish uchun quyidagi usullar ishlatilishi mumkin



Yüklə 275,25 Kb.
səhifə4/5
tarix26.05.2022
ölçüsü275,25 Kb.
#59598
1   2   3   4   5
8 mavzu. Biznesda tavakkalchilik

Moliyaviy risk darajasini kamaytirish uchun quyidagi usullar ishlatilishi mumkin:
diversifikatsiyalash
tanlov va kutilayotgan natijalar haqida qo‘shimcha ma'lumotlar yig‘ish
limitlashtirish;
sug‘urtalash
xedjirlash
4-reja davomi
Diversifikatsiyalash
kapitalni yoki daromadni yo‘qotish riskini kamaytirish maqsadida investitsiya qilinayotgan vositalarni turli xil bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lmagan ob'ektlarga joylashtirish bo‘lib, bunda biror bir yo‘nalishda kapital yo‘qotilgan taqdirda, boshqasidan keladigan foyda uning o‘rnini qoplashi nazarda tutiladi. Investitsion fondlarning faoliyati diversifikatsiyani qo‘llashga yaqqol misol bo‘la oladi. Chunki bunda investitsion fond mijozlarga aksiyalarni sotishdan tushgan pullarga birjada kotirovka qilinadigan va daromad keltiradigan turli xil qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi va bu bilan aksiya egalariga turg‘un daromad olishni ta'minlab beradi. Diversifikatsiya kapitalni turli xil faoliyatlar bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar aksiyalari orasida taqsimlagan holda, riskni taqsimlab, undan bir qadar qutulishga imkon beradi.
4-reja davomi
Limitlashtirish
investitsiya qilinayotgan kapital miqdorini, xarajatlarni, sotuvlarni, kreditni va boshqalarga ma'lum darajada chegara qo‘yish bo‘lib, bu tadbir natijasida risk darajasini chegaralangan miqdor bilan bog‘liq ravishda ancha kamaytirish mumkin bo‘ladi.

4-reja davomi
Moliyaviy riskni sug‘urtalash
investor tomonidan riskdan qutulish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish bo‘lib, u bu riskni ma'lum bir summaga sug‘urta kompaniyasiga sotadi. Demak, agar investor moliyaviy yo‘qotishga uchragan taqdirda, bu yo‘qotishlarni sug‘urta kompaniyasi sug‘urta polisiga asosan qoplaydi.
Xedjirlash deb, fond bozorlari amaliyotida fond bozoridagi kurslar o‘zgarishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar bilan bog‘liq risklardan qutulish amallariga aytiladi. Aksiya sotib olinishida ikki turdagi xejlashtirish usuli ishlatiladi:

Yüklə 275,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin