Biznes va tadbirkorlik


 Oligopoliyaning bozor natijalariga ta'siri



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


14.3 Oligopoliyaning bozor natijalariga ta'siri 

 

Fazraz qiling, masalan,  Shavkat va Davron to`satdan o`zlarini boyliklarini—

suv quduqlarini ochishdivva Anvar va Bahromning suv Oligopoliyasiga qo`shildi. 

1-jadvaldagi  talab  jadvali  bir  xil  qolmoqda.  Ammo  bugungi  kunda  ko`pchilik 

ishlab chiqaruvchilar bu talabni qondirish uchun layoqatlidir. Shahardagi suvning 

miqdori va narxi sotuvchilarni ikkitadan to`rttaga ko`payishiga qay darajada ta’sir 

qiladi?  

Agarda  suv  sotuvchilar  kartellardan  foydalana  olganda,  ular  Monopoliya 

narxini o`zgartirishi va Monopoliya miqdorini ishlab chiqarish tomonidan umumiy 

foydani  oshirishga  yana  bir  bor  harakat  qilishgan  bo`lardi.  Qachonki,  faqat  2 

sotuvchi  bo`lsa,  kartel  a’zolari  shartnomani  tadbiq  qilish  uchun  ba’zi  yo`llarni 

topishar va har bir a’zo uchun ishlab chiqarish darajasiga kelishishga rozi bo`lishar 

edi. Kartelning kengayishida bu natija ehtimol kam samara beradi, chunki guruhlar 

rivojlanishining hajmiga o`xshab natijaga erishish va hayotga tadbiq qilishda ko`p 

qiyinchiliklar vujudga kela boshladi. 

   Agarda Oligopolistlar kartel shaklida bo`lmasa, ya’ni Monopoliyaga qarshi 

qonunlar buni ta’qiqlaydi, shuning uchun, qanchalik ko`p suv ishlab chiqarishlarini 

o`zlari  hal  qilishlari  shart.  Sotuvchilar  sonining  ortib  borishi  natijaga  qanchalik 

ta’sir qilishini  ko`rishga,  har bir  sotuvchining  qarama-qarshi qarorlarini  e’tiborga 

olishga harakat qilish kerak. Ishlab chiqaruvchida doimo qo`shimch 1 bochka suv 

ishlab chiqarish imkoniyati bor. Qabul qilingan qarorlar 2 xil samara beradi: 

 

   Ishlab  chiqarish  samarasi:  narx  chekli  harajatdan  yuqori  bo`lgani  uchun 



1bochka  qo`shimcha  sotilgan  suv  daromadni  oshiradi,  bu  yerda  narx  o`zgarmas 

deb olamiz. 

 

   Narx samarasi: ishlab chiqarishning oshishi sotishning umumiy  miqdorni 



ko`paytiradi,  va  bu  suvning  narxini  pasyishiga  va  boshqa  bochkalarni  sotishdan 

olinadigan foydani pasayishiga olib keladi. 

Agar  ishlab  chiqarish  samarasi  narx  samarasiga  qaraganda  kattaroq  bo`lsa, 

quduq  egalari  ishlab  chiqarishni  ko`paytiradilar.  Agarda  narx  samarasi  ishlab 

chiqarish samarasiga nisbatan kattaroq bo`lganda, quduq egalari ishlab chiqarishni 

ko`paytirmas  edilar.  (Anig`i  shundaki,  bu  misolda  ishlab  chiqarishni  kamaytirish 

foydali  bo`ladi).  Har  bir  Oligopolist ishlab  chiqarishni  oshrishni bu ikkala  chekli 

samara  teng  bo`lgunicha,  boshqa  firmalar  ishlab  chiqarishni  boshlagunga  qadar 

davom ettiradi. 


217 

 

 Hozir sanoatda bo`lgan firmalarning soni qanchaligi har bir Oligopolistning 



chekli  tahliliga  ta’sirini  ko`rib  chiqaylik.  Sotuvchilarning  katta  miqdori,  kamida 

har  bir  sotuvchi  bozor  qiymatida  o`zining  ta’siri  haqida  tashvishlanadi.  Bu 

Oligopoliya  bir  o`lchamda  o`sishiga  qarab,  narx  ta’siri  pasayishining  ahamiyatga 

egaligidadir.  Qachonki,  Oligopoliya  juda katta bo`lib  rivojlansa,  qiymat  butunlay 

natija  bermaydi.  Bu  shuningdek,  bozor  qiymati  yakka  firmaning  uzoq  ta’sir 

qilmasligining ishlab chiqarishdagi qaroridir. Eng so`nggi sabablarda har bir firma 

bozor  qiymatini  qachonki  ishlab  chiqarishni  qanchalik  ko`p  qabul  qilsa,  xuddi 

bergandek oladi.  

Biz  hozir  raqobatga  ega  firmalarni  bir  guruhini  aslini  olganda  bir  katta 

Oligopoliyani  ko`rishimiz  mumkin.  Qachonki,  ishlab  chiqarishga  qanchalik  ko`p 

qaror  qabul  qilishsa,  bu  raqobatbardosh  firmalar  faqat  ishlab  chiqarish  natijasini 

e’tiborga olishadi: raqobatdosh firma narx oluvchi bo`lganligi sababli, narx natijasi 

bo`lmaydi. Shunday qilib, katta rivojlanishdagi Oligopoliya sotuvchilari miqdoriga 

o`xshab,  Oligopolistik  bozor  yanada  raqobatbardosh  bozorga  o`xshab  bormoqda. 

Bu  narx  chetdagi  narxga  yaqinlashadi,  va  ishlab  chiqarilgan  miqdor  ijtimoiy 

jihatdan samarali darajaga erishadi. 

Oligopoliyaning tahlillari xalqaro savdoning natijasi ustidagi bir yangi nuqtai 

nazarni taqdim qiladi. Faqat Yaponiyada yaratilgan avtomashinlarni, ya’ni Toyota 

va  Honda,  Germaniyada  yaratilgan  Volkswagen  hamda  BMW  avtomashinalari, 

AQSH avtomobillaridan Ford va General Motors avtomashinalarini tasavvur qilib 

ko`ring.  Agarda  davlat  avtomashina  xalqaro  savdo  sotig`ini  ta’qiqlasa,  faqat  ikki 

a’zo  o`rtasida  avtomashina  Oligopoliyasi  bo`lishi  mumkin.  Aslini  olganda  bozor 

eng oliy maqsadlarda yuqori pog`onalarga ko`tarilar. Garchan xalqaro savdo bilan 

mashina  bozori  dunyo  bozori  bo`lmasada,  namunadagi  Oligopoliya  6  a’zoga  ega 

bo`ladi. 

 

Hamkorlik  iqtisodi.  Biz  ko`rganimizdek,  Oligopolistlar  Monopoliya  

xohlaydi,  biroq  davom  ettirish  va  asos  solish  bu  vaqtda  mushkul  vazifa 

hisoblanganidek,  vaziyat  hamkorlik  qilishga  undaydi.  Ya’ni  qachonki 

ishtirokchilar  o`rtasidagi  hamkorlik  ma’qul,  ammo  mushkul  bo`lgandagi  vujudga 

kelgan  muammolarni  ko`rdik.  Hamkorlikning  iqtisodiyotdagi  o`rnini  sinchiklab 

o`rganishimiz uchun ozgina o`yinlar nazariyasi haqida o`rganishga majburmiz. 

Xususan, biz maxbuslarning dilemmasi deb ataladigan bir muhim o`yinlarda 

davom  etamiz.  Bu  o`yinlar  nima  uchun  hamkorlik  qiyin  bo`lishini  ichki  jihatdan 

tushuntirib beradi. Hayotda bir necha marta odamlar hatto hamkorlik ularga yaxshi 

foyda  olib  kelgan  bo`lsa  ham,  biri  boshqasi  bilan  hamkorlik  qilishda 

muvafaqqiyatsizlikka  uchragan.  Oligopoliya  shunga  misol  bo`la  oladi. 

Maxbuslarning dilemmasi qissasi har qanday guruhda hamkorlikni uning a’zolari 

o`rtasida saqlab qolishini o`z ichiga oluvchi umumiy bir darsdir.  

Maxbuslarning dilemmasi 


218 

 

 Maxbuslarning  dilemmasi  bu  –  Politsiya  tomonidan  hibsga  olingan  ikki 



jinoyatchi  haqidagi  hikoyadir.  Keling  ularni  Zokir  va  Ortiq  deb  ataymiz. 

Politsiyada bu ikki jinoyatchi ya’ni Zokir va Ortiqni ro`yxatga olinmagan qurolni, 

ya’ni  miltiqni  ko`tarib  yurganining,  ahamiyatsiz  g`ayri  qonuniy  hatti-harakatida 

hukm chiqarish uchun yetarlicha isbot va dalillar bor. Politsiya bu ikki jinoyatchi 

birgalikda  bir  bankda  o`g`irlik  sodir  etganini  tahmin  qilmoqda,  biroq  Politsiya, 

ularni bu katta jinoyat ustida hukm qilishga qiyinchilik bilan erishishdi. Politsiya 

Zokir va Ortiqni alohida xonalarda so`roq qilishdi va Politsiya ularning har biridan 

quyidagi ma’lumotlarni olishdi: 

“Tog`ri  hozir  biz  1  yilga  qamoqqa  tushira  olamiz.  Agarda  siz  bankni 

o`g`irlashga  va  sherigingizni  ham  jalb  qilganingizga  iqror  bo`lsangiz,  biz  sizni 

himoya  qilishimiz  va  siz  ozodlikka  chiqishingiz  mumkin.  Sizning  sherigingiz 

qamoqda  20  yil  bo`ladi.  Biroq  agarda  siz  birga  o`z  jinoyatingizni  amalga 

oshirganingizni  tan  olsangiz,  biz  sizga  guvoh  bo`lishimiz  shart  emas  va  biz  sud 

jarayoni  qiymatini  oldini  olamiz,  shuningdek,  har  biringiz  8  yildan  qo`shimcha 

jazo olasiz. 

Agarda  Zokir  va  Ortiq,  shavqatsiz  bank  o`g`rilari  ya’ni  ular  o`zlarini 

hukmlarini  o`ylashsa,  siz  ulardan  nima  qilishini  kutasiz?  1-rasm,  ularning 

qarorlarini  ko`rsatadi.  Har  bir  maxbusda  ikki  strategiya  bor:  tan  olish  yoki  jim 

turish. Har bir maxbus uning jinoyatdagi sherigi tomonidan tanlangan strategiya va 

u tanlaydigan strategiyaga bog`liq bo`lgan hukmni oladi. 

 Birinchi  bo`lib,  Zokir  qarorini  ko`rib  chiqamiz.  U  quyidagicha  mulohaza 

qiladi: "Men Ortiqni nima qilmoqchi ekanligini bilmayman. Agar u jim tursa, men 

o`zimning  eng  yaxshi  strategiyamni  tan  olsam,  keyinchalik  men  qamoqxonada  1 

yil o`tishiga nisbatan tezroq ozodlikka chiqaman. Agarda u tan olsa, mening eng 

zo`r  strategiyam  tan  olinganda,  keyinchalik  qamoqxonada  20  yil  o`tishiga 

qaraganda,  8  yil  o`tishi  tezroq.  Shuning  uchun,  Ortiqning  nima  qilishidan  qat’iy 

nazar,  men  yaxshisi  tan  olaman”  o`yinlar  nazariyasi  tilida,  bu  strategiya  ustun 

strategiya  deb  nomlanadi,  agar  boshqa  o`yinlarchilar  tomonidan  qilingan 

strategiyani  e’tiborga  olmaslikdan  qat’iy  nazar  amal  qilish  uchun  eng  zo`r 

strategiyadir. Bu holda, tavba Zokir uchun ustun strategiyadir. Agar u ikki narsani 

e’tiborga olishdan qat'iy nazar, Ortiq tan oladimi yoki jim turadimi, yo`qmi, u tan 

olsa qamoqxonada vaqtini kamroq o`tkazadi.     

 Endi Ortiq qarorini ko`rib chiqamiz. U ham Zokir kabi bir xil qarorlarga duch 

kelsa, va u ham xuddi shu yo`lni tutadi. Nima bo`lishidan qat'iy nazar, Zokir nima 

ish  qilsa  ham,  Ortiq  tomonidan  tan  olish  uning  qamoqdagi  vaqtini  kamaytirishi 

mumkin.  Boshqa  so`zlar  bilan  aytganda,  tan  olish  Ortiq  uchun  ham  ustun 

strategiyadir. 

Oxir-oqibat,  Zokir  va  Ortiq  ikkalasi  tan  oladi  va  har  ikkisi  qamoqda  8  yil 

o`tiradi. Biroq, ularning nuqtai nazaridan, bu dahshatli natijadir. Ular ikkalasi ham 

jim turgan bo`lsa, ularning har ikkalasi ham qurol ayblovi bo`yicha qamoqda faqat 


219 

 

1  yil  o`tirishi  yaxshi  bo`lar  edi.  Chunki,  ikki  maxbus  har  biri  o`z  manfaatlarini 



ko`zlaydilar, birga har biri uchun yomon bo`lgan natijaga erishadilar. 

     Siz Zokir va Ortiq bu holatni   oldindan bilgan va oldindan rejalashtirgan, deb 

o`ylashingiz  mumkin.  Lekin  hatto  rivojlangan  rejalashtirish  bilan,  ular  hali  ham 

muammolar ichiga kirib ketishdi. Politsiya Zokir va Ortiqni qo`lga olishdan oldin, 

ikki jinoyatchi tan olishiga emas, balki shartnoma qilgan, deb tasavvur qilgan. Ular 

har  biri  qamoqxonada  faqat  1  yil  o`tirishi  mumkin.  Ular  alohida-alohida  so`roq 

qilingandan  so`ng,  o`z-o`zini  qiziqtirgan  mantiq  orqali  tan  olib  boradi.  Ikki 

maxbuslar  o`rtasida  hamkorlikni  saqlab  qolish  qiyin,  chunki  yakka  hamkorlik 

asossiz edi. 

Oligopoliyalar maxbuslarning dilemmasi sifatida 

 Maxbuslarning  dilemmasi  bozorlar  va  nomukammal  raqobat  bilan  nima 

qilishi  kerak?  Bu  Oligopolistlar  Monopol  oqibatiga  erishish  uchun  qilayotgan 

harakatida  maxbuslarning  dilemmasida  ikki  maxbus  o`ynashi  oyinga  o`xshaydi, 

deb bellashadi.  

Yana  Anvar  va  Bahrom  yuzlangan  qarorlarni  ko`rib  chiqaylik.  Uzoq 

muzokaralardan    so`ng,  suvni    ikki  yetkazib  beruvchilari  30  bochkada  ishlab 

chiqarishni    saqlab  qolishi  uchun  kelishishadi,  shunday  qilib  ular  birgalikda 

maksimal  foydani  ishlashga  va  narxi  yuqori  saqlanishiga  kelishishdi.Ular  ishlab 

chiqarish darajadagi kelishuvlaridan  so`ng, shu bilan birga, ularning har biri, bu 

shartnomaga  yoki  balandroq    darajada  ishlab  chiqarishga  va  uni    e’tiborsiz 

qoldirishga    sazovor  bo`lib,  yoxud  hamkorlik  qilish  uchun  qaror  qabul  qilishlari 

shart.  2-  grafa  bu  ikki  ishlab  chiqaruvchilar  foydasi  qanchalik  ular    tanlagan 

strategiyalarga bog`liq ekanligini ko`rsatadi. 

Sizni  Anvar,  deylik.  Siz  quyidagicha  mulohaza  qilishingiz  mumkin:  "Men 

kelishganimizdek 30 bochka ishlab chiqarishni pastda tutishim mumkin edi, yoki 



220 

 

men  ishlab  chiqarishni  oshirishim  va  40  bochka  sotishim  mumkin  edi.  Agarda 



Bahrom  shartnomaga  sazovor  bo`lsa,  va  uning  ishlab  chiqarishi  30  bochkada 

davom  etsa,  keyin  men  yuqori  ishlab  chiqarish  bilan  2,000  so`m  va  past  ishlab 

chiqarish bilan 1800 so`m foydani ishlayman. U holda men yuqori ishlab chiqarish 

bilan  yanada  yaxshiroq  foyda  ko`raman.  Agar  Bahrom  shartnomaga  sazovor 

bo`lishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, va 40 bochka ishlab chiqarilsa, keyin men 

yuqori ishlab chiqarish bilan 1600 so`m va pastki ishlab chiqarish bilan 1500 so`m 

ishlayman. Yana bir bor, men yuqori ishlab chiqarish bilan yanada yaxshiroq foyda 

ko`raman.  Shunday  qilib,  Bahrom  nima  qilishni  tanlashidan  qat'iy  nazar,  men 

yuksak  saviyada    ishlab  chiqarishda  va  bizning  shartnomada  yaxshi  foyda 

ko`raman. 

40  bochka  ishlab  chiqarish  Anvar  uchun  ustun  strategiya.  Albatta,  Bahrom 

aynan bir xil tarzda mulohaza qiladi, va shuning uchun har ikki ishlab chiqarish 40 

bochkaning  eng  yuqori  darajasida  bo`ladi.  Natija  (Anvar  va  Bahromning  nuqtai 

nazaridan) - ikki ishlab chiqaruvchilarining har biri uchun quyi foyda bilan bo`lgan 

ichki natija hisoblanadi. 

Bu  misol  nima  uchun  Oligopoliya  Monopoliya  foydasini  qo`llab-

quvvatlashda  muammo  tug`dirishiga  misol  keltiradi.  Monopoliya  natijasi 

Oligopoliya  uchun  umumiy  maqsadga  muvofiqdir,  lekin  har  bir  Oligopolist 

qalloblikni  rag`batlantirishi  mumkin.  Shaxsiy-manfaat  maxbuslar  maxbuslar 

dilemmasida iqror bo`lishiga olib kelganidek, shaxsiy manfaat Oligopoliya pastki 

ishlab  chiqarish,  yuqori  qiymat  va  Monopoliya  foydasi  bilan  kelishuv  natijasini 

qo`llab-quvvatlashi uchun ba’zi qiyinchiliklarni tug`diradi. 

Keys stady  OPEK va Jahon neft bozori 

Bizning  shaharchaning  suv  bozori haqidagi  hikoyamiz  fantastika,  lekin  agar 

biz  tanlangan  suvni  neftga  almashtirsak,  va  Anvar  va  Bahrom  o`rniga  Eron  va 

Iroqga almashtirilsa, bu hikoya haqiqatga yaqin bo`ladi. Jahon neftining anchasi oz 

miqdordagi  mamlakatlar  tomonidan  ishlab  chiqarilgan,  hammasidan  ham  ko`p 

o`rta Sharqda ishlab chiqarilgan. Bu mamlakatlar birgalikda Oligopoliyani tuzadi. 

Ularning  qarorlari  qanchalik  ko`p  neftni  nasos  bilan  tortib  olishga  Anvar  va 

Bahromning  qarorlarini  qanchalik  ko`p  suvni  nasos  bilan  tortib  olish  haqidagi 

hikoyaga o`xshash.  

Bu  mamlakatlar,  ya’ni  Jahon  Neft  qismining  eng  ko`p  qismini  ishlab 

chiqaradigan mamlakatlar bir kartelni shakllantiradi, va bu Neftni Eksport qiluvchi 

Mamlakatlar  Tashkiloti  (OPEC)  deb  ataladi.  1960  yilda  asl  nusxada 

shakllantirilganidek OPEC Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuella 

mamlakatlarini  o`z  ichiga  oladi.  1973  yilda,  boshqa  8  millat  qo`shiladi:  Qatar, 

Indoneziya,  Libiya,  BAA,  Jazoir,  Nigeriya,  Ekvador  va  Gabon.  Bu  mamlakatlar 

zahirada  saqlangan  jahon  neftining  4/3  qismini  nazorat  qiladi.  OPEC  ishlab 

chiqarish miqdorida kamaytirilgan koordinata orqali ishlab chiqarishning foydasini 


221 

 

rivojlantirishga  harakat  qiladi.  OPEC  mamlakat  a’zolarini  har  biri  uchun  ishlab 



chiqarish darajasini o`rnatishga harakat qiladi.

23

  



Oldimizdagi  muammoga  bizning  hikoyamizdagi  Anvar  va  Bahrom  duch 

kelgan  muammolar  kabi  OPEC  ham  duch  keldi.  OPEC  mamlakatlari  neftning 

yuqori qiymatini qo`llab - quvvatlashni xohlaydi. Ammo kartelning har bir a’zosi 

umumiy  foydaning  katta  ulushini  olishi  uning  ishlab  chiqarishini  rivojlanishiga 

jalb  etadi.  OPEC  a’zolari  ishlab  chiqarishga  tez-tez  kelishishadi,  biroq  keyin 

shartnomalar ustida aldashadi. 

OPEC 1973-yildan 1985-yilgacha asosiy hamkorlik va yuqori narxlarda juda 

muvofaqqiyatli  bo`lgan.  Ishlov  berilmagan  neftning  narxi  1972-yilda  3  dollarga, 

1974-yilda  11  dollarga  va  undan  keyin  1981-yilda  35  dollarga  ko`tarildi.  Ammo 

1980-yilning  o`rtalariga  kelib,  a’zo  mamlakatlar  o`rtasida  ishlab  chiqarish 

darajasida  nizo  kelib  chiqa  boshladi  va  OPEC    ayni  vaqtda  davom  etayotgan 

hamkorlikda  samarasiz  bo`la  boshladi.  1986-yilgacha  ishlov  berilmagan  neftning 

narxi yana qaytadan 1 barelli 13 dollarga tushdi. 

Yaqin  yillarga  kelib,  OPECning  a’zolari  muntazam  uchrashishni  davom 

ettirishgandi,  biroq  bu  kartel  joriy  qilingan  shartnomalarga  erishishda  kam 

muvaffaqiyatga  erishdi.  2007  va  2008  yildagi  ahamiyatga  ega  bo`lgan  neftning 

qiymati  rivojlanishiga  qaramay,  bu  boshlang`ich  sabab  jahon  neft  bozorining 

talabini rivojlantirdi.

 

 

Umumiy  resurslar.  Odamlarni  haddan  tashqari  umumiy  resurslardan  ko`p 



foydalanishga moyil ekanini ko`rdik. Bu muammolarni maxbuslar dilemmasining 

(tang ahvoli)  misoli  tariqasida  mulohaza  qilishimiz  mumkin.  Exxon va  Texaco  – 

ya’ni  neft  faoliyatiga  ega  bo`lgan  ikki  qo`shni  neft  kompaniyalarini  tasavvur 

qiling.  Bu  soha  ostida  12  million  dollar  qiymatga  ega  neftning  umumiy  fondi 

yotibdi. 

Maxbuslarning  dilemmasi  va jamiyatning farovonligi 

Maxbuslarning  dilemmasi  hayot  vaziyatlarini  ko`p  tasvirlaydi  va  bu  yaxshi 

o`yinlarda  o`yinlarchilar  ishtirok  etishni  kelishishsada,  bu  hamkorlik  qo`llab  - 

quvvatlashga  qiyin  bo`lishi  mumkinligini  ko`rsatadi.    Shubhasiz,  hamkorlik 

yetishmasligi bu vaziyatlar bilan shug`ullanadiganlar uchun muammo emas. Lekin 

hamkorlik  yo`qligi,  bir  butun  sifatida  jamiyat  nuqtai  nazaridan  muammomi?  Bu 

javob vaziyatlarga bog`liq. 

 Monopol foydani saqlab qolish uchun Oligopolistlar harakat qilgan taqdirda, 

hamkorlik  yo`qligi,  bir  butun  sifatida  jamiyat  nuqtai  nazaridan  maqsadga 

muvofiqdir,  Monopol  natijasi  Oligopolistlar  uchun  yaxshi,  lekin  mahsulot 

iste'molchilari  uchun  yomon.  Raqobatbardosh  natija  jamiyat  uchun  yaxshi,  jami 

ortiqchalikni 

maksimallashtiradi. 

Oligopolistlar 

hamkorlik 

uchun 


                                                           

23

 N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e 



222 

 

muvaffaqiyatsizlikka  uchrasa,  ular  ishlab  chiqarish  miqdori  bu  maqbul  darajaga 



yaqin bo`lmaydi. Boshqacha aytganda, ko`zga ko`rinmas qo`l faqat samarali bozor 

resurslarini  joylashtirishga  yo`l  boshlaydi,  qachonki  bozorlar  raqobatbardosh 

bo`lsa, va qachonki bozordagi firmalar boshqa bir biri bilan hamkorlik qilish uchun 

muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bozorlar raqobtbardosh bo`ladi. 

Xuddi  shunday,  Politsiya  bu  ikki  shubhali  shaxslar  so`rog`ining  sud  ishini 

ko`rib  chiqdi.  Bu  Politsiya  ko`proq  jinoyatchilarni  fosh  qilish  imkonini  berishi 

uchun  gumondor  shaxslar  o`rtasidagi  hamkorlikning  yo`qligi,  maqsadga 

muvofiqdir.  Maxbuslarning  dilemmasi  maxbuslar  uchun  dilemma,  lekin  har  bir 

kishi uchun foyda bo`lishi mumkin. 

Maxbuslarning  dilemmasi  hamkorlikning  qiyin  ekanligini  ko`rsatadi.  Lekin 

bu  mumkin  emasmi?    Karteller  individual  a'zolari  uchun  beriladigan  rag`batga 

qaramay, maxfiy til biriktirishni qo`llab-quvvatlashga rahbarlik qiladi. Juda tezlik 

bilan  o`yinlarchilar  maxbuslar  dilemmasi  (tang  ahvoli)ni  hal  qilishi  mumkin, 

chunki ular bir marta emas, balki bir necha marta o`ynaydi. 

Takrorlanuvchi  o`yinlarlarda  nima  uchun  hamkorlikda  ishlash  osonligini 

ko`rish  uchun,  keling  bizning  Duopolistlarimizga  qaytamiz,  ya’ni  Anvar  va 

Bahromning  2-  rasmda  berilgan  qarorlariga  qaytaylik.  Anvar va  Bahrom  har  biri 

30  bochka  ishlab  chiqarishidagi  Monopoliya  natijasini  qo`llab-quvvatlashga  rozi 

bo`lishni  xohlar  edi.  Agarda  Anvar  va  Bahrom  faqat  bir  marta  bu  o`yinlarni 

o`ynasa, bu shartnomaga erishishga hech qanday istak bo`lmaydi. Shaxsiy manfaat 

ularning har birini 40 bochka ustun strategiyasini tanlashiga olib keladi. 

Endi  Anvar  va  Bahrom  ular  har hafta  bir  xil  o`yinlar o`ynashini  biladi,  deb 

o`ylayman. Qachonki, ular ishlab chiqarishni pastda ushlab qolish uchun, ularning 

boshlang`ich bitimini hal qilishsa, ular ham bir partiya bo`lsa, nima sodir bo`lishini 

ko`rsatish mumkin. Ular ularning ikkalasi talab uchun yuksak saviyada 40 bochka 

ishlab chiqarishi va bir marta ishlab chiqarishiga rozi bo`lishi mumkin edi. 

Bu  jazoni  tahdid  qilish,  barcha  hamkorlikni  davom  ettirish  uchun  zarur 

bo`lgan  bo`lishi  mumkin.  Har  bir  shaxs  voz  kechish  o`zining  foydasini  1800 

so`mdan  2000  so`mga  oshirishini  biladi.  Lekin  bu  foyda  faqat  bir  hafta  davom 

etishi mumkin. Shundan so`ng, foyda 1600 so`mga tusha boshlaydi va shu yerda 

qoladi.  Modomiki  o`yinlarchilar  kelajakdagi  foyda  haqida  yetarlicha  o`ylasalar, 

ular  bir  martalik  daromadni  saqlashni  tanlaydi.  Shunday  qilib,  takrorlangan 

maxbuslar dilemmasining bir o`yinlarida ikki o`yinlarchi ham kooperativ oqibatga 

erishishi mumkin. 



Keys stady. Maxbuslarning dilemma musobaqasi 

Siz alohida-alohida xonada o`tkazilgan shaxs soroq qilingani bilan maxbuslar 

dilemmasining  o`yinlarida  o`ynayotganingizni  bir  tasavvur  qilib  ko`ring.  Bundan 

tashqari, siz faqat bir emas, balki ko`p bora o`ynamoqchi ekanligingizni tasavvur 

qiling.  Sizning  natijangiz  o`yinlar  oxirida  qamoqdagi  yilning  umumiy  soniga 


223 

 

to`g`ri  keladi.  Siz  ehtimol  bu  natija  kichkina  bo`lishini  xohlarsiz.  Siz  qanday 



strategiyada  bo`lar  edingiz?  Siz  tan  olishni  yoki  jim  turishni  boshlarmidingiz? 

Sizning  tan  olish  haqidagi  kelgusi  qarorlaringizda  boshqa  o`yinlarchining 

harakatlari qanchalik ta’sir ko`rsatar edi? 

Takroriy  maxbuslarning  dilemmasi  anchagina  murakkab  o`yin  bo`ldi. 

Hamkorlikni  rag`batlantirishda  o`yinlarchilar  bir  birini  hamkor  bo`lmaslikda 

jazolashi kerak. Biroq bu strategiya avvalroq Anvar va Bahromning suv kartellari 

uchun  boshqa  o`yinlarchilarni  kechirib  bo`lmaydigan  kamchiliklari  tasvirlangan. 

Bir  o`yinlarda  ko`p  marotaba  takrorlangan  bitta  strategiya  o`yinlarchilarga 

hamkorlik  qilmay  yurgan  davrdan  keyin,  samarali  hamkorlikga  qaytishiga  ruhsat 

beradi. 


Strategiyalarni  yaxshi  ishlashini  ko`rish  uchun  siyosatshunos  olim  Robert 

Akselrod bir musobaqani tashkil etdi. Odamlar takroran maxbuslarni dilemmasini 

o`ynash  uchun  kompyuter  dasturlarini  yuborish  loyihasini  tuzdi  va  kirdi.  Har  bir 

dastur  keyin  barcha  boshqa  dasturlarga  qarshi  o`yinlar  o`ynagan  g`olib  qamoqda 

eng kam yillik muddatni olgan bo`ladi. 

G`olib  bir  oddiy  strategiyada  o`ch  oluvchi  bo`lib  chiqadi.  O`ch  oluvchiga 

qaraganda  bitta  o`yinlarchi  hamkorlik  qilishni  boshlashi  lozim  va  undan  keyin 

boshqa  o`yinlarchi  o`tgan  vaqt  davomida  nima  qilgan  bo`lsa,  xuddi  shunday  ish 

qiladi.  Shunday  qilib  bir  o`ch  oluvchi  o`yinlarchi  boshqa  o`yinlarchi 

kamchiliklarigacha  hamkorlik  qiladi;  u  keyin  boshqa  o`yinlarchi  bilan  yana 

hamkorlik  qiladi.  Boshqa  so`z  bilan  aytganda  bu  g`oya  do`stona  munosabatni 

boshlaydi,  do`stona  bo`lmagan  o`yinlarchilarni  jazolaydi  va  agar  ular  munosib 

bo`lsa kechirishadi. Akselrodning hayratlanishiga ko`ra bu oddiy strategiya boshqa 

odamlar yuborgan murakkab strategiyaga qaraganda yaxshi qilngan edi. 

 

O`ch oluvchi strategiyasi uzoq tarixiylikga egadir. Bu asli kitobiy strategiya 



“ko`z  evaziga  ko`z,  tish  evaziga  tish”  edi.  Maxbuslarning  dilemma  musobaqasi 

hayotning ba`zi o`yinlarlarini o`ynash uchun bosh barmoq qoidasi yaxshi bo`lishini 

taklif qilishadi.  

 

 



Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin