14.3 Oligopoliyaning bozor natijalariga ta'siri
Fazraz qiling, masalan, Shavkat va Davron to`satdan o`zlarini boyliklarini—
suv quduqlarini ochishdivva Anvar va Bahromning suv Oligopoliyasiga qo`shildi.
1-jadvaldagi talab jadvali bir xil qolmoqda. Ammo bugungi kunda ko`pchilik
ishlab chiqaruvchilar bu talabni qondirish uchun layoqatlidir. Shahardagi suvning
miqdori va narxi sotuvchilarni ikkitadan to`rttaga ko`payishiga qay darajada ta’sir
qiladi?
Agarda suv sotuvchilar kartellardan foydalana olganda, ular Monopoliya
narxini o`zgartirishi va Monopoliya miqdorini ishlab chiqarish tomonidan umumiy
foydani oshirishga yana bir bor harakat qilishgan bo`lardi. Qachonki, faqat 2
sotuvchi bo`lsa, kartel a’zolari shartnomani tadbiq qilish uchun ba’zi yo`llarni
topishar va har bir a’zo uchun ishlab chiqarish darajasiga kelishishga rozi bo`lishar
edi. Kartelning kengayishida bu natija ehtimol kam samara beradi, chunki guruhlar
rivojlanishining hajmiga o`xshab natijaga erishish va hayotga tadbiq qilishda ko`p
qiyinchiliklar vujudga kela boshladi.
Agarda Oligopolistlar kartel shaklida bo`lmasa, ya’ni Monopoliyaga qarshi
qonunlar buni ta’qiqlaydi, shuning uchun, qanchalik ko`p suv ishlab chiqarishlarini
o`zlari hal qilishlari shart. Sotuvchilar sonining ortib borishi natijaga qanchalik
ta’sir qilishini ko`rishga, har bir sotuvchining qarama-qarshi qarorlarini e’tiborga
olishga harakat qilish kerak. Ishlab chiqaruvchida doimo qo`shimch 1 bochka suv
ishlab chiqarish imkoniyati bor. Qabul qilingan qarorlar 2 xil samara beradi:
Ishlab chiqarish samarasi: narx chekli harajatdan yuqori bo`lgani uchun
1bochka qo`shimcha sotilgan suv daromadni oshiradi, bu yerda narx o`zgarmas
deb olamiz.
Narx samarasi: ishlab chiqarishning oshishi sotishning umumiy miqdorni
ko`paytiradi, va bu suvning narxini pasyishiga va boshqa bochkalarni sotishdan
olinadigan foydani pasayishiga olib keladi.
Agar ishlab chiqarish samarasi narx samarasiga qaraganda kattaroq bo`lsa,
quduq egalari ishlab chiqarishni ko`paytiradilar. Agarda narx samarasi ishlab
chiqarish samarasiga nisbatan kattaroq bo`lganda, quduq egalari ishlab chiqarishni
ko`paytirmas edilar. (Anig`i shundaki, bu misolda ishlab chiqarishni kamaytirish
foydali bo`ladi). Har bir Oligopolist ishlab chiqarishni oshrishni bu ikkala chekli
samara teng bo`lgunicha, boshqa firmalar ishlab chiqarishni boshlagunga qadar
davom ettiradi.
217
Hozir sanoatda bo`lgan firmalarning soni qanchaligi har bir Oligopolistning
chekli tahliliga ta’sirini ko`rib chiqaylik. Sotuvchilarning katta miqdori, kamida
har bir sotuvchi bozor qiymatida o`zining ta’siri haqida tashvishlanadi. Bu
Oligopoliya bir o`lchamda o`sishiga qarab, narx ta’siri pasayishining ahamiyatga
egaligidadir. Qachonki, Oligopoliya juda katta bo`lib rivojlansa, qiymat butunlay
natija bermaydi. Bu shuningdek, bozor qiymati yakka firmaning uzoq ta’sir
qilmasligining ishlab chiqarishdagi qaroridir. Eng so`nggi sabablarda har bir firma
bozor qiymatini qachonki ishlab chiqarishni qanchalik ko`p qabul qilsa, xuddi
bergandek oladi.
Biz hozir raqobatga ega firmalarni bir guruhini aslini olganda bir katta
Oligopoliyani ko`rishimiz mumkin. Qachonki, ishlab chiqarishga qanchalik ko`p
qaror qabul qilishsa, bu raqobatbardosh firmalar faqat ishlab chiqarish natijasini
e’tiborga olishadi: raqobatdosh firma narx oluvchi bo`lganligi sababli, narx natijasi
bo`lmaydi. Shunday qilib, katta rivojlanishdagi Oligopoliya sotuvchilari miqdoriga
o`xshab, Oligopolistik bozor yanada raqobatbardosh bozorga o`xshab bormoqda.
Bu narx chetdagi narxga yaqinlashadi, va ishlab chiqarilgan miqdor ijtimoiy
jihatdan samarali darajaga erishadi.
Oligopoliyaning tahlillari xalqaro savdoning natijasi ustidagi bir yangi nuqtai
nazarni taqdim qiladi. Faqat Yaponiyada yaratilgan avtomashinlarni, ya’ni Toyota
va Honda, Germaniyada yaratilgan Volkswagen hamda BMW avtomashinalari,
AQSH avtomobillaridan Ford va General Motors avtomashinalarini tasavvur qilib
ko`ring. Agarda davlat avtomashina xalqaro savdo sotig`ini ta’qiqlasa, faqat ikki
a’zo o`rtasida avtomashina Oligopoliyasi bo`lishi mumkin. Aslini olganda bozor
eng oliy maqsadlarda yuqori pog`onalarga ko`tarilar. Garchan xalqaro savdo bilan
mashina bozori dunyo bozori bo`lmasada, namunadagi Oligopoliya 6 a’zoga ega
bo`ladi.
Hamkorlik iqtisodi. Biz ko`rganimizdek, Oligopolistlar Monopoliya
xohlaydi, biroq davom ettirish va asos solish bu vaqtda mushkul vazifa
hisoblanganidek, vaziyat hamkorlik qilishga undaydi. Ya’ni qachonki
ishtirokchilar o`rtasidagi hamkorlik ma’qul, ammo mushkul bo`lgandagi vujudga
kelgan muammolarni ko`rdik. Hamkorlikning iqtisodiyotdagi o`rnini sinchiklab
o`rganishimiz uchun ozgina o`yinlar nazariyasi haqida o`rganishga majburmiz.
Xususan, biz maxbuslarning dilemmasi deb ataladigan bir muhim o`yinlarda
davom etamiz. Bu o`yinlar nima uchun hamkorlik qiyin bo`lishini ichki jihatdan
tushuntirib beradi. Hayotda bir necha marta odamlar hatto hamkorlik ularga yaxshi
foyda olib kelgan bo`lsa ham, biri boshqasi bilan hamkorlik qilishda
muvafaqqiyatsizlikka uchragan. Oligopoliya shunga misol bo`la oladi.
Maxbuslarning dilemmasi qissasi har qanday guruhda hamkorlikni uning a’zolari
o`rtasida saqlab qolishini o`z ichiga oluvchi umumiy bir darsdir.
Maxbuslarning dilemmasi
218
Maxbuslarning dilemmasi bu – Politsiya tomonidan hibsga olingan ikki
jinoyatchi haqidagi hikoyadir. Keling ularni Zokir va Ortiq deb ataymiz.
Politsiyada bu ikki jinoyatchi ya’ni Zokir va Ortiqni ro`yxatga olinmagan qurolni,
ya’ni miltiqni ko`tarib yurganining, ahamiyatsiz g`ayri qonuniy hatti-harakatida
hukm chiqarish uchun yetarlicha isbot va dalillar bor. Politsiya bu ikki jinoyatchi
birgalikda bir bankda o`g`irlik sodir etganini tahmin qilmoqda, biroq Politsiya,
ularni bu katta jinoyat ustida hukm qilishga qiyinchilik bilan erishishdi. Politsiya
Zokir va Ortiqni alohida xonalarda so`roq qilishdi va Politsiya ularning har biridan
quyidagi ma’lumotlarni olishdi:
“Tog`ri hozir biz 1 yilga qamoqqa tushira olamiz. Agarda siz bankni
o`g`irlashga va sherigingizni ham jalb qilganingizga iqror bo`lsangiz, biz sizni
himoya qilishimiz va siz ozodlikka chiqishingiz mumkin. Sizning sherigingiz
qamoqda 20 yil bo`ladi. Biroq agarda siz birga o`z jinoyatingizni amalga
oshirganingizni tan olsangiz, biz sizga guvoh bo`lishimiz shart emas va biz sud
jarayoni qiymatini oldini olamiz, shuningdek, har biringiz 8 yildan qo`shimcha
jazo olasiz.
Agarda Zokir va Ortiq, shavqatsiz bank o`g`rilari ya’ni ular o`zlarini
hukmlarini o`ylashsa, siz ulardan nima qilishini kutasiz? 1-rasm, ularning
qarorlarini ko`rsatadi. Har bir maxbusda ikki strategiya bor: tan olish yoki jim
turish. Har bir maxbus uning jinoyatdagi sherigi tomonidan tanlangan strategiya va
u tanlaydigan strategiyaga bog`liq bo`lgan hukmni oladi.
Birinchi bo`lib, Zokir qarorini ko`rib chiqamiz. U quyidagicha mulohaza
qiladi: "Men Ortiqni nima qilmoqchi ekanligini bilmayman. Agar u jim tursa, men
o`zimning eng yaxshi strategiyamni tan olsam, keyinchalik men qamoqxonada 1
yil o`tishiga nisbatan tezroq ozodlikka chiqaman. Agarda u tan olsa, mening eng
zo`r strategiyam tan olinganda, keyinchalik qamoqxonada 20 yil o`tishiga
qaraganda, 8 yil o`tishi tezroq. Shuning uchun, Ortiqning nima qilishidan qat’iy
nazar, men yaxshisi tan olaman” o`yinlar nazariyasi tilida, bu strategiya ustun
strategiya deb nomlanadi, agar boshqa o`yinlarchilar tomonidan qilingan
strategiyani e’tiborga olmaslikdan qat’iy nazar amal qilish uchun eng zo`r
strategiyadir. Bu holda, tavba Zokir uchun ustun strategiyadir. Agar u ikki narsani
e’tiborga olishdan qat'iy nazar, Ortiq tan oladimi yoki jim turadimi, yo`qmi, u tan
olsa qamoqxonada vaqtini kamroq o`tkazadi.
Endi Ortiq qarorini ko`rib chiqamiz. U ham Zokir kabi bir xil qarorlarga duch
kelsa, va u ham xuddi shu yo`lni tutadi. Nima bo`lishidan qat'iy nazar, Zokir nima
ish qilsa ham, Ortiq tomonidan tan olish uning qamoqdagi vaqtini kamaytirishi
mumkin. Boshqa so`zlar bilan aytganda, tan olish Ortiq uchun ham ustun
strategiyadir.
Oxir-oqibat, Zokir va Ortiq ikkalasi tan oladi va har ikkisi qamoqda 8 yil
o`tiradi. Biroq, ularning nuqtai nazaridan, bu dahshatli natijadir. Ular ikkalasi ham
jim turgan bo`lsa, ularning har ikkalasi ham qurol ayblovi bo`yicha qamoqda faqat
219
1 yil o`tirishi yaxshi bo`lar edi. Chunki, ikki maxbus har biri o`z manfaatlarini
ko`zlaydilar, birga har biri uchun yomon bo`lgan natijaga erishadilar.
Siz Zokir va Ortiq bu holatni oldindan bilgan va oldindan rejalashtirgan, deb
o`ylashingiz mumkin. Lekin hatto rivojlangan rejalashtirish bilan, ular hali ham
muammolar ichiga kirib ketishdi. Politsiya Zokir va Ortiqni qo`lga olishdan oldin,
ikki jinoyatchi tan olishiga emas, balki shartnoma qilgan, deb tasavvur qilgan. Ular
har biri qamoqxonada faqat 1 yil o`tirishi mumkin. Ular alohida-alohida so`roq
qilingandan so`ng, o`z-o`zini qiziqtirgan mantiq orqali tan olib boradi. Ikki
maxbuslar o`rtasida hamkorlikni saqlab qolish qiyin, chunki yakka hamkorlik
asossiz edi.
Oligopoliyalar maxbuslarning dilemmasi sifatida
Maxbuslarning dilemmasi bozorlar va nomukammal raqobat bilan nima
qilishi kerak? Bu Oligopolistlar Monopol oqibatiga erishish uchun qilayotgan
harakatida maxbuslarning dilemmasida ikki maxbus o`ynashi oyinga o`xshaydi,
deb bellashadi.
Yana Anvar va Bahrom yuzlangan qarorlarni ko`rib chiqaylik. Uzoq
muzokaralardan so`ng, suvni ikki yetkazib beruvchilari 30 bochkada ishlab
chiqarishni saqlab qolishi uchun kelishishadi, shunday qilib ular birgalikda
maksimal foydani ishlashga va narxi yuqori saqlanishiga kelishishdi.Ular ishlab
chiqarish darajadagi kelishuvlaridan so`ng, shu bilan birga, ularning har biri, bu
shartnomaga yoki balandroq darajada ishlab chiqarishga va uni e’tiborsiz
qoldirishga sazovor bo`lib, yoxud hamkorlik qilish uchun qaror qabul qilishlari
shart. 2- grafa bu ikki ishlab chiqaruvchilar foydasi qanchalik ular tanlagan
strategiyalarga bog`liq ekanligini ko`rsatadi.
Sizni Anvar, deylik. Siz quyidagicha mulohaza qilishingiz mumkin: "Men
kelishganimizdek 30 bochka ishlab chiqarishni pastda tutishim mumkin edi, yoki
220
men ishlab chiqarishni oshirishim va 40 bochka sotishim mumkin edi. Agarda
Bahrom shartnomaga sazovor bo`lsa, va uning ishlab chiqarishi 30 bochkada
davom etsa, keyin men yuqori ishlab chiqarish bilan 2,000 so`m va past ishlab
chiqarish bilan 1800 so`m foydani ishlayman. U holda men yuqori ishlab chiqarish
bilan yanada yaxshiroq foyda ko`raman. Agar Bahrom shartnomaga sazovor
bo`lishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, va 40 bochka ishlab chiqarilsa, keyin men
yuqori ishlab chiqarish bilan 1600 so`m va pastki ishlab chiqarish bilan 1500 so`m
ishlayman. Yana bir bor, men yuqori ishlab chiqarish bilan yanada yaxshiroq foyda
ko`raman. Shunday qilib, Bahrom nima qilishni tanlashidan qat'iy nazar, men
yuksak saviyada ishlab chiqarishda va bizning shartnomada yaxshi foyda
ko`raman.
40 bochka ishlab chiqarish Anvar uchun ustun strategiya. Albatta, Bahrom
aynan bir xil tarzda mulohaza qiladi, va shuning uchun har ikki ishlab chiqarish 40
bochkaning eng yuqori darajasida bo`ladi. Natija (Anvar va Bahromning nuqtai
nazaridan) - ikki ishlab chiqaruvchilarining har biri uchun quyi foyda bilan bo`lgan
ichki natija hisoblanadi.
Bu misol nima uchun Oligopoliya Monopoliya foydasini qo`llab-
quvvatlashda muammo tug`dirishiga misol keltiradi. Monopoliya natijasi
Oligopoliya uchun umumiy maqsadga muvofiqdir, lekin har bir Oligopolist
qalloblikni rag`batlantirishi mumkin. Shaxsiy-manfaat maxbuslar maxbuslar
dilemmasida iqror bo`lishiga olib kelganidek, shaxsiy manfaat Oligopoliya pastki
ishlab chiqarish, yuqori qiymat va Monopoliya foydasi bilan kelishuv natijasini
qo`llab-quvvatlashi uchun ba’zi qiyinchiliklarni tug`diradi.
Keys stady OPEK va Jahon neft bozori
Bizning shaharchaning suv bozori haqidagi hikoyamiz fantastika, lekin agar
biz tanlangan suvni neftga almashtirsak, va Anvar va Bahrom o`rniga Eron va
Iroqga almashtirilsa, bu hikoya haqiqatga yaqin bo`ladi. Jahon neftining anchasi oz
miqdordagi mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan, hammasidan ham ko`p
o`rta Sharqda ishlab chiqarilgan. Bu mamlakatlar birgalikda Oligopoliyani tuzadi.
Ularning qarorlari qanchalik ko`p neftni nasos bilan tortib olishga Anvar va
Bahromning qarorlarini qanchalik ko`p suvni nasos bilan tortib olish haqidagi
hikoyaga o`xshash.
Bu mamlakatlar, ya’ni Jahon Neft qismining eng ko`p qismini ishlab
chiqaradigan mamlakatlar bir kartelni shakllantiradi, va bu Neftni Eksport qiluvchi
Mamlakatlar Tashkiloti (OPEC) deb ataladi. 1960 yilda asl nusxada
shakllantirilganidek OPEC Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuella
mamlakatlarini o`z ichiga oladi. 1973 yilda, boshqa 8 millat qo`shiladi: Qatar,
Indoneziya, Libiya, BAA, Jazoir, Nigeriya, Ekvador va Gabon. Bu mamlakatlar
zahirada saqlangan jahon neftining 4/3 qismini nazorat qiladi. OPEC ishlab
chiqarish miqdorida kamaytirilgan koordinata orqali ishlab chiqarishning foydasini
221
rivojlantirishga harakat qiladi. OPEC mamlakat a’zolarini har biri uchun ishlab
chiqarish darajasini o`rnatishga harakat qiladi.
23
Oldimizdagi muammoga bizning hikoyamizdagi Anvar va Bahrom duch
kelgan muammolar kabi OPEC ham duch keldi. OPEC mamlakatlari neftning
yuqori qiymatini qo`llab - quvvatlashni xohlaydi. Ammo kartelning har bir a’zosi
umumiy foydaning katta ulushini olishi uning ishlab chiqarishini rivojlanishiga
jalb etadi. OPEC a’zolari ishlab chiqarishga tez-tez kelishishadi, biroq keyin
shartnomalar ustida aldashadi.
OPEC 1973-yildan 1985-yilgacha asosiy hamkorlik va yuqori narxlarda juda
muvofaqqiyatli bo`lgan. Ishlov berilmagan neftning narxi 1972-yilda 3 dollarga,
1974-yilda 11 dollarga va undan keyin 1981-yilda 35 dollarga ko`tarildi. Ammo
1980-yilning o`rtalariga kelib, a’zo mamlakatlar o`rtasida ishlab chiqarish
darajasida nizo kelib chiqa boshladi va OPEC ayni vaqtda davom etayotgan
hamkorlikda samarasiz bo`la boshladi. 1986-yilgacha ishlov berilmagan neftning
narxi yana qaytadan 1 barelli 13 dollarga tushdi.
Yaqin yillarga kelib, OPECning a’zolari muntazam uchrashishni davom
ettirishgandi, biroq bu kartel joriy qilingan shartnomalarga erishishda kam
muvaffaqiyatga erishdi. 2007 va 2008 yildagi ahamiyatga ega bo`lgan neftning
qiymati rivojlanishiga qaramay, bu boshlang`ich sabab jahon neft bozorining
talabini rivojlantirdi.
Umumiy resurslar. Odamlarni haddan tashqari umumiy resurslardan ko`p
foydalanishga moyil ekanini ko`rdik. Bu muammolarni maxbuslar dilemmasining
(tang ahvoli) misoli tariqasida mulohaza qilishimiz mumkin. Exxon va Texaco –
ya’ni neft faoliyatiga ega bo`lgan ikki qo`shni neft kompaniyalarini tasavvur
qiling. Bu soha ostida 12 million dollar qiymatga ega neftning umumiy fondi
yotibdi.
Maxbuslarning dilemmasi va jamiyatning farovonligi
Maxbuslarning dilemmasi hayot vaziyatlarini ko`p tasvirlaydi va bu yaxshi
o`yinlarda o`yinlarchilar ishtirok etishni kelishishsada, bu hamkorlik qo`llab -
quvvatlashga qiyin bo`lishi mumkinligini ko`rsatadi. Shubhasiz, hamkorlik
yetishmasligi bu vaziyatlar bilan shug`ullanadiganlar uchun muammo emas. Lekin
hamkorlik yo`qligi, bir butun sifatida jamiyat nuqtai nazaridan muammomi? Bu
javob vaziyatlarga bog`liq.
Monopol foydani saqlab qolish uchun Oligopolistlar harakat qilgan taqdirda,
hamkorlik yo`qligi, bir butun sifatida jamiyat nuqtai nazaridan maqsadga
muvofiqdir, Monopol natijasi Oligopolistlar uchun yaxshi, lekin mahsulot
iste'molchilari uchun yomon. Raqobatbardosh natija jamiyat uchun yaxshi, jami
ortiqchalikni
maksimallashtiradi.
Oligopolistlar
hamkorlik
uchun
23
N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e
222
muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ular ishlab chiqarish miqdori bu maqbul darajaga
yaqin bo`lmaydi. Boshqacha aytganda, ko`zga ko`rinmas qo`l faqat samarali bozor
resurslarini joylashtirishga yo`l boshlaydi, qachonki bozorlar raqobatbardosh
bo`lsa, va qachonki bozordagi firmalar boshqa bir biri bilan hamkorlik qilish uchun
muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bozorlar raqobtbardosh bo`ladi.
Xuddi shunday, Politsiya bu ikki shubhali shaxslar so`rog`ining sud ishini
ko`rib chiqdi. Bu Politsiya ko`proq jinoyatchilarni fosh qilish imkonini berishi
uchun gumondor shaxslar o`rtasidagi hamkorlikning yo`qligi, maqsadga
muvofiqdir. Maxbuslarning dilemmasi maxbuslar uchun dilemma, lekin har bir
kishi uchun foyda bo`lishi mumkin.
Maxbuslarning dilemmasi hamkorlikning qiyin ekanligini ko`rsatadi. Lekin
bu mumkin emasmi? Karteller individual a'zolari uchun beriladigan rag`batga
qaramay, maxfiy til biriktirishni qo`llab-quvvatlashga rahbarlik qiladi. Juda tezlik
bilan o`yinlarchilar maxbuslar dilemmasi (tang ahvoli)ni hal qilishi mumkin,
chunki ular bir marta emas, balki bir necha marta o`ynaydi.
Takrorlanuvchi o`yinlarlarda nima uchun hamkorlikda ishlash osonligini
ko`rish uchun, keling bizning Duopolistlarimizga qaytamiz, ya’ni Anvar va
Bahromning 2- rasmda berilgan qarorlariga qaytaylik. Anvar va Bahrom har biri
30 bochka ishlab chiqarishidagi Monopoliya natijasini qo`llab-quvvatlashga rozi
bo`lishni xohlar edi. Agarda Anvar va Bahrom faqat bir marta bu o`yinlarni
o`ynasa, bu shartnomaga erishishga hech qanday istak bo`lmaydi. Shaxsiy manfaat
ularning har birini 40 bochka ustun strategiyasini tanlashiga olib keladi.
Endi Anvar va Bahrom ular har hafta bir xil o`yinlar o`ynashini biladi, deb
o`ylayman. Qachonki, ular ishlab chiqarishni pastda ushlab qolish uchun, ularning
boshlang`ich bitimini hal qilishsa, ular ham bir partiya bo`lsa, nima sodir bo`lishini
ko`rsatish mumkin. Ular ularning ikkalasi talab uchun yuksak saviyada 40 bochka
ishlab chiqarishi va bir marta ishlab chiqarishiga rozi bo`lishi mumkin edi.
Bu jazoni tahdid qilish, barcha hamkorlikni davom ettirish uchun zarur
bo`lgan bo`lishi mumkin. Har bir shaxs voz kechish o`zining foydasini 1800
so`mdan 2000 so`mga oshirishini biladi. Lekin bu foyda faqat bir hafta davom
etishi mumkin. Shundan so`ng, foyda 1600 so`mga tusha boshlaydi va shu yerda
qoladi. Modomiki o`yinlarchilar kelajakdagi foyda haqida yetarlicha o`ylasalar,
ular bir martalik daromadni saqlashni tanlaydi. Shunday qilib, takrorlangan
maxbuslar dilemmasining bir o`yinlarida ikki o`yinlarchi ham kooperativ oqibatga
erishishi mumkin.
Keys stady. Maxbuslarning dilemma musobaqasi
Siz alohida-alohida xonada o`tkazilgan shaxs soroq qilingani bilan maxbuslar
dilemmasining o`yinlarida o`ynayotganingizni bir tasavvur qilib ko`ring. Bundan
tashqari, siz faqat bir emas, balki ko`p bora o`ynamoqchi ekanligingizni tasavvur
qiling. Sizning natijangiz o`yinlar oxirida qamoqdagi yilning umumiy soniga
223
to`g`ri keladi. Siz ehtimol bu natija kichkina bo`lishini xohlarsiz. Siz qanday
strategiyada bo`lar edingiz? Siz tan olishni yoki jim turishni boshlarmidingiz?
Sizning tan olish haqidagi kelgusi qarorlaringizda boshqa o`yinlarchining
harakatlari qanchalik ta’sir ko`rsatar edi?
Takroriy maxbuslarning dilemmasi anchagina murakkab o`yin bo`ldi.
Hamkorlikni rag`batlantirishda o`yinlarchilar bir birini hamkor bo`lmaslikda
jazolashi kerak. Biroq bu strategiya avvalroq Anvar va Bahromning suv kartellari
uchun boshqa o`yinlarchilarni kechirib bo`lmaydigan kamchiliklari tasvirlangan.
Bir o`yinlarda ko`p marotaba takrorlangan bitta strategiya o`yinlarchilarga
hamkorlik qilmay yurgan davrdan keyin, samarali hamkorlikga qaytishiga ruhsat
beradi.
Strategiyalarni yaxshi ishlashini ko`rish uchun siyosatshunos olim Robert
Akselrod bir musobaqani tashkil etdi. Odamlar takroran maxbuslarni dilemmasini
o`ynash uchun kompyuter dasturlarini yuborish loyihasini tuzdi va kirdi. Har bir
dastur keyin barcha boshqa dasturlarga qarshi o`yinlar o`ynagan g`olib qamoqda
eng kam yillik muddatni olgan bo`ladi.
G`olib bir oddiy strategiyada o`ch oluvchi bo`lib chiqadi. O`ch oluvchiga
qaraganda bitta o`yinlarchi hamkorlik qilishni boshlashi lozim va undan keyin
boshqa o`yinlarchi o`tgan vaqt davomida nima qilgan bo`lsa, xuddi shunday ish
qiladi. Shunday qilib bir o`ch oluvchi o`yinlarchi boshqa o`yinlarchi
kamchiliklarigacha hamkorlik qiladi; u keyin boshqa o`yinlarchi bilan yana
hamkorlik qiladi. Boshqa so`z bilan aytganda bu g`oya do`stona munosabatni
boshlaydi, do`stona bo`lmagan o`yinlarchilarni jazolaydi va agar ular munosib
bo`lsa kechirishadi. Akselrodning hayratlanishiga ko`ra bu oddiy strategiya boshqa
odamlar yuborgan murakkab strategiyaga qaraganda yaxshi qilngan edi.
O`ch oluvchi strategiyasi uzoq tarixiylikga egadir. Bu asli kitobiy strategiya
“ko`z evaziga ko`z, tish evaziga tish” edi. Maxbuslarning dilemma musobaqasi
hayotning ba`zi o`yinlarlarini o`ynash uchun bosh barmoq qoidasi yaxshi bo`lishini
taklif qilishadi.
Dostları ilə paylaş: |