Biznes va tadbirkorlik


Mikroiqtisodiyotning ahamiyati



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


1.3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyati 

 

Mikroiqtisodiyotning  ahamiyati  alohida  tadbirkorlar,  korxonalar,  uy 



xo`jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.  

  Amalda  bizning  asosiy  mahsadlarimizdan  biri  xo`jalikka  oid  qarorlarga 

kelinganda  qanday  qilib  mikroiqtisodiyot  tamoyillari  qo`llanishini  ko`rsatishdan 


11 

 

iboratdir.  Mikroiqtisodiyotning  amalda  qo`llanishini  ko`rsatuvchi  jahon 



amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz. 

Korporatsiya  darajasida  bir  qarorga  kelish.  1985  yilning  oxirida  «Ford» 

oldingi  g’ildiraklari  tortadigan  va  samarali  aerodinamik  shaklga  ega  bo`lgan 

«Tauras»  nomli  yangi  avtomobil  modelini  bozorga  taqdim  etdi.  Mashina  katta 

muvaffaqiyatga  ega  bo`ldi  va  1987  yilga  kelib  «Ford»  foydasini  deyarli  2  marta 

ko`paytirdi.  Bu  mashinaning  dizayni  va  samarali  ishlab  chiqarilishi  muhandislik 

tafakkurining  eng  yangi  yutuqlarini  qo`llash  bilan  bog’liq  edi,  u  ancha-muncha 

iqtisodiy  masalalarga  ham  daxldor  bo`ldi.  Firma  menejerlari  yangi  dizayn 

xaridorlar  tomonidan  naqadar  ma’qullanishini  tushunib  yetishlari  kerak  edi. 

Iste’molchilarni  mashinaning  texnik  tavsiflari  va  tashqi  ko`rinishi  qoniqtiradimi? 

Dastlabki  talab  qancha  bo`ladi,  u  vaqt  o`tishi  bilan  qanday  o`zgaradi  va  bunga 

avtomobilning  narxi  qanday  ta’sir  etadi?  Iste’molchilarning  talab-ehgiyojini 

o`rganish,  yangi  mashinaga  bo`lgan  talabni  prognozlash,  mashina  narxi 

o`zgarganda unga talabning o`zgarishi «Tauras» dasturining muhim qismini tashkil 

etdi.  So`ng  «Ford»  model  qiymatini  belgilashi  kerak  edi:  ishlab  chiqarish 

xarajatlari  va  ularning  yiliga  qancha  mashina  chiqarilishiga  qarab  o`zgarishini 

aniqlash  zarur  edi.  Shuningdek,  kasaba  uyushmasi  bilan  ish  haqining  miqdori 

to`g’risidagi  muzokaralar  natijasi,  po`lat  va  boshqa  xom  ashyolar  narxi  ham 

hisobga  olinishi  kerak  edi.  Ishlab  chiqarishda  tajriba  ko`paygan  sari  ishlab 

chiqarish  xarajatlarining  pasayish  miqdori  va  tezligini  ham  tahlil  etishga  to`g’ri 

keldi.  Bu  ma’lumotlar  maksimal  foydani  qanday  olish  mumkin,  buning  uchun 

yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan savollarga 

javob topish uchun talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish strategiyasini ishlab 

chiqishi kerak edi, bundan tashqari raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob 

berishini  ham  chamalab  ko`rishiga  to`g’ri  kelar  edi.  Masalan,  mashinaning 

dastlabki «yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik boshqarish 

tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga esa yuqori narx qo`yish 

kerakmi?  Yoki  mashinalarni  «standart»  qilib  ishlab  chiqarish  va  ularning  jamiga 

ancha  yuqori  narx  belgilash  yanada  qulay  bo`ladimi?  Bunga  GM  («General 

motors)  va  «Kraysler»  kabi  raqobatchilar  «Ford»  qo`ygan  narxdan  qatiy  nazar, 

qanday  javob  qaytaradilar?  GM  va  «Kraysler»  o`z  mashinalari  narxini  tushirish 

orqali  «Ford»ni  ham  narxni  tushirishga  majbur  etadimi?  «Ford»ning  ham  narxni 

pasaytirishga harakat qilishi xavfi GM va «Kraysler»ning narxlarni pasaytirishdan 

tiyib  tura  oladimi?  «Tauras»  dasturi  yangi  ishlab  chiqarish  uskunalariga  katta 

kapital  qo`yishni  talab  qilgan,  kompaniya  esa  bu  bilan  bog’liq  riskka  va  uning 

kutilayotgan  oqibatlariga  baho  berishi  zarur  edi.  Riskning  bir  qismi  benzinning 

bo`lg’usi  narxi  aniq  bo`lmasligi  bilan  (benzinning  yuqori  narxi  kam  litrajli 

mashinalarga  talabni  oshirib  yuboradi),  riskning  boshqa  qismi  esa  firma 

ishchilariga  beriladigan  ish  haqi  miqdorining  aniq  bo`lmasligi  bilan  bog’liq  edi. 

Agar  neftning  jahon  bozoridagi  narxi  2—3  marta  oshsa  yoki  hukumat  benzinga 

yangi  soliq  joriy  etsa  nima  bo`ladi?  Kasaba  uyushmalari  ish  haqi  to`g’risidagi 

muzokaralarda  naqadar  kuchlilik  qiladi  va  bu  ish  haqi  miqdoriga  qanday  ta’sir 

etadi? 


12 

 

Kapital  qo`yish  haqida  qarorga  kelinganda  bu  savollarga  javoblarning 



noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma bo`lib ma’lum 

tashkiliy  muammolarni  ham  hal  etishi  kerak  edi,  chunki  uning  bir  bo`linmasi 

mashina  ayrim  qismlarini  ishlab  chiqaradi,  boshqalari  esa  yig’ish  bilan 

shug’ullanadi. Turli bo`linmalar menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. 

Avtomobilni  yig’uvchi  bo`linmalar  boshqa  bo`linmalardan oladigan dvigatellarga 

qanday  narx  qo`yishi  lozim.  Hamma  detal  va  qismlarni  o`z  zavodlaridan  olish 

kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, «Ford» o`z 

faoliyatida  hukumat  va  qonun  chiqaruvchi  idoralarning  talablarini  hisobga  olishi 

kerak.  Masalan,  avtomobilning  yangi  modeli  tashqi  muhitga  chiqaradigan  gazlar 

federal  me’yor,  eng  ko`p  deganda,  yo`l  qo`yilgan  darajadagi  kontsentratsiya 

talabiga  javob  berishi  zarur  bo`ladi,  mashinalarni  uzluksiz  yig’ib  borish  esa 

xavfsizlik  texnikasi  va  mehnatni  muhofaza  qilish  qonunlariga  mos  kelishi  kerak 

edi. Mazkur qoida va me’yorlar vaqt o`tishi bilan o`zgarishining eng ko`p ehgimoli 

qanday?  Bular  kompaniyaning  xarajatlari  va  daromadlariga  qanday  ta’sir  eta 

oladi?

3

 



1.4. Bozor va uning vazifasi 

 Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan 

muqobil variantning yo`qligini isbotladi. 

Birinchidan,  bozor  ishlab  chiqarish  va  iste’molning  o`zaro  bog’liqligini 

ta’minlaydi. Bu funktsiyani u taklifni to`lov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini 

o`rnatish orqali amalga oshiradi. 

Ikkinchidan,  xolis  ishlab  chiqaruvchilar  mehnatining  natijalarini  ijtimoiy 

baholashni  kafolatlaydi.  Bunday  baholash  mexanizmi  oddiy,  samarali  va 

ob’ektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi bo`lidimi yoki yo`qligidan iborat. 

Uchinchidan,  bozor  ishlab  chiqarishning  yuqori  samaradorligi  uchun  sharoit 

yaratadi. Bunga qoloqlarni ilg’orlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi. 

«Sof» bozor hech qachon mavjud bo`lmagan, bu hayoliy tizim - «mukammal 

raqobat»  deb  ataluvchi  «hayoliy»  modeldir.  Erkin  bozor  yoki  «mukammal 

raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar mavjudligi bilan aniqlanadi: 

xususiy mulkchilik; 

tadbirkorlik va tanlash erkinligi; 

shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi sifatida; 

raqobat; 

bozor narxlari tizimiga tayanish

davlat rolining cheklanganligi. 

Bu  barcha  institutlar  xo`jalik  faoliyatini  rivojlantirish  asosi  sifatida  iqtisodiy 

rag’batlantirish tizimini vujudga keltiradi. 

Xususiy mulkchilik- bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish, 

foydalanish, taqsimlash huquqidir. 

                                                           

3

 Microeconomics, Second Edition bv Robert S. Pindyck, 12 bet 



13 

 

Agar  mulkchilik  huquqlari  yaqqol  aniqlangan  va  ishonchli  himoyalangan 



bo`lsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi. 

Tadbirkorlik  erkinligi  har  qanday  inson  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 

shug’ullanishi  mumkinligini:  resurslarni  sotib  olish  va  o`z  tanloviga  ko`ra  har 

qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, 

pullarni bankka qo`yish va boshqalarni ko`zda tutadi. 

Tanlash  erkinligi  resurs  egalarini  ularni  o`z  hohishiga  qarab  foydalanish: 

xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanish, iste’molchilar uchun 

o`z pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini ko`zda tutadi. 

Tanlovning to`g’riligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot 

to`la hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi. 

Shaxsiy  manfaat  faoliyatning  asosiy  sababi  rag’bat,  xo`jalik  faoliyati 

sababidir.  Bozorda  faoliyat  ko`rsatayotgan  barcha  sub’ektlar  o`zining  shaxsiy 

manfaatini ko`zlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha «ko`rinmas qo`l» boshqaradi. U 

bozorning  barcha  qatnashchilarini  barcha  uchun  farovonlikni  oshishini 

ta’minlovchi  yo`nalishda  harakat  qilishga  undaydi.  Har  bir  odamnm  boylikka 

intilishi umuman butun jamiyatning boyligiga olib keladi. 

Raqobat  –  cheklangan  resurslarning  ko`proq  miqdoriga,  ulardan  eng  ko`p 

qaytim  olish  maqsadida  ularni  o`z  ihtiyoriga  olish  uchun  xo`jalik  sub’ektlari 

o`rtasidagi musobaqadir. 

Odatda,  raqobat  odamlarni  cheklangan  resurslarni  olish  va  ishlatishning  eng 

oqilona yo`llarini izlashga uyg’otib, ijobiy rol o`ynaydi. 

Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat ko`rsatkichi 

bo`lib xizmat qiladi va uchta funktsiyani bajaradi: 

xaridor va sotuvchilar harakatini yo`naltiruvchi axborotni beradi; 

ishlab chiqarishning samaraliroq yo`llarini rag’batlantiradi; 

bozor sub’ektlari o`rtasida daromadlarni taqsimlaydi. 

Narxlar  bu  uchta  funktsiyani  bajarishi  uchun,  ularga  erkin  harakatlanishni 

ta’minlash zarur bo`ladi. 

Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida 

yechiladi: 

-  optimallashtirish  tamoyili  -  har  bir  faoliyatdan  va  resurslardan 

foydalanishdan maksimal foyda olish; 

-  muqobil  xarajatlar  tamoyili  -  noyob  resurslardan  foydalanish 

yo`nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali. 

Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko`ra o`z maqsadlariga 

erishishi  uchun  xo`jalik  faoliyatida  faol  qatnashadilar,  buning  asosiy  mohiyati 

shundan  iboratki,  iqtisodiy  sub’ektlar  berilgan  resurslardan  foydalanishdan 

olinadigan  natijalarni  maksimallashtiradi  yoki  ma’lum  natijalarni  olish  uchun 

xarajatlarni kamaytiradi.  

Mikroiqtisodiyot  iqtisodiy  sub’ektlarni  ikkiga  bo`lib  qaraydi  -  iste’molchilar 

(uy  xo`jaliklari)  va  ishlab  chiqaruvchilar  (firmalar).  Iste’molchining  maqsadi  - 

mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab 

chiqaruvchilarning  maqsadi  -  foydani  yoki  boshqa  bir  faoliyat  ko`rsatkichlarini 


14 

 

maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir. 



Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo  - bu iste’molchilar va ishlab 

chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:  

1)  

ishlab  chiqaruvchilar  faoliyatini  (kim  qaysi  mahsulotdan  qancha 



ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;  

2)  


iste’molchilar  faoliyatini  (kim,  qaysi  mahsulotdan,  qancha  iste’mol 

qiladi) muvofiqlashtirish;  

3)  

ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni 



muvofiqlashtirish. 

Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-chizma).  

 

 

 

 

 



 

1-chizma. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi 

Modeldan  foydalanishning  afzalligi  shundan  iboratki,  u  muammoning 

ikkinchi  darajali  tomonlarini  e’tiborga  olmaydi.  Modelda  ikki  turdagi 

o`zgaruvchilar  ishlatiladi:  ekzogen  va  endogen.  Ekzogen  o`zgaruvchilar  tashqi 

o`zgaruvchilar  bo`lib,  ular  oldindan  beriladi  va  modelga  kiritiladi.  Endogen 

o`zgaruvchilar  model  ichida,  hisob-kitoblar  asosida  shakllanadi.  Tovarlar 

aylanmasida  iqtisodiyot  ikki  sektorga  bo`linadi:  uy  xo`jaliklari  va  firmalar.  Uy 

xo`jaliklari o`z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad 

oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. 

Firmalar  o`zlarining  tovar  va  xizmatlarini  sotib  undan  tushgan  daromadni  uy 

xo`jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar. 

Ko`rinib  turibdiki,  xaqiqatdan ham  nima  iste’mol  qilish  kerak,  demak,  nima 

ishlab  chiqarish  kerak,  degan  masalani  uy  xo`jaliklari  hal  qiladi.  Uy 

xo`jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun 

asos  bo`lishi  kerak.  Firmalar,  o`z  navbatida,  noyob  resurslardan  foydalanish 

qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo`jaliklari iste’mol 

qilish  uchun  rejalashtirgan  ne’matlarni  olishlari  kerak,  ya’ni  ular  iste’mol  qilish 

bo`yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo`ladi.  

Bozor  tizimida  muvofiqlashtirish  masalalarini  ikkita  bozor  hal  qiladi:  ishlab 

chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori. 

Talab  va  taklif  modeli  tadbirkorlar  sektori  bilan  uy  xo`jaliklari  sektori 

o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor 

Фирмалар 

Ресурслар 

бозори 

 

Уй 



хўжаликлари  

бозори 


Истеъмол 

неъматлари 

бозори 


15 

 

tovarlar  bozorida  oldi-sotdi  bo`yicha  o`zaro  munosabatda  bo`lsa,  talab  va  taklif 



modeli  tovar  narxini  va  sotiladigan  tovar  hajmini  aniqlaydi.  Agar  ular  resurslar 

bozorida  oldi-sotdi  bo`yicha  o`zaro  munosabatda  bo`lsalar  model  sotiladigan 

resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi. 

Har bir bozor o`zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar 

va  xaridorlar.  Bozorda  qabul  qilinadigan  qarorlarning  muvofiqligi  har  bir 

ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab 

va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo`jaliklari va firmalar tomonidan qabul 

qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo`lib hisoblanadi. 

Bunday  axborot  bir  vaqtning  o`zida  jamiyatdagi  noyob  ne’matlarni  taqsimlash 

muammosini  echish  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan,  non  narxining 

oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to`g’risida signal bo`lsa, 

firmalar  uchun  nonni  ishlab  chiqarishni  oshirish  va  non  bozoridagi  muvozanatni 

tiklash to`g’risida muhim axborot bo`lib xizmat qiladi. 

Narxlar  noyob  resurslarni  ratsional  taqsimlashni  ta’minlaydi,  ne’matlarni 

ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va 

resurslar  egalarining  daromadini  aniqlaydi.  Bozor  tizimida  muvofiqlashtirish 

masalasini  bozor hal  qiladi.  Muvofiqlashtirish  masalasi bilan bog’liq xarajatlarga 

transaktsion xarajatlar deyiladi.  

Bozor  muvofiqlashtirishdan  tashqari  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar 

qarorlarini  vaqt  bo`yicha  tartiblashtiradi.  Bu  kelajakdagi  ne’matlar  (fyuchers) 

bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, 

ularning narxlari to`g’risida tasavvurga ega bo`lishga, ularning kelajakda nisbatan 

noyobligi  to`g’risida  axborot  beradi.  Iste’molchilar  va  ishlab  chiqaruvchilar 

bunday  narx  axborotlariga  ko`ra,  o`zlarining  joriy  xo`jalik  rejalarini  qayta  ko`rib 

chiqadilar va o`zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar. 

Tayanch  so`z  va  iboralar:  mikroiqtisodiyot,  makroiqtisodiyot,  ehtiyoj, 

resurs, muqobil qiymat, ijtimoy ne’mat, bozor, optimallashtirish. 



 

 

16 

 

II BOB. IQTISODIYOTNING O`NTA TAMOYILI 

4

 

 

Reja



 

2.1. Odamlar tanlovga duch keladilar 

2.2. Biror narsaning qiymati, unga erishish uchun voz kechilgan narsadir 

2.3. Oqil odam chegarani o`ylaydi 

2.4. Odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar 

2.5.  Savdo  hammaga  foydali

 

va  bozorlar  odatda  iqtisodiy  faoliyatni  tashkil 

etishda yaxshi bir yo`ldir 

2.6. Davlat ba`zan bozor faoliyati oqibatlarini yaxshilashi mumkin 

 

2.1. Odamlar tanlovga duch keladilar 

Iqtisodiyotning  birinchi  tamoyili  odamlarning  tanlovni  amalga  oshirish 

jarayoniga  taalluqli  bo`lib,  bu  tamoyil  mikroiqtisodiyotda  ham  keng  qo`llaniladi. 

Bu tamoyilning mazmuniga e`tiborimizni qaratamiz. O`zimiz yoqtirgan bir narsaga 

erishishimiz  uchun,  odatda  biz  o`zimiz  yoqtirgan  boshqa  narsadan  voz 

kechishimizga  to`g’ri  keladi.  Qarorlar  qabul  qilishda  bir  maqsadni  boshqa  bir 

maqsad bilan qarama-qarshi qo`yish talab etiladi. Keling bir talabani o`zining eng 

qimmatbaho  resursi  bo`lgan  vaqtini  taqsimlash  muammosini  hal  etishini  ko`rib 

chiqaylik.  U  o`zining  hamma  vaqtini  iqtisodiyotni  o`rganishga,  yoki  hamma 

vaqtini  psixologiyani  o`rganishga  sarflashi,  yoki  ikkala  fanni  o`rganish  o`rtasida 

teng  sarflashi  mumkin.  U  bir  fanni  o`rganish  uchun  sarflagan  har  soati,  uni  shu 

soatni  boshqa  fanni  o`rganishi  uchun  sarflash  imkoniyatidan  mahrum  qiladi, 

shuningdek  u  bu  soatda  o`rganayotganligi  tufayli,  u  boshqa  shu  soatda  qilinishi 

kerak bo`lgan mudrash, velosiped haydash, televizor ko`rish va vaqtbay hisobiga 

pul topishdan voz kechadi.  

 

Yoki ota onani oila a’zolari o`rtasida daromadni qay darajada taqsimlashiga 



e’tibor  qarataylik.  Ular  oziq-ovqat,  kiyim-kechak  yoki  oila  bayramlariga  xarajat 

qilishadi. Yoki ular oila daromadlarini bir qismini nafaqa yoki bolalari kelgusida 

ta’lim olishiga saqlashlari mumkin.  

Qachonki  odamlar  jamiyatga  kirishganda  ular  turli  xil  qarorlarga  duch 

kelishadi. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni qiymati oshishiga atrof muhitni 

himoyalashga  firmalar  o`z  resurslarini  bir  qismini  yo`naltirishini  ko`zda  tutuvchi 

qonunlar  olib  keladi.  Yuqori  narxlar  tufayli  bu  firmalar  kamroq  oylik  to`laydi, 

kamroq  foydada  ishlaganlari  uchun  yuqoriroq  narxlarni  belgilaydilar,  yoki  har 

uchchalasini birlashtiradilar. Shunday qilib ifloslanishni tartibga solish, toza atrof 

                                                           

4

 

Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 



kitobining I bobi asosida tayyorlangan.

 


17 

 

muhitni  yo`lga  qoyish  natijasida  salomatlikni  yaxshilab,  u  fermerlar,  boshliqlar, 



ishchilar  va  xaridorlar  o`rtasida  daromadni  past  darajadagi  qiymatini  tartibga 

soladi.  Yana bir farq jamiyat samaradorligi va tenglik o`rtasidadir.  Samaradorik 

bu jamiyat cheklangan resurslardan eng yuqori foydani olishidir.  Tenglik  jamyat 

a’zolari o`rtasida o`sha foydalarni teng taqsimlash demakdir. 

Odamlarni qaror qabul qilishga tanlash tanishtirilganda, ular bizlarga qanday 

qaror  qabul  qilishlarini  aytishadi.  Talaba  psixologiyani  o`qishni  to`xtatdi,  chunki 

iqtisodiyotni  o`qishni  foydali  deb  topib,  o`qishni  kuchaytirdi.  Jamiyat  tabiatni 

himoya  qilishni  to`xtatmaydi,  chunki  tabiatni  tartibga  solish  bizning  yashash 

tarzimizdagi  materiallarni  kamaytiradi.  Shunday  qilib  iqtisodiyotning  muhim 

tarkibiy  qismi  bo`lgan  mikroiqtisodiyotni  o`rganish,  hayot  tanlovlarini  tan  olish 

bilan boshlanadi.  

 

 



2.2. Biror narsaning qiymati, unga erishish uchun voz kechilgan narsadir 

 

Insonlar  tomonidan  ongli  ravishda  qarorlarni  qabul  qilishida  tanlovning 

zaruriyati  muqobil  harakat  yo`llarining  xarajatlari  va  ne’matlarni  solishtirishni 

talab  etadi.  Biroq,  ko`p  hollarda  xarajatlar  birinchi  qarashda  ko`rinishi  mumkin 

bo`lganidek oddiy emas.  

Oily  ta`lim  olishga  qaror  qabul  qilishni  ko`rib  chiqaylik.  Intellektual  boyish 

va  kelajakda  yaxshiroq  ishga  ega  bo`lish  hayotning  asosiy  afzalliklari  va 

imkoniyatlari  bo`lgan  foydani  nazarda  tutadi  deylik.  Lekin  xarajatlari  qanday 

bo`ladi? Bu savolga javob sizning o`qish uchun, kitoblar, xona va doska kabilarga 

muayyan pul miqdorini to`lashingizni zaruriyati bo`lishi mumkin. Shu bilan birga 

bir necha yil davomida oily ta`lim muassasasida ta’lim olish uchun siz nimalardan 

voz kechganingiz haqiqatdan ham xarajatlarda aks etmaydi.  

 

Bu  hisoblash  ikki  xil  muammoni  yuzaga  keltiradi.  Birinchidan,  bu  oily 



ta`lim muassasasiga borishning biror narsani o`z ichiga oluvchi haqiqiy xarajatlari 

bo`lmaydi.  Ikkinchidan,  oily  ta`lim  muassasasiga  borishingizda  sizning  eng  katta 

e’tiborga  olmaydigan  xarajatingiz  vaqtingizdir.  Siz  bir  yilni  ma’ruza  tinglab, 

darsliklar o`qib va yozib vaqtingizni o`qishga sarflaganingizda, bu vaqtni boshqa 

ishga  sarflash  mumkin  bo`lmaydi.  Ko`pchilik  talabalar  uchun,  oily  ta`lim 

muassasasiga qatnab pul topishdan voz kechishlari ularni ta’lim olishlarining yirik 

yagona xarajatlari bo`ladi. 

 

Bizga  birinchi  bobdan  ma`lumki,  muqobil  qiymat  bu  biror  narsaga 



erishishingiz  uchun  boshqasidan  voz  kechishingiz  kerak  demakdir.  Qachonki, 

qaror  qabul  qilinayotganda  qaror  qabul  qiluvchilar  har  bir  ijobiy  holat  uchun 

imkoniyat  darajasini  inobatga  olishlari  kerak.  Aslida  ular  sport  bilan 

shug`ullanuvchi talabalar bo`lsalar, agar ular oily ta`lim olishdan voz kechsalar va 

professional  sport  bilan  shug`ullanib  millionlab  pul  ishlab  topadigan  bo`lsalar, 

ularning  imkoniyati  oily  ta`lim  muassasasi  darajasidan  baland  bo`ladi.  Bu 



18 

 

ajablanarli  emas,  ammo  ular  ko`pincha  oliy  ta’limining  foydasini  baholashga 



arzimaydi, deb o`ylashadi. 

 

2.3. Oqil odam chegarani o`ylaydi 



 

Iqtisodchilar  odatda  odamlarni  idrokli  ekanligini  taxmin  qilishadi.  Oqil 

odamlar  o`z  maqsadlariga  erishish  uchun  iloji  bo`lgan  hamma  imkoniyatlardan 

foydalanishadi.  

  Oqil  odamlar  kamdan  kam  hollarda  hayot  qonunlarini  oq  va  qora  deb 

bilishadi.  Imtihonlar  bo`ladigan  vaqtda  talabalarning  qarorlari  imkoniyatlarini 

qo`ldan  boy  bermay  24  soat  mobaynida  o`rganish,  ammo  qo`shimcha  soatlarini 

televizor  ko`rish  o`rniga  ma`ruza  va  boshqa  zarur  o`quv  materiallarni  qaytadan 

ko`rib  chiqishga  sarflaydilar.  Bunda  mikroiqtisodiyotda  “chekli  o`zgarishlar” 

atamasi biron bir rejaning holatini kichik o`zgartirishda qo`llaniladi. Shuni yodda 

tutingki,  chekli  “chekka”  so`zining  ma’nosi,  siz  nima  qilayotganligingizning 

chegaralari doirasidagi chekli o`zgarishlardir. Oqil odamlar ko`pincha chekli foyda 

va chekli xarajatlarni solishtirish orqali qaror qabul qiladilar.  

Masalan, havo yo`llari korxonasi yo`lovchilarning chipta haqi qanchaligi, kim 

muntazam  ucha  olishi  kabilarni  o`rganib  chiqqan.  Uchish  jarayonida  faraz  qiling 

200 ta joy xarajatlari 100 000 AQSH dollari bo`lsin. Bu holda har bir joy uchun 

o`rtacha  chipta  narxi  100  000/200,  qaysiki  har  bir  joyga  500  dollardan  to`g’ri 

keladi. Bu havo yo`llari kompaniyasi chiptalarni kamida 500 dollardan sotadi, deb 

xulosa qilishimiz mumkin. Aslida, oqil havo yo`llari kompaniyalari ko`pincha o`z 

daromadlarini  chekli  darajasini  o`sirish  yo`llarini  topishni  o`ylaydi.  Tasavvur 

qiling, samolyot 10 ta bo`sh joy bilan havoga ko`tarilayapti, o`tirgan yo`lovchilar 

joy uchun 300 $ dan to`lashmoqchi, havo yollari kassasi chipta sotadimi? Albatta 

sotadi. Agar samolyot joylari bo`sh bo`lsa, yana bir necha yo`lovchiga xarajatlar oz 

miqdorda  qo`shiladi.  Garchi  o`rtacha  uchish  narxi  500  $  ni  tashkil  etsa  ham, 

qo`shimcha  yo`lovchining  chekli  xarajati  u  iste’mol  qilgan  1  paket  yong’oq  va 

ichilgan  1  banka  sodali  suv  qiymatidan  ortiq  bo`lmaydi.  Uzoq  muddat  kutgan 

yo`lovchi chipta sotib olish uchun chekli xarajatni ko`proq to`laydi. 

Chekli  qaror  qabul  qilish,  ba’zi  holda  ajoyib  iqtisodiy  tushuntirib  berish 

hodisasiga yordam beradi. Mana klassik savol: Nima uchun suv bunchalik arzon, 

oltin  bunchalik  qimmat?  Odamlar  yashash  uchun  suvga  muhtojdir,  bunda  oltin 

keraksizdir;  ammo  ba’zi  sabablarga  ko`ra,  odamlar  bir  piyola  suvga  qaraganda, 

oltin  uchun  ko`proq  to`lashni  xohlaydilar.  Sababi,  har  bir  shaxsning  xohish 

istaklari har bir keyingi chekli mahsulot unga keltiradigan foydaga asoslangandir. 

Chekli foyda shaxs yana qanchalik ko`p birlik mahsulotga egaligiga bog’liq. Suv 

muhim,  ammo  suvning  mo`l  ko`lligi  tufayli  bir  stakan  suvning  chekli  foydasi 

kichik. Solishtiradigan bo`lsak, hech kim  jon saqlab qolish uchun oltinga  muhtoj 



19 

 

emas, ammo oltin juda noyobligi tufayli odamlar oltinning chekli foydasi juda ko`p 



miqdorda bo`ladi, deb biladilar.  

 

Agar chekli foyda chekli xarajatlardan ortiq bo`lsagina, oqilona qaror qabul 



qilinadi.  Bu  tamoyil  nima  uchun  havo  yollari  kompaniylari  chiptasini  o`rtacha 

xarajatlardan past narxda sotadilar va nima uchun odamlar suvga nisbatan oltinga 

ko`proq  narx  to`lashayapti  kabi  savollarga  javob  beradi.  Bu  cheklilik  qoidasiga 

ko`nikish  biroz  vaqtni  talab  qilishi  mumkin,  lekin  mikroiqtisodiyotni  o`rganish 

insonlarga amaliyotda keng imkoniyatlar beradi.  


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin