Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


 

Muvozanat 

8 rasmda bozor taklifi egri chizigi va bozor talabi egri chizig’lari birgalikda 

tasvirlangan. Talab va taklif egri chiziqlari bir nuqtada kesishganigae’tibor berish 

lozim.  Bu  nuqta  bozor  muvozanati  deb  ataladi.  Bu  kesishish  nuqtasidagi  narx 



muvozanatli  narx,  miqdor  esa  muvozanatli  miqdor  deyiladi.  Bu  yerda 

muvozanatli narx $2 va muvozanatli miqdor 7 ta muzqaymoq. 

Lug’at  muvozanat  so`zini  turli  xil  kuchlarning  tenglik  holati  sifatida 

ta’riflaydi va bu bozor muvozanatini ham ifodalaydi. Muvozanat narxda, xaridorlar 

sotib  olishga  tayyor  vaqodir  bo`lgan  tovarlar  miqdori,  sotuvchilar  yetkazib 

berishga tayyor va qodir bo`lgan tovarlar miqdoriga teng boladi. Muvozanatli narx 

ba’zan  bozorni  tozalovchi  narx  deyiladi,  chunki,  bu  narxda,  bozorda  hamma 

qoniqadi:  xaridorlar  istagan  miqdorlaridagi  barcha  mahsulotlarini  xarid  qiladilar, 

sotuvchilar esa istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar. 


36 

 

 



Xaridor  va  sotuvchilar  harakati  bozorni  tabiiy  ravishda  talab  va  taklif 

muvozanati  tomon  harakatlantiradi.  Sababini  aniqlash  uchun  bozor  narxi 

muvozanatli narxga teng bo`lmagan holatda nima bo`lishini ko`rib chiqish lozim. 

Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9-shakl (a). 

Narx $2.50 bo`lganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10 dona muzqaymoq) 

mahsulotga  bo`lgan  talab  miqdoridan  (4  dona  muzqaymoq)  oshadi.  Bu  yerda 

mahsulot  ortiqchaligi  paydo  boladi:  sotuvchilar  mazkur  narxda  barcha 

mahsulotlarini  sota  olmaydilar.  Qoldiq  ba’zan  taklif    ortiqchaligi  holati  sifatida 

qaraladi.  Qachonki  muzqaymoq  bozorida  mahsulot  ortiqchaligi  kuzatilsa, 

muzqaymoq  sotuvchilari  muzlatgichlari  ular  sotishni  hohlaydigan  ammo  sota 

olmaydigan  muzqaymoqlar  bilan  to`ladi.  Ular  mahsulot  ortiqchaligiga  mahsulot 

narxini pasaytirish orqali javob qaytaradi. Narxlarning tushishi mahsulotga bo`lgan 

talab  miqdorini  oshiradi  va  taklif  miqdorini  kamaytiradi.  Narxlar  tushishi  bozor 

muvozanatga erishguncha davom etadi. 

Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9 rasm (b). Bu 

holatda  birdona  muzqaymoq  uchun  narx  $1.50  va  mahsulotga  bo`lgan  talab 

miqdori  taklif  miqdoridan  oshadi.  Bu  holatda  tovar  taqchilligi  kelib  chiqadi: 

Talabgorlar mazkur narxda istagan mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar. 



Muzqaymoq 

narxi 

Taklif 


 

Talab 


 

Muvozanat 

narx 

 

Muvozanat 



 

Muvozanat 

miqdor 

 

Talab va taklif muvozanati



  

 

Muvozanat nuqta talab va 

taklif egri chiziqlari 

kesishadigan nuqta 

hisoblanadi. Muvozanat 

narxda talab miqdori va 

taklif miqdori tenglashadi. 

Bu yerda muvozanat narx 

$2: bu narxda 7 dona 

muzqaymoq taklif qilinadi 

va 7 dona muzqaymoqqa 

talab mavjud.

 

Rasm 

Muzqaymoq 

miqdori 


37 

 

 



Muzqaymoq  bozorida  taqchillik  sodir  bo`lganda,  xaridorlar  oz  miqdordagi 

muzqaymoqlardan  birini  xarid  qilish  uchun  uzoq  navbatda  turishlariga  to`g’ri 

keladi. Ko`p xaridorlar oz mahsulot ortidan quvishi, taqchillikka sotuvchilar savdo 

hajmini  yo`qotmagan  holda  narxni  ko`tarish  orqali  javob  qaytaradi.  Narx  o`sishi 

tufayli talab miqdori tushadi, taklif miqdori oshadi va bozor yana qayta muvozanat 

nuqtaga qarab harakatlanadi. 

Shunday  qilib  sotuvchilar  va  xaridorlar  harakati  bozor  narxini  avtomatik 

tarzda muvozanatli narx tomon suradi. Bozor muvozanatli narxga erishishi bilanoq, 

barcha sotuvchi va xaridorlar qoniqadi va narxda yuqoriga va pastga bosim mavjud 

bo`lmaydi.  Qanchalik  tez  muvozanatga  erishish  qanchalik  tez  narx  o`zgarishiga 

qarab, bozordan bozor farq qiladi. Ko`plab erkin bozorlarda mahsulot ortiqchaligi 

vaqtinchalik holat hisoblanib, narxlar muvozanatli darajasiga qarab harakatlanadi. 

Chindan,  bu  hodisa  keng  tarqalgan  bo`lib,  talab  va  taklif  qonuni  deb  ataladi. 

Istalgan  bir  mahsulot  narxi  shu  mahsulotga  bo`lgan  talab  va  taklif  miqdorini 

muvozanatga keltirish maqsadida o`zgaradi. 

Muvozanatdagi O`zgarishlarni Tahlil Qilishdagi Uch Qadam 

Hozircha biz talab va taklif birgalikda bozor muvozanatini narx va xaridorlar 

sotib  olgan  hamda  sotuvchilar  ishlab  chiqargan  tovarlar  hajmi  bilan  birgalikda 

qanday qilib aniqlanishini ko`rdik. Muvozanatli narxi va miqdor talab va taklif egri 

chizig’i  holatiga  bog'liq.  Ma’lum  bir  voqea  bu  egri  chiziqni  o`zgartirsa,  natijada 

sotuvchilar  va xaridorlar o`rtasida  yangi narx va  yangi  miqdor  o`zgarishi  yuzaga 

keladi. 

(a)  qismda  ortiqchalilik  tasvirlangan.  Bozor  baxosi($2.50)  muvozanat  narxdan  yuqori 

bo’lganligi sababli mahsulot taklifi miqdori ( 10 ta muzqaymoq) mahsulotga bo’lgan talab 

miqdoridan  (4  ta  muzqaymoq)oshadi.  Mol  yetkazib  beruvchilar  muzqaymoq  narxini 

qisqartirish  orqali  sotish  hajmini  oshirishga  harakat  qiladi  va  bu  narxni  muvozanat  nuqta 

tomon  harakatlantiradi.  (b)  qismda    yetishmovchilik  tasvirlangan.  Bozor  narxi  muvozanat 

narxdan  quyida  bo’lganligi  sababli  mahsulotga  bo’lgan  talab  miqdori(10  ta  muzqaymoq) 

mahsulot  taklifi(4  ta  muzqaymoq)  miqdoridan  oshadiKo’p  xaridor  oz  miqdordagi 

mahsulotga talab bildirishidan sotuvchilar narxni oshirish orqali manfaat ko’radi. Shunday 

qilib.  Ikkala  holatda  han  narx  o’zgarishi  bozorni  talab  va  taklif  muvozanati  tomon 

harakatlantiradi.

 

Muvozanatda 



bo’lmagan 

bozorlar

 

Talab 



hajmi 

 

Taklif 



hajmi 

 

Taklif 



hajmi 

 

Talab 



hajmi 

 

Kamomad 



 

Ortiqchalik 

 

Talab 


 

Talab 


 

Talab ortiqchaligi 

Taklif ortiqchaligi 

Muzqaymoq 

miqdori 

Muzqaymoq 

miqdori 

Muzqaymoq 

narxi 

Muzqaymoq 

narxi 

Rasm 

38 

 

Muvozanatga biror voqea qanday qilib ta’sir ko`rsatishini tahlil qilayotganda, 



biz quyidagi uch qadamni ko`rib chiqamiz. Birinchidan, tasavvur qilaylik bir voqea 

taklif egri chizig’iga, talab egri chizig’iga va ba’zi holatlarda ikkala egri chiziqqa 

ham  ta’sir  etdi.  Ikkinchidan,  egri  chiziq  o`ngga  yoki  chapga  tomon  o`zgardi. 

Uchinchidan, biz talab va taklif rasmsini dastlabki va yangi muvozanat nuqtasini 

narx va miqdor muvozanatiga ta’sir ko`rsatishini taqqoslash uchun foydalanamiz. 

3-jadval  bu  3  qadamga  xulosa  yasaydi.  Keling  ushbu  qadamlar  qanday 

qo`llanilganligini  ko`rish  uchun  muzqaymoq  bozori  uchun  qanday  ta’sir 

ko`rsatishini ko`rib chiqamiz. 

 

Misol:  Talab  o`zgarganda  bozor  muvozanatining  o`zgarishi.

  Faraz 

qilaylik  bir  yozda  havo  juda  ham  issiq.  Bu  hodisa  muzqaymoq  bozori  uchun 

qanday ta’sir ko`rsatadi. Bu savolga javob berish uchun yuqoridagi uch qadamdan 

foydalanamiz. 

1.  Issiq havo talab egri chizig’iga iste’molchilarning muzqaymoqqa bo`lgan 

ehtiyojiga ko`ra ta’sir ko`rsatadi. Issiq havo sotiladigan muzqaymoq hajmiga ta’sir 

etadi,  iste’molchi  muzqaymoqning  narxi  qanday  bo`lishidan  qat’iy  nazar  sotib 

olishni  xohlaydi.  Taklif  egri  chizig’i o`zgarmay  qoladi, chunki 

ob-havo  firma  tomonidan  sotiladigan  muzqaymoqqa  to`g’ridan  to`g’ri  ta’sir 

etmaydi. 

2. 

Issiq  ob-havo  odamlarni  ko`proq  muzqaymoq  iste’mol  qilishga 



undagani  sababli  talab  egri  chizig’i  o`ngga  siljiydi.  10-rasmda  talab  oshganligi 

sababli talab egri chizig’i  

 

 

 dan 



 

 

 ga ko`chadi. Bu o`zgarish har qanday narxda 



muzqaymoqqa bo`lgan talab miqdori yuqori ekanligini ko`rsatadi. 

3. 


10-rasmda muvozanat narx  2.00 $ dan 2.50 $ ga ko`tarilganligini va 

muvozanat  miqdor7  birlikdan  10  birlikka  oshganligini  ko`rishimiz  mumkin. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  issiq  ob-havo  muzqaymoq  narxi  va  sotish  hajmini 

oshirdi. 

 

Egri chiziqlarning siljishi egri chiziq bo`ylab harakatga qarshi. 

Issiq havo 

havo  harorati  muzqaymoqqa  bo`lgan  talab  va  narxlarni  oshirganda,  taklif  egri 

chizig’i o`zgarmasdan qolsa ham firmalarning muzqaymoq taklifi hajmi ortadi. Bu 

holatda  iqtisodchilar  “taklif  hajmi”  ortdi,  ammo  “taklif”  o`zgarmasdan  qoldi 

deyishadi. 



39 

 

 



Taklif taklif egri chizig’ining holatiga bog’liq bo`ladi, holbuki  taklif miqdori 

taklif  qiluvchilarning  sotish  hajmiga  bog’liq  bo`ladi.  Ushbu  misolda  taklif 

o`zgarmagan,  chunki  issiq  havo  firmalarning  istalgan  narxda  sotish  hohishini 

o`zgartirmaydi. Aksincha, issiq havo iste’molchilarning istalgan narxda sotib olish 

istagini o`zgartiradi va shu asnoda talab egri chizig’ini o`ngga siljitadi. Talabning 

oshishi  muvozanat  narxini  oshiradi.  Narxlar  oshganda,  taklif  hajmi  oshadi.  Bu 

taklif miqdorining oshishi taklif egri chizig’ining harakatini ko`rsatadi. 

 

Xulosa qilib aytganda, taklif egri chizig’ining siljishi “taklif o`zgarishi” va 



talab egri chizig’ining siljishi “talab o`zgarishi” deb ataladi. O`zgarmas taklif egri 

chizig’ining  harakati  “taklif  miqdori  o`zgarishi”  va  o`zgarmas  talab  egri 

chizig’ining harakati “talab miqdori o`zgarishi” deb ataladi. 

 

Misol: Taklif o`zgarishining bozor muvozanati o`zgarishiga ta’siri.



 Faraz 

qilaylik  boshqa  bir  yoz  davomida,  bo`ronshakarqamish  hosilining  bir  qismini 

vayron  qildi  va  shakar  narxi  oshib  ketdi.  Bu  muzqaymoq  bozoriga  qanday  ta’sir 

etadi?  Bu  savolga  javob  topish  uchun  biz  yana  bir  martta  uch  qadamga  murojat 

qilamiz. 

1.  Muzqaymoq  ishlab  chiqarishda  shakar  narxining  o`zgarishi  taklif  egri  chizig’iga 

ta’sir etadi. Mahsulot narxining oshishi firmalarning muzqaymoq ishlab chiqarish 

hajmi  va  istalgan  narxda  sotish  imkoniyatini  kamaytiradi.  Talab  egri  chizig’i 

o`zgarmaydi,  chunki  xomashyo  narxining  yuqoriligi  muzqaymoq  sotib 

oluvchilarning sotib olish hohishiga to`g’ridan - to`g’ri ta’sir ko`rsatmaydi. 

2.  Taklif egri chizig’i o`ng tomonga siljiydi, chunki har qanday narxda firma sotish 

hajmi  qisqaradi.  11-rasm  talabning  pasayishini  talab  egri  chizig’ida 

 

 

dan 



 

 

ga 



o`zgarishi orqali tasvirlangan. 

Rasm 

Muzqaymoq 

narxi 

Muzqaymoq 

miqdori 

Yuqori 


narxdagi 

natija 


 

Issiq ob-havoda muzqaymoqqa 

bo’lgan talab oshadi 

 

Taklif 



 

Dastlabki 

muvozanat 

holat 


 

Yangi 


muvozanat 

holat 


 

Talab 

hajmi 

oshishining 

muvozanatga ta’siri   

Biror  hodisa  har  qanday  narxda 

talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi. 

Muvozanat  narxi  ham  muvozanat 

miqdor  ham  oshadi.  Bu  yerda 

g’ayritabiiy 

issiq 

yoz 


sotib 

oluvchlarning 

muzqaymoqqa 

bo’lgan  talabini  oshirmoqda.  Talab 

egri  chizig’i  muvozanat  narx  2.00 

$dan 2.50$ga va muvozanat  miqdor 

7  birlikdan  10  birlikka  ko’chishi 

natijasida  

 dan 

 ga ko’chadi. 



… va miqdorning oshishi 

 


40 

 

 



11-rasmda  tasvirlanganidek,  taklif  egri  chizig’ining  ko`tarilishi  muvozanatli 

narxni  2.00$dan  2.50  va  muvozanatli    hajmni  7  birlikdan  4  birlikka  tushirdi. 

Shakar 

narxining  oshishi  natijasida  muzqaymoq  narxi  oshdi  va  sotilgan  muzqaymoq 



hajmi tushdi.  

Misol:  Talab  va  taklifning  o`zgarishi.

  Faraz  qilaylik,  issiq  havo  va 

bo`ron  bir  yozning o`zida  sodir bo`ldi.  Bu  kombinatsiyani tahlil  qilish uchun 

biz yana uch qadamga ergashamiz. 

1.  Biz  ikkala  chiziqning  ham  siljishini  aniqlashimiz  zarur.  Issiq  havo  talab  egri 

chizig’iga  ta’sir  etadi,  chunki  bu  iste’molchilarning  istalgan  narxda  sotib 

olishni xohlagan muzqaymoq hajmini o`zgartiradi. Bir vaqtning o`zida bo`ron 

shakar narxini oshirsa, bu muzqaymoq uchun taklif egri chizig’ini o`zgartiradi, 

chunki  bu  firmaning  har  qanday  narxda  muzqaymoq  sotish  hajmini 

o`zgartiradi. 

2.  Egri chiziqlar biz avval tahlil qilganimizdek bir xil yo`nalishda o`zgaradi: talab 

egri chizig’i o`ngga siljiydi va taklif egri chizig’i chapga siljiydi. 12-rasmda bu 

o`zgarishlar tasvirlangan. 

 

Rasm 

Muzqaymoq 

miqdori 

Muzqaymoq 

narxi 

Taklif  tushishining  muvozanatga 

ta’siri 

Biror  hodisa  istalgan  narxda  taklif 

hajmini  qisqartirsa  taklif  egri 

chizig’i  chapga  siljiydi.  Muvozanat 

narx  oshadi  va  muvozanat  hajm 

tushadi.  Bu  yerda  shaker  narxining 

oshishi 

sotuvchilar 

kamroq 

muzqaymoq  sotisiga  sabab  bo’ldi. 



Taklif  egri  chizig’ining 

 dan 


ga 

o’zgarishi 

muzqaymoq 

muvozabat  narxini  2.00  $dan 

2.50$ga  oshishiga  va  muvozanat 

hajmini  7  birlikdan  4  birlikka 

tushishiga sabab bo’ldi. 

 

Muzqaymoqning 



yuqori narxdagi 

natijasi 

 

… va miqdorning 



kamayishi 

 

Muzqaymoqqa talabning 



pasayishi shakar narxining 

oshishi 


 

Talab 


 

Dastlabki 

muvozana

t holat 


 

Yangi 


muvozana

t holat 


 

41 

 

 



3.  12-rasmdan ko`rinib turibdiki, ikkita mumkin bo`lgan natija talab va taklifning 

nisbiy  o`zgarishiga  bog’liq.  Ikkala  holatda  ham  muvozanatli  narx  oshadi.  (a) 

rasmda  taklif  biroz  tushganda  talab  ko`proq  oshmoqda,  muvozanatli  miqdor 

ham oshmoqda. (b) rasm bilan qiyoslaganda, talab biroz oshganda taklif biroz 

tushmoqda,  muvozanatli  miqdor  ham  pasaymoqda.  Shu  sababli,  bu  hodisalar 

muzqaymoq  narxini  shubhasiz    oshirmoqda,  lekin  sotilgan  musqaymoq 

miqdoriga ta’siri ikki xil (bu ikki xil yo`l bilan ham ketishi mumkin). 

Xulosa.

 

Biz muvozanat o`zgarishini tahlil qilish maqsadida talab va taklif 

egri  chiziqlaridan  qanday  qilib  foydalanishni  uchta  misolda  ko`rib  chiqdik. 

Biror hodisa taklif egri chizig’ini, talab egri chizig’ini yoki ikkala egri chiziqni 

o`zgartirsa, siz bu usullardan muvozanatli miqdor va sotilgan mahsulot narxiga 

qanday  ta’sir  qilishini  prognoz  qilishingiz  mumkin.  4-jadvalda  ikkala  egri 

chiziqning har qanday kombinatsiyasida natija qanday bo`lishini prognoz qilish 

mumkinligi  ko`rsatilgan.      Talab  va  taklif  usullaridan  qanday  foydalanish 

kerakligini  tushunganlikka  ishonch  hosil  qilish  uchun  bu  jadvalga  bir  nechta 

ma’lumotlar kiriting va nima sababdan jadval  prognozlarni o`z ichiga qamrab 

olishini tushintirib bera olishingizga ishonchingiz komil bo`lsin. 

Tezkor savol-javob

 

Mos rasmda agarda pomidor narxi oshsa, pitsa uchun 

bozorda  qanday  o`zgarish  bo`lishini  ko`rsating.  Boshqa  bir  rasmda  agarda 

gamburger  narxi  tushsa,  pitsa  uchun  bozorda  qanday  o`zgarish  bo`lishini 

ko`rsating. 

Rasm 

Muzqaymoq 

miqdori 

Muzqaymoq 

miqdori 

Muzqaymoq 

narxi 

Biz  bu  yerda  bir  vaqtning  o’zida  talabning  ortishi  va  taklifning  tushishini  ko’rdik.  Ikkala  natija  ham 

bo’lishi mumkin. (a) chizmada muvozanat narx 

dan 


ga o’smoqda va muvozanat miqdor  

dan 


ga ko’tarilmoqda. (b) chizmada esa muvozanat narx yana 

dan 


ga o’smoqda, lekin muvozanat 

miqdor 


dan 

ga tushmoqda. 



Talab va taklifdagi 

o’zgarish 

 

(a) Baho o’sishi, miqdor o’sishi

 

(b) Baho o’sishi, miqdor kamayishi

 

Talabdagi  



yuqori o’sish 

Taklifdagi  

kichik  

kamayish 

 

Yangi 


muvozanat 

holat 


 

Dastlabki 

muvozanat holat 

Talabdagi  

kichik o’sish 

Taklifdagi  

yuqori  

kamayish 

Yangi 

muvozanat 



holat 

 

Dastlabki 



muvozanat holat 

42 

 

 



Xulosa: narxlar qanday qilib resurslarni jalb qiladi 

Bu bobda bozordagi talab va taklif tahlil qilingan edi. Bizning qarorlarimiz 

muzqaymoq bozorini o`z ichiga olgan holda chiqarilgan bo`lsada, bu dars boshqa 

ko`pchilik  bozorlar  uchun  ham  o`rinlidir.  Siz  qachon  bo`lsa  ham  do`konga  xarid 

qilgani borganingizda, siz biror tovar uchun talab bildirasiz. Siz qachon bo`lsa ham 

ish  qidirganingizda,  siz  mehnat  xizmatiga  talab  bildirasiz.  Chunki  talab  va  taklif 

shunday tarqalgan iqtisodiy hodisa, talab va taklif modeli tahlil uchun kuchli qurol. 

Biz bu modeldan kelgusi boblarda takroran foydalanamiz. 

O`nta iqtisodiy tamoyillardan biri, ya’ni bozorlar iqtisodiy faoliyatni tartibga 

solib turishning yaxshi yo`li ekanligi 1-bobda muhokama qilingan edi. Bozorning 

oqibati yaxshi yoki yomon ekanligini hal qilishga hali erta ekanligiga qaramasdan, 

biz  ushbu  bobdan  bozorning  qanday  qilib  ishlashini  ko`rishni  boshladik.  Har 

qanday iqtisodiy tizimda cheklangan resurslar raqobatchilar o`rtasida taqsimlanishi 

zarur. Bozor iqtisodiyotining tayanchi talab va taklifning o`zaro bir-birini to`ldirib 

turishidir. Talab va taklifiqtisodiyotdagi ko`plab turli xil tovar va xizmatlarning 

 

narxini  aniqlab  beradi,  narxlar  bir  tomondan  resurslarni  taqsimlash  uchun  yo`l 



hisoblanadi.  

Misol  uchun,  sohil  yerining  taqsimlanishini  olaylik.  Ushbu  yerning 

cheklanganligi sababli hamma ham bu qimmat sohil yerida rohatlana olmaydi. Bu 

resurslarni  kim  oladi?  Javob  kimda  hohish  va  to`lash  uchun  yetarli  puli  bo`lsa 

o`sha kishi. Sohil yeriga bo`lgan talab va taklifning balansi uning narxini tartibga 

solib  turadi.  Shu  sababli  bozor  iqtisodiyotida  narxlar  cheklangan  resurslarni 

tartibga soib turish uchun mexanizm hisoblanadi.  

Shunga  o`xshash,  narxlar  kim  har  bir  tovardan  qancha  ishlab  chiqarish 

kerakligini aniqlab beradi. Masalan, firmalarni olaylik. Bizga ovqat yashash uchun 

kerak,  odamlarning  firmada  ishlashi  bu  muhim.  Kim  fermer  va  kim  fermer 

emasligi  qanchalik  muhim?  Erkin  jamiyatda,  bu  qarorni  qabul  qilish  uchun 

hukumat  rejalashtirish  agentliklari  yo`q.  Buning  o`rniga,  ishchilarni  firmaga 

taqsimlash  millionlab  ishchilarning  ish  qaroriga  bog’liq.  Bu  markazlashmagan 

tizim juda yaxshi ishlaydi, chunki bu qarorlar marxga bog’liq. Oziq-ovqat narxlari 

va  firma  ishchilarining  maoshi  (mehnat  narxi)  yetarlicha  insonlar  fermerlikni 


43 

 

tanlash uchun tartibga solib turiladi. 



Agarda  biror  shaxs  bozor  iqtisodiyotini  harakatini  biror  marta  ko`rmagan 

bo`lsa,  barcha  g’oyalar  o`rinsiz  bo`lib  ko`rinishi  mumkin.  Iqtisodiyot  ko`pchilik 

guruh odamlarining birgalikda faoliyat yuritishidir. Millionlab insonlarning hohish 

va turli xil qobiliyatlari bilan bog’liq harakatlarini nima muvofiqlashtiradi? Nima 

orqali  biror  narsaga  bo`lgan  ehtiyoj  bilan  qondiriladi?  Javobi  bir  so`zda,  ya’ni 

narx.  Agar  Adam  Smitning  mashxur  nazariyasiga  ko`ra  ko`rinmas  qo`l  bozor 

iqtisodiyotini boshqarsa, unda narx tizimi bu iqtisodiy orkestrga dirijorlik qiluvchi 

o`sha ko`rinmas qo`ldir. 

 

IV-BOB.  ELASTIKLIk VA UNI HISOBLANISHI

6

 

Reja

 

4.1. Talab elastikligi 

4.2.Taklif elastikligi 

4.3. Talab , taklif va elastiklikning uch ko`rinishi 

4.1. Talab elastikligi 

Biz  3-bo`limda  talab  tushunchasini  ko`rib  chiqqanimizda  xaridorlar  odatda 

tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, o`rin bosuvchi tovarlar narxi 

balandroq,  bir  birining  o`rnini  to`ldiruvchi  tovarlarning  narxi  pastroq  bo`lganda 

ko`proq tovar xarid qilishadi. Bizning tovarlarga bo`lgan talabimiz narxga bog’liq 

yoki  bo`lmasligi  mumkin.  Biz  o`zgarish  o`lchamiga  bog’liq  bo`lmagan  talab 

qilingan  miqdor  ko`chish  yo`nalishlarini  muhokama  qilamiz.  Bu  o`zgaruvchan 

miqdorlardagi o`zgarishlarga  qancha iste’molchilar javob berishini o`lchash uchun 

iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi. 

Talabning narx elastikligi va uning omillari 

Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga 

olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha 

bo`lganda  narx  o`zgarishiga  javob  berishini  o`lchaydi.  Agar  talab  qilinadigan 

miqdor  narx  o`zgarishiga  katta  miqdorda  ta’sir  qilsa,  tovar  uchun  talab  elastik 

deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor  narx o`zgarishiga kichik miqdorda ta’sir 

qilsa, talab noelastik deyiladi. 

Har  qanday  tovar  uchun  talabning  narx  elastikligi  narx  oshganda 

iste’molchilar  kamroq  tovar  sotib  olishga  qay  darajada  tayyor  ekanliklarini 

o`lchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal ko`radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik 

                                                           

6

 



Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 

kitobining  V bobi asosida tayyorlangan

.  

89-111 bet



 

44 

 

kuchlarga  ta’sir  etadi.  Tajribaga  asoslangan  holda  talabning  narx  elastikligini 



qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko`rib chiqamiz. 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin