Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Ketrinning talabi 

Nikolasning talabi 

Bozorning talabi 

Bozor talabi 

individual talablar 

yig’indisiga teng 

Bozorda  talabning  hajmi  har  bir  xaridorning  har  bir  narxdagi  talab 

hajmining  yig’indisini  tashkil  etadi.  Bozor  talabining  egri  chizig’i 

gorizontal joylashgan yakka  talabning yig’indisi deb olinadi. Agar narx 

2.00$  teng bo’lsa, Ketrinning talabi hajmi 2 ta muzqaymoq, Nikolasniki 

esa  –  3  tani  tashkil  etadi.  Bozorda  bu  narxda  talab  hajmi  7  ta 

muzqaymoqqa teng bo’ladi.

 

   



   

  

 



 

 

D



Ketrin 

D

Nikolas 



D

Bozor 


27 

 

Talab egri chizig’ini siljishi 

Talab  egri  chizig’i  boshqa  teng  sharoitlarda  haqqoniy  bo`lsa,  u  vaqt  o`tgan 

sari  turg’un  bo`lmaydi.  Agar  nimadir  talab  miqdorini  o`zgartirsa,  bu  holda  talab 

egri  chizig’ining  siljishi  kuzatiladi.  Masalan,  deylik,  Amerikalik  Tibbiyot 

assotsiatsiyasi  odamlar  ko`p  miqdorda  muzqaymoq  iste’mol  qilishsa,  ular  uzoq 

umr ko`rishini aniqlashdi. Bunday kashfiyot talab egri chizig’ini ko`taradi. Har bir 

paytdagi narxda xaridorlar ko`proq muzqaymoqni sotib olishni hohlaydilar, va shu 

yol bilan talabegri chiziqi siljiydi. 

3  rasmda  talab  egri  chizig’i  siljishi  aks  ettirilgan.  Har  bir  narxdagi  talabni 

ko`paytiradigan  har  qanaqa  o`zgarish,  masalan  Amerikalik  Tibbiyot 

assotsatsiyasining kashfiyoti, talab egri chizig’ini o`ng tomonga siljitadi va bunday 

siljish talabni ko`payishi deb nomlanadi. Har bir narxdagi talabni kamaytiradigan 

xar qanaqa o`zgarish talab egri chizig’ini chap tomonga siljitadi va bunday siljish 



talabni pasayishi deb nomlanadi.  

Talab  egri  chizig’iga  ko`plab  o`zgaruvchan  omillar  o`z  ta’sirini  ko`rsatadi. 

Ulardan eng muhimi shulardir. 

Daromad.

  Agar  siz  yozda  ishingizni  yo`qotsangiz,  sizning  muzqaymoqqa 

bo`lgan  talabingiz  qanday  o`zgaradi?  Umuman  olganda  u  tushadi.  Kam  foyda 

olganda sizning jami sarf-xarajatlaringiz kamayadi. Shu nuqtayi nazardan sizning 

yaxshi tovarlarga bo`lgan  xarajatingiz  ham  kamayadi. Agar daromad 

tushganda  biror  mahsulotga  bo`lgan  talab  tushsa  ushbu  tovar  odatiy  tovar 

deyiladi. 

 

Barcha  tovarlar  ham  odatiy  tovarlar  emas.  Agar  daromad  tushganda  biror 



tovarga bo`lgan talab oshsa, ushbu tovar past darajali tovar deyiladi. Past darajali 

tovarga  misol  qilib  avtobus  chiptasini  keltirishimiz  mumkin.  Daromadingiz 

tushganda mashina haydash yoki taksi minishdan ko`ra avtobusga chiqishni ma’qul 

ko`rasiz. 



Rasm 

Talab egri chizig’idagi o’zgarish 

 

Mahsulot 



narxi 

ma’lum 


bir 

darajada bo’lganda iste’molchilarni 

ushbu tovarni sotib olish hajmining 

oshishi  talab  egri  chizig’ini  o’ngga 

siljitadi.  Berilgan  narx  darajasida 

iste’molchilarning  tovarlarni  sotib 

olish hajmining pasayishi talab egri 

chizig’ini chapga siljitadi.

 

Muzqaymoq 

narxi 

Muzqaymoq 

miqdori 

Talabning 

oshishi 

Talabning 

kamayishi 

Talab egri chizig’i, D3 

Talab egri  

chizig’i, D2 

Talab egri  

chizig’i, D1 



28 

 

O`rin  bosuvchi  tovarlar  narxi.



  Faraz  qiling  muzlatilgan  yogurtning  narxi 

tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz muzlatilgan yogurt sotib olasiz. Ayni shu paytda 

siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz. Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt 

birdek  sovuq,  shirin,  kremli,  ular  sizning  ehtiyojingizni  birdek  qondiradi.  Bir 

mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni kamaytiradi va 

bu  tovarlar  o`rin  bosuvchi  tovarlar  deyiladi.  O`rin  bosuvchi  tovarlar  asosan  bir 

joydan  xarid  qilinadigan  tovarlar  hisoblanadi,  masalan,  hot-dog  va  gamburger, 

sviter va ko`ylak, kino chiptasi va video ijarasi.  

Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz undan 

ko`proq sotib olasiz. Shu sababli siz ko`proq muzqaymoq ham sotib olasiz, chunki 

muzqaymoq  va  suyuq  shokolad  birga  iste’mol  qilinadi.  Bir  mahsulot  narxining 

tushishi  boshqa  bir  mahsulotga  bo`lgan  talabni  oshiradi,  bu  mahsulotlar 



to`ldiruvchi  tovarlar  deyiladi.  To`ldiruvchi  tovarlar  birgalikga  ishlatiladi, 

masalan, benzin va avtomobil, kompyuter va dastur. 



Did.

  Sizning  talabingizni  aniqlab  beradigan  asosiy  narsa  bu  sizning 

ehtiyojingiz.  Agr  siz  muzqaymoqni  yoqtirsangiz  uni  ko`proq  xarid  qilasiz. 

Iqtisodchilar  odatda  insonlarning  ehtiyojini  o`rganishga  harakat  qilishmaydi, 

chunki ehtiyoj tarixan insonlarning    o`ziga    xos    bo`lib    kelgan    psixologik   

kuch  hisoblanadi.  Ammo  iqtisodchilar  ehtiyoj  o`zgarganda  nima  bo`lishini  tahlil 

qilishadi. 

 

J a d v a l  



1

 

O`zgarish 



O`zgarishning ta’siri 

Xaridorlarga ta’sir 

qiladigan 

o`zgaruvchilar 

 

Ushbu jadvalda biror 

tovarni xarid 

qiluvchilarning 

o`zgarishiga ta’sir 

etadigan omillar 

keltirilgan. Bunga eng 

asosiysi baho 

Tovarlar 

bahosi 



 

 

Daromad 

O`rin 

bosuvchi 



tovarlar 

bahosi 

Talab  egri  chizig’i bo`ylab 

harakatni ifodalaydi 

 

Talab 


egri 

chizig’ini 

o`zgartiradi 

 

Talab 



egri 

chizig’ini 

o`zgartiradi 

Talab 


egri 

chizig’ini 



29 

 

Did 



Kutish 

Xaridorlar 

soni 

o`zgartiradi 

Talab 

egri 


chizig’ini 

o`zgartiradi 

Talab 

egri 


chizig’ini 

o`zgartiradi 

hisoblanadi.  

 

Kutish.



  Sizning  kelajakka  bo`lgan  ishonchingiz  bugungi  kunda  tovar  yoki 

xizmatlarga bo`lgan talabingizga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, siz keyingi oyda 

yuqoriroq daromad olishga ishonsangiz, hozirda kamroq pul jamg’arasiz va joriy 

daromadingizning  ko`p  qismini  muzqaymoqqa  sarflaysiz.  Yana  bir  misol,  ertaga 

muzqaymoq  narxini tushishiga  ishonsangiz,  bugungi  narxda  kamroq  muzqaymoq 

sotib olishga harakat qilasiz.  



Xaridorlar  soni.

  Avvalgi  omillarga  qo`shimcha  tarzda  xaridorlar  hatti-

harakatiga ta’sir qiliuvchi omillar bir nechta bo`lib, bozor talabi xaridorlar soniga 

bevosita  bog’liq.  Agar  Piter  muzqaymoq  iste’molchilari  Katerina  va  Nikolasga 

qo`shilganda edi bozordagi talab miqdori oshgan va bozor talabi o`sgan bo`lardi.  



Xulosa.

 Talab egri chizig’i boshqa o`zgaruvchilar o`zgarmas bo`lganda ushbu 

tovarning  bahosini  o`zgarishi  talab  miqdorining  o`zgarishiga  qanchalik  ta’sir 

etishini  ifodalaydi.  Boshqa  o`zgaruvchilardan  birortasi  o`zgarganda  talab  egri 

chizig’i ham o`zgaradi. 1-jadvalda o`zgaruvchilar mahsulot sotib oluvchilar soniga 

qanchalik ta’sir etishi keltirib o`tilgan. Agar siz talab egri chizig’ining siljish yoki 

siljimasligi  bo`chiya  muammoga  duch  kelsangiz,  2-bo`limning  ilovasi  sizga 

yordam  beradi.  Ikkala  o`qdagi  tegishli  o`zgaruvchida  o`zgarish  bo`lganda  o`q 

joyidan  siljiydi.  Chunki  narx  vertikal  o`qda  joylashadi,  narxdagi  o`zgarish  talab 

egri  chizig’i  boylab  bo`ladigan  o`zgarishni  ko`rsatadi.  Daromad  esa  faqat  bitta 

tegishli o`qdagi o`zgaruvchi o`zgarganda siljiydi.  



                     Chekishga bo`lgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yo`li 

Jamiyatdagi  siyosatchilar  insonlar  chekishining  hajmini  kamaytirishga  ko`p 

harakat qilishadi. Ushbu maqsadga erishishning ikkita yo`li bor. 

Birinchisi,  sigareta  va  tamaki  mahsulotlariga  bo`lgan  talab  egri  chizig’ini 

o`zgartirish  kerak.  Ya’ni  istalgan  turdagi  sigaretalar  haqida  ommaviy  axborot 

vositalaridan,  televideniyadan  chekishni  ta’qiqlaydigan  ko`rsatuvlarni  qo`yish, 

sigareta  qutilariga  yozish  kerak.  Agar  bu  muvaffaqiyatli  bo`lsa,  sigaretalarga 

bo`lgan talab egri chizig’i 4 rasm (a)qismdagidek chapga siljiydi. 



Keys stady 

 


30 

 

 



Muqobil  yo`llardan  biri  siyosatchilar  sigaretalar  narxini  oshirishi  kerak. 

Agar  hukumat  sigaret  ishlab  chiqarishga  katta  soliq  joriy  qilsa,  masalan,  soliqlar 

hisobiga sigaretalar narxini oshirish kerak. Yuqori darajadagi narx chekuvchilarni 

ular  chekadigan  sigaretalar  miqdorini  kamaytirishga  undaydi.  Shu  sababdan,  bu 

talabni  oshirmaydi.  Buning  o`rniga  4-jadvaldagi  (b)  qismdagi  kabi  miqdorni 

kamaytiradi.  

Narxni  qanchaga  o`zgartirsak,  chekish  hajmi  kamayadi  va  qanchaga? 

Iqtisodchilar  sigareta  narxida  qancha  o`zgarish  bo`lishi  kerakligi  yuzasidan 

izlanish  olib  bordilar.  Ular  aniqlashdiki,      narxning      10    %ga    oshishi    talab  

hajmini    4  %ga  qisqartiradi.  O`smirlar  sigareta  narxiga  ta’sirchan  bo`lishadi. 

Narxning 10 %ga ortishi o`smirlar orasidagi chekishni 12 %ga kamaytiradi.  

Xuddi  shunday  savol  -  sigaretalarning  narxini  oshishi  marixuana  kabi 

taqiqlangan dorilarga bo`lgan talabga qanday ta’sir qiladi. Sigareta va  marixuana 

bir-birini  to`ldiruvchi  tovarlar  hisoblanib,  sigaretaning  narxini  oshishi 

marixuananing iste’molini oshiradi. Ko`pchilik ekspertlar sigaret narxini pasayishi 

tamaki va marixuanani paydo bo`lishiga olib kelishadi deb hisoblaydilar. 



3.3.Taklif 

Biz  endi  bozorning  ikkinchi  tomonidan  tahlilni  davom  ettiramiz.  Yana  bir 

marta fikringizni jamlang, keling muzqaymoq bozori haqida o`ylab ko`ramiz. 

Taklif egri chizig’i: narx va taklif miqdori o`rtasidagi bog’liqlik 

Agar  sigaret  qutisidagi  ogohlantirish  chekuvchilarni  kamroq  chekishga  ishontirsa,  talab 

egri chizig’i chapga siljiydi. (a) qismda talab egri chizig’i D1dan D2ga siljiydi. Bir paketi 2$ 

bo’lsa,  talab  miqdori  kuniga  20ta  sigaretdan  10ta  sigaretga  tushadi.  Natijada  o’zgarish 

Anuqtadan  B  nuqtaga  tushadi.  Agar  sigaret  narxiga  soliq  oshsa,  talab  egri  chizig’i 

o’zgarmaydi.  Bunda  talab  egri  chizig’ida  turli  nuqtalarda  o’zgarishlarni  ko’rishimiz 

mumkin.  (b)  qismda  narx  2$dan  4$ga  oshganda  talab  miqdori  kuniga  20ta  sigaretdan 

12taga pasayadi. Natijada o’zgarish A nuqtadan C nuqtaga ko’chadi. 



1 pachka 

sigaret narxi 

Rasm 

Talab egri chizig’idagi 

o’zgarish 

Talab egri chizig’idagi 

ko’chish 

Kunlik chekiladigan sigaret miqdori 

Kunlik chekiladigan sigaret miqdori 

1 pachka 

sigaret narxi 

Chekishdan umidsizlantirish 

siyosati natijasida talab egri 

chizig’ining chapga siljishi 

Sigaret narxlariga soliqning 

kutarilishi natijasida talab 

egri chizig’ining o’zgarishi 

Talab egri chizig’i va  

talab egri chizig’ing 

ko’chishi o’rtasidagi  

o’zgarish 

 

31 

 

Biror  mahsulot  yoki  xizmatga  bo`lgan  taklif  miqdori  ushbu  tovarlarni 



bozordagi  xaridorlari  soni  bilan  ifodalanadi.  Taklif  miqdorining  bir  qancha 

qismlari  mavjud,  ammo  yana  bir  marta  narx  bizning  tahlilda  asosiy  o`rinni 

egallaydi.  Muzqaymoq  narxi  yuqori  bo`lganda  muzqaymoq  sotish  daromadli 

bo`ladi  va  natijada  muzqaymoq  sotish  hajmi  oshadi.  Muzqaymoq  sotuvchilar 

ko`proq  ishlashadi,  ko`proq  muzqaymoq  texnikasi  xariq  qilinadiva  ko`p  ishchi 

yollanadi.  Ammo  muzqaymoq  narxi  past  bo`lganda  bu  biznes  kam  daromadli 

bo`ladi va sotuvchilar kam muzqaymoq ishlab chiqaradi. Ba’zi narxda bir qancha 

sotuvchilar  butunlay  ishlab  chiqarishni  to`xtatadilar  va  ularning  ishlab  chiqarish 

hajmi nolga teng bo`ladi. Ushbu taklif miqdori va narx o`rtasidagi bog’liqlik taklif 

qonuni deyiladi. Narx oshganda taklif miqdori ham oshadi, narx tushganda taklif 

miqdori ham tushadi.  

5 rasmda har oyda Ben tomonidan ishlab chiqariladigan muzqaymoq miqdori 

keltirilgan.  Narx  1$ga  tushganda  Ben  muzqaymoq    ishlab  chiqarishni  butunlay 

to`xtatadi.  Narx oshgan 

sari  ishlab  chiqarish  hajmi  ham  oshadi.  Ushbu  jadval  ishlab  chiqarish  hajmiga 

ta’sir  etuvchi  boshqa  omillar  o`zgarmas  bo`lganda  narxning  taklifga  ta’sirini 

ko`rsatadi. 

5  rasmda  taklif  qonuni  ifodalangan.  Narx  va  taklif  miqdorini  bog’liqligini 

ifodalovchi egri chiziq taklif egri chizig’i deyiladi. Taklif egri chizig’i oshmoqda, 

chunki narxning oshishi ishlab chiqarish hajmini oshiradi. 

Bozor taklifi individual taklifga qarshi 

Bozor talabi bu  - xaridorlar talablarining umumiy yig’indisidir, bozor taklifi 

esa  sotucvhilar  takliflarining  umumiy  yig’indisidir.  6  rasm  bozordagi  ikkita 

muzqaymoq  sotuvchilari-  Ben  va  Jerryning  ishlab  chiqargan  muzqaymoqlari 

miqdorini ifodalaydi. 


32 

 

 



Benning  taklifi  chizig’i  Ben  ishlab  chiqargan  muzqaymoqlar  miqdorini 

bildiradi,  Jerryning  taklif  chizig’i  esa  Jerry  ishlab  chiqargan  muzqaymoqlar 

miqdorini bildiradi. Bozor taklifi shu ikkala individual takliflar yig’indisiga teng.  

6-rasmdagi  grafik  taklif  jadvaliga  mos  keluvchi  taklif  egri  chiziqlarini 

ifodalaydi.  Talab  egri  chizig`iga  o`xshab,  biz  individual  taklif  chiziqlarini 

gorizontal  yig`indisi  orqali  bozor  taklifi  egri  chizig`iga  ega  bo`lamiz.  Bu  degani, 

biz  istalgan  narxdagi  taklif  miqdorini  topish  uchun  gorizontal  o`qdagi  individual 

taklif  chiziqlari  orqali  topilgan  yakka  miqdorlarni  qo`shamiz.  Bozor  taklifi  egri 

chizig`i  tovarning  narxi  o`zgarishi  bilan  umumiy  taklif  miqdori  qanday 

o`zgarishini  ko`rsatadi,  bunda      ishlab      chiqaruvchining      qancha      sotishi   

to`g`risidagi 

qaroriga ta’sir qiluvchi narxdan boshqa omillar o`zgarmas deb qabul qilinadi. 



Taklif egri chizig’idagi o`zgarish 

Taklifga  ta’sir  etuvchi  omillardan  birining  o`zgarishi  ham  taklif    egri 

chizig’ining    o`zgarishiga    sabab  bo`ladi.  Faraz  qiling  shakarning  narxi  tushdi. 

Shakar  muzqaymoq  tarkibiga  kiradi,  shuning  uchun  ham  muzqaymoq  ishlab 

chiqarish  daromadli  hisoblanadi.  Bu  musqaymoq  taklifining  oshishiga  sabab 

bo`ladi. Muzqaymoq taklifining egri chizig’i o`ngga siljiydi. 

 

Muzqaymoq 

narxi 

Narxning 

oshishi 

Muzqaymoq 

miqdori 

Taklif egri  

chizig’i 

Taklif qilingan miqdorning oshishi 



Muzqaymoq 

narxi 

Muzqaymoq 

miqdori 

Benning taklif ro’yxati 

va taklif egri chizig’i 

Ushbu  jadval  har  bir  narxda  ishlab  chiqarish  hajmini  ko’rsatadi. 

Ushbu  taklif  egri  chizig’i  narx  o’zgarganda  ishlab  chiqarish  hajmi 

qanvhalik  o’zgarishinio  ifodalaydi.  Chunki  narxning  o’sishi  taklif 

miqdorini oshiradi va taklif egri chizig’i yuqoriga siljiydi.

 

Rasm 



33 

 

 



 

7 rasmda taklif o`zgarishi ifodalangan. Shakar narxining tushishi muzqaymoq 

ishlab chiqarish hajmini oshishiga sabab bo`lgan. Shuningdek taklifning kamayishi 

taklif egri chizig’ini chapga siljitgan va bu taklifning kamayishi deyiladi. 

Taklif egri chizig’ini o`zgartiradigan bir qancha omillar mavjud bo`lib, quyida 

ular bilan tanishamiz: 



Xarajatlar.

    Muzqaymoq  ishlab  chiqarishda  sotuvchilar  turli  xil  xarajatlar 

qiladi:  qaymoq,  shakar,  ta’m  beruvchi  preparatlar,  muzqaymoq  mashinasi,  ishlab 

chiqarish  binosi  hamda  mahsulotni  ishlab  chiqaradigan  va  mashinalarni 

boshqaradigan ishchi kuchi xarajatlari. 

Yuqorida  ta’kidlangan  xarajatlardan  biri  yoki  bir  nechtasi  miqdorining 

oshishi, mahsulot foydaliligini kamaytiradi va taklif qisqarishiga olib keladi. Agar 

xarajat keskin oshsa, firma yopilishi mumkin va hech qanday muzqaymoq taklifi 

ham  bo`lmaydi.  Shu  sababli  mahsulot  taklifi  mahsulotga  qilinadigan  xarajat 

miqdori bilan teskari bog’lanishga ega. 

Bozor  taklifi  -  individual  takliflar 

yig’indisi. 

Bozordagi 

taklif 

individual 



takliflarning yig’indisi hisoblanadi. 

Bozor 


taklifi 

individual 

takliflardan 

kelib 


chiqib 

aniqlanadi.  Narx  2$  bo’lganda 

Ben  3ta  muzqaymoq  ishlab 

chiqarsa, 

Jerry 

4ta 


ishlab 

chiqaradi.  Ushbu  narxda  bozor 

taklifi 7 tani tashkil qiladi.

 

Ben 



Jarry

 

Bozor



 

Rasm 

Benning taklifi 

Jarryning taklifi 

Bozor taklifi 

Muzqay- 


moq narxi 

Muzqay- 


moq narxi 

Muzqay- 


moq narxi 

Muzqaymoq miqdori 

Muzqaymoq miqdori 

Muzqaymoq miqdori 

Bozor 

Muzqaymoq 



narxi 

34 

 

 



Texnologiya.

  Taklifning  boshqa  bir  muhim  omili  bu  xarajatlarni 

muzqaymoqqa  aylantiruvchi  texnologiyadir.  Misol  uchun,  mexanizatsiyalashgan 

muzqaymoq  mashinasining  kashf  qilinishi,  muzqaymoq  ishlab  chiqarish  uchun 

zarur bolgan mehnat miqdorini kamaytirdi. Texnologiyadagi rivojlanish mahsulot 

taklifini firma xarajatlarini qisqartirish orqali o`stirdi. 



Kutish.

 Firma taklif qiladigan bugungi muzqaymoq miqdori uning kelajakka 

bo`lgan  ishonchiga  bog’liq  bo`lishi  mumkin.  Masalan,  agar  firma  kelajakda 

muzqaymoq  narxi  oshishiga  ishonsa,  u  joriy  mahsulotning  bir  qismini  omborga 

joylashtiradi va bugungi taklifini qisqartiradi. 



Sotuvchilar  soni.

  Yuqorida  ta’kidlangan  sotuvchilar  hulqiga  ta’sir  etuvchi 

omillarga  qo`shimcha,  bozor  taklifi  sotuvchilar  soniga  bog’liq.  Agar  Ben  yoki 

Jerry muzqaymoq biznesidan chetlanganda, bozordagi taklif tushar edi. 

Xulosa.

  Taklif  egri  chizig’i  sotuvchilarga  ta’sir  etuvchi  boshqa  omillarni 

o`zgarmas ushlab turgan holda, tovar narxi o`zgarishining, uning taklif miqdoriga 

ta’sirini  ifodalaydi.  Qachonki,o`zgaruvchilarning  boshqa  biri  o`zgarsa,  taklif  egri 

chizig’i o`zgaradi. 2- jadval ishlab chiqaruvchilar taklifiga ta’sir etuvchi omillarni 

ro`yxatga oladi. 

Yana bir bor, taklif egri chizig’ini o`zgartirish yoki ko`chirishni hohlasangiz, 

yodda  tuting,  ikkala  o`qda  ham  nomi  keltirilmagan  aloqador  omillar 

o`zgargandagina  egri  chiziq  o`zgaradi.  Narx  vertikal  o`qda  bolganligi  tufayli, 

narxdagi  o`zgarishlar  taklif  egri  chizig’i  bo`ylab  harakatni  ifodalaydi. 

Qiyoslaganda,  tannarx,  texnologiya  kelajakka  ishonch,  hamda  sotuvchilar  soni 

ikkala  o`q  bilan  ham  o`lchanmaganligi  sababli,  bulardan  biridagi  o`zgarish  taklif 

chizig’ining o`zgarishiga olib keladi. 



J a d v a l  

2

     

Sotuvchilarga 

ta’sir 

etuvchi 

Omillar 

Omillar o`zgarishi 

Rasm 

Muzqaymoq 

narxi 

Muzqaymoq 

miqdori 

Taklif egri chizig’i, S3 

Taklif egri  

chizig’i, S1 

Taklif egri  

chizig’i, S2 

Taklifning 

kamayishi 

Taklifning 

oshishi 


Taklif egri chizig’idagi 

o’zgarishlar.  

 

Berilgan  narxda  ishlab  chiqarish 



taflifining  oshishi  taklif  egri 

chizig’ini  o’ngga  siljitadi,  ishlab 

chiqarish  taklifining  kamayishi 

esa  taklif  egri  chizig’ina  chapga 

siljitadi.

 


35 

 

o`zgaruvchilar. 

 

Jadval  ishlab  chiqaruvchilar  taklif 



miqdoriga  ta’sir  qiluvchi  omillarni 

ro`yxatga  oladi.  Mahsulot  narxi 

yaxshi  o`yinlarning  maxsus  rolini 

aks ettiradi: mashulot narxidagi taklif 

egri  chizig’i  bo`ylab  harakatni 

ifodalaydi,  modomiki,  omillardan 

boshqa birining o`zgarishi taklif egri 

chizig’ini o`zgartiradi. 

 

Tovar narxining 



o`zi 

 

Tannarx 



Texnologiya 

Kutish 


Sotuvchilar soni 

 

Taklif egri chizig’i bo`ylab 



harakatni ifodalaydi 

Taklif egri chizig’ini 

o`zgartiradi 

Taklif egri chizig’ini 

o`zgartiradi 

Taklif egri chizig’ini 

o`zgartiradi 

Taklif egri chizig’ini 

o`zgartiradi 

 

 



3.4.Talab va taklif birgalikda 

Talab  va  taklif  alohida  tahlil  qilingach,  biz  endi  ularni  bozorda  sotiladigan 

tovar narxi va miqdoriga ta’sirini aniqlash maqsadida birgalikda ko`ramiz. 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin