Biznes va tadbirkorlik


-chizma. Minimal narx o`rnatilishi natijasidagi yo`qotishlar grafigi



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


5.5-chizma. Minimal narx o`rnatilishi natijasidagi yo`qotishlar grafigi. 

Bunday  holda  har  bir  ishlab  chiqaruvchi  o`z  mahsulotining  hammasining 

yuqori  narxda  sotaman  deb  o`ylaydi.  Pirovardda  davlat  tomonidan  o`rnatilgan 

minimal narx siyosati ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni 

qoplamaganligi  sababli,  ishlab  chiqaruvchilarning  foydasini  ancha  qisqartirib 

yuborish mumkin. 



  Tayanch  so`z  va  iboralar:  bozr  muvozanati,  ortiqchalik,  tanqislik, 

iste’molchi yutug’i, ishlab chiqaruvchi yutug’i, maksimal narxlar, minimal narxlar. 



VI-BOB. ISTE'MOLCHILAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA 

BOZORLAR SAMARADORLIGI

8

 

 

Reja

 

6.1.Iste’molchi ortiqchaligi 

                                                           

8

 

Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 



kitobining VII bobi asosida tayyorlangan.137-159 bet

 



P 

S 

P

mi

n



 



P

e

 





D 

Q

1

 



Q

e

 



Q

2

 



Q 

72 

 

6.2  Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 



6.3.Bozor samaradorligi 

 

6.1.Iste’molchi ortiqchaligi 

 

 

Biz  farovon  iqtisodiyotni  bozor  jarayonida  ishtirok  etayotgan  xaridorlar  

foydalarini o`rganishni boshlaymiz. 

 

 



  

To`lov qobiliyati 

Tasavvur  qiling  siz    Elvis  Presleyning  birinchi  albomi    egasisiz  va  siz  uni 

ishlatmaysiz. Siz Elvis Presleyning muxlisi emassiz, shu sababli uni sotishga qaror 

qildingiz. Buning  yagona yo`li kimoshdi savdosi o`tkazish. 

 Bu  kimoshdi  savdosida  to`rt  nafar    Elvis  Presleyning  muxlislari  ishtirok 

etishmoqda: Jon, Paul, George, va Ringo. Ularning har biri albomga egalik qilishni 

istashadi,  lekin  har  birida    buning  uchun  to`lashga  tayyor  pul  miqdori 

chegaralangan.  1-rasm  to`rt  xaridorlarning  to`lashi  mumkin  bo`lgan  maksimal 

narxlar    ularning  to`lov  uchun  tayyorligi  deyiladi  va  bu  xaridorning  mahsulotni 

qancha  baholashini  anglatadi.  Har  bir  xaridor  albomni    o`zining  to`lov  uchun 

tayyorligidan arzonroq  narxda sotib olishni istaydi va to`lov uchun tayyorligidan 

qimmatroq  narxda  albomni  sotib  olishni  rad  etadi.  Narx  to`lash  uchun  o`z 

tayyorligiga teng bo`lsa, xaridor sotib olishga befarq bo`lishi mumkin.  

Agar  narx  uning  albomga  qo`ygan  bahosi  bilan  aynan  bir  xil bo`lsa,  u  uni 

sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand bo`lishi mumkin. 

 

Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol uchun 10 



$  .  Chunki  barcha  to`rt  xaridorlaringiz  to`lashga  tayyor,  narx  esa  tez  ko`tariladi. 

Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz ko`proq) taklif qilgan vaqtda to`xtaydi. Bu 

nuqtada,  Paul,  Jorj  va  Ringo  boshqa  hech    qanday  taklif  qilishni  istashmaydi, 

chunki ular 80$ dan ko`proq taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$  to`laydi va 

albomni  oladi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  albom  yuqori  qadrlaydigan  xaridorga 

ketdi.  


Jon  Elvis  Presleynining    albomini  sotib  olishdan  nima  foyda  oldi?  Bu 

o`rinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun  100$ to`lashga tayyor, 

lekin  u  buning  uchun  atigi    80$  to`ladi.  Jon    20$  iste'molchi  ortiqchaligiga  ega 

J a d v a l



 

4 ta xäridorning to’lov 

qobiliyati

 

Jon 



Paul 

Jorj 


Ringo 

Xaridor 

100 $ 


80 

70 


50 

To’lov qobiliyati 

73 

 

bo`ldi.  Iste'molchi  ortiqchaligi  bu  xaridorning  to`lashga  tayyorligidan  aslida 



buning uchun to`lagan miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi. 

Iste'molchi  ortiqchaligi  xaridorlaring    bozor  jarayonida  olgan  foydasiga 

qarab  o`lchanadi.  Bu  misolda,  Jon  kimoshdi  savdosida  ishtiroki  natijasida    20$ 

foyda oldi, chunki  u 100$ ga baholangan tovar uchun atigi  80$ to`ladi. Pol, Jorj 

va  Ringolar iste'molchi ortiqchaligiga  ega  bo`lishmadi,  chunki  kimoshdi savdoda 

ishtirok etib  albomga egalik qilmasdan va hech narsa to`lamasdan ketishdi. 

Endi  biroz  boshqacha  misolni  ko`rib  chiqamiz.  Siz  ikkita  bir  xil  Elvis 

Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi savdosida to`rt xaridor 

mavjud.  Hammasi  oddiy,  biz  albomlarnining  ikkalasini  bir  xil  narxda  va  turli 

xaridorlarga  sotishni  rejalashtirganmiz.  Bu  jarayon  ikkita  xaridor    qolgunicha 

davom etadi. Kimoshdi savdosi Jon va Paul 70$ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan  

vaqtda  to`xtaydi.  Jon  va  Paul,  ikkovlari  albomni  bu  narxda  sotib  olishga  rozi  va 

Jorj va Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoqchi emas. Jon va Paulning har biri 

iste'molchi  ortiqchaligiga  ega  bo`lishdi,  uni  to`lashga  tayyorligi  ayiruv  to`langan 

narxiga  teng.  Jonning  iste'molchi  ortiqchaligi  30$  bo`ladi,  Paulniki  esa  10$. 

Jonning  iste'molchi  ortiqchaligi  avvalgisiga  nisbatan  yuqoridir  u  o`sha  albomni 

oladi, lekin buning uchun kam haq to`laydi. umumiy iste'molchi ortiqchaligi 40$. 

Iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda talab egri chizig’idan foydalanish 

 

Iste'molchi ortiqchaligi mahsulotga bo`lgan talab egri  chizig’i bilan bog'liq. 

Ularning  bog'liqligini  yuqorida  keltirilgan    Elvis  Presleyning  nodir  albomi 

misolida  ko`rib chiqamiz. 

Biz  albomga  bo`lgan  talab  miqdorining  jadvalini  aniqlashimiz  uchun 

ehtimoliy  to`rt  xaridorning  to`lov  uchun  tayyorligidan  foydalanamiz.  1-rasmda 

talab  miqdori  haqida  ma’lumot  keltirilgan.  Agar  narx    100$  dan    yuqori  bo`lsa, 

savdo  0  ga  teng  bo`ladi,  chunki  hech  qaysi  xaridor  bu  albom  uchun  undan 

qimmatroq narxda sotib olmoqchi emas. Agar narx  80$ va  100$ oralig’ida bo`lsa, 

talab  miqdori  1ga  teng,  chunki  faqat  Jon  bunday  yuqori  narxni  berishga  tayyor. 

Agar  narx  70$-80$  atrofida  bo`lsa,  talab  miqdori  2,  chunki  Jon  va  Pol  bu 

miqdordagi mablag’ni to`lashga tayyor. Shu tarzda  talab jadvalini mavjud narxlar 

asosida tahlil qilishimiz mumkin. Shu tariqa talab miqdori to`rt xaridorning to`lov 

uchun tayyorligiga binoan turli xil bo`ladi. 

1-chizmada  keltirilgan    grafik,  talab  egri  chizig’i    talab  jadvaliga  mos 

kelishini  ko`rsatadi.  Bunda  eng  yuqori  talab  miqdori  va  to`lov  uchun  tayyorligi 

o`rtasidagi  munosabatlarga  e’tibor  berish  zarur.  Har  qanday  miqdorda  talab  egri 

chizig’i  belgilagan narx eng quyi to`lashga tayyor xaridorni ko`rsatib beradi, bu  

xaridor    o`zi  xohlagan  narxdan  oshsa,  birinchi  bo`lib  savdodan  chiqib  ketadi.  4-

albomni  misol qilib olsak talab  egri chizig’ining yuqori ko`rsatkichi 50$ bo`ladi 

bu Ringo (eng quyi narxda sotib oluvhci xaridor)ning to`lashga tayyorligidan kelib 

chiqadi.  Agar  3  albom  misolida  olib  ko`rsak,  bunda  talab  egri  chizig’ining  eng 



74 

 

yuqori  ko`rsatkichi  70$  teng  bo`ladi  va  bu  eng  quyi  narxda  sotib  olish  istagini 



bildirgan Jorjga qarab belgilanadi.  

Chunki  talab  egri  chizig’i  xaridorlarning  to`lashga  tayyorligiga  ta’sir 

ko`rsatadi  va  biz  uni    iste'molchi  ortiqchaligini  o`lchashda  ham  qo`llashimiz 

mumkin.    2-rasmda  bizning  ikkita  misol  orqali  iste’molchi  ortiqchaligini 

hisoblashda talab egri chizig’idan foydalanadi. (a ) chizmada  narx  80$ (va undan 

baland), talab miqdori  1. Etibor bering, narx va talab egri chizig’i o`rtasidagi farq 

20$ga teng. Bu miqdor biz avval hisoblaganimizdek, 1ta albom sotilgandagi aniq 

istemolchi  ortiqchaligi  demakdir.  2-rasmning  (b)  chizmasi  narx  70$  (va  undan 

baland), bo`lgandagi istemolchi ortiqchaligini ko`rsatadi. Bu holatda, narx va talab 

egri chizig’i ikkita burchakning yig’indisiga teng. Jonning bu narxdagi istemolchi 

ortiqchaligi 30$ va Paulniki 10$ ga teng. Bu maydon 40$ tashkil etadi.  

 

 



Yana  bir  bor  takrorlaymizki,  bu  biz  yuqorida  hisoblagandek  istemol 

darajasidir. Bu  misoldan talab darajasiga aloqador quyidagi xulosa kelib chiqadi: 

quyi talab egri chizig’i va yuqori narx bozordagi istemolchi ortiqchaligini keltirib 

chiqaradi.  Bu  haqiqat,  chunki  talab  egri  chizig’ining  yuqoriligi  istemolchilarning 

tovar  uchun  to`laydigan  narxini  belgilaydi  va  shu  bilan  birga  to`lov  uchun 

tayyorligini  ham  bildiradi.  Bozordagi  narx  va  to`lov  istagi  o`rtasidagi  farq  sotib 

oluvchilarning istemolchi ortiqchaligi demakdir. Bundan kelib chiqadiki past talab 

egri  chizig’i  va  yuqori  narx  oraligidagi  umumiy  masofa  bu  xaridorlarning 

bozordagi tovar va xizmatlarga istemolchilar ortiqchaliklari yig’indisidir. 

 

Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi 



Rasm 

Quyida1 jadvaldagi xaridor4ar uchun talab ro’yxati ko’rsatilgan. Grafik muvofiq talab 

egrilchizig’ini ko’rsatadi. Talab egri chizig’ining balandligi xarid±rlarning sotib olishga 

tayyorligini ko’rsatadi. 



Talab grafigi va t)lab 

egri chizig’i 

Albom 

narxi 

Talab 

Albom 

miqdori 

Narx 


Xaridorlar 

Talab 


miqdori 

100 $ dan k ’p 

80 $ dan 100 $gacha 

70 $ dan 80 $gacha 

50 $ dan 70 $gacha 

502$ yoki undan kam 

Yo’q 

Jon 


Jon, Paul 

Jo, Paul, Jorj 

Jon, Paul, Jorj, Ringo 





Jonning to’lov¯a tayyorligi 

Paulning to’lovga tayyorligi 

 

Jorjning to’lovga vayyorligi 



 

Rigoning to’lovga tayyorligi 

 


75 

 

Xaridorlar  o`zlari  sotib  olayotgan  tovar  uchun  har  doim  ham  past  narx 



to`lashni  xohlashganliklari  sababli  past  narxlar  xaridorlarning  turmush  darajasini 

yaxshilaydi. Lekin past narx turmush darajasini qanchalik yaxshilaydi? Bu savolga 

aniq javob topish uchun biz iste’molchi ortiqchaligi tushunchasidan foydalanamiz. 

3-chizma oddiy talab egri chizig’ini ko`rsatadi. Oldingi ikki chizmadagidan 

farqli  siz  bu  yerda  talab  egri  chizig’ini  asta  sekin  tushishini  kuzatasiz.  Ko`p 

xaridorlarga  ega  bozorda  xaridorlar  orasidagi  tushish  shunchalik  kam  maydonni 

tashkil qiladiki, natijada talab ancha tekis bo`ladi. Bu talab har xil ko`rinishga ega 

bo`lishiga qaramay biz qilgan xulosa hali ham bir xil. 

 

Istemolchi  ortiqchaligi  narxdan  balanda  va  talab  egri  chizig’idan  pastda 



bo`ladi.  (a) chizmadagi  P

1

 narxdagi  iste’molchi ortiqchaligi  ABC  burchagida aks 



etgan.    (b)  chizmada  ko`rsati-lganidek  narxni  P

1

  dan  P



ga  tushishini  kuzatamiz. 

Iste’molchi ortiqchaligi ADF  maydoniga teng. Iste’molchi ortiqchaligidagi o`sish 

past narxda BCFD maydonga to`g’ri keladi. Iste’molchi ortiqchaligidagi bu o`sish 

ikki  qismdan  iborat.  Birinchidan,  Q

1

da  yuqori  P



1

narxda  tovar  sotib  olayotgan 

xaridorlar  turmush  tarzi  yaxshiroq,  chunki  endi  ular  kamroq  narx  to`lashadi. 

Mavjud  xaridorlarning  iste’molchi  ortiqchaligini  oshishi  ular  to`layotgan  narxni 

qisqarishidir.  Bu  BCFD  maydonga  teng.  Ikkinchidan,  past  narxlarda  tovar  sotib 

olishni xohlovchi yangi xaridorlar paydo bo`lishi. Natijada bozordagi talab miqdori 

Q

1

dan  Q



2

ga  o`sadi.  Yangi  xaridorlar  oladigan  iste’molchi  ortiqchaligi  CEF 

maydonida yotadi. 

Iste’molchi ortiqchaligi nimani o`lchaydi? 

Iste’molchi  ortiqchaligi  tushunchasini  rivojlantirishdan  maqsad  bozor 

talabgorlari  haqida  to`g’ri  xulosaga  kelish.  Hozirda  siz  iste’molchi  ortiqchaligi 

Albom 

miqdoåi 

Talab egri chizig’iVa 

iste’molchi 

ortiqchaligini 

hisoblash 

Albom 

miqdori 

Albom 

narxi 

Albom 

narxi 

Jonning iste’mol ortiq$haligi (20$) 



(a) Narx=80$ 

(b) Narx=r0$ 

Jonning iste’mol ortiqchaligi (30$) 

Paulning iste’mol 

ortiqchaligi (10$) 

Umumiy 

istePmol 



ortiqchaligi 

(40$) 


(a) rasmda tovar narxi 80$ va iste’molcßi ortiqchaligi 20$. (b) rasmda 

tovar narxi 70$ va iste’molchi oûtiqchaligi 40$. 



76 

 

nimaligini  tushundingiz  va  uni  biz  farovonlikning  yaxshi  o`lchovi  sifatida  qabul 



qilamiz.  Tasavvur  qilinki,  siz  yaxshi  iqtisodiy  tizimni  yaratayotgan  siyosatchisiz. 

Iste’molchi  ortiqchaligiga  ahamiyat  berarmidingiz?  Iste’molchi  ortiqchaligi  bu 

xaridorlar  tovar  uchun  to`lashni  xohlagan  miqdordan  ularning  tovar  uchun 

to`laydigan  xaqiqiy  narxning  ayirmasi  xari-dorlarning  o`zlari  qabul  qilgan 

tovardan olgan foydani o`lchaydi. 

Iste’molchi  ortiqchaligi,  agar  islohatchilar  xaridorning  foydasini  hisobga 

olishi  iqtisodiy  farovonlikning  eng  yaxshi  o`lchovi  bo`ladi.  .  Ba’zi  hollarda 

islohatchilar  iste’molchi  ortiqchaligi  haqida  o`ylamasliklari  mumkin,  chunki  ular 

xaridorlarni sotib olishga undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi. 

 

 



Misol  uchun  giyohvandlar  geroin  sotib  olish  uchun  yuqori  narx  to`lashga 

tayyor.  Giyohvandlar  geroin  uchun  past  narx  to`laganliklari  uchun  foyda 

ko`rishmaydi.  Jamiyat  nuqtai  nazaridan  bu  holatdagi  to`lash  istagi  xaridorlar 

foydasining  yaxshi  o`lchovi  emas  va  iste’molchi  ortiqchaligi  iqtisodiy 

farovonlikning  o`lchovi  emas,  chunki  giyoxvandlar  o`z  farovonliklari  haqida 

qayg’urishmaydi.  

Ko`p 

bozorlarda 



iste’molchi 

ortiqchaligi 

iqtisodiy 

farovonlikni 

ifodalamaydi.  Iqtisodchilarning  ishontirishicha  xaridorlar  ongli  ravishda  qaror 

qabul  qilishadi.  Ongli  odamlar  o`z  maqsadlariga  erishish  uchun  qo`llaridan 

kelgancha  harakat  qilishadi.  Iqtisodchilar  yana  odamlarning  xohishlari  hisobga 

olinishi  kerakligini  ta’kidlashadi.  Bu  holatda  sotib  olayotgan  tovardan  qanchalik 



Rasm 

oste’molchi 

ortiqchaligiga narx 

qanday ta’sir qiladi 

Narx 

Narx 

Miqdor 

Miqdor 

Iste’mol 

ortiqchaligi 

Yangi iste’molchilarga 

éste’mol ortiqchaligi 

Talab 


Talab 

Ilk iste’mol 

ortiqchaligi 

qlk iste’mol ortiq- 

chaligiga qo’shilgan 

iste’mol ortiqchaligi 



(a) P

1

 narùdagi iste’mol ortiqchaligi 

(b) P

2

 narxdagi iste’mol ortiqchali0i 

(a) rasmda P

1

  narx,  Q



1

  talab  hajmi  va  ABC  uchburchak  maydoni

teng.  Narx  P

dan  P



2

  ga  tushganda  tazab  hajmi  Q

1

  dan  Q


2

  ga  ko’tariladi  va  iste’molchi 

ortiqchaligi A¾F uchburchak maydoniga ko’payadi. Iste’molchi ortiqchaligidagi •’sish (BCFD 

maydon) qisman yuz beradi. Chunki mavjud iste’molch½lar kamroq to’laydi (BCED maydon) 

va past narxlarda qisman yangê iste’molchilar bozorga kirib keladi (CEF maydon). 


77 

 

foyda  ko`rishayotganini  ko`rsatuvchi  eng  yaxshi  hukm  chiqaruvchi  xaridorlar 



hisoblanadilar. 

6.2  Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 

     

 

Endi  biz  bozorni  boshqa  tomoniga  murojaat  qilsakda  va  sotuvchilarning 

bozordagi  ishtiroklaridan  olayotgan  foydalarini  ko`rib  chiqsak.  Sotuvchilar 

farovonligining tahlili xaridorlar farovonligining tahlili bilan bir xilligini ko`ramiz. 

 

 

Xarajat va sotish xohishi 



Tasavvur qilingki, siz uy egasisiz va shu uyni ta’mirlashni xohlaysiz. Siz 4ta 

ta’mirlash  xizmatlarini  ko`rsatuvchi  odamlarga  murojaat  qilasiz:  Mariya,  Frida, 

Jorjiya  va  Grenma.  Agar  narx  to`g’ri  kelsa,  har  bir  xizmatchi  bu  ishni  qilishga 

tayyor. Siz 4ta xizmatchini narxini ko`rib chiqing va kim bu ishni arzonroq narxda 

bajarishini  taklif  qilib  kimoshdi  savdosini  o`tkazing.  Har  bir  ta’mirchi  agar  narx 

qilinadigan ishga to`g’ri kelsa, ishni bajarishga tayyor. Bunda narx xizmatchining 

to`g’ri keladigan narxini bildiradi, bu narx xizmatchining qo`shimcha xarajatlarini 

(bo`yoq shchyotka va xokazolar) va qilinadigan mehnatni o`z ichiga oladi. 

2-jadval har bir xizmatchining mehnat narxini ko`rsatadi. Xizmatchining ishi 

uchun olayotgan narx pastligi sababli narx bu xizmatni sotish o`lchovi hisoblanadi. 

Har bir xizmatchida mehnatini narxi tannarxdan baland bo`lganda, sotish  xohishi 

bo`ladi.  Har  bir  xizmatchi  xizmatini  tannarxidan  baland  narxga  sotishga  harakat 

qiladi va undan past narxga sotishni rad qiladi. Agar narx teng bo`lib qolsa, unga 

bu ishni bajarishning ahamiyati bo`lmaydi. U holda xizmatchi o`z kuchi va vaqtini 

boshqa  narsaga  sarflash  tarafdori  bo`ladi.  Ish  narxini  taklif  qilishganda,  boshida 

narx  baland  bo`ladi,  lekin  keyin  raqobat  natijasida  narx  pasayadi.  Boshida 

Grendma ish uchun 600$ so`raydi va ish unda uni tannarxi 500$ bo`lganligi uchun, 

bozorda qoladi, Boshqalar Mariya, Frida, Jorjiya bu ishni 600$dan kamiga qilishni 

xohlashmaydi.  Ahamiyat  bering,  ish  bu  ishni  arzonga  bajaradigan  xizmatchiga 

tegadi. 


Bu  ishni  olganidan  Grendma  qanday  foyda  ko`radi?  Bu  ish  uchun  500$ 

sarflasa  va  ish  uchun  600$  olsa,  u  holda  xizmatchi  100$  ishlab  chiqaruvchi 

ortiqchaligiga ega bo`ladi. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ish uchun olingan narx 

ayiruv  tannarxga  teng.  Ishlab  chiqaruvchi  ortiqchaligi  sotuvchining  bozordagi 

ishtirokidan olinayotgan foydani hisoblaydi. 

 

J a d v a 



8

 

4 ta imkoniyatli 

sotuvchining xarajatlari 

Sotuvchi 

Narx 

Märy 


Frida 

Georgiya 

Grandma 

$ 900 


800 

600 


500 

78 

 

Endi  ikkita  har  xil  misolni  ko`rib  chiqamiz.  Faraz  qiling  siz  ikkita  uyni 



ta’mirlashingiz  kerak.  Yana  ishni  4  kishiga  taklif  qilasiz.  Hech  qaysi  xizmatchi 

ikkala  uyni  ta’mirlash  imkoniga  ega  emas  deb  hisoblaylik.  Narx  ikkita  talabgor 

qolguncha  pasayaveradi.  Bu  holda  tanlov  ish  uchun  har  biri  $800  (yoki  ozgina 

pastroq)  taklif  qilayotgan  Jorjiya  va  Grendma  o`rtasida  to`xtaydi.  Jorjiya  va 

Grendma  ishni  shu  narxga  bajarishga  tayyor,  lekin  Mariya  va  Frida  narxni 

tushirishni  xohlashmaydi.  $800  narxda  Grendma  $300  va  Jorjiya  $200  ishlab 

chiqaruvchi  ortiqchaligiga  ega  bo`ladi.  Bozordagi  umumiy  ishlab  chiqaruvchi 

ortiqchaligi bu holatda $500 ni tashkil etadi. 



Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini hisoblashda taklif chizig’idan foydalanish 

Xuddi  iste’molchi  ortiqchaligi  talab  egri  chizig’iga  yaqindan  bog’lik 

bo`lganidek,  ishlab  chiqaruvchi  ortiqchaligi  taklif  egri  chizig’iga  bog’lik.  Bu 

qanday sodir bo`lishini bilish uchun oldingi misolimizni davom ettiramiz. Buni biz 

4ta  bo`yoqchini  xizmati  uchun  belgilagan  narxni  taklif  jadvalini  topishdan 

boshlaymiz. 4-rasmdagi jadvalda ko`ringanidek taklif egri chizig’i 2-jadvalni narxi 

bilan to`g’ri keladi. Agar narx 500 dan kam bo`lsa 4ta bo`yoqchining birortasi ham 

bu  ishni  qilishni  xohlamaydi  va  taklif  miqdori  0ga  teng  bo`ladi.  Agar  narx  500 

bilan  600  o`rtasida  bo`lsa  faqat  Grendma  bu  ishga  rozi  bo`ladi  va  taklif  miqdori 

1ga teng bo`ladi. Agar narx 600 bilan 800 o`rtasida bo`lsa Grendma va Jorjiya bu 

ishni qilishga roz iva taklif miqdori 2ga teng va xo kozo. Natijada taklif darajasi 

4ta bo`yoqchining narxidan kelib chiqadi. 

4-  rasmdagi  chizma  taklif  egri  chizig’i  taklif    jadvali    bilan    mos  kelishini 

ko`rsatadi. E’tibor bering taklif egri chizig’i sotuvchilarning narxiga bog’lik. Har  

qanday  miqdorda  taklif chizig’idagi narx cheklil sotuvchining, ya’ni narx  to`g’ri  

kelmasa,  bozorni    birinchi    tark  etuvchi    sotuvchini  narxini    ifodalaydi.  4  ta  uy 

miqdorida  esa  taklif  egri  chizig’ining  yuqorisi  900$  ga  teng,  bu  Mariya  xizmati 

uchun  belgilagan  narx.  3ta  uy  miqdorida  taklif  chizig’i  800$  ga  teng.  Bu  Frida 

belgilagan narx. Taklif egri chizig’i sotuvchilarning narxida aks etishi sababli, biz 

buni ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini o`lchash uchun ishlatishimiz mumkin. 



79 

 

 



5-rasm taklif egri chizig’i bizning 2ta misolimizdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini 

hisoblash uchun ishlatiladi. (a) chizmada biz narx 600$ deb hisoblaymiz. Bu holda 

taklif miqdori 1ga teng. Narx va taklif egri chizig’i orasidagi maydon 100$ga teng. 

Biz buni Grentmaning ishlab chiqarish ortiqchaligi sifatida hisoblagandik. 5- rasm 

(b)  chizmasi  $800  narxdagi  ishlab  chiqarish  ortiqchaligini  ko`rsatadi.  Bu  holatda 

narxning  past  va  taklif  egri  chizig’ining  yuqorisi  2ta  burchakning  umumiy 

maydoniga  teng.  Bu maydon $500ga  teng.  Ishlab  chiqarish  ortiqchaligi  biz oldin 

hisoblaganimizdek  Grendma  va  Jorjiyani  ikkita  uyni  bo`yaganida  ko`rinadi.  Bu 

misol  taklif  egri  chizig’iga  tegishli,  past  narx  taklif  egri  chizig’ining  yuqorisi 

bozordagi ishlab chiqarish ortiqchaligini o`lchaydi. Mazmun shundaki: taklif egri 

chizig’ining  yuqorisi  sotuvchilarning  narxini  ishlab  chiqarish  va  narx  o`rtasidagi 

farqni o`lchaydi. Bundan kelib chiqadiki, umumiy maydon bu barcha sotuvchilarni 

ishlab chiqarish  ortiqchaligining yig’indisiga teng. 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin