Biznes va tadbirkorlik


Taklifning narx elastikligini hisoblash



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


 

Taklifning narx elastikligini hisoblash 

Biz  taklifning  narx  elastikligi  haqida  boshlang`ich  ma’lumotga  ega  bo`ldik, 

endi  chuqurroq  yondashamiz.  Taklifning  narx  elastikligi  taklif  miqdorining 

foizdagi  o`zgarishini  narxning  foizdagi  o`zgarishiga  nisbati  shaklida  hisoblanadi, 

ya’ni: 

Taklifning narx elastikligi = 



                                      

                            

 . 

 

Misol  uchun,  faraz  qiling  1  qadoq  sut  narxi  2.85$  dan  3.15$  ga  ko`tarilishi 



sutchi  fermerlarning mahsuloti  ko`payishiga sabab bo`ladi,  oyiga 9000  qadoqdan 

11000 ga qadoqqa.  

Narxning foizdagi o`zgarishi=(3.15-2.85)/((2.85+3.15)/2)*100=10% 

Taklifning foizdagi o`zgarishi=(11000-9000)/((11000+9000)/2)*100=20% 

Bu  vaziyatda  taklifning  narx  elastikligi=  ga  teng.  Bu  ko`rsatkich  taklif 

miqdori narxga nisbatan 2 marta o`zgarganini bildiradi.  



Taklif egri chizigining turlari 

Taklifning narx  elastikligi narxga taklif miqdorining mazmunini ifodalagani 

sababli bu taklif egri chizig’ining ko`rinishida aks etadi.         5- tasvir 5 holatni 

korsatadi.  A  panelda  korsatilgandek,  chetdagi  0  elastiklikda  taklif    butunlay  

noelastikdir  va  taklif  egri  chizigi  esa  vertical.    Bu  holatda,  taminlangan  miqdor 

narxdan  qatiy  nazar  bir  xil.  Elastiklik  o`sganda  ,  taklif  egri  chizigi  tekislanib 

boradi,  qaysiki,  shuni  korsatadiki,    taminlangan  miqdor  narxda  o`zgarishiga 

ko`proq  masuldir. Qarshisidagi chetda,  e panelda korsatilgandek, taklif butunlay 

elastic. Bu taklifning narx  elastikligi cheksizlikka intilganda va taklif egri chizigi 

gorizantal  bolganda  sodir  boladi.    Narxdagi  bir  oz  o`zgarish  miqdorning  katta 

ko`lamda o`zgarishiga olib keladi. 


55 

 

 



Bazi bozorlarda taklif elastikligi bir xil bo`lmaydi va taklif chizig’I bo`yicha farq 

qiladi.  6-shakl  mahsulot  uchun  cheklangan  miqdorga  ega  bo`lgan  zavodlarga 

firmalarning  sanoat  uchun  maxsus  holatini  ko`rsatadi.  Taklif  qilinayotgan 

qiymatning past darajasi uchun taklif elastikligi baland va bubunga mos ravishda 

firmalar  narx  o`zgarishi  bilan  javob  beradi.  Bu  holatda  firmalar 

foydalanilmayotgan 

tovarlar 

uchun 


qiymatni 

belgilaydi. 

Masalan 

foydalanilmayotgan o`simlik va jihozlar Butun kun va kunning qismi mobaynida. 

Bu foydalanilmayotgan miqdordan foydalanila boshlaganda narxdagi kichik o`sish 

RASM 

2. … taklif hajmini o’zgartirmaydi 

1.Narx 

ko’tarilishi 



1.Narx ning 

22 % ga 


ko’tarilishi 

2. … taklif hajmini 10 % ga oshiradi 

1.Narx ning 

22 % ga 


ko’tarilishi 

2. … taklif hajmini 22 % ga oshiradi 

1.Narx ning 

22 % ga 


ko’tarilishi 

2. … taklif hajmini 67 % ga oshiradi 

3.Narx 4$ dan past  bo’lsa 

taklif hajmi 0 

2.Narx 4$  bo’lsa 

ishlab chiqaruvchilar 

taklif qiladilar 

1.Narx 4$ dan 

yuqori bo’lsa 

taklif cheksiz 



(a) Mutloq noelastik taklif: Elastiklikk 0 ga teng  

(b) Noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng  

Narx 

 

Miqdor 

 

Narx 

 

Miqdor 

 

Narx 

 

Miqdor 

 

Narx 

 

Miqdor 

 

Narx 

 

Miqdor 

 

Taklifning narx elastikligi taklif  egri chizig’ining tik yoki yotiq bo’lishini belgilab beradi. 



E’tibor  berish  kerakki,  barcha  foiz  o’zgarishlari  o’rta  nuqta  usulidan  foydalanilgan  holda 

hisoblaniladi 



56 

 

firma  uchun  foydali  bo`ladi.  Bir  miqdor  to`liq  foydalanib  bo`lingachqo`shimcha 



mahsulot  birligini  oshirish  yangi  o`simliklar  yetishtirishni  talab  qiladi.  Bu 

qo`shimcha xarajatlarni tajribadan o`tkazishga firmani ko`ndirish uchun narx katta 

miqdorda o`sishi zarur va shuningek taklif deyarli elastik bo`lmasligi zarur. 

6-shakl  bu  voqeaning  raqamli  misolini  namoyish  etadi.  Narx  3$dan  4  $  ga 

oshganda  (o`rtanuqta  metodiga  ko`ra  29%  o`sish),  taklif  qilinadigan  miqdor  100 

dan  200  ga  o`shadi(67%  o`sish).  Taklif  qilinadigan  miqdor  ko`proq  nisbatda 

o`zgarganligi uchun, taklif chizig’i 1ga qaraganga ko`proq elastik. Farqlash uchun 

narx 12$ dan 15$ga o`sganda (22 foiz o`sish), taklif qilinadigan miqdor 500 dan 

525ga o`sadi(5 % o`sish). Bu holatda taklif qilinadigan narxga qaraganda kamroq 

nisbatda ko`chadi, shuningdek elastiklik 1 ga nisbatan kamroq. 



 

4.3. Talab , taklif va elastiklikning uch ko`rinishi 

Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar bo`lishi mumkinmi? 

Nima uchun OPEC yoqilg’ining narxini baland saqlab tura olmadi? Dorilar ta’qiqi 

o`sadimi yoki dorilarga bog’liq jinoyatlar kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson 

tuyulishi mumkin. 

 

Fermer xo`jaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar bo`la oladimi? 

Tasavvur  qiling  siz  bug`doy  yetishtiradigan  fermersiz.  Sizning  barcha 

daromadingiz  bug`doyni  sotishdan  kelishi  sababli,  siz  yeringizni  iloji  boricha 

unumdorligini  oshirishga  ko`proq  harakat  qilasiz.  Ob-havo  va  turoq  holatini 

kuzatasiz,  daladagi  zararkunanda  va  kasalliklarni  yo`qotasiz  va  ilg`or 

texnologiyalardan  foydalanasiz.  Siz  bilasiz  qancha  ko`p  bug`doy  yetishtirsangiz, 

shuncha ko`p hosil olasiz va sizning daromadingiz ko`proq bo`ladi hamda turmush 

tarzingiz yaxshilanadi. 

Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganligini 

e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo`limi tadqiqotchilari fermerlar har bir 

akrdan(0.4 gektar) oladigan bug`doydan 20 % ko`p hosil beradigan yangi bug`doy 



RASM 

Elastiklik 1 

dan katta 

Elastiklik 1 

dan kichik 

Qanday  qilib  taklifning  narx  elastikligi  farq  qilishi 

mumkin 

Firmalarda  mahsulot  uchun  maksimum  miqdorda 

qiymat mavjud bo’lganligi uchun , taklif elastikligi taklif 

qilingan  miqdorning  eng  past  darajasida  juda  baland 

va eng yuqori darajasida juda past bo’lishi mumkin. Bu 

yerda,  narxning  3$  dan  4$ga  o’sishi  taklif  qilinadigan 

miqdorni  100  dan  200  ga  oshiradi.taklif  qilinadigan 

miqdorda 67% o’sish(o’rta nuqta metodidan foydalanib 

hisoblangan) narxdagi 29 foiz o’sishdan kattaroq, taklif 

chizig’I bu holatda elastik. Ammo,narx 12$ dan 15$ ga 

o’sganda  taklif  qilinadigan  miqdor500  dan  525ga 

oshadi. Chunki taklif qilinadigan miqdorning 5% o’sishi 

narxdagi 22 foiz o’sishdan kichikroq va taklif chizig’I bu 

holatda noelastik. 

 

Miqdor 

 

Narx 

 


57 

 

navini  kashf  qilishdi.  Bu  xabarga  qanday  munosabat  bildirasiz?Bu  kashfiyot  siz 



uchun yaxshimi yoki yomon? 

Bu  savollarga  3  ta  qadamda  javob  beramiz.  Birinchi,  biz  talab  yoki  taklif 

egri  chizig`i  siljigan  yoki  siljimaganligini  tekshiramiz.Ikkinchi,  biz  egri  chiziq 

qaysi  tomonga  siljiganini  hisoblaymiz.Uchinchi,  biz  bozor  muvozanati  qanday 

o`zgarganligini ko`rish uchun talab-taklif chizmasidan foydalanamiz. 

Bu  holatda  kashfiyot  taklif  egri  chizig`iga  ta’sir  qiladi.  Chunki  yangi  nav 

hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda ko`proq bug`doy 

yetishtirishni  xohlashadi.  Boshqacha  qilib  aytganda  taklif  egri  chizig`i  o`ng 

tomonga  suriladi.  Talab  egri  chizig`io`zgarmaydi,  chunki  iste’molchilarning 

berilgan  narxda  bug`doy  mahsulotlarini  sotib  olishga  bo`lgan  istaklariga  yangi 

navning ta’siri yo`q. 7-chizmada bunday o`zgarish tasvirlangan. Taklif S

1

 dan S



ga 


siljiganda,sotilgan bug`doy soni 100 dan 110 ga ko`tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga 

tushgan. 

 

Kashfiyot  fermerga  ijobiy  ta’sir  qildimi?  Birinchi  navbatda,  fermerning 



umumiy  daromadiga  nima  bo`lganligini  hisoblaymiz.  Fermerning  umumiy 

daromadi  PxQ,  narxni  bug`doy  soniga  ko`paytiramiz.  Kashfiyot  fermerga  2  yo`l 

bilan  ta’sir  qild.  Yangi  nav  fermerga  ko`p  bug`doy  yetishtirishni  ta’minlaydi(Q-

soni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi(P-narx tushadi).  

Umumiy  daromad  oshadimi  yoki  oshmaydimi  bu  talabning  elastikligiga 

bog`liq.  Amaliyotda,  bug`doy  kabi    asosiy  oziq-ovqatlarga  bo`lgan  talab  elastik 

emas, chunki bular nisbatan arzon va o`rnini bosadiganlari juda kam. 7-chizmadagi 

kabi talab elastikbo`lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib 

keladi.  Chizmadan  ko`rinib  turibdiki  daromad  300  dan  220  ga  tushgan.  Shunday 

qilib,  yangi  navning  kashf  qilinishi  fermerlarning  daromadi  kamayishiga  olib 

keladi. 

RASM 

2é… narxni 

pasayishini 

boshlab beradi  



Bug’doy 

narxi 

 

Bug’do˜ 



hajmi 

 

1. Talab noelastik bo’lsa, 



taklif hajmining ortishi 

3. … va mos ravishda  sothlgan mahsulot 

miqdorini ozgina oshiradi.  Natijada 

umumiy daromad 300 $ dan 200 $ ga 

pasayadi 

Bug’doy bozorida taklif hajminin7 ortishi 

Taklif  S

1

  dan  S


ga  siljiganda,sotilgan 

bug`doy  soni  1ó0  dan  110  ga 

ko`tarilgan,  narx  esa  3$  dan  2$  ga 

tushgan. 

ChizmaÝan  ko`rinib  turibdiki  daromad 

300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, 

yangi 


navning 

kashf 


qilinishi 

fermerlarning daromadi kamayishiga olib 

keladi. 

 


58 

 

Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin 



nega ular buni qabul qilishadi.Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib 

taqaladi.  Chunki  har  bir  fermer  bug`doy  bozorining  kichik  bo`lagi,  u  bug`doyni 

berilgan narxda oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va 

ko`proq  bug`doy  sotish  yaxshiroq.  Lekin  buni  hamma  fermerlar  qilsa,  bug`doy 

taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi. 

Garchi bu misol gipoyezadek ko`rinse ham, o`tgan asr mobaynida Qo`shma 

Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o`zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 

200  yil  oldin  ko`plab  Amerikaliklar  fermalarda  yashashgan.  Ferma  metodlari 

haqidagi  bilimlar  oddiy  bo`lgan.  Ko`plab  Amerikaliklar  aholini  boqadigan  oziq-

ovqatni ishlab chiqaradigan fermer bo`lishga to`g`ri kelgan. 

Vaqt  o`tgan  sari,  fermerchilik  texnologiyasidagi  yuksalish  har  bir  fermer  ishlab 

chiqara  oladigan  mahsulotning  miqdorini  oshirishga  olib  keldi.  Noelastik  talab 

bilan  birgalikda  oziq-ovqat  taklifidagi  o`sish  fermerchilikdagi  umumiy 

daromadning  tushushiga  sabab  bo`ldi.  Bu  esa  odamlarni  fermerchilik  sohasidan 

chiqib ketishiga olib keldi. 

Bir necha raqamlar bu tarixiy o`zgarishning ko`lamini ko`rsatadi. 1950-yilda 

Qo`shma  Shtatlarda  10  million  aholi  fermerchilikda  band  bo`lgan,  bu  ishchi 

kuchining  17  %  ini  tashkil  qiladi.  Hozir  esa  3  millionga  yaqin  aholi    bu  sohada 

faoliyat  ko`rsatadi,  bu  ishchi  kuchining  2  %  ini  tashkil  etadi.  Bu  o`zgarish 

fermerchilikdagi  samaradorlik  bilan  mos  tushadi:  fermerlar  soninidagi  70  % 

pasayishga  qaramasdan,  hozir  fermalar  1950-yilga  nisbatan  2  barobar  ko`proq 

hosil bermoqda.  

Qishloq  xo`jaligi  mahsulotlari  uchun  bozorning  bunday  analizi  ijtimoiy 

siyosat paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xo`jaligi dasturlari 

fermerlarning  barcha  yerlariga  ekin  ekmaslikni  majburlash  orqali  ularga  yordam 

berishga  harakat  qiladi.  Dasturlarning  maqsadi  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlari 

taklifini  qisqartirish  va  narxni  ko`tarish.  Ularning  mahsulotlari  uchun 

elastikbo`lmagan talab bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar 

ko`proq  daromad  oladilar.  Hech  qaysi  bir  fermer  o`z  yerini  tashlab  qo`ymaydi, 

chunki  ular  berilgandek  bozor  narxini  olishadi.  Lekin  buni  barcha  fermerlar 

birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun yaxshiroq bo`ladi. 

Qishloq  xo`jaligi  texnologiyasining  yoki  siyosatining  ta’sirini  tahlil 

qilinganda, shuni yodda tutish kerakki fermerlar uchun yaxshi bo`lgan narsa butun 

jamiyat  uchun  yaxshi  emas.  Qishloq  xo`jaligi  texnologiyasidagi  rivojlanish 

fermerlarga yomon bo`la oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qo`yadi, lekin 

oziq-ovqat  mahsulotlariga  kam  to`laydigan  iste’molchilar  uchun  esa  bu  yaxshi. 

Agar siyosat qishloq xo`jaligi mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yo`naltirilsa, 

bu iste’molchi xarajatlariga aks ta’sir etadi. 

 


59 

 

Nega  opek  neftning  yuqori  narxini  ushlab  turishda  muvaffaqiyatsizlikka 



uchradi? 

O`tgan  bir  necha  o`n  yillik  mobaynida  jahon  iqtisodiyoti  uchun  eng  ko`p 

putur  yetkazadigan  hodisalar  neft  bozorida  vujudga  kelmoqda.  1970-yilda  neft 

eksport  qiluvchi  davlatlar  tashkiloti  (OPEK)  a’zolari  daromadni  ko`paytirish 

maqsadida  neftning  jahon  narxini  oshirishga  qaror  qilishdi.  Bu  maqsadga  ular 

birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha 

neftning narxi 50 % dan yuqoriroqqa ko`tarildi. Bir necha yildan so`ng, OPEK bu 

ishni  yana  bir  amalga  oshirdi.  1979-yildan  1981-yilgacha  neft  narxi  qariyb  ikka 

barobar ko`tarildi.  

Biroq  OPEK  yuqori  narxni  ushlab  turishni  qiyin  deb  topdi.1982-yildan 

1985-yilgacha  neftning  narxi  yiliga  10%  dan  pasaydi.  Tez  orada  esa  OPEK 

davlatlari  o`rtasida  qoniqmaslik  va  tartibsizlik  keng  yoyildi.  1986-yilda  OPEK 

a’zolari  o`rtasidagi  hamkorlik  butunlay  sindi  va  neftning  narxi  45%  ga  keskin 

pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda 

uning  narxi  deyarli  o`zgarmadi(  XXI  asrning  1-o`n  yilligida  neftning  narxi  yana 

oshdi,  lekin  OPEK  uni  kamaytirganidan  emas,  balki  neftga  bo`lgan  talab 

oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan ko`tarilayotganidan). 

1970-1980-yillardagi  OPEK  hodisasi  qisqa  muddatda  va  uzoq  muddatda 

talab va taklif qanday harakatlanishini ko`rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo`lgan 

talab  va  taklif  nisbatan  elastik  emas.  Taklif  elastik  emas,  chunki  ma’lum  neft 

zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez o`zgarmaydi. Talab ham elastik emas, 

chunki  sotib  olish  narxdagi  o`zgarishlarga  tez  javob  qaytarmaydi.  Demak,  8-

chizmada  ko`rsatilganidek,  qisqa  muddatdagi  taklif  talab  tik  qiya  holda  turadi. 

Taklif S


1

 dan S


ga o`zgarganda, P

1

dan P


2

 ga narxning ko`tarilishi katta bo`ladi. 

Uzoq  muddatda  vaziyat  ancha  farqlidir.  Uzoq  vaqt  mobaynida,  OPEK  dan 

tashqari  neft  ishlab  chiqaruvchilar  yuqori  narxlarga  javoban  neft  tadqiqotlarini 

ko`paytiradilar  va  ishlab  chiqarishning  yangi  kuchlarini  barpo  etishadi. 

Istemolchilar  esa  tejashga  harakat  qilishadi,  masalan  eski  samarasiz  mashinani 

yangisiga  almashtirishadi.  Demak,  8-chizmada  ko`rsatilganidek,  uzoq  muddatli 

talab  va  taklif  egri  chizig`ielastik  hisoblanadi.  Uzoq  muddatda  taklif  egri 

chizig`ining S

dan S



2

 ga o`zgarishi narxning ozgina ko`tarilishiga sabab bo`ladi. 

 


60 

 

 



Bu  tahlil  nega  faqatgina  qisqa  vaqt  mobaynida  OPEK  neftning  yuqori 

narxini  ushlab  turishga  erishganini  ko`rsatadi.  OPEK  mamlakatlari  neft  ishlab 

chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig`ini chap tomonga 

surishdi. OPEK mamlakatlarining har bir kam neft sotganligiga qaramasdan, ular 

narxni  ko`tarib  daromadlarini  ham  qisqa  vaqtda  oshirishdi.  Uzoq  muddatda  esa, 

talab va taklif elastik bo`lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig egri chizig`ini 

gorizontal  tomonga  surdi  va  narxda  biroz  o`sish  kuzatildi.  Shunday  qilib,  uzoq 

muddatda  taklifni  qisqartirish  kamroq  foyda  keltiradi.  Kartel  uzoq  muddatdan 

ko`ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini o`rgandi. 

 

Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki 

kamaytiradimi? 

 

Jamiyatimiz  duch  kelayotgan  muammolardan  biri  –  bu  geroin,  kokain  kabi 

giyohvand  moddalardan  foydalanish.  Bu  moddalarning  ko`plab  salbiy  ta’siri 

mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bog`lanib qolish odamlarning va ularning 

oilasining  hayoti  barbod  bo`lishiga  olib  keladi.  Boshqa  tomondan  esa  pul  topish 

maqsadida  giyohvand  odam  o`g`irlikka  va  boshqa  jinoyatlarga  qo`l 

uradi.Noqonuniy  moddalardan  foydalanishni  cheklash  maqsadida  Qo`shma 

Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun 

har  yili  milliard  dollar  mablag`  ajratadi.  Talab  va  taklif  mexanizmlaridan 

foydalangan holda bu narkotik moddalarni to`xtatish siyosatini tekshiramiz. 



RASM 

Neft hajmi 

 

Neft narxi 

 

1. Qisqa m}ddatli davrda, talab 



va tafli noelastik bo’lganda taklif 

siljis%i 

2 … narxni 

keskin o’sishini 

boshlab beradi  

2 … narxni 

seki~ o’sishini 

boshlab beradi  

1. Uzoq muddatli 

davrda, talab va t@fli 

noelastik bo’lganda 

taklif siljishi… 



Neft narxi 

 

Neft haj

 

Neftga  talab  pasayganda,  bunga  javob  berish  ma’lum  bir 



vaqt>talab qiladi. Qisqa muddatli davrda, (a) panelda talab 

va takliµ biroz noelastik. shu tariqa taklif egri chizig’ining S

1

 

dan  S



2

Ága  siljishi  narxni  oshiradi.  Aksincha  uzoq  muddatli 

davrda esa _aklif va talab biroz elastik.   

 

Dunyo neft bozoroda 



taklif ha»mining 

qisqarishi 

 

(a) Qisqa muddatli davrda neft bozori  



(b)Uzoq muddatli davrda neft bozori  

61 

 

Tasavvur  qiling  hukumat  giyohvand  moddalarga  qarshi  urushda 



qatnashadigan  federal  agentlar  sonini  oshirdi.  Noqonuniy  dorilar  bozorida  nima 

sodir bo`ldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz 

talab  yoki  taklif  egri  chizig`ining  o`zgarganini    ko`rib  chiqamiz.  Ikkinchidan, 

o`zgarishning  qaysi  tomonga  bo`lganini  kuzatamiz.  Uchunchidan,  biz  o`zgarish 

muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini ko`ramiz. 

Garchi  narkotiklarni  to`xtatishning  maqsadi  ulardan  foydalanishni 

qisqartirishga  qaratilgan  bo`lsa  ham,  uning  aniq  ta’siri  xaridorlarga  emas  balki 

sotuvchilargadir.Hukumat  mamlakatga  bir  necha  narkotik  moddalarni  kirishini 

to`xtatgan va ko`plab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday  moddalar 

narxi  oshadi  va  shu  sababli  ularning  miqdori  kamayadi.  Giyohvand  moddaga 

bo`lgan  talab,  ya’ni  istalgan  narxda  sotib  oladiganlar  soni  o`zgarmaydi.  9-

chizmada ko`rsatilganidek, taqiq taklif egri chizig`ini chap tomonga S

dan S


2

 ga 


surdi,  talab  esa  o`zgarishsiz  qoldi.  Muvozanat  narxi  P

1

  dan  P



2

  ga  ko`tarildi, 

muvozanat  miqdor esa  Q

1

 dan  Q



ga pasaydi.  Muvozanat  miqdorining  kamayishi 

shuni 

ko`rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi. 



Lekin  giyohvand  moddalarga  doir  jinoyatlarchi?  Bu  savolga  javob  berish 

uchun,  giyohvand  moddalardan  foydalanuvchilar  to`lagan  pullarining  umumiy 

qiymatini  hisoblaymiz.  Chunki  juda  kam  giyohvandlar  narxlar  oshganda 

odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga bo`lgan talab elastik emas. 

 

RASM 

Narkotik 

narxi

 

 

Narkotik hajmi



 

 

Narkotik 



narxi

 

 

1. Narkotikni ta’qiqlash 



narkotik taklifini k¢maytiradi 

2. … narx 

ko’tariladi… 

3. … narkotik sotuvi 

kamayada 

1. Narkotikka qarshi o’qitish  

narkotikka talabni kamaytiradi 

2. … narx 

pasayadi… 

3. … narkotik so1uvi 

kamayadi 

Narkotikdan 

noqonuniy 

foydalanishni 

kamaytirishgaqaratilg

an siyosat 

 

Narkotikni ta’qiqlash taklif hajmini S



1

 dïn S


2

 ga kamaytiradi (a). 

Agar  narkotikka  bo’lgan  talab  noelasti¨  bo’lsa,  narkotikdan 

foydalanish kamayishiga qaramasdan unga to2lanadigan to’lov 

hajmi  ortadi.  Aksincha,  narkotikka  qarshi  o’qi0ish  narkotikka 

bo’lgan talabni D

1

 dan D


ga kamaytiradi (b). Bioq bunda narx  

va  miqdor  ham  kamayib,  undan  foydalanuvchilar  toÍonidan 

to’lanadigan to’lovlarni kamaytiradi 

 

 

(a) Narkotikni ta’qiqlash  



(b) Naðkotikka qarshi o’qitish 

62 

 

Agar  talab  elastik  bo`lmasa,  giyohvand  moddalar  bozoridagi  umumiy 



daromad ko`tariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx 

ancha ko`tarilgan bo`ladi. Bu esa giyohvandlar to`laydigan umumiy pul miqdorini 

oshiradi.  Giyohvandlar  o`zlarining  ehtiyojini  qondirish  maqsadida  o`g`irlik 

qilishga  ham  to`g`ri  keladi,  ularga  avvalgidan  ham  ko`proq  pul  zarur  bo`ladi. 

Demak,  giyohvand  moddalarni  to`xtatish  siyosati  unga  doir  jinoyatlar  sonini 

oshiradi. 

Bu  siyosatning  salbiy  ta’siri  sababli  bir  necha  mutahassislar  muqobil 

yechimini  topishga  bahslashmoqdalar.    Giyohvand  moddalar  taklifini 

qisqartirgandan  ko`ra,  siyosatchilari  giyohvand  moddalar  haqida  ta’lim  berish 

orqali  ularga  bo`lgan  talabni  qisqartirishga  harakat  qilishlari  mumkin. 

Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada ko`rsatilgan.  

Talab  egri  chizig`i  chapga  D

1

  dan  D


ga  surilgan.  Natijada  muvozanat 

miqdori  Q

1

  dan  Q



ga  va  muvozanat  narx  esa  P

dan  P


2

  ga  tushgan.  Umumiy 

daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini to`xtatishga 

farqli o`laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini 

kamaytirishni ta’minlaydi. 

Giyohvand  moddalarni  to`xtatish  tarafdorlari  siyosatning  uzoq  muddatli 

ta’siri  qisqa  muddatlidan  ko`ra  farqli  deb  biladi,  chunki  talab  elastikligi  vaqtga 

bog`liq. Talab qisqa muddatda elastik bo`lmas, chunki og`uga o`rganib qolganlarga 

narxning  o`tarilishi  ta’sir  etmaydi.  Lekin  vaqt  o`tgan  sari  talab  elastikbo`lib 

boraveradi,  chunki  yuqori  narx  yoshlar  orasida  bu  moddalarni  sinab  ko`rishdan 

qaytaradi  va  vaqt  o`tgan  sayin  faqatgina  sanoqli  giyohvandlar  qoladi.  Bunday 

holatda,  giyohvand  moddalarni  to`xtatish  siyosati  qisqa  muddatda  ularga  doir 

jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi. 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin