Biznes va tadbirkorlik


Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat 

Biz ikki turdagi axborot assimetriyasini ko`rib chiqdik: ahloqiy havf va zararli 

tanlov. Biz  odamlarni  tekhirish  va  signal berish  muammolarida  qay  tarzda o`zini 

tutushini  ko`rib  chiqdik.  Endi,  assimetrik  ma’lumotni  o`rganish  bizga  ijtimoiy 

siyosatni olib borishda qanday yordam berishini ko`rib chiqaylik. 

Bozorning  yutuq  sari  borishi  va  muvaffaqiyatsizlikka  erishishi  orasidagi 

keskinliklar mikroiqtisodiyotning asosiy mavzusidir. 7 bo`limda aytib o`tilganidek, 

talab  va  taklifning  tenglik  nuqtasi  samaradorligi  uning  jamiyat  olishi  mumkin 

bo`lgan  bozordagi  jami  ortiqlikni(taklifning  talabdan  ortishi)  ko`paytirib  beradi. 

Adam  Smitning  ko`rinmas  qo`li  to`liq  o`z  ishini  qilayotganday  ko`rinadi.  Bu 

xulosa, tashqi ta’sir (10 bo`lim) ijtimoiy xom ashyolar (11 bo`lim), nomukammal 

bozor  raqobatdoshligi  (15-17  bo`limlar),  va  qashshoqlik  (20  bo`lim)  kabi 

vaziyatlarning  tasirini  o`rganib  chiqilganidan  so`ng  yo`qga  chiqarildi.  Bu  kabi 

hodisalar, hukumatni ba’zida bozorning ahvolini yaxshilay olishini ko`rsatadi. 

Assimetrik ma’lumotni o`rganib chiqish, bizga bozordagi hodisalardan ogoh 

bo`lishga yangi sabab beradi. Bazi odamlarning boshqalarga nisbatan bozor haqida 

ko`proq bilishi, tovar aylanishini yomonlashtirishi mumkin. Masalan, sifati yaxshi 

bo`lgan  haydalgan  mashina  sotuvchilari  ,  haridorlarning  yomon  mol  olib qo`yish 

qorquvidan  mashinasini  sotishi  qiyin  bo`ladi.  Yoki,  Sug’urta  kompaniyalarining 

qattiq  kasal  bo`lmaganlar  va  jiddiy  kasalligi  bor  odamlar  bilan  birga  ishlashi 

sababli, jiddiy kasal bo`lmagan odamlarga past narxdagi sog’lik sug’urtasini olish 

muammo bo`ladi.  

Ya’na,  ba’zi  vaziyatlarda  assimetrik  ma’lumot  hukumatni  aralashishiga  ham 

olib  keladi,  va  3  ta  faktlar  bu  muammoni  yanada  chigallashtiradi.  Birinchisi, 

yuqorida  aytib  o`tilganiday  shaxsiy  sektorning  assimetrik  ma’lumotni  o`zining 

shaxsiy  tekhirish  va  signal  berish  yo`llari  bilan  hal  etishi  mumkin.  Ikkinchisi, 

hukumat  kamdan-kam  holatlarda  shaxsiy  guruhlardan  ko`proq    ma’lumotga  ega 

bo`ladi.  Shuning  uchun  ham  assimetrik  muammo  paydo  bo`lganida  siyosatchilar 

natijaning  noaniqligi  sababli  bozorni  ahvolini  yaxshilashda  qiynalishadi. 

Uchinchidan esa, hukumatning o`zi nomukammal institutdir, bu haqida esa kelgusi 

mavzularda aytib o`tiladi. 

 

8.5.Siyosiy iqtisodiyot 



 

Aytib  o`tilganiday,  bozorni  hukumat  ta’sirisiz  qoldirish  har  doim  ham  qoniqarli 

resurs taqsimotiga olib kelmaydi. Biz bozor natijalarini nohaq yoki samarasiz deb 

baho  berganimizdagina,  hukumatning  aralashishi  va  vaziyatni  yaxshilashi  o`rinli 

bo`lishi mumkin. Faol hukumat tarafdori bo`lishdan oldin, biz uning nomukammal 


124 

 

tashkilot ekanligini yodda tutishimiz lozim. Siyosiy iqtisodiyot esa shu hukumatni 



qanday ishlashini iqtisodiy metodlar orqali o`rganadi. 

Kondorset ovoz berish paradoksi 

Ko`pgina  yetakchi  jamiyatlar  demokratik  asoslarga  tayanib  siyosatni  olib 

borishadi.  Masalan,  Shahar  ikki  joydan  qaysi  biriga  park  qurishni  tanlaydigan 

bo`lsa,  eng  ko`p  ovoz  olgan  joyda  shu  park  quriladi.  Shunga  qaramay,  ko`pgina 

siyosiy muammolarning yechimi 2 tadan ko`p bo`ladi, va park qurish muammosiga 

to`girlaydigan  bo`lsak,  qurish  mumkin  bo`lgan  joylar  juda  ko`p  bo`ladi.  Bu 

holatda,  18  asrning  mashxur  siyosat  nazariyachisi  Markis  de  Kondorset  aytib 

o`tganiday, demokratiya ba’zida eng ma’qul natijaga erishaman deb muammolarga 

yuz tutishi mumkin. 

Masalan,  sodir  bo`lishi  mumkin  bo`lgan  3  xil  natija  bor:  A,B  va  C,  yana 

jadvalda ko`rsatilganiday o`z afzalliklariga ega bo`lgan 3 xil ovoz beruvchilar bor. 

Bizning  shahar  hokimi  shu  uch    kishining  afzalliklarini  butun  jamiyat  afzalligi 

sifatida ko`rib chiqmoqchi. U nima qilishi kerak? 

Birinchi bo`lib u juft natijalarni ovozga qo`yishi mumkin. Agar u B va C ni 

ovozga qo`ysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikga ega. Agar u A va C ni 

ovozga  qo`ysa  va  1  va  3,  A  ga  ovoz  bersa,  A  ustunlikga  ega.  Natijalarga  nazar 

tashlansa, A Bdan ustun, B esa C dan ustun, demak A aniq ovoz beruvchilarning 

ustunlikga ega bo`lgan hohishi. 

Lekin,  tasavur  qilingki  keyinchalik  hokim  ovoz  beruchilardan  A  yoki  C  ni 

tanlashni so`rasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishdi, C bu holatda ustunlikga 

ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C dan ustun, C 

esa  Adan  ustun.  Odatda  biz  afzalliklarni  ketma-ketlik(transitivity)  turishini 

kutamiz,  masalan:  A  B  dan  ustun,  B  esa  C  dan  ustun,  va  ikkisi  A  ni  C  dan 

ustunligini  ko`rsatadi.  Kondorset  paradoksi  esa  aynan  shu  hususiyatlarni 

demokratik  yo`l  bilan  qabul  qilingan  naijalarda  har  doim  ham  kuzatilmaydi  deb 

takidlaydi.  Juftlik  bilan  berilgan  ovozlar  ba’zi  hollarda  jamiyat  uchun  ketma-

ketlikda  tuzulgan  afzalliklarni  kelib  chiqaradi,  ammo  bizning  holatimizda  bu 

noto`g’ri yo`ldir. 

Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikni tuzilishi, berilgan 

ovozlar natijasiga ta’sir ko`rsatishidadir. Agar hokim birinchi bo`lib ovozga A va 

B  ni  qo`ysa,  va  keyin  yutganini  C  bilan  ovozga  qo`ysa  C  g’olib  chiqadi.  Ammo 

birinchi bo`lib B va C ni ovozga qo`yilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga 

ovoz berishga qo`ysa, A yutadi. Va shunga o`xshash holar, birinchi A va C, keyin 

esa B bo`lsa , shahar B ni tanlaydi. 

Kondorset  paradoksi  ikki  xulosaga  ega.  Birinchisi,  muammo  ikkidan  ortiq 

natijaga ega bo`lsa, ketma-ketlikni qay tarzda tuzilishi demokratik ovoz berishning 

yakuniy natijasiga katta ta’siri bor. Ikkinchisi esa, o`zi ovoz beruvchilarning asosiy 

qismi(ko`pchilik) bizga jamiyatni rostan nimani istashini aytib bermaydi. 



125 

 

 



Arrovning imkonsizlik teoremasi 

Siyosatchilar Kondorset paradoksini bilishganidan so`ng, mavjud ovoz berish 

sistemasi  va  ularning  yangilarini  o`ylab  topish  ustida  ko`pgina  tadqiqot  ishlarini 

olib borishdi. Masalan, hokim juft natijalarni tanlash usulini o`rniga natijaga baho 

usulini qo`llasa bo`ladi. Bu usulda, har bir ovoz beruvchi eng yoqmagan natijasiga 

1  ball  beradi,  eng  yoqmaganidan  bitta oldin turadiganga  2 ball,  undan  yana  bitta 

oldin  turadiganga  3  ball  va  davom  etaveradi.  Ovoz  berishni  yakunida  jami  eng 

ko`p  ball  yig’gan  natija  yutib  chiqadi.  Jadvalda  ko`rsatilganiday  B  ballar  hisobi 

bilan eng maqul natija deb topiladi. Bunday ovoz berish usuli 18 asrda yashagan 

fransuz  matematigi  va  siyosiy  teoretigi  Bordaga  tegishli  bo`lib  “Borda    sanog’i” 

deb ataladi. Bu usul odatda sport komandalariga ovoz berishda qo`llanadi.  

1951  yil  ingliz  iqtisodiyotchisi  Kenet  Arrov,  “mukammal  ovoz  berish  usuli 

mavjudmi?”  degan  savolni  o`zining  “Ijtimoiy  tanlov  va  individuallarning 

qadriyatlari” kitobida  yozib o`tgan.  Kitobning  boshi,  Arrovning  mukammal  ovoz 

berish  usuli  qanday  bo`lishi  kerakligi  haqidagi  fikri  bilan  boshlangan.  U 

individuallarning jamiyatda ustunlikga ega bo`lgan afzalliklar bor deb faraz qiladi. 

Va  u  jamiyatni  ovoz  berish usuli  bilan  bir  necha  shartlarni qondirishi  kerakligini 

faraz qiladi: 

 Yakdillik: barcha A ni B dan ustun ko`rsa, A Bni yutishi. 

 Ketma-Ketlik: A Bdan ustun, B Cdan ustun, va A C dan ustun bo`lishi. 

 Bo`glik  bo`lmagan  alternativalarni  erkinligi:  Baho  berishda,  A  va  B  ning 

tanlovi, uchinchi (C) natija borligiga bog’liq bo`lmasligi zarur. 

 Diktatorlarning  bo`lmasligi:  boshqalar  hohish  istagiga  ta’sir  ko`rsata 

oladigan odam bo`lmasligi zarur. 

Yuqoridagilarning  barchasi  istalgan  shartlardek  tuyiladi.  Lekin  Arrov, 

matematik  va  rad  qilib  bo`lmaydigan  yo`llar  bilan  bunday  shartlarni  barchasini 

qondiradigan  ovoz  berishi  usuli  mavjud  emasligini  isbotlab  beradi.  Bu  xulosa 

Arrovning imkonsizlik teoremasi deb ataladi. 

Matematiklar  Arrovning  teoremasini  isbotlashlari  bu  kitob  mavzusidan  

chetroq,    lekin    biz  teorema  nima  uchun  to`g’riligini  birnechta  misollar  orqali 

ko`rishimiz  mumkin.  Biz  ko`pchilik  qoidasi  muammosini  ko`rdik  va 

Kondorsetning  paradoksi  bu  qoidani  noto`g’ri  ekanligini  natijalar  orasida  ketma 

ketlik yo`qligi bilan ko`rsatdi. 

Kondorset paradoksi 

kondorset paradoksi Agar ovoz 

beruvchilarda A, B va C 

chiquvchilar ustidan shunday 

ufzalliklarga ega bo’lsa, unda A 

Bdan ustun keladi, B, Cdan 

ustun keladi va C , A dan ustun 

keladi. 

Saylovlar foizi 

Birinchi tanlov 

Ikkinchi tanlov 

Uchinchi tanlov 

tur 



tur 


tur 


JADVAL 

126 

 

Yana  bir  boshqa  misol,  Borda  muvafaqqiyatsizliklarni,  erkin  bog’liq 



bo`lmagan  alternativalarni  qondirish  uchun  deb  biladi.  Bordaning  usuli 

qo`llanganida,  B  ni  1  jadvalda  yutib  chiqishini  ko`ramiz.  Lekin,  faraz  qiling,  C 

alternative sifatida birdan yo`q bo`lib qoladi. Shunda Borda usulida sanalsa yana 

bir  alternativasi  mavjud  bo`lmagan  A  va  B  ni  solishtiradi,  va  bu  holda  A  yutib 

chiqadi.  Shuning  uchun  ham  C  ni  olib  tashlanishi  baholashga  tasir  ko`rsatadi. 

Buning sababi, baholash usulida qanchalik ko`p alternativalar bo`lsa, ular yig’gan 

ballar ham shuncha katta bo`ladi. 

Arrovning  imkonsizlik  teoremasi  juda  chuqur  va  chigal  natijadir.  Unda 

demokratiyani,  hukumat  tuzulishi  sifatida  yomonligi  yozilmagan.  Ammo 

teoremada  individuallarning  hohish  istaklarini  inobatga  olgan  holda  qilinadigan 

barcha ovoz berish sistemalari, noto`g’ri jamiyat mehanizmi deb takidlanadi. 

O`rtacha ovoz beruvchi qirol 

Arrovning  teoremasiga  qaramasdan,  ovoz  berish  ko`pchilik  jamiyatlarda o`z 

yurtboshini  tanlashda,  muhim  qonunlarni  qabul  qilishda  ishlatiladi.  Hukumatnin 

o`rganib  chiqishdagi  keying  qadam,  bu  hukumatni  ko`pchilik  boshqaruvini 

ishlashini  ko`rib  chiqishdir.  Demokratik  jamiyatda,  qonunlarni  kim  qabul  qiladi? 

Ba’zi hollarda demokratik boshqaruv bu savolga juda oddiy javob beradi.  

Faraz  qiling,  jamiyat  armiyaga  yoki  parklarga  o`xshash,  ijtimoiy  ishga  pul 

ajratishga qaror qildi. Har bir ovoz beruvchi o`ziga yarasha mablag’i mavjud va u 

natijalar  orasidan  o`ziga  eng  maqul  bo`lgan  natijani  tanlaydi.  Va  shu  tariqa,  biz 

ovoz  beruvchilarni  katta  mablag’  ajratuvchilar  va  kam  mablag’  ajratuvchilarga 

bo`lsak bo`ladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 

0  dan  20  milliard  orasida  mablag’  ajrata  olishi  tasvirlangan.  Berilgan  afzalliklar 

bo`yicha demokratiya qanday natijani ko`rsatadi? 

Mashxur  tadqiqot  natijasi  O`rta  ovoz  beruvchi  teoremasiga  asosan, 

chiqariladigan qonunlarni asosiy qismi aynan shu mablag’ ajratuvchilarning o`rta 

mablag’  ajratadigan  ovoz  beruchilarga  tegishli  bo`ladi.  O`rta  ovoz  beruchi 

taqsimotning  qoq  o`rtasida  joylashgan  bo`lishadi.  Olgan  misolimizda,  taqsimotni 

oxiridan  yoki  boshidan  50  ta  ovoz  beruvchini  sanab  ko`ring,  va  siz  ularni  10 

milliard  dollar ajratishayotganini ko`rasiz.  Aksincha, taqsimotni  hisoblab  chiqsak 

o`rta  arifmetik  qiymati  9  milliard  dollarga  tengligini  va  taqsimotda  eng  ko`p 

uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir. 

O`rta ovoz beruvchi ustunlikga ega, chunki ular ustunlikga egalik qilishni ikki 

tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd dan 

ortiq mablag’lilar va 10mlrd dan kamini hohlovchilar. Agar kimdir 10 mlrd o`rniga 

8mlrdni  tanlasa,  qolgan  10mlrd  dan  ortiq  bermoqchi  bo`lganlar  10mlrd  ga 

tushishadi  va  o`rta  ovoz  beruvchi  bo`ladi.  2)  Aksincha  kimdir  12  mlrdni  taklif 

qilsa,  qolgan  10  mlrddan  kam  bermoqchi  bo`lganlar  10  mlrdga  ko`tarilishadi. 

Bularning ikkisida ham ko`rib chiqganimizday o`rta ovoz beruvchilar ko`pchilikni 

tashkil qilishadi. 


127 

 

 



Kondorset  ovoz  berish  paradoksi  haqida  o`ylayotgan  bo`lsangiz,  yuqoridagi 

holatda har bir odam bir paytda qatorda o`zining ajrata oladigan mablag’iga ega, va 

bu paradoksni keltirib chiqarmaydi. O`rta ovoz beruvchining eng yoqtirgan natijasi 

qolganlarnikidan ustun. 

Bu  teoremani  bir  tomoni  mavjuddir.  Masalan,    hukumatda  ikkita    siyosiy  

partiya  o`rta  ovoz  beruvchilarni ular tomondagi sonini ko`paytirishga intilganida 

sodir bo`ladi. Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi misolida oladigan 

bo`lsak,  Demokratlar  15  mlrd  liklar  tarafdori  bo`lib  chiqdi,  Respublikachilar  10 

mlrd  liklarni  tarafdori  bo`lib  chiqdi.  Yuqorida  ko`rganimizday  o`rta  ovoz 

beruvchilar (10mlrd) ko`pchilikni tashkil qilishdi, va Demokratlar o`zining 15 mlrd 

ni  10  mlrdga  tushiradi.  Hayotda  ham  huddi  shunday,  siyosiy  partiyalar  o`rtahol 

aholini tarafini olishga harakat qilishadi. 

Yana  bir  holar  mavjuddir.  Unda,  ovoz  beruvchilarni  ikki  xili  mavjud. 

Masalan,  pulni  park  qurishga  sarflashni  hohlovchilar  40%,  va  pulni  umuman 

sarflanishini hohlamaganlar 60%. Bu holatda, o`rta ovoz beruvchilar mavjud emas. 

Demokratiyada  ham  shunday,  kompramisga  kelish  o`rniga,  ko`pchilik  qoidasi 

qollaniladi va o`rta ovoz beruvchilar har doimgiday o`zi istaganiga erishishadi. 

Siyosatchilar ham odamlar 

Iqtisodisodchilar Iste’molchilar xulqini o`rganganida, ular haridor o`ziga eng 

katta  naflilik  darajasini  beradigan  tovar  yoki  hizmat  turini  tanlaydi  deb  faraz 

qilishadi. Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini o`rganadigan bo`lsa, u firmalarni 

eng katta daromad olib keladigan hizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi deb faraz 

qiladi.  Nima  deb  o`ylaysiz,  iqtisodisodchilar,  siyosat  bilan  ishlaydigan  odamlarni 

qanday qilib o`rganishadi? 

Siyosatchilar ham o`z maqsadlariga ega. Siyosatchilar xalqning faravonligi va 

tinchligini o`ylab yashashadi va tenglikga harakat qilishadi deb faraz qisak yaxshi 

Rasm 

Odamlar 

soni 

O’rtacha ovoz beruvchi 

teoremasi: misol uchun 

Bu rasm qay darajada 100 

saylovchining afzal 

budjetlarini 5 varianti 

orasida taqsimlanishini 

ko’rsatadi, 0 dan 20 mlrd. $ 

oralig’ida o’zgartiradi. Agar 

jamiyat ko’pchilik saylovchi 

o’rtasida tanlov qilsa (kimki 

bu yerda 10 mlrd. $ni afzal 

ko’rgan) ishlab chiqarish 

ko’rsatkichlarini belgilab 

beradi. 

Budjetnning 

tasdiqlangan miqdori 

(milliardda) 


128 

 

bo`lardi. Yaxshi bo`lardiyu , ammo haqiqatga yaqin emas. Haridorlar va firmalar 



kabi siyosatchilar uchun o`zining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar, yana 

bir  bor  saylanish  umidida  xalqga  jon  kuydirib  qattiq  harakat  qiladi.  Ba’zi  bir 

siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab, nafsdir. Agarda bunga qarshi bo`lsangiz, 

dunyuning  qashshoq  davlatlariga  nazar  tashlang,  va  u  yerda  korupsiyani  oddiy 

holga  aylanib qolganini ko`rasiz. 

Bu kitob siyosiy  nazariyalarni o`rganib  chiqmaydi,  ammo  shuni aytib o`tish 

kerakki,  barcha  qabul  qilinadigan  qonunlar  odamlar  tomonidan  qabul  qilinadi  va 

ularning barchasi ham jamiyatni o`ylab qabul qilinmagan bo`lishi mumkin. 



 

8.6.Hulq- atvor iqtisodiyoti

 

 

Iqtosdiyot odamni xatti-harakatini o`rganadi lekin bu o`sha tasdiqni qiluvchi 



yagona  soha  emas.  Ijtimoiy  fan  psixologiyasi  odamlar  hayotlarida  qiladigan 

tanlovlarga  ta’sir  ko`rsatadi.  Iqtisodiyot  va  psixologiya  sohalari  odatda  mustaqil 

ravishda  davom  etadi,chunki  ular  turli  savollar  doirasiga  o`z  e’tiborlarini 

qaratishgan.  Lekin  oxirgi  paytda  iqtisodchilar  asosiy  psixologik  qarashlarni 

tushuntirishayotgan hulq-atvor iqtisodiyoti deb ataluvchi soha paydo bo`ldi. Keling 

ulardan ba’zilarini ko`rib chiqamiz. 



Odamlar har doim ham ratsional emaslar 

Iqtisodiy nazariya odamlarni ma’lum xususiyatiga qarab joylashtiradi, ba’zida 

u  Homo  ekonomicus  deb  ataladi.  Bu  tur  a’zolari  har  doim  ratsionaldir.  Firma 

menejeri  sifatida  ular  foydani  maksimallashtiradi,  iste’molchi  sifatida  ular 

naflilikni  maksimallashtiradi.  Ular  duch  keladigan  to`siqlarni  inobatga  olib,  ular 

ratsonal ravishda barcha daromadlarni va xarajatlarni taqqoslaydi va har doim eng 

munosib yo`lni tanlaydilar. 

Haqiqiy  insonlar  Homo  sapienslardir.  Garchi  ular  ko`p  jihatdan  ratsional 

insonga  o`xshasa  ham,  iqtisodiy  nazariyadagi  tejamkor  insonlar  ancha  murakkab 

hisoblanadi.  Ular  ta’sirchan,  sarosimaga  tushuvchi,  emotsional  va  kaltabin 

bo`lishadi.Odam  fikr  yuritishidagi  bu  kamchiliklar  psixologlar  uchun  asos  bo`lib 

hisoblangan lekin yaqingacha ularga e’tibor berishmagan. 

Iqtisodiyot  va  psixologiya  chegaralarini  birinchilardan  bo`lib  o`rgangan 

Gerbert  Simon  odamlarga  ratsional  maksimalistlar  sifatida  emas  balki 

qoniquvchilar  sifatida  qarashni  taklif  qilgan.  Har  doim  eng  yaxshi  yo`nalishni 

tanlagandan  ko`ra,  ular  shunchaki  yaxshi  bo`lgan  qarorni  qabul  qilishadi. 

Shuningdek,  boshqa  iqtisodchilar  odamlar  faqat  “ratsionalga  yaqin”  yoki  ular 

cheklangan ratsionallikka ega deb taxmin qilishadi. 

Odamlar qarorlar qabul qilish izlanishlari odamlar qiladigan doimiy xatolarni 

ochishga harakat qildi. Quyida ba’zi topilmalar: 



129 

 

-  O`ziga ishonuvchi insonlar. Tasavvur qiling, sizga bir nechta sonli savollar 



berishdi. Masalan: BMT tarkibidagi Afrika davlatlari soni, Shimoliy Amerikadagi 

eng baland tog’ning balandligi va hokazo… 

-  Odamlar  jonli  kuzatuvdagi  kichik  sonlarga  juda  katta  e’tibor  berishadi.   

Tasavvur   qiling,   siz   X   markadagi 

-  mashinani  sotib  olishni  rejalashtiryapsiz.  Siz  uning  ishonchliligini  bilish 

uchun  X  markadagi  mashinaning  1000  ta  egalari  tomonidan  ko`rib  chiqilgan 

Xaridor  Hisobotini  o`qiysiz.  Keyin  siz  X  markadagi  mashinasi  bor  do`stingiz 

yoniga borasiz va u sizga uning mashinasi bo`lmag’ur ekanini aytadi. Do`stingizni 

fikriga qanday munosabat bildirardingiz? Agar siz ratsional fikrlasangiz, siz u faqat 

sizning    sinov  ko`rsatkichlaringizni  1000  ta  dan  1001  ta  ga  ko`paytirganiga 

tushinib yetasiz. Lekin do`stingiz hikoyasi ishonarli bo`lgani uchun siz qaror qabul 

qilishda bunga ko`proq e’tibor berasiz. 

Fikrlarini  oz’gartirishni  xohlamaydigan  insonlar.  Odamlar  o`zlari 

allaqachon  ega  bo`lgan  fikrlarini  isbotlab  berishga  o`rganib  qolishgan.  Bir 

kuzatuvda subyeklardan jinoyatchiga o`lim jazosi berilishi kerakmi yo`qmi degan 

kuzatuv    hisobotlarini  o`qish  va  unga  baho  berish  so`raldi.  O`qib  bo`lishgach, 

boshidanoq o`lim jazosini tanlagan insonlar o`zlarining fikrlarida qat’iy qolishgan 

va  boshidanoq  o`lim  jazosiga  qarshi  bo`lganlar  ham  o`zlarining  fikrlarida 

qolishgan…. 

Hayotingiz  davomida  qabul  qilgan  qarorlaringiz  haqida  o`ylang.  Bulardan 

ba’zilarini ko`rsatib bera olasizmi? 

Ahloqiy  namuna  401(k)  rejasini  ya’ni  ba’zi  firmalar  o`z  ishchilariga  taklif 

etadigan  pensiya  fondi  solig’ini  o`rganishda  yuzaga  keladi.  Ba’zi  firmalarda 

ishchilar  rejada  qatnashishni  oddiy  anketani  to`ldirish  orqali  tanlashlari  mumkin. 

Boshqa firmalarda ishchilar to`g’ridan- to`g’ri qabul qilinishadi va anketa to`ldirish 

orqali rejadan bosh tortishlari mumkin. Bu ko`pchilik ishchilar 1-holatdan ko`ra 2-

holatda qatnashishni ko`rsatadi. Agar ishchilar mukammal ratsional-maksimalistlar 

bo`lishganida, ular ish beruvchilari taklif qilgan majburiyatni bajarmaslikka e’tibor 

bermasdan pensiya fondining eng muqobilini tanlagan bo`lardilar. …  

 

Adolat haqida qayg’uradigan insonlar 

 

Insonlar  fe’l-atvorini  tushunishda  ultimatum  o`yin  deb  ataluvchi  tajribani 



misol  qilib  ko`rsatamiz.  O`yin  bunday  bo`lsin:  2  nafar  ko`ngillilarga  (bir-biriga 

mutlaqo  begona  bo`lgan)    bir  o`yin  o`ynashni  va  umumiy  holda  100$  yutib 

olishlari  mumkinligi  aytiladi.  O`yin  ko`ngillilarni  A  o`yinchiga  va  B  o`yinchi 

rollariga belgilash uchun tanga tashlash bilan boshlanadi. A o`yinchining vazifasi 

100$ ni o`zi va boshqa ishtirokchi o`rtasida taqsimlashni taklif etishdir. A o`yinchi 

o`zining taklifini bildirgandan so`ng, B o`yinchi bunga rozi bo`ladimi yo`qmi qaror 

qiladi.  Agar  B  o`yinchi  taklifni  rad  etsa,  ikkala  o`yinchi  ham  hech  narsasiz 

qolishadi. Ikkala holatda ham o`yin tugaydi. 

Davom  etishdan  avval  shoshmang  va  siz  bu  vaziyatda  nima  qilishingizni 

o`ylab  ko`ring.  Agar  A  o`yinchi  bo`lganingizda  100$ni  qanday  bo`lishni  taklif 

etardingiz? Agar B o`yinchi bo`lganingizda qanday taqsimotga rozi bo`lardingiz? 

Odatdagi  iqtisodiy  nazariyalar  bu  vaziyatdagi  ratsional  odamlarni  yirik 



130 

 

maksimalistlar  deb  taxmin  qilishadi.  Bu  taxmin  oddiy  bashoratga  olib  keladi:  A 



o`yinchi  o`zi  99$  va    B  o`yinchi  1$  olishini  taklif  etishi  lozim  va  B  o`yinchi 

taqsimotga rozi bo`lishi lozim. Bitta taqsimot bajarilgandan so`ng, B o`yinchi toki 

undan  nimadir  olishni  bilsa,  uni  qabukl  qilishga  imkoni  mavjud  bo`ladi.  Bundan 

tashqari A o`yinchi taqsimotga rozi bo`lish B o`yinchining foydasiga ekanini biladi 

va A o`yinchida 1$ dan ko`p taklif qilishga sabab yo`q. O`yin nazariyasining tilida 

(17-bobda  yoritilgan)  99-1  taqsimot  bu  Nash  muvozanati  hisoblanadi.  Tajribali 

iqtisodchilar  to`g’ri  odamlardan  ultimatum  o`yinni  oy’nashni  so`rashganlaridan 

beri natijalar bu bashoratdan farqlanadi. B rolidagi insonlar odatda ularga faqatgina 

1$ berishgani yoki shunga o`xshash kam mablag’ berishgani uchun taqsimotni rad 

etadi.  Buni  oldindan  bilib  A  o`yinchi  rolidagi  insonlar  B  o`yinchiga  1$  dan 

ko`proq berishni taklif etadi. Ba’zi insonlar 50-50 taqsimlashni taklif etadi, lekin A 

o`yinchilar ko`proq o`zlariga ko`proq qismni olib qolib, B o`yinchiga 30$ yoki 40$ 

mablag’lar taklif qilishadi. Bu vaziyatda B o`yinchi bu taqsimotga rozi bo`lishadi. 

Bu  yerda  nima  yuz  berayapti?  Buning  tabiiy  izohi  shuki  insonlarni 

adolatlilikning  ba’zi  tug’ma  tuyg’lari  boshqaradi.  99-1  taqsimoti  ko`pchilik 

odamlar  uchun  juda  nohaqlikdek  tuyiladi  va  buni  rad  etishadi,  xatto  o`zlarining 

zarariga ishlasa ham. 70-30 taqsimoti ham hanuz adolatsizlikdek lekin bu unchalik 

adolatsizlik  emas  va  bu  ularning  normal  shaxsiy  manfaatlarini  to`xtatishga 

majburlaydi. 

Xo`jalik  va  firmalar  tabiatidagi  bizning  har  tomonlama  izlanishimizda 

adolatlilik tug’ma tuyg’usi  hech qanday rol o`ynamaydi. Lekin ultimatum o`yini 

natijalari balkim shunday bo`lishi kerakligini taklif qiladi. Masalan, 18-19 boblarda 

biz qanday qilib ish haqi ishchi kuchi talabi va taklifi orqali belgilanishini ko`rib 

chiqdik.  Ba’zi  iqtisodchilar  firmalar  ishchilariga  pul  to`lash  adolatliligini  rasmda 

ham  kiritilishini  taqdim  etishgan.  Shu  sababli  firmalarda  yil  juda  foydali 

bo`lganida,  (B  o`yinchi  kabi)  ishchilar  mukofot  pullarini  kutishlari  mumkin. 

Xattoki  standart  muvozanat  buni  ko`rsatmasa  ham.  (A  o`yinchi  kabi)  firmalar 

adolatlilik uchun ishchilariga o`rnatilgan muvozanat maoshdan ko`proq berishlari 

haqida  qaror  qilishi  mumkin.  Ishchilar  firmalarni  ishlashni  sekinlashtirish,  ish 

tashlash yoki vandalism bilan jazolashga harakat qiladi. 



Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin