Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Tayanch so`z va iboralar: Farovon iqtisodiyot, to`lashga tayyorlik, iste'molchilar 

ortiqchaligi, xarajat ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi, samaradorlik, tenglik 



 

 

VII BOB. ISTE`MOLCHI TANLOVI NAZARIYASI

9

 

Reja

 

7.1. Budjet chizig`i: iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud? 

7.2. Tanlov: iste’molchi nimani xohlaydi 

7.3.Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi? 

7.4. Uch qo`llanma 

 

 



7.1. Budjet chizig`i: iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud? 

Ko`p  odamlar  o`z  ehtiyojlari  soni  va  sifatini  yaxshilashnga  urinishadi  – 

ko`proq  ta’tillar,  qimmatroq  mashina  haydash  yoki  yaxshiroq  restoranlarda 

ovqatlanish  va  hokazo.  Kishilar  o`z  xohishlaridan  ko`ra  kamroq  sarflashni 

istashadi  chunki  ularda  kirim  ta’siri  borligi  sababli  xarjlari  ham  chegaralangan 

bo`ladi.  Biz  iste’molchining  tanlov  nazariyasini  kirim  va  chiqim  orasidagi 

mutanosiblikni tekshirish orqali boshlaymiz. 

                                                           

9

 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 



7 e.) kitobining XXI bobi asosida tayyorlangan.457-483 bet 

88 

 

Obyektlarni  oddiy  va  sodda  bo`lishini  ko`zlab,  biz  iste’molchi  xarid  qilishi 



mumkin  bo`lgan  faqat  ikkita  narsani  olamiz:  pitsa  va  Pepsi.  Albatta,  hayotda 

kishilar  minglab  turdagi  tovarlarni  xarid  qilishlari  mumkin.  Taxminimizcha, 

iste’molchi  tanlovi  tushunchasining  asosiy  mazmunini  o`zgartirmay  turib  sodda 

tushuntirish uchun ikkita mahsulotni olish yetarli.Avvalo, pitsa va pepsiga bo`lgan 

xarajat  iste’molchi  kirimining  qancha  qismini  cheklab  olishini  ko`rib  chiqamiz. 

Taxminan  iste’molchi  kirimi  oyiga  1000$  va  uning  hammasi  Pepsi  va  pitsaga 

ketadigan bo`lsin. Pepsi narxi 2$, pitsaniki 10$. 

Rasm 1 dagi jadval iste'molchi sotib olishi mumkin bo`lgan pitsa va Pepsining 

ko`plab  kombinatsiyalarining  ayrimlarini  ko`rsatadi.  Jadvalning  birinchi  qatori, 

agar iste'mol pizzaga o`zining barcha daromadini sarflasa, u oy davomida 100 ta 

pizza yeyishi, lekin u hech qancha Pepsi sotib olish mumkin emasligini ko`rsatadi. 

Ikkinchi qatorga boshqa ehtimolni ko`rsatadi, iste'mol to`plami: 90 ta pitstsa va 50 

pint pepsi. Va hokazo. Jadvaldagi har bir iste'mol to`plami aniq $ 1000 turadi. 

Rasm 1dagi grafik iste'molchi tanlashi mumkin bo`lgan iste'mol to`plamlarni 

ko`rsatadi.  Vertikal  o`q  Pepsi  pintlari  sonini  va  gorizontal  o`q  pizza  sonini 

o`lchaydi. Bu rasmda uchta nuqta belgilangan. A nuqtada iste'molchi hech qancha 

Pepsi sotib oladi va 100 pizza iste’mol qiladi. B nuqtada iste'molchi hech qancha 

pizza sotib oladi va 500 pint Pepsi iste'mol qiladi. C nuqtada iste'molchi 50 pizza 

va 250 pint Pepsi sotib oladi. 

 

Aynan  C  nuqtada  AB  chizig`i  o`rtasida  iste'molchi  teng  sarflaydigan 



nuqtadir,  unda  pizza  va  Pepsi  miqdori  ($  500).  Bu  iste'molchi  tanlashi  mumkin 

bo`lgan pizza va Pepsi ko`plab kombinatsiyalarning faqat uchtasidir. AB chizig`i 

bo`yicha  barcha  nuqtalarni  tanlash  mumkin.  Byudjet  sig`imi  deb  nomlangan  bu 

chiziq,  iste'molchi  qurbi  yetadigan  iste'mol  to`plamlarini  ko`rsatadi.  Bu  holda,  u 

iste’molchi  to`qnashadigan  pizza  va  Pepsi  o`rtasidagi tanlovni  ko`rsatadi.Byudjet 

sig`imi  qiyaligi  iste'molchi  duch  keladigan  tanlov  darajasini  o`lchaydi.  Eslatib 

o`tamiz,  bu  ikki  nuqta  orasidagi  chiziq  vertikal  masofa  o`zgarishi  gorizontal 

masofa  o`zgarishiga  bo`lib  hisoblanadi  (  "muddatda  o`sish").  A  nuqtadan  B 

nuqtagacha  vertikal  masofa  500  pint  bo`lgan,  va  gorizontal  masofa  100  pitstsa 

hisoblanadi. Shunday qilib, chiziqda 1 ta pizzaga 5 pint Pepsi to`g`ri keladi. 



89 

 

Birinchi  jadval  iste’molchining  yuqorida  aytib  o`tilgan  mahsulotlardan  qay 



usullarda  xarid  qilishi  mumkinligini  hisoblovchi  kombinatsiyalardan  biri 

ko`rsatilgan.  Birinchi  jadval  shuni  ko`rsatadiki,  agar  iste’molchi  hamma  pulini 

pitsaga  sarflasa  u  100  ta  pitsa  xarid  qilishi  va  birorta  ham  Pepsi  ololmasligi 

mumkin.  Ikkinchi  qatorda  boshqacha  variant:  90  ta  pitsa  va  50  dona  Pepsi,  va 

hokazo.  Har  bir  chiqim  summasi  1000$ni  tashkil  etadi.Birinchi  jadvaldagi  grafik 

iste’molchi tanlashi mumkin bo`lgan “to`plam”larga misol bo`ladi. Vertical chiziq 

Pepsining  miqdorini  o`lchasa,  gorizontali  esa  pitsaning  donasini  ifodalamoqda. 

Grafikda  uchta  nuqta  keltirilgan.  A  nuqtada,  iste’molchi  faqat  100  ta pitsa oladi, 

ammo Pepsi olmaydi, B nuqtada u  pitsa xarid qilmaydi, lekin, 500 ta Pepsi sotib 

oladi,  A  va    B  nuqtalarining  o`rtasi  bo`lmish  C  nuqtada  iste’milchi  har 

ikkalasigayam  teng  ravishda  500  $  dan  pul  sarflashi  tasvirlangan.  Bunda  u  50ta 

pitsa  va  250  ta  Pepsi  iste’mol  qila  oladi.  Yuqorida  aytib  o`tilganlar  ko`plab 

kombinatsiyalardan  uchtasi  edi,  xolos.  A    nuqtadanBnuqtagacha  bo`lgan  har  bir 

variant bizga to`g’ri kela oladi. Xarajatlar sig`imii deb ataluvchi ushbu chiziq bizga 

iste’molchining qurbi yetadigan iste’mol “guruh”larini ko`rsatib beradi. Shu bilan 

iste’molchi  xarid  qilishi  mumkin  bo`lgan  Pepsi  va  pitsa  miqdorlarini  jadvallar 

yordamida o`rganib chiqdik. 

Budjet  sig`imi  egri  chizig’i  iste’molchining  bir  tovarning  boshqasiga 

nisbatan  xarid  qila  olish  imkoniyatini  narxlar  mutanosibligi  orqali  o`lchashda 

ishlatiladi.  A  nuqtadan  B  nuqtagacha  vertikal  oraliq  500  ichimlik  va  gorizontal 

masofa  100  ta  pitsaga  teng.  Demak,  beshta  Pepsi  bitta  pitsaga  to`g’ri  kelmoqda. 

(Aslida, budjet sig`imii egri chizig’i pasayganda, natija musbat son chiqadi. Lekin 

biz manfiy ishorani chetlab o`tishimiz mumkin.) 

Budjet  taqchilligi  bir  mahsulot  narxining  boshqa  bir  mahsulot  narxiga 



90 

 

taqqoslanishi  orqali  paydo  bo`lgan  taxminiy  narxga  teng  ekanligini  eslab  qoling. 



Pitsa Pepsidan besh marta qimmat, shuning uchun pitsa olish ehtimolligi Pepsiga 

qaraganda  besh  marta  past.  Bozor  ite’molchiga  quyidagicha  tanlovni  taklif  qila 

oladi: bitta pitsaga beshta Pepsi. 

 

7.2. Tanlov: iste’molchi nimani xohlaydi 

Bu bo`limdagi maqsadimiz iste’molchi qanday qilib tanlov amalga oshirishini 

o`rganish.  Budjet  sig`imi  analizning  bir  qismidir:  bu  iste’molchining  daromadiga 

qarab  qanday  tovarlarga  qurbi  yetishining  kombinatsiyasini  ko`rsatadi. 

Iste’molchining  tanlovi  nafaqat  uning  moliyaviy  ahvoliga,  balki,  uning  tanloviga 

ham  bog’liq.  Shunday  qilib,  iste’molchi  tanlovi  bizning  keying  o`rganish 

obyektimiz bo`ladi.  

 

Tanlovni befarqlik chizig`i orqali ifodalash 

Iste’molchining tanlovi unga Pepsi va pitsa kombinatsiyalaridan birini tanlash 

imkonini  beradi.  Agar  biz  unga  ikki  turdagi  variantni  ko`rsatsak,  u  o`ziga 

mosrog’ini  tanlaydi.  Agar  ko`rsatilgan  ikki  variant  unga  teng  ma’qul  bo`lsa, 

iste’molchi ikkkalasini ham birdek qabul qiladi. 

Biz  hozir  iste’molchining  budjet  sig`imini  grafik  ko`rinishida  tasvirlaymiz, 

shuningdek,  uning  tanlovini  ham  grafikda  ifodalashimiz  mumkin.  Buni  befarqlik 

egri  chiziqlaridan  foydalanib  amalga  oshiramiz.  Befarqlik  egri  chizig`i 

iste’molchini  birdek  xursand  qila  oladigan  variantlarni  taqdim  etadi.  Shu  tufayli 

befarqlik egri chizig`I doim iste’molchini qoniqtira oladigan takliflar kiritadi. 

Ikkinchi chizma iste’molchining befarqlik egri chiziqlaridan ikkitasini o`zida 

aks  ettirgan.  Ist’molchiga    A,  B  va  C  kombinatsiyalar  birdek  maqbul  yechim 

chunki  ularning  hammasi  deyarli  bir  xil.  Shunisi  aniqki,  agar  iste’molchining 

pitsaga xohishi kamaysa, A  nuqtadan  B nuqtagacha bo`lgan variantlar uni birdek 

xursand qilishga qodir. Agar pitsaga bo`lgan ehtiyoj yana kamaysa,nuqtadan C 

nuqtagacha Pepsi iste’moli yana ortadi va hokazo. 



91 

 

 



Befarqlik  egri  chizig`i  iste’molchining  xohishini  bir-birini  o`rnini  bosuvchi 

tovarlar majmui bilan ham qondira oladi. Bu chekli almashtiruv darajasi (MRS) 

deyiladi.  Yuqoridagi  holatda  chekli  almashtiruv  darajasinazariyasi  bo`yicha 

Pepsining  nechtasi  pitsaning  bittasi  o`rnini  “egallay  olishi”ni  o`lchash  mumkin. 

Iste’molchining  befarqlik  egri  chizig`i  dek  o`zgarmas  bo`lmagani  bilan  chekli 

almashtiruv  darajasi  befarqlik  egri  chizig`i  bilan  bir  xil  bo`lolmaydi. 

Iste’molchining  bir  tovarni  boshqasidan  ortiq  ko`rishi  uning  xohishidagi  tovarlar 

miqdoriga va iste’molchining ahvoliga ham bog’liq. Masalan iste’molchining pitsa 

yoki  Pepsi  xarid  qilishida  uning  och  yoki  chanqaganligiga,  shuningdek,  qancha 

iste’mol qila olishiga qaraladi. 

Iste’molchi  barcha  befarqlik  egri  chizig`ilardan  birdek  qoniqish  hosil  qiladi. 

Ammo  u  ba’zilarini  afzalroq  ko`rishi  ham  mumkin.  Chunki  u  kamroq  chiqimni, 

pastroq  xarajatni  afzal  ko`rishi  mumkin.  2-chizmada  I

2

  chiziqning  istalgan 

nuqtasidan I

1

 chiziq yaxshiroqdir.  

Iste’molchining  befarqlik  egri  chizig`iuning  nimani  boshqalaridan  afzal 

ko`rishini ko`rsatib beradi. Shu tufayli biz biz befarqlik egri chizig`ini ikki turdagi 

mahsulotlar  variantini  solishtirish    uchun  ishlatamiz.  Masalan,  D  nuqta  A  ga 

qaraganda  ko`proq  foydaliroqligi  tufayli  yaxshiroq  deb  qaralsin  (aniqroq  qilib 

aytganda,  D  variat  A  ga  qaraganda  ikki  hissa  ko`p  pitsa  va  Pepsi  taklif  qilsin). 

Befarqlik  egri  chizig`i  nazariyasiga  ko`ra  D  nuqta  C  nuqtadan  ham  yaxshiroq 

chunki u C ga qaraganda foydaliroq variantni taklif etmoqda.  D nuqtanong C ga 

qaraganda  Pepsi  taklifi  kamroq  bo`lishiga  qaramay,  unda  iste’molchini  avzal 

ko`rishga  undovchi  pitsalar  miqdori  ko`pligi  mavjud.  Qaysi  bir  nuqtaning 

foydaliroqligini  o`rganaturib,  biz  befarqlik  egri  chizig`ilarni  ham  o`zaro 

solishtirishimiz mumkin ekan. 

Befarqlik egri chizig`ining to`rt xususiyati 

Befarqlik egri chizig`i iste’molchining afzal deb bilgan variantlarini ko`rsatib 

bera oladi. Biz befarqlik egri chizig`ining to`rtta afzalligini ko`rib chiqamiz: 

Iste’molchi tanlovi 

Iste’molchi  tanlovi  iste’molchining  ehtiyojini 

qondirishi uchun zarur bo’lgan Pepsi va Pitsani 

xarid qilish kombinatsiyalarini ko’rsatib beradi. 

Chunki  iste’molchi  tanlovi  I

1

  egri  chiziqda 



yuqori  farq  qiladi,  I

2

  egri  chiziqda  esa  kamroq 



farq 

qilishini 

ko’rsatib 

beradi. 


Chekli 

almashtirish normasi iste’molchining 1 ta pitsa 

o’rniga  qancha  pepsi  xarid  qila  olishini 

ko’rsatadi.  



92 

 

1.  Yuqoriroq  befarqlik  egri  chiziqlarini  pastlariga  qaraganda  afzal 



ko`rish.Odamlar  odatda  ko`proq  tovarlar  xarid  qilishga  odatlanishgan.  Katta 

hajmdagi  eng  munosib  tanlov  befarqlik  egri  chizig`ida  o`z  ifodasini  topadi.  2- 

chizmada  keltirilgandek,  yaxshiroq  bo`lgan  befarqlik  egri  chizig`i  boshqalaridan 

ko`ra  ko`proq  ijobiy  “xarakterga  ega”.  Shuning  uchun  iste’molchi  yaxshiroq 

variantga ega bo`lishni xohlaydi. 

2.  Befarqlik  egri  chizig`i  beqaror.  Befarqlik  egri  chizig`i  iste’molchining  bir 

variantdan  boshqasini  afzal  ko`rganda  o`zini  namoyish  etadi.  Ko`pincha, 

iste’molchiga  ikkala  mahsulot  ham  yoqadi.  Shu  sababli,  agar  birinchi  mahsulot 

miqdori  kamaysa,  iste’molchini  xursand  qilish  uchun  ikkinchisiniki  ortadi.  Shu 

sababli, ko`pincha befarqlik egri chizig`i o`zgarib turadi. 

 

3.  Befarqlik  egri  chizig`I  kesishmaydi.  Buning  rostligini  ko`rish  uchun, 

tasavvur qiling 3-chizmada ikkita befarqlik egri chizig`ikesishgan bo`lsin.          A 

nuqta  B  nuqta  kabi  bir  xil  befarqlik  egri  chizig`i  bo`lgani  sababli,  iste’molchini 

birdek qoniqtiradi. Qo`shimchasiga,   B nuqta ham C nuqta kabi bir xil befarqlik 

egri  chizig`i  bo`lgani  tufayli,    C  nuqta  iste’molchini  qoniqtira  oladi.  Ammo,  bu 

nazariya  C  nuqta  ikkala  turdagi  mahsulotdan  ko`proq  hajmda  taklif  etishiga 

qaramay,  A  va  C  nuqtalar  iste’molchini  birdek  qoniqtira  oladi  degani. 

Taxminimizga  zid  holatda  iste’molchi  har  doim  ikkala  mahsulotdan  ham 

arzonroqqa  ko`proq  olishni  afzal  ko`radi.  Shu  tufayli  befarqlik  egri 

chizig`ikesishmaydi. 



Befarqlik egri chizig’ining kesishmasligi 

Bunday 


vaziyat 

hech 


qachon 

sodir 


bo’lmaydiganga o’xshaydi. 

93 

 

 



4.  Befarqlik  egri  chizig`i  bu  ichki  rozilikdir.  Kishilar  o`zlarida  ortig’i  bilan 

bo`lgan  mahsulotlarni  kamroq  bo`lganiga  qaraganda  sotib  yuborishni  ko`proq 

xohlaydilar,  shu  paytda  befarqlik  egri  chizig`i  bu  ichki  rozilikdan  kelib  chiqadi. 

Misol  tariqasida  4-chizmani  muhokama  qilamiz.  A  nuqtada  iste’molchida  bir 

nechta  pitsa  va  ko`p  miqdorda  Pepsi  borligi  tufayli  u  och,  ammo,  umuman 

chanqamagan. Iste’molchining bitta pitsaga oltita Pepsi almashtirishga ko`ndirish 

mumkin:  bitta pitsa = oltita Pepsi. Aksincha, B nuqtada iste’molchida kam Pepsi 

va ko`p potsa mavjud. Shu tufayli u och emas ammo juda  chanqagan. Bu yerda u 

bitta Pepsiga bitta pitsa alishtirishga ham tayyor: bitta Pepsi = bitta pitsa. Xullas, 

befarqlik  egri  chizig`ining  ichki  hissiyot  orqali  qabul  qilinishi  iste’molchining 

qoniqib bo`lgan mahsulotlaridan voz kechishiga sababch bo`la oladi. 

 

Befarqlik egri chizig`iikki eng yirik namunasi 

Befarqlik  egri  chizig`i  bizga  iste’molchining  bir  tovarni  ikkinchi  biriga 

alishtirmaslik  xohishi  haqida  “ma’lumot  beradi”.  Bir  mahsulot  or’nini  boshqasi 

bosa  olsa,  befarqlik  egri  chizig`i  tanlash  osonlashadi,  aks  holat  bo`lsa,  aksincha, 

qiyinlashadi. Buning to`g’riligini ko`rish uchun, bir holni ko`rib chiqamiz. 

Mutloq  o`rin  bosuvchilar:

  tasavvur  qiling,  kimdir  sizga  10  sentlik  tanga 

bilan  nikel  bo`lagi  to`plamini  taklif  qildi.  Siz  ushbu  farqli  narsalarni  qanday 

baholar edingiz? 

Odatga  ko`ra,  siz  ikkalasining  ham  pulga  chaqsa  bo`ladigan  qiymati  haqida 

o`ylar ediniz. Agar shunday bo`lsa, siz to`plamdagi nikel va pulning qanchaligini 

e’tiborga olmay  ikkita nikel bo`lagini bitta o`n sentlik tangaga ayirboshlardingiz. 

Sizning ushbu nikel va pul orasidagi o`rin bosish qiymatingiz ikkiga bir bo`lar edi. 

Egiluvchan befarqlik egri 

chiziqlari 

Befarqlik  egri  chizig’I  odatda 

ichkariga 

qayrilgan 

bo’ladi. 

Bunday  shakl  shuni  nazarda 

tutadiki, 

chekli 

almashtirish 



normasi 

(MRS) 


iste’molchi 

ehtiyoji  bo’lgan  ikkita  tovarning 

miqdori  bilan  bog’liq  bo’ladi.    A 

nuqtada  iste’molchi  kamroq 

pitsa  va  ko’proq  pepsi  iste’mol 

qiladi. 


94 

 

Biz  sizning  befarqlik  egri  chizig`iingiz  ya’ni  nikel  va  pul  o`rtasidagi  afzal 



ko`rish  sig`imingizni  5-chizmada  aks  ettirib  beramiz.  O`rin  bosish  qobilyati 

o`zgarmas  bo`lgani  sabab,  befarqlik  egri  chizig`ito`g’ri  chiziq  vazifasini  o`taydi. 

Bu to`g’ri befarqlik egri chizig`i tufayli yuqoridagi ikki Tovar bir-birining o`rnini 

mukammal bosa oladi.  



Mutloq  bir-birini  to`ldiruvchilar:

  Tasavur  qiling,  kimdir  sizga  oyoq 

kiyimlar  to`plamini  tavsiya  etdi.  Ularning  ba’zilari  oyog’ingizga  mos  tushdi, 

ba’zilari  esa  yo`q.  Siz  ularni  qanday  baholar  edingiz?  Bu  vaziyatda  siz,  albatta, 

o`lchami  mos  kelganlarga  e’tibor  qaratsiz.  Boshqa  so`z  bilan  aytganda,  siz  faqat 

tanlab  olgan  oyoq  kiyimlaringiz  ustidan  “hukm  chiqararasiz”.  Beshta  chap  va 

yettita o`ng poy oyoq kiyimidan faqat beshta juftlik olishingiz mumkin. 

 

Agar chap jufti bo`lmasa, itta o`ng oyoq kiyimni olganning foydasi yo`q. biz chap 



va  o`ng  oyoq  kiyimlarining  befarqlik  egri  chizig`iga  qanday  mos  kelishini  5-b 

chizmada tasvirlaymiz. Bu yerda 5 ta o`ng va 5 ta chap oyoq kiyimlari 5 ta o`ng va 

7  ta  chap  hamda  5  ta  chap  va  7  ta  o`ng  oyoq  kiyimlari  bilan  teng  rol  o`taydi. 

Shuning uchun befarqlik egri chizig`ito`g’ri chiziqlardir. To`g’ri chiziqli befarqlik 

egri  chizig`ilar  holatiga  ko`ra  biz  ikki  xil  variant  bir-birining  o`rnini  to`la  bosa 

oladi deyishimiz mumkin. Haqiqiy hayotda, albatta, na mukammal o`rin bosa oladi 

(nikel va sent pullar kabi) va na mukammal bir-birini to`ldiradi(o`ng va chap oyoq 

kiyimlari  kabi).  Odatda,  befarqlik  egri  chizig`iichki  xohishdan  kelib  chiqadi, 

to`g’ri chiziq kabi bir xil bo`lavermaydi. 

7.3.Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi? 

Bu  bobning  ham  maqsadi  iste’molchi  qanday  qilib  tanlov  amalga  oshirishini 

tushuntirish  hisoblanadi.  Bizda  analiz  ushun  ikki  muhim  manbaa  mavjud: 

Qachonki ikkita tovar xuddi 5 sentlik tanga bilan 10 sentlik tanga kabi 

bir-birining  o’rnini  oson  egallasa,  befarqlik  egri  chizig’I  to’g’ri  chiziq 

bo’ladi (a). Qachonki ikkita mahsulot chap va o’ng oyoq kiyimlari kabi 

bir-biriga kuchli bog’langan bo’lsa, befarqlik egri chizig’I to’g’ri buchak 

ostida bo’ladi (b). 



95 

 

iste’molchining  moliyaviy  ahvoli  (u  qancha  pul  sarflay  oladi)  va  iste’molchining 



xohishlari  (u  nimaga  pulini  sarflaydi).  Endi  biz  ushbu  ikki  qismni  birlashtirib, 

iste’molchining nima xarid qilish haqidagi qarorini tahlil qilamiz. 



Iste’molchining eng qulay tanlovi 

O`zimizning  qadrdon  Pepsi  va  pitsamizni  yana  bir  marotaba  “davraga  taklif 

etamiz”. Iste’molchi o`zi uchun eng yaxshi bo`lgan Pepsi va pitsa xaridi variantiga 

to`xtashi  mimkin  –  bu  uning  eng  so`ngi  tanlovi  bo`ladi.  Ammo,  iste’molchi  o`z 

budjet sig`imiiga ham qarashi kerak.  Chunki bu uning yagona moliyaviy o`lchov 

manbaasi hisoblanadi. 

 

Oltinchi  chizma  iste’molchining  budjet  sig`imii  va  befarqlik  egri  chizig`i 



variantlaridan  uchtasi  tasvirlangan.  Iste’molchi  yetishishi  mumkin  bo`lgan  eng 

befarqlik egri chizig`i variant bu chizmada uning budjet sig`imiiga tekkan nuqtadir 

(asimptota o`qi). Budjet sig`imii va befarqlik egri chizig`i kesishgan nuqta optimal 

nuqta  deyiladi.  Iste’molchi  A  nuqtani  afzal  ko`rishi  mumkin,  ammo,  budjet 

taqchilligi  bois  u  nuqtag  “chiqa  olmaydi”.  Iste’molchi  B  nuqtani  ham  tanlashi 

mumkin,  bu  nuqtada  befarqlik  egri  chizig`imavjudm  lekin  bu  nuqta  uni 

qoniqtirmaydi. Optimal nuqta Pepsi va pitsaning eng zo`r  kombinatsiyasi mavjud 

bo`lgan nuqta hisoblanadi. 

Eslab  qoling:  optimal  nuqtada  befarqlik  egri  chizig`I  va  budjet  sig`imiteng 

bo`ladi.  Biz  befarqlik  egri  chizig`ini  urinma,  budjet  sig`imini  o`zgarmas  deb 

olamiz.  Urinish  nuqtasi  Pepsi  va  pitsa  o`rtasida  ham  budjet  tomonidan,  ham 

qoniqish tomonidan eng befarqlik egri chizig`i. Xullas, iste’molchi ikki xil tovarni 



tanlaydi, shuning uchun befarqlik egri chizig`i nisbiy qiymatga ega bo`ladi. 

Yettinchi  bo`limda  biz  bozor  narxlari  iste’molchining  mahsulotlarga 

munosabatini  ko`rib  o`tgan  edik.  Iste’molchi  tanlovini  tekshirish  ba’zi 

xulosalarning  aslida  boshqachaligini  ko`rsatmoqda.  Tanlovni  amalga  oshirishda 

iste’molchi narxlarni ko`rib chiqadi songra, befarqlik egri chizig`ibilan nisbiy narx 

to`g’ri  keladigan  optimal  variantni  tanlaydi.  Nisbiy  narx  bu  bozor  sotishiga, 



Iste’molchi uchun optimal nuqta 

Iste’molchi yuqori befarqlikka ega bo’lgan budjet 

chizig’idagi nuqtani tanlaydi. Bu optimal nuqtada 

chekli  almashtirish  normasi  ikkita  mahsulotning 

bir-biriga  aloqador  narxiga  teng  bo’ladi.    Bu 

yerda  yuqori  befarqlikka  I

2

  grafikda  tasvirlangan 



iste’molchi  erishadi.  Iste’molchi  I

3

  befarqlik  egri 



chizig’idagi    A    nuqtani  tanlasa,  bunday 

miqdordagi  pepsi  va  pitsani  sotib  olishga  qurbi 

yetmaydi.  


96 

 

iste’molchi  esa  xarid  qilishiga  mos  bo`lgan  narx  hisoblanadi.  Iste’molchining 



budjeti    optimal  qiymatida  bozorning  narx    taklifi  va  iste’molchi  sig`imi  teng 

bo`ladi.  Iste’molchi  budjet  optimali  tufayli  bozor  narxlari  iste’molchi  xarid  qila 

olishi mumkin bo`lgan tovarlar sonini cheklaydi. 

Iste’molchi  daromadining  o`zgarishi  uning  tanloviga  qanday  ta’sir 

ko`rsatadi? 

Yuqorida  biz  iste’molchi  qanday  qilib  talov  amalga  oshirishi  haqida 

gaplashdik,  keling  endi  ushbu  tanlovga  uning  oylik  kirimi  qanday  ta’sir 

ko`rstishini  muhokama  qilamiz.  Aniqlikka  erishish  uchun,  tasavvur  qiling, 

iste’molchi  kirimi  o`sib  bormoqda.  Yirikroq daromad  evaziga,  iste’molchi  ikkala 

tovar  (Pepsi  va  pitsa)dan  ko`proq  xarid  qila  oladi.  Kirimdagi  o`sish  7-chizmada 

ko`rsatilgandek, tashqi tomondan budjet sig`imini siljitadi. 

 

Ikki tovarning nisbiy narxi hali o`zgarmaganligi sababli, yangi budjet sig`imi 



birinchisidek haliyam o`zgarmagan. Bu yerda kirimning ortishi budjet sig`imining 

parallel ko`chishiga olib keladi.  

Kengaygan  budjet  sig`imi  iste’molchiga  ko`proq  Pepsi  va  pitsa  xaridiga 

imkon  beradi,  ya’ni  bu  yirikroq  befarqlik  egri  chizig`i  degani.  Budjet  holati  va 

iste’molchining befarqlik egri chizig`ilati orasidan eng ma’qul deb topgani uning 

optimal tanlovini “ilk optimal”dan “yangi optimal”ga siljitadi.  

Eslab  qoling,  7-chizmada  iste’molchi  o`zi  uchun  ko`proq  Pepsi  va  pitsa 

tanlaydi.  Kirimning  ko`payishiga  iste’molning  ortishi  mantiqiy  javob  bo`la 

olmasada, bu vaziyatda eng mos holat ko`proq pitsa va Pepsi deb baholanadi.  


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin