Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi
Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni
hayratga solmaydi.
Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik ta’sir ko`rsatadi?
Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6 rasm ko`p sotuvchiga
ega bo`lgan bozordagi taklif egri chizig’ini keskin ko`tarilishini ko`rsatadi.
Rasm
Narx
Sotuvchilar
Taklif
miqdori
900 $ dan ko’p
800 $ dan 900 $gacha
600 $ dan 800 $gacha
500 $ dan 600 $gacha
500 $ dan kamroq
Mary, Frida,
Georgia, Grandma
Frida, Georgia,
Grandma
Georgia, Grandma
Grandma
Yo’q
4
3
2
1
0
Taklif
Quyida1 jadvaldagi sotuvchilar uchun taklif ro’yxati ko’rsatilgan. Grafik muvofiq
taklif egri chizig’ini ko’rsatadi. Taklif egri chizig’ining balandligi sotuvchilarning
xarajatlarini ko’rsatadi.
Maryning
xarajati
Fridaning
xarajati
Georgiyning
xarajati
Grandmaning
xarajati
Uylarni
bo’yash
narxi
Bo’yalgan uylr
miqdori
Taklif ro’yxati va taklif
egri chizig’i
80
Taklif egri chizig’i oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab
chiqarish ortiqchaligi bir xil yo`l bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi
narxdan past va taklif egri chizig’idan yuqori bo`ladi. (a) chizmada narx P
1
va
ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P
1
dan P
2
ga o`sgandagi holat kuzatiladi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng.
Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu turdagi o`sishining 2 tomoni mavjud.
Birinchisi Q
1
da tovarlarni past narxda P
1
da sotayotgan sotuvchilar yashash
darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun ko`proq xaq olishadi. Mavjud
sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi o`sish BCED maydoniga teng.
Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan ba’zi yangi
sotuvchilar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q
1
dan Q
2
ga o`sadi. Bozorga
yangi kelayotganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi.
Tahlildan ko`rinib turganidek biz iste’molchi ortiqchaligidan xaridorlarning
farovonligini aniqlagan bo`lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida
sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki o`lchov usuli bir-biriga
o`xshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz
aynan shu masalani ko`rib chiqamiz.
(a) rasmda tovar narxi 600$ va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 100$.
(b) rasmda tovar narxi 800$ va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 500$.
Ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligini taklif egri chizig’i
bilan hisoblash
Rasm
Uylarni
bo’yash
narxi
Uylarni
bo’yash
narxi
Bo’yalgan uylar
miqdori
Bo’yalgan uylar
miqdori
Taklif
Taklif
Grandmaning ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligi 100$
Grandmaning ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligi 300$
Georgianing ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligi 200$
Umumiy ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligi 500$
81
6.3.Bozor samaradorligi
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ko`pligi bozordagi xaridor va
sotivchining ko`payishini o`rganishga asosiy manba bo`ladi. Bu manbalar bizga
asosiy iqtisodiy savolga murojaat etishga yordam beradi: resurslarni joylashtirish
erkin bozorni xohishiga asosan ta'minlanadimi?
Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi
Bozorni baholash samarasida biz o`zimizning tahlillarimizni yangi, tahminiy
xususiyatga ega bo`lgan ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi deb nomlangan
atama bilan tanishtiramiz. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi bu taniqli, kuchli,
aniq maqsadga ega bo`lgan diktatordir. Rejalashtiruvchi jamiyatdagi barchani
iqtisodiy rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning uchun rejalashtiruvchi nima
qilishi kerak? U xaridor va sotuvchini o`zlari kelishib olishlariga qo`yib berishi
kerakmi? Yoki u bozor samaradorligini shunday yo`l bilan o`zgartirish orqali
iqtisodiy rivojlanishni o`stira oladimi?
Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning
iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri iste'molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigindisidir. Iste'molchi ortiqchaligi
xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligi bu sotuvchinig qo`lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy
ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining ko`rsatkichi hisoblanadi.
Rasm
(a) rasmda P
1
narx, Q
1
taklif hajmi va ABC uchburchak maydoni ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligiga teng. Narx P
1
dan P
2
ga ko’tarilganda taklif hajmi Q
1
dan Q
2
ga ko’tariladi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ADF uchburchak maydoniga ko’payadi. Ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligidagi o’sish (BCFD maydon) qisman yuz beradi. Chunki mavjud ishlab
chiqaruvchilar ko’proq oladi (BCED maydon) va yuqori narxlarda qisman yangi ishlab
chiqaruvchilar bozorga kirib keladi (CEF maydon).
Narx ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligiga qanday ta’sir
qiladi
Miqdor
Miqdor
Dastlabki ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligi
Yangi ishlab chiqaruvchilar
uchun ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligi
Dastlabki ishlab chiqaruvchilar
uchun qo’shimcha ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligi
82
Iqtisodiy rivojlanishning bu ko`rsatkichinii yaxshi tushunish uchun
iste'molchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini o`lchab ko`rish kerak. Biz
iste'molchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz:
Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar
tomonidan to`langan narx
Shunga o`xshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz:
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning
xarajatlari
Agar biz iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz
quyidagilarga erishamiz:
Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar
tomonidan to`langan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning
xarajatlari)
Xaridorlar tomondan to`langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan
tenglashadi, shuningdek ushbu iboradagi ikki atama o`chib ketadi va natijada
umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin:
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning
xarajatlari)
Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga o`zlarini hoxishlari
asosida to`lamoqchi bo`lgan umumiy narxdan sotuvchilar bu tovarni ishlab
chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir.
Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu
taqsimot samaradorlikni ko`rsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali bo`lmasa,
unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli
yutuqlardan mahrum bo`lgan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab
chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot
samarasizdir. Bu holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli islab
chiqaruvchiga o`zgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va umumiy
ortiqchalikni oshiradi. Shunga o`xshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori
daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz bo`ladi. Bu
holatda tovarlar iste'molida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga
o`zgarish umumiy ortiqchalikni o`sishiga sabab bo`ladi.
Samaradorlikka qo`shimcha qilib shuni aytish lozimki, ijtimoiy
rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi
iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida o`ylashi kerak.
Buning asl m’anosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirokni teng bo`lib
olishiga o`xshaydi.Samaradrlik degan savol esa iloji boricha o`sha pirokning katta
83
bo`lishi anglatadiadi. Tenglik tushunchasi esa o`sha pirok neha bo`lakka bo`lingani
hamda ishtirokchilar o`rtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali
ijtimoiy rejalashtirish maqsadlari haqida gaplashamiz .Shuni yodda tuting haqiqiy
iqtisodiysiyosatchilar har doim tenglik bo`lishi haqida qayg’urishadi.
Tenglik-bu jamiyat a’zolari o`rtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy o`sish
uchun teng taqsimlanishidir.
Bozor muvozanatini baholash
7-rasm talab va taklifning bozor muvozanat sharoitida iste'molchi va ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligini ko`rsatadi. Iste’molchi ortiqchaligi muvozanat narxidan
yuqorida va talab egri chizig’idan pastda joylashgan shakl maydoniga teng, ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligi esa muvozanat narxidan pastda va taklif egri chizig’idan
yuqorida joylashgan shakl maydoniga teng ekanligini eslang. Shunday qilib,
muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari o`rtasida joylashgan
shaklning umumiy maydon ushbu bozordagi umumiy ortiqchalikni aks ettiradi.
Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu umumiy
ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish uchun, eslang bozor
muvozanat vaziyatida bo`lganda bozor narxi bozor faoliyatida ishtirok etayotgan
sotuvchilar va xaridorlarni aniqlaydi. Tovarni uni bozor narxidan yuqori baholagan
xaridorlar sotib oladilar (talab egri chizig’ida AE kesma bilan ifoda etilgan),
tovarni uni narxidan past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni
sotib olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga o`xshash, xarajatlari narxdan kichik
bo`lgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovarni ishlab chiqaradilar va
sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta bo`lgan sotuvchilar (ED kesma bilan
ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish bilan shug’ullanishni istamaydilar.
Muvozanatli bozorda iste’molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Jami ortiqchalik – ishlab chiqaruvchi
va iste’molchi ortiqchaligining jami –
talab va taklif egri chizig’ining
muvozanat maydongacha bo’lgan
maydon.
Rasm
Narx
Miqdor
Taklif
Talab
Muvozanat
narx
Muvozanat
miqdor
Ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligi
Iste’molchi
ortiqchaligi
84
Bu kuzatuvlar bozor natijalarini ikki xil tushunishga olib keladi.
1.
Erkin bozorlar taklif etilayotgan tovarlarni ularni qolganlarga nisbatan
yuqoriroq baholovchi xaridorlar o`rtasida taqsimlaydilar, u ularning to`lashga
tayyorligi bilan aniqlanadi.
2. Erkin bozorlar bu tovarlarni kam xarajatlar bilan ishlab chiqaruvchi etkazib
beruvchilarning tovarlariga talab bildiradilar.
Shunday qilib, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlarning bozor muvozanati
sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilarning istemolini yoki etkazib
beruvchilarning ishlab chiqarishlarini taqsimotini o`zgartirib, iqtisodiy farovonlikni
oshirish imkoniyatiga ega emas.
Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovarning miqdorini
ko`paytirish yoki kamaytirish yordamida umumiy farovonlikni oshirish
imkoniyatiga egami? Javob – yo`q, bu bozor natijalari haqidagi uchinchi
tushunishning shakllanishidir.
3. Erkin bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar umumiy ortiqchaligini
maksimallashtiruvchi tovarlar miqdorini ishlab chiqaradilar.
8-chizma yuqoridagi fikr nega to`g’ri ekanligiga isbot keltiradi. Bu chizmani
izohlash uchun talab egri chizig’i xaridorlar uchun tovar qimmatini aks ettirishini
va taklif egri chizig’i sotuvchilarning xarajatlarini aks ettirishini esga oling.
Muvozanatli darajadan pastdagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q
1
da,
chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq bo`ladi.
Natijada ishlab chiqarish va iste’mol miqdorining o`sishi umumiy ortiqchalikni
oshiradi. Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar to`g’ri davom
etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda, misol
uchun Q
2
da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchinung xarajatlaridan kam
bo`ladi. Shunga ko`ra, miqdor pasayishi umumiy ortiqchalikni oshiradi va bu toki
miqdor muvozanat nuqtasidan pasaygunga qadar to`g’ri davom etadi. Umumiy
ortiqchalikni maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab
egri chiziqlari kesishsa shu miqdorni tanlaydi.
85
Bu 3 ta tushunishlar birgalikda bizga bozor natijasi iste’molchi va ishlab
chiqaruvchi ortiqchaliklari yig’indisi qanday katta bo`lishi mumkinligidan iborat
bo`lishini ko`rsatadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, muvozanatli natija bu
resurslarni samarali taqsimlanishidir. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi, demak,
bozor natijasi adolatli bo`lishiga imkon berishi mumkin. Bu siyosat adabiy jihatdan
tarjima qilinganda “ularga qilishga ijozat” degan ma’noni anglatib, Frantsuzcha
”aralashmaslik” iborasiga to`g’ri keladi.
Jamiyat bu rejalashtiruvchi aralashuviga muhtoj emasligidan baxtlidir. .
Garchi bu foydali bo`lsada hamma narsani yaxshi biladigan kuchli nazariyaga ega
diktator shunday qiilsa, o`sha shaxs uni yo`qotishi shart emasligini tasavvur qiling.
Bunday xususuyat bilan kirishish qiyin. Diktatorlar kamdan-kam ko`ngilchanlik
qiladilar va hattoki biz kimnidir o`ta samimiy deb hisoblasak, ular yaxshi
munosabatda bo`lmaydilar.
Tasavvur qiling, bizning ijtimoiy rejalashtiruvchi bozor tazyiqlariga
bo`ysunmay o`zicha resurslarni samarali taqsimlashga harakat qildi. Bunday qilish
uchun u bozordagi har bir imkoniyatli iste’molchining qimmatini va har bir ishlab
chiqaruvchining xarajatini bilishi kerak. Bundan tashqari u nafaqat shu bozordagi,
balki iqtisodiytdagi boshqa minglab bozorlardagilarini ham bilishi lozim. Bu ish
esa birmuncha qiyindir, chunki qandaydir sababga ko`ra markaziy rejalashtirilgan
iqtisodiyotlar hech qachon juda yaxshi ishlamaydilar.
Reja qiluvchining ishi oson, biroq u o`ziga hamkor topishi kerak. Adam
Smit bozorning ko`rinmas qo`li desak adashmaymiz. Bu qo`l barcha
ma’lumotlarini shu jumladan xaridor va sotuvchilar qiymatini oladi va har bir
kishiga bozordagi iqtisodiy samaradorlik haqida yo`l-yo`riq ko`rsatadi. Bu
takrorlanmas darajadagi mahorat. Bu qandaydir sababga ko`ra iqtisodchilar
Rasm
Muvozanatli miqdorning samarasi
Q
1
dagi
muvozanat
hajmidan
kam
miqdorlarda
xaridorlarning
qiymati
sotuvchilarning xarajatidan oshib ketadi. Q
2
dagi muvozanat hajmidan yuqori miqdorlarda
sotuvchilarning
xarajatlari
xaridorlarning
qiymatidan oshib ketadi. Shuning uchun
bozor muvozanati ishlab chiqaruvchi va
iste’molchi
ortiqchaliguning
jamisini
maksimallashtiradi.
Miqdor
Talab
Taklif
Muvozanat
miqdor
Xaridorlar
qiymati
Sotucvhilar
xarajati
Sotucvhilar
xarajati
Xaridorlar
qiymati
Xaridorlar qiymati
sotuvchilar xarajatidan katta
Xaridorlar qiymati
sotuvchilar xarajatidan
kichkina
86
ko`pincha erkin bozorlar iqtisodiy faollikni tashkil etichning eng yaxsi yo`li
ekanligining tarafdori hisoblanadilar.
Donorlik bozorlari bo`lishi kerakmi?
2001 yil aprelda "Boston Globe" ning bosh sahifasida "Onaning muhabbati
qanday qilib ikki xayotni saqlab qoldi" deb nomlangan sahifa chiqdi. Gazetada
o`gliga buyrak transplantasiyasi kerak bo`lgan Susan Stefen haqida gap bordi.
Doktor onanig buyragi to`g'ri kelmasligini bilib, u shu xulosaga keldi: Agar
Stephen o`zining bir buyragini begonaga bersa uning o`g'li ro`yhatning old
qatoriga yoziladi dedi. Ona qarorni qabul qildi va ikki bemor transplantasiya
qilindi. Doktorning ushbu hulosasi va noiloj onaning qarorini muhokama qilib
bo`lmaydi. Lekin hikoya bir savolni tug'ilishiga sabab bo`ladi. Agar ona buyrak
uchun o`z buyragini sotsa, kasalxona unga qimmat saraton kasalligi davosi uchun
o`z buyragini sotishga ruhsat berarmikin? U o`z o`g'lini tibbiot maktabida bepul
o`qitishga ham o`z buragini sotarmikin?
Davlat siyosati sababli bizning jamiat insonlarni o`z a'zolarini sotishga sabab
bo`lmoqda. Tana a'zolar bozorida bizning jamiat o`z a'zolarini noqonuniy sotishga
yo`l qo`yib bermoqda. Stephenning tutgan yo`lini taqiqlab bo`lmaydi .
Xulosa: Bozor samaradorligi vabozor kamchiliklari
Ushbu bob farovon iqtisodiyotning asosiy omili bo;lgan iste'molchi va ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligini va ularni erkin bozor samaradorligini baholashda
qo`llanilishi bilan tanishtirdi. Biz bu talab va taklif kuchlari resurslarni samarali
taqsimlashini ko`rsatib o`tdik. Bu bozorda har bir xaridor va sotuvchi o`zini
farovonligi haqida o`y bilan band bo`ladi, ular xaridorlar va sotuvchilarning
umumiy foydasini maksimallashtiruvchi muvozanat ko`rinmas qo`l bilan
birgalikda olib boriladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bozor samaralidir. Biz bozorni qanday
ishlashi hususida turli hil choralar ko`ramiz. Bu choralar ish bermagan vaqtda,
bizning bozor muvozanati samarali degan xulosamiz ozgina to`g'ri bo`lmaydi.
Ushbu bo`bni yakunlashdan avval ikkita muhim tahminni ko`rib chiqsak.
Birinchidan, bizning tahlillarimiz shuni ko`rsatdiki, bozor haqiqatda
raqobatbardosh. Dunyoda shunday bo`lsa ham raqobat to`kislikdan yiroq. Ba'zi
bozorlarda yagona xaridor va sotuvchi bozor narxini nazorat qila oladi. Bu narxga
ta'sir qiluvchi qobiliyat bozor kuchi deb ataladi. Bozor kuchi bozorni samarasiz
bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin, chunki u narx va miqdorni talab va taklif
tengligidan farq qildiradi.
Ikkinchidan, bizning tahlillarimiz bozor masalalari faqatgina bozordagi xaridor
va sotuvchi o`rtasidagi munosabat ekanligini isbotladi. Lekin dunyoda sotuvchi va
xaridor orasidagi qaror bozorda ishtirok etmayotgan insonlarga ta'sir qilishi
87
mumkin. Ifloslanish an'anaviy misol bo`la oladi. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini
ishlatish faqatgina manifaktura egalariga va fermerlarga emas, balki tabiiy
resurslardan foydalanayotganlarga ham tegishli. Bunday ta'sirlar tashqi omillar deb
ataladi. Chunki bozorgagi rivoj xaridor tomonidan qo`yilgan qiymat va sotuvchi
tomonidan qilingan xarajatga bog'liq. Chunki, xaridor va sotuvchi qancha
miqdorda mahsulotni ishlab ciqarish va uni iste'moli haqida munozara olib
borganda, ushbu betaraflikni inobatga olmaydi, bozordagi muvozanat jamiatni
nuqtai nazarida samarasiz bo`lishi mumkin.
Umumiy hodisaga misol bo`luvchi bozordagi ichki va tashqi kuchlar bozor
muvaffaqiyatsizligi deb ataladi, ya’ni resurslarni samarali joylashtirishdagi
boshqarib
bo`lmaydigan
bozorning
kamchiliklaridir.
Agarda
bozor
muvaffaqiyatsizlikka uchrasa davlat siyosati ushbu muammoni yechimini topadi va
iqtisodiy
samaradorlikni
oshiradi.
Mikroiqtisodchilar
qachon
bozor
muvaffaqiyatsizlikkia uchrashi va uni to`g'irlash uchun qanday siyosatni olib
borish kerakligini o`rganadilar.
Bozor muvaffaqiyatsizlik ehtimolidan tashqari, bozordagi ko`zga ko`rinmas
kuchlar ham muhimdir. Ko`pgina bozorda ushbu bobda biz tilga olgan tahminlar
yaxshi ish berdi va bozor samaradorligi ustida olib borilgan xulosalar to`g'ri olib
borildi. Shunday ekan, biz iqtisodiyotni rivojlantirish ustida olib borgan
tahlillarimizni ishlata olamiz. Keyingi ikkita bobda ko`rib chiqilgan ikkita muhim
siyosiy masalaga -soliq rivojlantirish sabablari va halqaro savdoga murojat etamiz.
Dostları ilə paylaş: |