Biznes va tadbirkorlik


O`rin  bosuvchi  tovarlarning  mavjudligi



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


O`rin  bosuvchi  tovarlarning  mavjudligi.  O`rin  bosuvchi  tovarlar  ko`proq 

elastik  bo`ladi,  chunki  xaridor  uchun  bu  tovardan  boshqa  tovarga  o`tish  ancha 

oson.  Masalan,  saryog’  va  margarin  oson  o`rin  almasha  oladi.  Saryog’  narxining 

kichik miqdorda o`sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan 

saryog’ miqdorining kamayishiga sababchi bo`ladi.  

Teskari  ravishda,  tuxumning  o`rin  bosuvchisi  bo`lmaganligi  sababli  tuxum 

uchun talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas. 

Qulay  hayot  kechirishga  teskari  muhumlik.  Qulay  hayot  kechirishda 

elastik  talab  bo`lganligiga  teskari  ravishda  muhimlik  noelastik  talabdir.  Shifokor 

ko`rigining  narxi  oshgani  bilan  insonlar  shifokor  qabuliga  yozilishni 

kamaytirishmaydi,  hatto  kamroq  borishi  mumkin  bo`lsa  ham.  Bunga  teskari 

ravishda  talab qilinadigan qayiqlar miqdorining kamaytirishga olib keladi.  

Bunga  sabab  ko`pchilik  odamlar  shifokor  qabuliga  muhimlik  sifatida 

qayiqlarni  esa  qulay  hayot  kechirish  sifatida  baholaydi  albatta.  Tovar  muhimlik 

yoki  qulaylik  sifatida  baholanishi  nafaqat  tovarning  vaqtinchalik  ma’lumotiga, 

balki  sotuvchining  afzalliklariga  ham  bog’liq.  Bunga  ahamiyat  bermaydigan 

qiziquvchi  dengiz  suzuvchisi  uchun  qayiqlar  noelastik,  doctor  uchun  qulaylik  va 

elastik talab bo`ladi. 

Elastiklik  -  talab  qilinadigan  yoki  taklif  qilinadigan  miqdorning  uning 

omillaridan biriga  ta’siring o`lchovi. 

Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning 

narxiga  qay  darajada  ta’sir  qilishini  o`lchaydi  va  talab  qilinadigan  miqdorning 

o`zgarish foizi narxning o`zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi. 



Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari 

   Tovar narxining pasayishi unga bo`lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. 

Talabning  narx  elastikligi  narx  o`zgarganda  talab  qanday  o`zgarishini  ifodalaydi. 

Biror mahsulotga bo`lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi 

o`zgarishga  sezilarli  ravishda  javob  qaytarsa.  Biror  mahsulotga  bo`lgan  talab 

noelastik  bo`ladi,  agar  talab  miqdori  narxdagi  o`zgarishlarga  birozgina  javob 

qaytarsa. 

Har  qanday  mahsulot  uchun  talabning  narx  elastikligi  o`sha  mahsulotning 

narxi  oshganda  iste’molchilarning  xaridi  qanday  ekanligini  hisoblaydi.  Shunday 

qilib,  elastiklik  iste’molchi  xohishlarini  shakllantiradigan  ko`plab  iqtisodiy, 

ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz 

talabning  narx  elastikligini  nima  aniqlab  berishi  haqida  bir  necha  umumiy 

qoidalarini bayon qilamiz. 


45 

 

   Yaqin  o`rin  bosuvchi  tovarlarning  mavjudligi.  O`rnini  bosuvchisi  bor 

bo`lgan  tovarlar  ko`proq  elastik  talabga  ega,  chunki  bir  tovar  o`rniga  boshqasini 

sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog` va  margarin bir-birini 

o`rnini  bemalol  bosadi.  Margarin  narxi  o`zgarmaganda  saryog`  narxining  biroz 

ko`tarilishi  saryog`ning  sotilish  miqdori  tushushiga  sabab  bo`ladi.  Bunga  zid 

holda, tuxumning o`rnini bosadigan tovar bo`lmagani uchun tuxumga bo`lgan talab 

saryog`ga nisbatan kamroq elastik bo`ladi.  



 

  Zaruriyat hashamatga qarshi.

 Zaruriyatga bo`lgan talab odatda noelastik 

bo`ladi,  lekin  hashamat  elastik  talabga  ega.  Shifokorlarga  tashrif  buyurish  narxi 

oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin 

yelkanli qayiq narxi oshsa, unga bo`lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki 

odamlar  shifokorga  zaruriyat  uchun  borishadi,  yelkanli  qayiq  esa  hashamat 

hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki 

xususiyatlariga  bog`liq  emas,  balki  xaridorlarning  xohishiga  bog`liq.  Sog`lig`iga 

kamroq  munosabatda  bo`lgan  dengizchi  uchun  yelkanli  qayiq  talab  elastikligiga 

ega bo`lgan zaruriyat bo`lishi 

mumkin  va  shifokorga  borish  elastik  talabga  ega  bo`lgan  hashamat  bo`lishi 

mumkin.  

  Bozor tavsifi.

 Har qanday bozor talab elastikligi bozor chegaralarini qanday 

chizishimizga bog`liq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan 

ko`ra  elastikroq  talabga  ega,  chunki  tor  doirada  aniqlangan  tovarlar  uchun  bir-

birini  o`rnini  bosuvchi  tovarlar  topish  oson.  Misol  uchun,  oziq-ovqat  noelastik 

talabga  ega,  chunki  oziq-ovqatning  o`rnini  bosadigan  tovar  mavjud  emas. 

Muzqaymoq elastik talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa 

ham  bo`ladi.  Vanillin  muzqaymog`i  juda  ham  elastik  talabga  ega,  chunki 

muzqaymog`ning ko`plab boshqa tamlilari uning o`rnini bosadi. 



  Vaqt  birligi.

  Tovarlar  odatda  uzoqroq  vaqtda  ko`proq  elastik  talabga  ega 

bo`lishadi.  Benzin  narxi  oshganda,  birinchi  oylarda  unga  bo`lgan  talab  miqdori 

biroz kamayadi. Lekin, vaqt o`tgan sayin, odamlar yoqilg`i tejaydigan mashinalar 

sotib  olishadi,  jamoa  transportidan  ko`proq  foydalanishadi  va  ish  joylariga  yaqin 

joyga  ko`chishadi.  Bir  necha  yil  ichida  benzinga  bo`lgan  talab  sezilarli  darajada 

tushadi. 



Talabning narx elastikligini hisoblash 

Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan ko`rib chiqdik, endi 

uni  qanday  hisoblashni  ko`rib  chiqamiz.  Iqtisodchilar  talab  miqdorining  foizdagi 

o`zgarishini  narxning  foizdagi  o`zgarishiga  nisbati  shaklida  talabning  narx 

elastikligini hisoblashadi. Ya’ni: 

Talabning narx elastikligi =

                                     

                            

   


46 

 

Masalan,  faraz  qiling  muzqaymoq  narxidagi  10  %  o`sish  muzqaymoqqa 



bo`lgan  talab  miqdorini  20  %  ga  kamaytirdi.  Talabning  narx  elastikligini 

quyidagicha hisoblaymiz: 

 

Talabning narx elastikligi = 



    

    


= 2 

Bu  misolda,  talabning  narx  elastikligi  2  ga  teng.  Miqdordagi  o`zgarish 

narxdagi o`zgarishga nisbatan 2 barobar ko`p. 

Chunki  talab  miqdori  narxga  nisbatan  teskari  munosabatda,  miqdorning 

foizdagi  o`zgarishi  narxning  foizdagi  o`zgarishiga  nisbatan  har  doim  qarama-

qarshi  bo`ladi.  Bu  misolda  narxning  o`zgarishi  10  %  ga  oshgan,  talab  miqdori 

o`zgarishi esa 20 % ga kamaygan.   

O`rta nuqta metodi: elastiklik va foiz o`zgarishlarini hisoblashning yaxshiroq 

yo`li 

Elastiklik  va  foiz  o`zgarishini  hisoblashning  yaxshiroq  yo`li  bu  talab  egri 

chizig’idagi  2  nuqta  orasidagi  talabning  narx  elastikligini  hisoblasangiz, 

muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha bo`lgan elastiklik, B dan A gacha 

bo`lgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi. 

A nuqta: Narx=4$ miqdor=120    

B nuqta: narx=6$  miqdor=80. 

A  dan  B  gacha  yurilsa,  narx  50%ga  ko`tarilgan,miqdori    33%ga  pasaygan 

talabning  narx  elastikligi  =33/50    yoki  0.66.  Bunga  zid  holda  B  nuqtadan  A  ga 

yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga ko`tarilgan talabning narx elastikligi 

50/33 yoki 1.5 . Bu farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar o`zgarishi turli xil asosda 

hisoblanadi.  

Bu  muammoni  yechishning  1  yo`li  elastiklikni  hisoblash  uchun  o`rta  nuqta 

metodidan foydalanishdir. Foizning o`zgarishini hisoblash uchun standart jarayon 

boshlang’ich bosqich orqali o`zgarishlar bo`lishi mumkin. Bunga zid holda, o`rta 

nuqta  metodi  boshlang’ich  va  so`nggi  bosqichlari  orqali  o`zgaruvchilarni  bo`lish 

orqali foizda hisoblaydi. Misol uchun  5$  4$ va 6$ o`rtasida o`rta nuqta. Shuning 

uchun  ,  o`rta  nuqta  metodiga  ko`ra  4dan  6  ga  o`zgarish    40%  li  o`sish  deb 

hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga ko`ra, 6 dan 4 ga o`zgarish 40% pastlashni 

anglatadi.  

O`rta nuqta metodi o`zgarish yo`nalishidan qat’iy nazr bir xil javobni bergani 

uchun  u  tez-tez  2  nuqta  orasida  talabning  narx  egri  chizig’ini  hisoblashda 

foydalaniladi. Bizning namunada, A va B o`rtasida  

o`rta nuqta:                       narx= 5$           miqdor=100  



47 

 

 o`rta qiymat metodiga ko`ra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 



40% ga tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda  

narx 40% ga tushadi va miqdor 40% ko`tariladi. 2 yo`nalishda ham talabning narx 

elastikligi 1 ga teng. 

Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligi hisoblash uchun o`rta 

nuqta metodi bo`lib unda (Q1,P1) va (Q2,P2)lar belgilab olingan. 

Talabning narx elastikligi = 

 

  

 



  

 

   



     

 

 



     

 

       



 

 

 



Surat  o`rta  nuqta  metodi  orqali  hisoblangan  miqdordagi  foiz  o`zgarish. 

Mahraj  o`rta  nuqta  orqali  hisoblangan  narxda  foiz  o`zgarishi.  Agar  sizga 

elastiklikni hisoblash shart bo`lsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak.  

Bu  kitobda,  biz  kamdan  –  kam  bu  kabi  hisoblashlarni  ko`rsatamiz.  Bizning 

maqsadimizning  asosiysi  uchun,  elastiklik  qanday  ifodalanishidan  ko`ra  nimani 

ifodalanishi muhimroq. 



Talab egri chiziqlarining o`zgarishi 

  Iqtisodchilar  talab  egri  chizig`larini  ularning  elastikligiga  qarab  guruhlarga 

ajratishgan.  Elastiklik  1  dan  katta  bo`lsa,  talab  elastik  hisoblanadi,  ya’ni  talab 

miqdori narxga nisbatan ko`proq suriladi. 



48 

 

 



Elastiklik 1 dan kichik bo`lganda, talab noelastik bo`ladi, ya’ni talab miqdori 

narxga  nisbatan  kamroq  suriladi.  Agar  elastikli  aniq  1  ga  teng  bo`lsa,  narx  va 

miqdor bir nisbatda suriladi va talab birga teng elastik deyiladi. 

1-chizmada  beshta  holat  ko`rsatilgan.  0  elastikka  ega  bo`lgan  ekstremal 

holatda((a)  panelda),  talab  batamom  noelastik  va  talab  egri  chizig`i  vertikal.  Bu 

holatda, narxdan qat’i nazar, talab bir xil bo`ladi. Elastiklik oshgan sayin, talab egri 



(a) Mutloq noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng  

(b) Noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng  

Narx 

 

Miqdor 

 

Talabning  narx  elastikligi  talab  egri  chizig’ining  tik  yoki  yotiq  bo’lishini  belgilab 



beradi.  E’tibor  berish  kerakki,  barcha  foiz  o’zgarishlari  o’rta  nuqta  usulidan 

foydalanilgan holda hisoblaniladi 



RASM 

2. … talab hajmini o’zgartirmaydi 

1.Narx 

ko’tarilishi 



1.Narx ning 

22 % ga 


ko’tarilishi 

2. … talab hajmini 11 % ga kamaytiradi 



Narx 

 

Miqdor 

 

Narx 

 

Miqdor 

 

Narx 

 

Miqdor 

 

Narx 

 

Miqdor 

 

Talab 

Talab 

Talab 

Talab 

Talab 

1.Narx ning 

22 % ga 

ko’tarilishi 

2. … talab hajmini 22 % ga kamaytiradi 

1.Narx ning 

22 % ga 

ko’tarilishi 

2. … talab hajmini 67 % ga kamaytiradi 

1.Narx 4$ dan 

yuqori bo’lsa 

talab nolga teng 

2.Narx 4$  bo’lsa 

iste’molchilar 

sotib oladilar 

3.Narx 4$ dan past  bo’lsa 

talab hajmi cheksiz 


49 

 

chizig`i  yassi  bo`lib  boraveradi(  (b),  (c)  va  (d)  qism).  Natijada,  talab  butunlay 



elastik bo`ladi( (e) panel). Bu talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin 

sodir  bo`ladi  va  talab  egri  chizig`i  gorizontal  holatga  keladi,  narxdagi  kichik 

o`zgarish talab miqdorining keskin o`zgarishiga olib keladi. 

Umumiy daromad va talabning narx elastikligi 

Bozordagi  talab  va  taklif  o`zgarishlarini  o`rganayotganda,  biz  o`rganishni 

xohlaydigan bir o`zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor to`lagan 

va  sotuvchi  olgan  miqdor.  Ixtiyoriy  bozorda  umimiy  daromad  P  x  Q  shaklida, 

ya’ni tovarning narxi (P) ko`paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda 

ko`rishimiz mumkin. 

Talab  egri  chizig`i  ostidagi  to`rtburchakning  balandligi  P,  eni  esa  Q. 

To`rtburchakning  yuzi  P  x  Q  ushbu    bozordagi  umumiy  daromadga  teng.  2-

chizmada P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$. 

Talab  egri  chizig`i  bo`ylab  narx  yoki  miqdor  ko`chsa,  umumiy  daromad 

qanday o`zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog`liq. Agar talab noelastik 

bo`lsa(3-chizma,  (a)  qism),  narxning  oshishi  umumiy  daromadning  oshishiga 

sabab bo`ladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga ko`tarilishi talab miqdorini 100 dan 

80 ga tushushiga sabab bo`ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. 

Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish  P 

narxdagi o`sishga nisbatan kichikroq bo`ladi. 

     Agar  talab   elastik  bo`lsa  biz qarama-qarshi natijaga  erishamiz:  narxning 

ko`tarilishi  umumiy  daromadning  kamayishiga  sabab  bo`ladi.  Masalan,  3-

chizmadagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga 

tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, 

talab miqdori narxga nisbatan ko`proq o`zgargan.  

Bu  chizmadagi  misollar  ekstremal  bo`lishiga  qaramasda,  ular  bir  necha 

umumiy qoidalarni ifodalydi:  

 

Talab noelastik bo`lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad 



bir xil yo`nalishda harakatlanadi. 

 

Talab  elastik  bo`lganda(narx  elastikligi  1  dan  katta),  narx  va  daromad  qarama-



qarshi yo`nalishda harakatlanadi. 

 

 Agar  narx  elastikligi  aniq  1  ga  teng  bo`lsa,  narx  o`zgarganda  umumiy  daromad 



o`zgarishsiz qoladi. 

 


50 

 

 



Elastiklik va chiziqli talab egri chizig`i bo`ylab umumiy daromad  

                                                                                                        

 

Keling  elastiklikning  4-chizmada  ko`rsatilgandek  talab  egri  chizig’i  bo`ylab 



qanday  o`zgarishini  tekshirib  ko`ramiz.  Biz  bilamiz  to`g`ri  chiziq  o`zgarmas 

qiyalikka ega. Qiyalik “muddat o`tgan sari o`sish” deb belgilanadi, ya’ni narxdagi 

o`zgarishning  (o`sish)  miqdordagi  o`zgarishga  (muddat)  nisbati.  Bu  alohida 

olingan  talab  egri  chizig’ining  qiyaligi  o`zgarmasdir,  chunki  narxdagi  har  1 

dollarning o`sishi talab miqdoridagi  bir xil 2 birlik kamayishiga sabab bo`ladi. 

 Chiziqli  talab  egri  chizig`ining  qiyaligi  o`zgarmas  bo`lsa  ham,  elastiklik 

bunday  emas.  Bu  to`g’ri,chunki  qiyalik    2  ta    o`zgaruvchidagi    o`zgarishlarning  

nisbati, elastiklik esa 2 ta o`zgaruvchidagi foiz o`zgarishlarining nisbati. Buni siz 

4-chizmadagi  jadvaldan  ko`rishingiz  mumkin.  Jadval  talabning  narx  elastikligini 

hisoblashda  o`rta  nuqtalar  usulidan  foydalangan.  Past  narx  va  ko`p  miqdor 

uchrashgan  nuqtada  talab  egri  chizig`i  noelastik.  Yuqori  narx  va  kam  miqdor 

uchrashgan nuqtada talab egri chizig`i elastik. 

Jadvalda,  shuningdek,  talab  egri  chizig`idagi  har  bir  nuqtada  umumiy 

daromad  ko`rsatilgan.  Bu  sonlar  umumiy  daromad  va  elastiklik  o`rtasidagi 

aloqadorlikni bildiradi. Masalan, narx 1$ bo`lganda, talab noelastik va narxning 2$ 

ga  ko`tarilishi  umumiy  daromadni  oshiradi.  Narx  5$  bo`lganda,  talab  elastik  va 

narxning 6$ ga ko`tarilishi umumiy daromadni qisqartiradi. 3$ va 4$ orasida, talab 

birga  teng  elastik  bo`ladi  va  bu  ikki  narxda  umumiy  daromad  bir  xil  bo`ladi. 



RASM 

Talab 

Narx

 

 

Miqdor 

 

Umumiy daromad 

Xaridorlar  tomonidan  to’langan 

barcha 

to’lovlar 



sotuvchilar 

uchun daromad hisoblanib, talab 

egri  chizig’I  ostidagi  chegaraga 

teng bo’ladi, ya’ni PxQ. Bu yerda 

mahsulot narxi 4 $ va unga talab 

hajmi  100  tani  tashkil  etib, 

umumiy  daromad  400  $  ni 

tashkil etadi. 

 

 

(daromad) 



51 

 

Narx 

 

Narx 

 

Narx 



o’zgarganda 

umumiy  daromad 

qanday o’zgaradi

 

Narx o’zgarishining umumiy daromadga ta’siri (mahsulot miqdori va narx) talab elastikligiga 



bog’liq.  a  chizmada  takab  egri  chizig’i  noelastik.  Bunday  holatda  narxning  oshishi,  kichik 

miqdorda talab hajmining kamayishiga olib keladi shuning uchun jami daromad oshadi. Bu 

yerda narxning 1 $ dan 3 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 100  da 80 ga pasayishiga sabab 

bo’lgan.  Jami  daromad  100  $  240  $  ga  ko’tarilgan.  b    chizmada  talab  egri  chizig’i  elastik. 

Bunday holatda narxning oshishi  talab hajmining ko’proq kamayishiga olib keladi. Bu yerda 

narxning 4 $ dan 5 $ ga ko’tarilishi  talab hajmining 50 dan 20 ga pasayishiga sabab bo’lgan. 

Jami daromad 200 $ dan 100 $ ga kamaygan. 

(a) Talab noelastik bo’lgan holat  

RASM 


52 

 

 



 

Talabning boshqa elastikliklari 

 

Talabning  narx  elastikligiga  qo`shimcha  ravishda,  iqtisodchilar  bozordagi 

xaridorlarning  xatti-harakatini  tasvirlash  maqsadida  elastiklikning  boshqa 

turlaridan ham foydalanishadi. 



Talabning  daromad  elastikligi 

Talabning  daromad  elastikligi  iste’molchi 

daromadi  o`zgarganda  talab  miqdorining  qanday  o`zgarishini  bildiradi.  Bu  talab 

miqdorining  foizdagi  o`zgarishini  iste’molchilar  daromadining  foiz  o`zgarishiga 

nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni: 

 

Talabning daromad elastikligi = 



                                     

                                

 

4-bo`limda  muhokama  qilganimizdek,  ko`plab  tovarlar  normal  tovarlardir: 



Yuqori  daromad  talab  miqdorini  oshiradi.  Chunki  talab  va  daromad  bir  xil 

yo`nalish bo`yicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. 

Ba’zi tovarlar, misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: 

yuqori  daromad  talab  miqdorini  kamaytiradi.  Chunki  talab  va  daromad  qarama-

qarshi  yo`nalishda  harakatlanadi,  past  mavqeli  tovarlar  salbiy  daromad 

elastikligiga ega.



 

Elastik 


 

Elastik 


 

Elastik 


 

Birlik elastik 

  Noelastik 

 

Noelastik 



 

RASM 

Chiziqli talab elastikligi 

Talab  egri chizig’ining  qiyaligi  o’zgarmas.  Ammo  uning 

elastikligi  o’zgaruvchan.  Jadvaldagi  talab  ko’rsatkichi 

o’rta  nuqta  metodi  orqali  talabning  narx  elastikligini 

hisoblash  uchun  foydalaniladi.  Past  narx  va  yuqori 

hajmdagi  nuqtalarda  talab  egri  chizig’i  noelastik  yuqori 

narx va kam hajmdagi nuqtalarda talab elastik. 

 

 



 

Narx 


 

 

Miqdor 



 

Umumiy 


daromad 

 

Narx 



o’zgarishi 

foizda 


 

Miqdor 


o’zgarishi 

foizda 


 

Elastiklik  

 

Izoh 


 

Narx

 

 

Miqdor 

 

Elastiklik 1 



dan katta 

Elastiklik 1 

dan kichik 


53 

 

Hatto normal tovarlar o`rtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli 



darajada  o`zgaradi.  Oziq-ovqat  va  kiyim  kabi  zaruriyatlar  kichik  daromad 

elastikligiga ega bo`ladi, chunki iste’molchilar daromadlari past bo`lganda ham bu 

tovarlarning  ba’zilarini  sotib  olishni  tanlaydilar.  Qimmatbaho  taqinchoqlar  kabi 

hashamat  tovarlar  katta  daromad  elastikligiga  ega  bo`ladi,  chunki  iste’molchilar 

daromadlari juda ham past bo`lganda ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi.  

Talabning  narxlar  kesishgandagi  elastikligi.

  Talabning  narxlar 

kesishgandagi  elastikligi  bir  tovarga  bo`lgan  talab  miqdori  boshqa  bir  tovarning 

narxidagi  o`zgarishiga  munosabati  qanday  bo`lishini  ifodalaydi.  Bu  1-tovarga 

bo`lgan talabning foizdagi o`zgarishi 2-tovar narxining foizdagi o`zgarishi nisbati 

shaklida hisoblanadi, ya’ni:  

Kesishgan Talab elastikligi=

                                      

                                     

  .Bu elastiklik 

manfiy  yoki  musbat  songa  ega  bo`lishi  tovarlarning  bir-birini  to`ldiruvchisi  yoki 

o`rnini bosishiga bog`liq. Masalan, hot dog narxining oshishi odamlarni gamburger 

olishga  undaydi.  Chunki  hot  dog  narxi  va  gamburgerga  bo`lgan  talab  bir  xil 

yo`nalish  bo`yicha  harakatlanadi,  narxlar  kesishishidagi  elastiklik  ijobiydir.  Bu 

misol  bir-birini  o`rnini  bosadigan  tovarlar  uchun  xosdir.  Endi  bir-birini 

to`ldiradigan tovarlarni ko`rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot 

bir-birini  to`ldiradi.  Bu  holda  elastiklik  salbiy  bo`ladi.  Chunki  kompyuter 

narxining oshishi dasturiy ta’minotga bo`lgan talabning qisqarishiga olib keladi. 

4.2.Taklif elastikligi 

Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari 

Taklif  qonuni  shuni  ko`rsatadiki,  yuqori  narx  taklif  miqdorini  oshiradi. 

Taklifning narx elastikligi narxdagi o`zgarishga qancha taklif miqdori o`zgarishini 

ifodalaydi.  Agar  taklif  narx  o`zgarishiga  sezilarli  darajada  javob  qaytarsa,  tovar 

taklifi  elastik  deyiladi.  Agar  taklif  narx  o`zgarishiga  biroz  javob  qaytarsa,  tovar 

taklifi noelastik deyiladi. 

Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan tovarlar 

miqdori  o`zgarishiga  bog`liq.  Masalan,  sohil  bo`yi  yerlari  noelastik  taklifga  ega, 

chunki ularni ko`proq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, 

mashina  va televizor kabi 

tovarlar  elastik  taklifga  ega,  chunki  ularni  ishlab  chiqaruvchi  firmalar  yuqori 

narxlarga javoban o`z faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi. 

Ko`plab  bozorlarda,  taklifning  narx  egiluvchanligining  asosiy  aniqlovchisi 

vaqtdir.  Taklif  qisqa  muddatdan  ko`ra  uzoq  muddatda  elastikroq  bo`ladi.  Qisqa 

muddat  mobaynida,  korxonalar  ishlab  chiqarish  ko`lamini  birdaniga  oshira 

olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, taklif miqdori narxning o`zgarishiga kamroq 

javob  qaytaradi.  Bunga  zid  holda,  uzoq  muddatda  yangi  zavodlar  qurishi  yoki 

eskilarini  yopishi  mumkin.  Bundan  tashqari  bozorga  yangi  korxonalar  kirishi  va 

 


54 

 

eskilari  tugatilishi  mumkin.  Demak,  uzoq  muddatda  taklif  miqdori  narx 



o`zgarishiga sezilarli javob qaytaradi. 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin