Biznes va tadbirkorlik


Odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


 

2.4. Odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar 

 

Rag`batlantirish  bu  insonni  kelajakda  jazo  yoki  mukofot  olishga  undovchi 

xatti-harakatidir. Chunki, oqil odamlar foyda va xarajatlarni solishtirib qaror qabul 

qilishadi  va  ular  rag’batlantirishlarga  ta’sirchandirlar.  Mikroiqtisodiyotni 

o`rganishda  bu  rag’batlar  markaziy  rol  o`ynaydi.  Bir  iqtisodchi  o`z  taxminlarida 

juda  uzoqqa  ketdi  va  bularni  umumlashtirib  oddiygina:  “odamlar  rag`batlarga 

ta’sirchandirlar. Izohga hojat yo`qdir” degan ekan. 

 

Bozorlar  ishlashini  tahlil  qilishda  rag`batlantirishlar  qay  darajada  muhim 



ahamiyatga  ega.  Misol  uchun,  olma  narxini  oshishi  natijasida  odamlar  kamroq 

olma  yeyishga  qaror  qabul  qilishadi.  Shu  bilan  birga,  olmazor  egalari  ko`proq 

ishchilar  yollashga  va  yana  olma  yetishtirishga  qaror  qabul  qiladilar.  Boshqacha 

qilib  aytganda,  bozorda  yuqori  narx  xaridorlar  iste’moli  hajmini  kamaytiradi  va 

sotuvchilarni  rag`batlantirib  yanada  ko`proq  miqdorda  ishlab  chiqishga  undaydi. 

Narxlarni  iste’molchilar  va  ishlab  chuiqaruvchilar  xatti-harakatiga  ta’siri  bozor 

iqtisodiyoti noyob resurslarini ajratishida muhim ahamyat kasb etadi. 

 

Avtomobillarda  xavfsizlik  kamarlari  qonuni  qay  darajada  natija  berdi?  



Natijalar  to`g`ridan  to`g`ri  aniqdir:  qachonki  shaxs  kamarni  taqsa,  baxtsizlik 

paytida omon qolish darajasi ko`payadi. Lekin bu imtiyozlarni oxiri emas, chunki 

qonun ham o`zgarishni rag`batlantiruvchi xatti - harakatdir. Haydovchilarning xatti 

-  harakatiga  mos  tezligi  ularning  mashinaga  munosabatini  ko`rsatadi.  Sekin  va 

ehtiyotkorlik  bilan  haydash  qimmatga  tushadi,  chunki  u  haydovchining  vaqti  va 

energiyani  ko`p  ketishiga  sabab  bo`ladi.  Ehtiyotkorlik  bilan  mashina  haydashga 

qaror  qilishni  oqil  odamlar  chekli  xarajatlarni  mashina  haydashni  xavfsizligidan 

foydani  solishtirish  chegarasi  bebaholigini  ko`radi.  Natijada  ular  sekinroq 

haydashadi  va  e’tiborliroq  bo`lib  xavfsizlikning  kuchayishi  foydasi  oshadi. 

Masalan, qachonki yo`llar muz bilan qoplangan bo`lsa, yo`llar ochiq va tiniqligiga 

qaraganda odamlar mashinalarni diqqatliroq va sekinroq haydashadi. 

Keling  xavfsizlik  kamari  bo`yicha  qonun  natijasida  haydovchi  xarajatlari-

foydasi  qanchalik  o`zgarishini  ko`rib  chiqaylik.  Xavfsizlik  kamarlari  baxtsiz 

hodisaga  qaraganda  ancha  foydalidir,  chunki  ular  jarohat  yoki  o`lim  xavfini 



20 

 

kamaytiradi. Boshqacha so`zlar bilan aytganda xavfsizlik kamarlari sekin yurish va 



ehtiyotkorroq  bo`lib  haydashning  foydasini  kamaytiradi.  Odamlar  kamar  taqib 

yurishga  mas’uldir,  ular  kam  diqqatlik  va  tezroq  haydash  natijasida  yo`l 

sharoitlarini  yaxshilaydilar.  Shunday  qilib,  xavfsizlik  kamarlari  qonunan  baxtsiz 

hodisalar  sonini  kamaytiradi,  xavfsiz  mashina  haydashni  kamaytirish  natijasida 

ko`proq  piyodalarda  (farqli  o`laroq  balki  haydovchilarda  ham)  hech  qanday 

qo`shimcha himoya afzalligi bo`lmaydi. 

 

2.5. Savdo hammaga foydali

 

va bozorlar odatda iqtisodiy faoliyatni tashkil 

etishda yaxshi bir yo`ldir 

 

 

Savdoni  oilangizga  qay  darajada  ta’sir  etishini  ko`rib  chiqaylik.  Oila 



a’zolaringizdan  biri  ish  qidirganda,  u  boshqa  ish  qidirayotgan  oila  a’zolari  bilan 

musobaqalashadi.  Oilalar  ham  ular  xaridga  borganlarida  bir  birlari  bilan 

musobaqalashadilar, chunki har bir oila eng yaxshi tovarni va eng past narxda sotib 

olishni  xohlashadi.  Iqtisodiyotda  har  bir  oila  boshqalari  bilan  kim  o`zdiga 

o`ynaydi.  

Bu  raqobatlarga  qaramasdan,  sizning  oilangiz  boshqa  oilalardan  ajralishi 

yaxshi  bo`lmaydi.  Agar  shunday  bo`lsa,  sizning  oilangiz  o`zining  shaxsiy 

mahsulotini  o`sishiga  zaruriyat  sezadi,  o`zining  shaxsiy  kiyim  -  kechagini  ishlab 

chiqaradi va o`zining uyini quradi. Aniqlanishicha, sizning oilangiz boshqalar bilan 

savdo qilishda o`zining qobilyatini oshiradi. Savdo har bir odamni o`z faoliyatini u 

yaxshiroq  bajarishi  uchun  qishloq  xo`jaligi,  tikuvchilik  yoki  uy  binolari  qurish 

kabilarga  ixtisoslashuviga  imkon  beradi.  Boshqalar  bilan  savdo  qilish  odamlarni 

tovarlar  va  xizmatlarni  past  narxlarda  turli  -  tumanini  sotib  olishlariga  imkon 

beradi. 


 

Birinchi  qarashda  bozor  iqtisodiyotini  muvaffaqiyati  ajoyib  bo`ladi.  Bozor 

iqtisodiyotida  hech  kim  bir  butun  jamiyat  iqtisodiy  faravonligini  tashkil  eta 

olmaydi.  Bepul  bozorlar  ko`pgina  sotuvchilar  va  xaridorlarning  tovar  hamda 

xizmatlarini  o`z  ichiga  oladi  va  ularning  hammasida  birinchi  navbatda  o`z 

faravonligi  manfaatlari  turadi.  Garchi  shunday  bo`lsada,  markazlashtirilmagan 

qaror  xudbinlarcha  hal  etilgan,  bozor  iqtisodiyoti  iqtisodiy  faolyatni  samarali 

tashkil etadi va umumiy iqtisodiy faravonlikka olib keladi.  Shu o`rinda iqtisodchi 

Adam  Smith  tomonidan  1776-yilda  yaratilgan  millatlar  boyligi  deb  atalgan  bir 

kitob  butun  iqtisodiyotning  eng  mashhur  kuzatishlarini  qildi:  uy  xo`jlaiklari  va 

firmalar  bozor  faoliyatiga  o`zaro  ta’sir  qilib,  “ko`rinmas  qo`l”  bozor  ishlab 

chiqarishini  istalgan  paytda  hujumda  bo`lishini  ta’kidlaydi.  Bu  kitobning 

maqsadlaridan  biri  ko`rinmas  qo`l  sehrini  qay  darajada  ishlashini  tushuntirishdir. 

Iqtisodiyotni  o`rganganingizdek  narxlarni  vosita  ekanligini  o`rganib,  ko`rinmas 

qo`l g`oyasini iqtisodiy faoliyatga yo`naltirilganligini topasiz. Har qanday bozorda 

narx  belgilashda  talab  qilish  qanchaligiga  qarab  sotuvchilar  xaridorlarga  narx 

darajasini  belgilaydilar.  Bu  qarorning  natijasida  sotuvchilar  va  xaridorlar  har 

Yangiliklar 


21 

 

ikkalasi jamiyat uchun yaxshi bo`lgan qiymat bozor narxini belgilaydilar. Smitning 



buyuk  tushunchalaridan  biri  narx  darajalarini  moslashtirish  va  inviduval 

sotuvchilar  va  xaridorlarni  butun  jamiyat  faravonligini  maksimallashtirishga 

erishtirish  edi.  Smitni  tushunishni  muhim  oqibati  bor:  hukumat  talab  va  taklif 

tabiiy narxlariga qachonki to`sqinlik qilsa, uy xo`jaliklari va firmalar ehtiyotkorlik 

bilan iqtisodiyotni muvoffiqlashtirishga yechimlar topadilar. Bu oqibatlar resurslar 

orqali  soliqlar salbiy  taqsimlanishiga  sabab  bo`lib,  ular  narxlar  va  uy  xo`jlaiklari 

hamda firmalarning qarorlariga salbiy ta’sir qiladi.  

 

2.6. Davlat ba`zan bozor faoliyati oqibatlarini yaxshilashi mumkin 



 

 

Agar  bozorning  ko`rinmas  qo`li  shunchalik  yaxshi  bo`lsa,  nega  biz 



hukumatga  muhtojmiz?  Iqtisodiyotni  o`rganishni  bir  maqsadi  davlat  siyosatining 

ko`lami haqida bir fikr bayon qilishdir.  

 

Nega  biz  hukumatga  muhtoj  bo`lganimizning  sabablaridan  biri,  agar 



faqatgina  hukumat  ko`rinmas  qo`lning  sehri  ishlashini  qo`llab  -  quvvatlasagina 

bozor  iqtisodiyotining  muhim  vositasi  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Eng  muhimi, 

bozor  iqtisodiyoti  shaxslarni  mulk  huquqi  va  noyob  resurslarni  nazorat  qilish 

uchun  institutlarga  muhtojdir.      Shu  sababli,  mulk  huquqlarini  amalga  oshirish 

uchun individual shaxlarning o`zi nazoratda bo`ladi.  

Fermer,  agar  uning  hosili  o`g`irlangan  bo`lsa,  oziq  -  ovqat  yetistirgan 

bo`lmaydi; agar mijozlar restoranni tark etishidan oldin haqini to`lamasa, restoran 

xizmat  ko`rsatmaydi,  va  agar  ko`p  imkoniyatli  iste’molchilar  sotib  olishdan 

qochib,  noqonuniy  nusxalarini  yaratishsa,  musiqa  kompaniyalari  DVD  disklarini 

ishlab  chiqarmaydi.  Bizning  hammamiz  tayinlagan  hukumat  politsiya  va  sudga 

tayanib,  bizning  ishlab  chiqarish  huquqlarimizni,  va  ko`rinmas  qo`l  bizning 

faoliyatimizni hayotga tadbiq etish huquqlarimizni ta`minlaydi.  

Shu  bilan  birga  hukumatga  muhtoj  bo`lishimizning  yana  bir  sababi  bor: 

Ko`rinmas  qo`l  kuchli,  ammo  u  qudratli  emas.  Hukumat  aralashishi  uchun  ikki 

asosiy sabab bor: odamlarni tengligini ta`minlash va iqtisodiyotda resurs ajratishni 

o`zgarishlari.  Bu  samaradorlik  yoki  tenglikni  oshirish  maqsadida  qilinadi. 

O`shanda  ko`pchilik  siyosatlar  iqtisodiy  qismni  bir  nechta  bo`laklarga  yanada 

maydalashi  nazarda  tutilgan.  Keling  birinchi  samaradorlik  muaommosini  ko`rib 

chiqaylik.  Garchi  ko`rinmas  qo`l  odatda  bozorlarda  iqtisodiy  bo`lakni 

maksimallshtirish  resurslariga  ajratsada,  har  doim  ham  bu  sabab  bo`lavermaydi. 

Iqtisodchilar  bozor  inqirozi  atamasidan  foydalanib  bozorda  uning  shaxsiy 

resurslarini  ajratish  samaradorligida  muvaffaqiyatsizlikka  uchraydilar.  Ko`rib 

turganimizdek,  bozor  inqiroziga  tashqi  ta’sir  bu  bir  shaxsning  yaxshi  yashashga 

harakati ta’siri, ehtimol sabablardan biri bo`ladi. Ifloslanish klassik misol sifatida 

ta’kidlanadi. Boshqa sabab, bozor muvaffaqiyatsizlikka uchrashi natijasida ehtimol 

bozor kuchsizlanadi, bir shaxsning (yoki kichik guruhning) bozor narxiga ta’siriga 



22 

 

kuchli,  misol uchun, agar shaharchada har bir odam suvga muhtoj bo`lsa, ammo 



faqat bittagina buloq bo`lsa, o`sha buloq egasi faqat bir bor raqobat bilan o`z o`zini 

qiziqtirgan  ko`rinmas  qo`lni  saqlab  keladi.  Puxta  o`ylangan  davlat  siyosati 

iqtisodiy samaradorligiga bozorning zaifligi sabab bo`ladi.  

Endi  tenglik  maqsadini  muhokama  qilaylik.  Qachonki,  ko`rinmas  qo`l 

samara  natijalari  bilan  birga  kelsa,  bunda  iqtisodiy  faravonlikda  sezilarli  farqlar 

bo`lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish, odamlarni qobilyatiga ko`ra 

yoki  boshqa odamlar  uchun to`lashga  tayyorlari ham  bor.  Dunyoning  eng  yaxshi 

basketbol  o`yinchisi  dunyoning  eng  yaxshi  shaxmat  o`yinchisiga  qaraganda 

ko`proq pul topadi, chunki odamlar shaxmatga qaraganda basketbolga ko`proq pul 

to`lab  ko`rishdan  rohatlanishadi.    Ko`rinmas  qo`l  har  bir  odamni  yetarlicha  oziq 

ovqat, kiyim kechak va yetarli tabiiy xizmat bilan ta`minlay olmaydi. Bu tengsizlik 

siyosiy  falsafaga  bog`liq  holda  hukumat  aralashuvini  ta’kidlaydi.  Amalyotda 

ko`plab  hukumat  siyosati  davlat  solig`i  va  ijtimoiy  xavfsizligiga  o`xshab 

iqtisodiyotni yaxshilanishi uchun yanada adolatli taqsimlashga erishishni  

maqsad qiladi. 

Ba’zida davlat bozor natijalaridan ko`ra ijobiy o`zgarishlarga ega bo`lishi, uni 

har doim shunday bo`lishini anglatmaydi. Ijtimoiy siyosat o`z-o`zidan emas, balki 

mukammallikdan uzoq bo`lgan siyosiy jarayon orqali hosil bo`ladi. Ba’zida siyosat 

siyosiy  qudratga  ega  bo`ish  maqsadida  oddiy  tarzda  loyihalanadi.  Ba’zida  ular 

yaxshi  xabardor  bo`lmagan  yetakchilar  tomonidan  hosil  qilinadi.  Iqtisodiyotni 

o`qir ekansiz, siz davlat qudratli siyosatga ega bo`lganini baholay olasiz, chunki u 

samaradorlik va tenglik bo`lmagan vaqtda ham uni bor deya ta’rif eta oladi. 

Iqtisodiyotning  qolgan  uchta  tamoyillari  ko`proq  makroiqtisodiyotga  xos 

bo`lib,  ularda



 

mamlakatning  turmush  darajasi  uning  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab 

chiqarish  qobilyatiga  bog`liqligi,

 

qachonki  hukumat  ko`p  pul  bosib  chiqarsa, 

narxlar  ko`tarilishi,

 

inflyatsiya  va  ishsizlik  o`rtasida  jamiyatning  qisqa  muddatli 

tanlovi mavjudligi masalalari talqin etilgan. 

 

Tayanch  so`z  va  iboralar:  tamoyil,  tanlov,  rag`bat,  tenglik,  samaradorlik, 

savdo, bozor inqirozi, tashqi ta`sir. 

 


23 

 

III-BOB. TALAB, TAKLIF VA BOZOR MUVOZANATI



5



Reja

 

3.1.Bozorlar va raqobat 

3.2.Talab 

3.3.Taklif 

3.4.Talab va taklif birgalikda 

3.1.Bozorlar va raqobat 

Talab va taklif  tushunchalari odamlarning o`zini tutishiga va ularning o`zaro 

ta’siriga taalluqlidir. Sotuvchi va xaridorlarni o`zini tutushini muhokama qilishdan 

avval biz bozor va raqobatchilik iboralarini chuqur o`rganib chiqishimiz shart. 



Bozor nima? 

Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarni xarid qiluvchilar va sotuvchilar 

guruhidir.  Bir  guruh  xaridorlar  tovarga  talab  miqdorini  belgilaydi  va  bir  guruh 

sotuvchilar tovar taklifini belgilab beradi. 

Bozor  ko`p  shaklga  egadir.  Ayrim  hollarda  ular,  masalan,  ko`plab  qishloq 

xo`jaligi mahsulotlari bozorlarida yuqori darajada tashkil etilgan bo`ladi.  Bunday 

bozorlarda sotuvchi va xaridor muayyan vaqt va muayyan joyda uchrashadilar va 

kim-oshdi savdosida narxlar belgilanadi. 

Ammo  ko`pincha  bozorlar  kerakli  darajada  tashkil  etilgan  bo`lmaydi. 

Masalan, muayyan bir shaharda muzqaymoq savdosini ko`rib chiqaylik. Xaridorlar 

muayyan bir joyda uchrashmaydilar. Sotuvchilar har­xil joyda bo`ladilar va har-xil 

tovarni  taklif  qiladilar.  Bu  yerda  kim-oshdi  savdosi  bo`lmaydi.  Har  bir  sotuvchi 

o`zi  narxni  belgilaydi  va  xaridor  qanaqa va  qayerda  muzqaymoq  olishni  o`zi  hal 

qiladi.  Shunga  qaramay,  bu  holda  ham  sotuvchi  va  xaridor  o`zaro  bog’langan. 

Muzqaymoq  xaridorlari  ko`p  sotuvchilar  ichidan  o`zining  ehtiyojini 

qoniqtiradiganini  tanlaydilar,  sotuvchilar  esa  o`z  o`rnida  yaxshi  savdo  uchun 

xaridorlarni qiziqtirishga harakat qiladilar. Shunday qilib, qandaydir tashkilotchilik 

mavjud bo`lmasligiga qaramay, bozorni sotuvchi va xaridor shakllantiradi.  

Raqobat nima? 

Muzqaymoq  savdosi,  iqtisodiyotdagi  ko`pchilik  bozorlarga  o`xshab,  yuqori 

raqobat  qobiliyatiga  ega.  Har  bir  xaridor  bir  necha  sotuvchilar  ichidan  tanlash 

mumkinligini  biladi  va  har  bir  sotuvchi  uning  mahsuloti  boshqa  sotuvchilarning 

mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi. Natijada, har bir muzqaymoq narxi va soni 

birgina  xaridor  yoki  sotuvchi  bilan  aniqlanmaydi.  Aksincha,  har  bir  muzqaymoq 

narxi va soni barcha sotuvchilar va xaridorlarning o`zaro ta’siri bilan aniqlanadi.  

                                                           

5

Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 



kitobining IV bobi asosida tayyorlangan

.  


65-88 bet

 


24 

 

Iqtisodchilar  raqobatdosh  bozor  iborasini  o`zida  ko`plab  sotuvchi  va  



xaridorlarni  jamlagan  bozorni  tavsif etish uchun 

ishlatadilar.  Har  bir  sotuvchining  narx  bilan  nazorat  qilishi  cheklangan,    chunki  

boshqa  sotuvchilar  ham  shunga  o`xshash 

bo`lgan  mahsulot  bilan  savdo  qilishadi.  Sotuvchida  narxni  pasaytirishga  asosli 

sabab  yo`q,  ammo  u  kishi  narxni  birdan  ko`tarsa,  xaridorlar  mahsulotni  boshqa 

joyda  xarid  qiladilar.  Taqqoslab  aytganda,  biron  bir  xaridor  narxga  o`z  ta’sirini 

ko`rsata olmaydi, chunki ulardan har biri arzimas sonda mahsulotni xarid qiladi.  

Bu bobda biz shartli ravishda barcha bozorlarni raqobatdosh deb hisoblaymiz. 

Bu yuqori shaklga erishish uchun bozor ikkita xususiyatga ega bo`lishi kerak: 1) 

savdoga  taklif  qilingan  mahsulotlar  bir  xil  bo`lishi  shart;  2)  sotuvchi  va 

xaridorlarni soni shunchalik ko`p bo`lishi kerakki, ular narxga hech qanday ta’sir 

ko`rsatishlari kerak emas. Har bir sotuvchi va xaridor mutlaqo raqobatdosh bozor 

o`rnatgan  narxni  qabul  qilishga  majbur  bo`lgani  uchun,  ular  narxga  o`z  ta’sirini 

ko`rsatmaydigan,  iqtisodiyot  sub’ektlari  deb  ko`riladi.  Bozor  narxiga  xaridorlar 

xohlagan narsasini sotib oladilar, sotuvchilar esa xohlagan narsasini sotadilar. 

Ba’zi  bir  bozorlarni  mutlaqo  raqobatdosh  deb  hisoblash  maqsadga 

muvofiqdir.  Masalan,  bozorda  minglab  bug’doy  sotuvchilari  va  uning  minglab 

xaridorlari  mavjud.  Ular  jiddiy  ravishda  narxga  o`z  ta’sirini  ko`rsatmasligini 

hisobga  olgan  holda,  bozorning  har  bir  ishtirokchisi  narxni  qanday  bo`lsa 

shundayligicha qabul qilishga majbur. 

Ammo,  barcha  tovar  va  xizmatlar  ham  raqobatdosh  bozor  sharoitda 

sotilmaydi.  Ba’zi  bozorlarda  faqat  bitta  sotuvchi  mavjud  va  u  narxni  aniqlaydi. 

Bunday sotuvchi monopolist deb nomlanadi. Misol uchun, sizning mahalliy kabel 

telekompaniyasi  monopolist  bo`lishi  mumkin.  Sizning  shahringizda  istiqomat 

qiluvchilar  shu  xizmatni  taqdim  qiladigan  faqat  bitta  kabel  telekompaniyasi 

mavjud  bo`lgani  uchun  uni  tanlashlari  mumkin.  Lekin  boshqa  bozorlar  mutlaqo 

raqobatdosh bozor va monopoliya orasida joylashgan. 

Dunyo bozorlari ko`p ko`rinishga ega bo`lganiga qaramay, barcha bozorlarni 

mutlaqo  raqobatdosh  bozor  deb  hisoblash  qulay  soddalashtirishdir.  Mutlaqo 

raqobatdosh bozorni tahlil qilish osondir, chunki uning har bir ishtirokchisi bozor 

sharoitida  narxni  qanday  shakllashtirsa,  shunday  qabul  qiladi.  Shuni  aytib  o`tish 

lozimki, har bir bozorni qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa bo`ladi, shu 

yo`lda biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni o`rganishdan kelib chiqqan 

xulosalarni murakkabroq bozorlarga ham qo`llashimiz mumkin.

  

 

3.2.Talab 



Biz bozorlarni o`rganishni xaridorlarning o`zini tutishini o`rganib chiqishdan 

boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz. 



25 

 

Talab egri chizig’i: narx va talab miqdorining o`zaro bog’liqligi 

Har  bir  tovarni  talab  miqdori  –  bu  xaridorlar  xohlagan  va    sotib  olishi 

mumkin  bo`lgan  tovarlar  sonidir.  Biz  ko`rishimiz  mumkinki,  talab  miqdori  ko`p 

omillar  bilan  aniqlanadi,  ammo  bozor  ishlashini  tahlil  qilganda  shuni  bilishimiz 

mumkinki  faqat  bitta  omil  –  tovarning  narxi  hal  qiluvchi  o`rin  tutadi.  Agar  bitta 

pufakning narxi 20$ gacha ko`tarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar 

pufakning narxi 0.20$gacha tushib ketsa, siz ko`proq pufakchalarni xarid qilasiz. 

Iqtisodiyotda  ko`p  tovarlar  uchun  narx  va  talab  miqdorining  o`zaro  munosabati 

haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb 

ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi ko`tarilsa unga bo`lgan talab 

miqdori  kamayadi,  va  aksincha  tovarning  narxi  tushganda  unga  bo`lgan  talab 

miqdori ko`payadi. 

 

 



Birinchi  rasmda  Katerina  har oyda nechta  muzqaymoq va qanday narxda 

sotib  olishi  ko`rsatilgan.  Agar  muzqaymoq  tekin  bo`lsa,  Katerina  oyiga  12  ta 

muzqaymoq  yeydi.  Muzqaymoqning  narxi  0.50$  bo`lsa,  Katerina  oyiga  10ta 

muzqaymoq  iste’mol  qiladi.  Narxni  ko`tarilishiga  qaragan  holda  u  borgan  sari 

kam  muzqaymoq  sotib  oladi.  Narx  3.00$  yetgan  zahoti  Katerina  muzqaymoqni 

xarid qilishni to`xtatadi. Bu rasm  talab  grafigini, ya’ni boshqa omillar ta’sirida 

bo`lmagan tovarning narxi va talab miqdori o`zaro munosabatini ko`rsatadi. 

Birinchi  rasmda  talab  qonunini  namoyon  qilish  uchun  jadvaldan  olingan 

sonlar  ishlatiladi.  Shartli  ravishda,  muzqaymoq  narxi  vertikal  o`qida  ko`rsatiladi, 

talab  miqdori  esa  gorizontal  o`qida  ko`rsatiladi.  Pastga  qarab  ketayotgan  chiziq 



Muzqaymoq 

narxi 

Rasm 

Talab egri chizig’i 

Muzqaymoq 

miqdori 

Talab qilingan 

miqdorning ortishi 

Talab  grafigi  –  bu  har  bir  narxda  bo’lgan  talabning  hajmini  ko’rsatuvchi  jadval.  Talab 

egri  chizig’i  narxning  o’zgarishidagi  talabning  hajmi  o’zgarishini  ko’rsatadi.  Past  narx 

talabning  hajmini  ko’payishiga  olib  keladi,  demak  talab  egri  chizig’i  pastga  qarab 

ketadi.

 

Muzqaymoq 



narxi 

Muzqaymoq 

miqdori 

Talab grafigi va talab 

egri chizig’i 

Narxning 

tushishi 


26 

 

narxni va talab miqdorini o`zaro bog’laydi va u talab egri chizig’i deb nomlanadi. 



 

Bozor talabi individual talabga qarshi 

Birinchi rasmda talab egri chizig’i mahsulotga bo`lgan individual talabni aks 

ettiradi. Tahlil uchun biz bozor talabiga, ya’ni aniq bir tovar yoki xizmatga bo`lgan 

individual talablarning yig’indisiga ta’rif berishimiz kerak.  

 

Ikkinchi  rasmdagi  jadvalda  shu  bozorning  ikkita  sub’ekti;  Katerina  va 



Nikolasning muzqaymoqqa bo`lgan talabi ko`rsatilgan. Katerinaning talab grafigi u 

aniq  bir  narxdagi  muzqaymoqni  qaysi  miqdorda  xarid  qilishini  ko`rsatadi. 

Nikolasning talab grafigi esa u qancha muzqaymoqni sotib olishini ko`rsatadi. Har 

bir narxdagi bozor talabi ikkita sub’ektning talabini yig’indisini ifodalaydi. 

Ikkinchi  rasmdagi  grafikda  shu  ikkita  talab  grafikiga  tegishli  egri  chiziq 

ko`rsatilgan.  Shunga  e’tibor  beringi,  bozor  talabi  egri  chiziqini  olish  uchun  biz 

gorizontal holatda individual talabni ja’mini olamiz. Ya’ni, har bir narxda bo`lgan 

umumiy talab miqdorini olish uchun biz xar bir individual talab egri chizig’ining 

gorizontal  o`qida  joylashgan  yakka  ko`rsatkichlarni  jamlaymiz.  Bizni  bozorning 

ishlashini  tahlil  qilish  qiziqtirgani  uchun,  biz  ko`pincha  bozor  talabining  egri 

chizig’i  bilan  ishlaymiz.  Bozor  talabining  egri  chizig’i  tovarga  bo`lgan  umumiy 

talab  miqdori  narxlar  o`zgarishi  va  boshqa  doimiy  sharoitlardagi  o`zgarishini 

ko`rsatadi. 

Rasm 

Muzqay 

moq narxi 

Muzqay 

moq narxi 

Muzqay 

moq narxi 

Muzqaymoq miqdori 

Muzqaymoq miqdori 

Muzqaymoq miqdori 

 

 



Muzqaymoq 

narxi 


Katerina 

Nikolas 


Bozor 

Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin