Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Naflik 

darajasi 

Daromad 

6



68 

58 

50 

40 

115 

 

 



 

 

 

8.1-rasm. Tavakkalchilikka moyil bo`lmagan holat

 

O`rtacha  qiymatga  nisbatan  cheklanishlar  bir-biri  bilan  qisqarib,  umumiy 

chetlanishlar nolga teng bo`lgani uchun ham ushbu chetlanishlar uni qiziqtirmaydi. 

Tavakkalchilikka  befarqlik  koordinata  boshidan  chiqadigan  to`g’ri  chiziq  sifatida 

ifodalanishi mumkin (8.2-rasm). 

Daromadning bir tekisda o`zgarishi umumiy naflikni to`g’ri chiziq bo`yicha 

o`sishga olib keladi. 

Tavakkalchilikka  moyil  bo`lgan  inson,  shunday  inson  hisoblanadiki, 

kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga ko`ra tavakkalchilik bilan 

bog’liq natijani ustun ko`radi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

8.2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik

Tavakkalchilikka  qiziqadigan  inson  undan  bahra  oladi.  Bunday  turdagi 

insonlarga  o`z  taqdirini  sinab  ko`rishdan  bahramand  bo`lish  uchun  barqaror 

daromaddan  voz  kecha  oladigan  insonlar  kiradi.  Ular  yutish  ehtimoliga  yuqori 

baho  berib  yuboradilar.  Tavakkalchilikka  moyillik  grafigi  keskin  sur’atda  ortib 

borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm). 

 

 

 



Umumiy 

naflik 

Daromad 

(ming so’m) 

40 

25 

11 



Umumiy 

naflik 

Daromad 

(ming so’m

80 

60 

40 

20 

40 

30 

20 

10 

116 

 

 



 

 

 

 

8.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik. 

Hayotda  va  umuman  barcha  bozor  sub’ektlari  tavakkalchilikni  e’tiborga 

oladi.  Ko`chalardagi,  bozorlardagi  har  xil  firibgarlar  tavakkalchilikka  moyil 

insonlar  hisobidan  boylik  orttirsa,  sug’urta  kompaniyalari  tavakkalchilikka  moyil 

bo`lmagan insonlarni yo`qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar. 

 

8.3. Tavakkalchilikni (yo`qotishlarni) pasaytirish 

 

Tavakkalchilikni  pasaytirishning  quyidagi  turlari  mavjud:  diversifikatsiya, 

sug’urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash. 

Diversifikatsiya  usulida  tavakkalchilik  bir  necha  tovarlarga  taqsimlanadi, 

ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog’liq bo`lishi 

boshqa  bir  tovarni  sotishdan  (sotib  olishdan)  bo`ladigan  tavakkalchilikni 

kamaytirishga olib keladi. 

Masalan,  biror  firma  ikki  xil  mahsulot  ishlab  chiqaradi.  Ma’lumki,  bir 

vaqtning o`zida ikkala mahsulot turiga bo`lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, 

ulardan bittasiga bo`lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko`p hollarda 

bir  turdagi  mahsulotga  bo`lgan  talab  kamayganda  ikkinchi  turdagi  mahsulotga 

bo`lgan  talab  oshadi.  quyidagi  4-jadvalda  ikki  turdagi  mahsulotdan  olinadigan 

daromadlar keltirilgan. 

 

 

8.4- Jadval 

Tovarlarni sotishdan tushgan daromad. 

Tovarlar turi 

Yoz fasli 

Qish fasli 

1-tur (muzqaymoq) 

6 mln. so`m 

1 mln. so`m 

2-tur (issiq choy) 

1 mln. so`m 

6 mln. so`m 


117 

 

Firma  o`z  ishlab  chiqarishini  diversifikatsiya  qilib  yoz  oyida  ikkinchi  tur 



tovar  hisobidan  yo`qotadigan  daromadini  birinchi  tur  tovarni  ko`proq  sotish 

hisobidan  qoplaydi.  Xuddi  shunday  qish  faslidagi  yo`qotishlar  ikkinchi  tovar 

hisobidan  qoplanadi.  Ko`rinib  turibdiki  firma  diversifikatsiya  yo`li  bilan 

tavakkalchilikni  kamaytirdi.  Lekin,  diversifikatsiya  tavakkalchilikni  to`liq 

yo`qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos. 

Tavakkalchiliklarni  qo`shish  -  ushbu  usul  tasodifiy  yo`qotishlarni 

o`zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. 

Ma’lumki, mulkning o`g’irlanishi, shaxsning kasal bo`lib ishga chiqmasligi, tabiiy 

ofatlarning  bo`lishi  tasodifiy  bo`lib  ular  juda  katta  xarajatlarga  olib  kelishi 

mumkin.  Ushbu  noxush  hodisalarning  oqibatlarini  kamaytirishda  sug’urtaning 

ahamiyati katta.  

O`zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko`pgina insonlar o`z hayotlarini, mulkini 

sug’urtalaydilar.  Sug’urta  ishlarini  yo`lga  qo`yish  uchun  respublikada  maxsus 

qonunlar  ishlab  chiqilgan  va  bir  qator  davlat  va  nodavlat  sug’urtalash  firmalari 

faoliyat ko`rsatmoqda. 

Sug’urtalashda  tavakkalchilikni  qo`shish  samaradorligi  shu  bilan 

belgilanadiki,  sug’urtalangan  shaxslarning  tavakkalchiligi  bir-biriga  bog’liq 

bo`lmasligi kerak. 

Tavakkalchilikni  taqsimlash  -  ushbu  usulga  ko`ra  zarar  kыrish  ehtimoli 

bilan  bog’liq  bo`lgan  tavakkalchilik  bilan  qatnashuvchi  sub’ektlar  o`rtasida 

shunday  taqsimlanadiki,  oqibatda  har  bir  sub’ektning  kutiladigan  yo`qotishi 

nisbatan kichik bo`ladi. 

Ushbu  usuldan  foydalangan  holda  yirik  moliya  kompaniyalari  katta 

masshtabdagi  loyihalarni  va  ilmiy  izlanishlarni  tavakkalchilikdan  qo`rqmasdan 

moliyalashtiradilar. 

Axborot  bilan  ta’minlash  ham  tavakkalchilikni  kamaytiradi.  Nima  uchun 

deganda,  axborotning  etishmasligi  noto`g’ri  qaror  qabul  qilishga  olib  keladi. 

Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo`lib, uni olish uchun haq 

to`lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog’liq, ba’zi axborotlar nihoyatda 

qimmat turadi. SHuning uchun ham kerakli bo`lgan axborotdan qancha olish kerak 

deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko`rish kerak bo`ladi.

10

 



 

8.4. Asimmetrik axborotlashgan bozor.

11

 

 

“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashxur 



                                                           

10

 



B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU, 108-114

 

11



 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 

7 e.) kitobining XXII bobi asosida tayyorlangan 483-501 bet. 



118 

 

xazil,  shu  bilan  birga  uning  tagida    odamlar  ba’zida  o`zaro  qanday  muomalada 



bo`lishlarini  ko`rsatuvchi  haqiqat  bor.  Hayotda  ko`pincha  bir  odam  atrofda  nima 

bo`layotganini boshqasidan ko`ra ko`proq biladi. Hozirgi hodisaga ta’luqli bo`lgan 

turlicha bilimlar farqi axborot asimmetriasi deyiladi. 

Misollar.  Ishchi  o`z  ish  beruvchisiga  qaraganda  o`z  ishiga  qancha  kuch 

ketishini  ko`proq  biladi.  Ishlatilgan  mashina  egasi  xaridorga  qaraganda 

mashinaning holati haqida ko`proq ma’lumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga 

misol  bo`lsa,  ikkinchisi  yashirin  tavsifga  misol  bo`la  oladi.  Ikkala  holatda  ham 

ma’lumotga  ega  bo`lmagan  taraf  (ish  beruvchi,  xaridor)  haqiqiy  ma’lumotni 

bilmoqchi, lekin unga ega bo`lgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatni bir 

qismini berkitishi mumkin. 



Assimetrik  axborot  juda  keng  tarqalgani  sababli  iqtisodchilar  yaqin  o`n 

yilliklarda uning  ta’sirini o`rganish uchun juda ko`p kuch  sarflashdi. Asimmetrik 

axborot  -  bu  shunday  holatki,  bozordagi  bozor  sub’ektlari  o`rtasida  bo`ladigan 

savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa 

ega emas.  

Bozordagi  tovarlarni  taqsimlanishi  optimal  bo`lishi  tovarlar  narxi  va  tovar 

to`g’risida qanchalik to`g’ri axborot berishi bilan bog’liq. Raqobatlashgan bozorni 

qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va 

sotib oluvchilar axborot bilan to`liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday 

holatda  narxlar  sotiladigan  ne’matlarning  al’ternativ  xarajatlari  to`g’risida  to`liq 

axborot  beradi.  Aniq  va  to`liq  axborotning  bo`lishi  bozordagi  ne’matlarning 

optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. 

Sotuvchilar  o`z  tovarlari  sifatini  yaxshi  bilsada,  ushbu  axborotni  xaridordan 

yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o`zlarining bozordagi hatti-harakatlarini 

yashirib, har xil yo`l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat 

qiladi. Bozor narxi o`zida juda ko`p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni 

bozor  qatnashchilari  qancha  to`liq  bilsa,  savdo-sotiq  ikki  tomon  uchun  shuncha 

samarali  bo`ladi,  ya’ni  ikki  tomon  ham  maksimal  foyda  ko`radi.  Yuqoridagidan 

kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  bozorda  axborotlar  asimmetrik  (to`liq) 

bo`lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham etarli darajada mukammal emas. 

Haqiqattan  2001  yil  iqtisod  sohasida  Nobel  mukofoti  sovrindorlari  bo`lgan 

uchta  iqtisodchi  (Jorj  Akerlof,  Maykl  Spens  va  Jo`zef  Stiglitz)  larga  aynan  shu 

yo`nalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar 

ochib bergan ba’zi tushunchalarni ko`rib chiqamiz. 



Yashirin faoliyat: printsipal-agent, agent va ma’naviy tavakkalchilik 

Ma’naviy tavakkalchilik bu muammo bo`lib, u agent deb atalgan bir shaxs 

printsipal-agent  deb  atalgan  boshqa  bir  shaxsning  topshirig`ini  bajarishida 

vujudga keladi. Agar printsipal-agent agentning hatti-harakatini to`liq nazorat qila 

olmasa,  u  holda  agent  printsipal-agent  o`ylaganidan  ko`ra  kamroq  samara  bilan 

ishlaydi.  Ma’naviy  tavakkalchilik  bu  tavakkal  yoki  “havf”  bo`lib,  unda  agent 



119 

 

noto`g`ri  yoki  ahloqsiz  hatti  harakat  qiladi.  Bunday  holatlarda  printsipal-agent 



koproq  ma’suliyat  bilan  ishga  yondashishi  uchun  xar  xil  rag’batlantirishlardan 

foydalanadi. 

Ish  bilan  bandlik  munosabatlari  klassik  misoldir.  Printsipal-agent  bu  ish 

beruvchi,  agent  bu  ishchi.  Ahloqiy  havf  muammosi  bu  yaxshi  nazorat  ostida 

bo`lmagan ishchining o`z javobgarligidagi ishdan qochishi. Ish beruvchilar bunga 

turlicha javob qaytarishlari mumkin: 

 Yaxshiroq  nazorat  qilish.  Ota  onalar  yonlangan  enagalarni  ular  yo`qligida 

bolalariga  munosabatini  ko`rish  uchun  uyga  yashirin  kameralar  o`rnatishadi. 

Maqsad ma’suliyatsiz munosabatni tutish. 

 Yuqori darajadagi oylik. Ish xaqi samaradorligi nazariyasiga ko`ra, ba’zi ish 

beruvchilar o`z ishchilariga oylikni mehnat bozoridagi narxdan yuqoriroq to`lashni 

afzal  deb  bilishadi.  Oddiy  darajadan  yuqoriroq  oylik  oladigan  ishchi  o`z  ishidan 

noto`g’ri  yo`lda  foydalanishi  kamroq  ehtimolda,  chunki  agar  u  qo`lga  tushsa  va 

haydalsa u qayta bunday oylik to`lanadigan joy topa olmasligi mumkun. 

Ish  beruvchi  ahloqiy  havf  kamaytirish  uchun  ushbu  yo`llardan  istaganini 

tanlashi mumkin. 



Mahsulot  sifati  noaniqligi.  Avtomobil  va  sug’urta    bozoridagi 

asimmetrik axborot.  Faraz qilaylik, bozorda foydalanilgan avtomobillar sotiladi. 

Faraz  qilaylik,  mashinaning  holati  (sifati)  o`rtacha  holatdan  yuqori  bo`lsa  yaxshi 

avtomobil,  past  bo`lsa  -  yomon  avtimobil  (ushbu  masalani  1970  yilda  birinchi 

bo`lib amerikalik olim A.Akerlof o`rgangan). Yaxshi avtomobillarning narxi 3000 

doll. Agar bozorda ikkala kategoriyadagi avtomobillar soni bir-biriga teng bo`lsa, 

avtomobilning o`rtacha narxi 2000 doll. bo`ladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni 

ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga teng. 

Biroq sotuvchilar o`zlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar 

bunday  axborotga  ega  emaslar.  Yaxshi  mashina  sotuvchilarni  2000  doll.  narx 

qanoatlantirmaydi.  Yomon  mashina  sotuvchilarni  esa  2000  doll.  narx 

qanoatlantiradi va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.  

Bozorda  asimmetrik  axborot  bo`lgan  sharoitda  avtomobil  bozoridagi  narx 

avtomobil  sifati  to`g’risida  to`liq  axborotni  bermaydi,  natijada  bozordagi  savdo-

sotiqlarni  noratsional  bo`lishiga  olib  keladi.  Yaxshi  avtomobil  egalari  o`z 

avtomobillarini  2000  doll.da  sotishdan  voz  kechadilar.  Oqibatda  yaxshi 

avtomobillar  taklifi  kamayadi.  Yomon  avtomobillar  narxi  yuqori  bo`lgan  uchun, 

ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan 

nolga tushib ketadi. 



Sug’urtalash  bozori.  Sug’urtalash  bozorida  ham  avtomobillar  bozoridagi 

holatni  kuzatish  mumkin.  Sug’urta  qilinadigan  shaxs  o`zining  sug’urta  ob’ekti 

to`g’risida  sug’urtalovchiga  qaraganda  ko`proq  axborotga  ega.  Shuning  uchun 

ham,  bu  erda  zaifroq,  sog’lig’i  yaxshi  bo`lmagan  shaxslar  ko`proq  sug’urta 

kompaniyasi  xizmatidan  foydalanishga  harakat  qiladilar.  Ushbu  holat  sug’urta 


120 

 

kompaniyalarini sug’urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug’urta narxi o`z 



navbatida  sog’ligi  yaxshi  bo`lgan  shaxslarni  sug’urtalashga  bormasligini 

kuchaytiradi. 

Ma’naviy  tavakkalchilik  (yo`qotish)  -  yo`qotishlar  sug’urta  kompaniyasi 

tomonidan  to`liq  qoplanishiga  ishonib  vujudga  kelishi  mumkin  bo`lgan 

yo`qotishlar  ehtimolini  ongli  ravishda  oshirishga  intiluvchi  shaxslarning  hatti-

harakati. 

Insonlar  o`z  hayotini,  mulkini  sug’urtalagandan  keyin,  o`zining  hayotiga, 

mulkining 

saqlanishiga 

ko`pincha 

befarq 

qaray 


boshlaydilar. 

Ular 


sug’urtalashgacha  qilinadigan  ehtiyot-choralarni  bajarmay  qo`yadilar.  Bunday 

holat  tavakkalchilikni  kuchaytiradi  va  inson  o`zini  sug’urta  qilgan  voqea-

hodisalarning sodir bo`lish ehtimolini oshishiga olib keladi. 

Ba’zi  bir  nopok  insonlar  yuqori  sug’urta  haqi  olish  maqsadida,  ongli 

ravishda o`zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o`z 

qarindoshlarini o`ldirishgacha boradilar. 

Ma’naviy yo`qotishlarni quyidagi yo`llar orqali kamaytirish mumkin: 

 sug’urtalanadigan  shaxslarni  yaxshiroq  tekshirish,  mijozlarni  yo`qotishlari 



bo`yicha klassifikatsiya qilish asosida sug’urta badalini differentsiatsiyalash (ya’ni, 

yo`qotishi yuqori bo`lgan shaxs uchun yuqori sug’urta badali belgilash); 

 yuqori  yo`qotishga  ega  bo`ladigan  shaxslar  bilan  sug’urta  shartnomasini 



tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar); 

 yo`qotishni qisman qoplash sharti bilan sug’urtalash. 



Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo`qotish yo`llari. 

Bozor  signallari.  Bozorda  sotiladigan  tovar  to`g’risida,  tovarni  ishlab 

chiqaruvchi firmaning nomi to`g’risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, 

firmaning  obro`i,  tovar  sifati  va  kafolati  to`g’risidagi  axborotlar  bozor  signallari 

bo`lib  xizmat  qiladi  va  bu  signallar  tovar  sotib  olishdagi  tavakkalchilikni 

kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo`lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot 

ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo`lsa, siz mahsulotni yo`qotishsiz sotib 

olasiz. 

Firmalar  xaridorlar  ularda  yaxshi  sifatdagi  mahsulot  borligini  bilishi  uchun 

reklamaga mablag’ sariflashlari mumkin. 20  – bo`limda ko`rganimizdek talabalar 

ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oliy 

o`quv dargohlarini diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam 

kapitali  nazariyasidan  farq  qiladi.  Odam  kapitali  nazariyasida  diplom  mavjudligi 

odamning  qobiliyatlari  Mavjudligidan  emas,  balki  ish  mahsulligini  ko`rsatadi. 

Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha ko`rinishi mumkin biroq tashqi 

ko`rinish  ostida  ular  deyarli  bir  xil:  ikkala  misolda  ham  habardor  taraf  (firma, 

talaba),  habardor  bo`lmagan  tarafga  (xaridor,  ishga  oluvchi)  signal  orqali  ular 

yaxwi sifatli narsani taklif qilayotkanlari haqida habar berishmoqda.  


121 

 

Biror  bir  harakat  yaxshi  signalga  aylanishi  uchun  nima  kerak  bo`ladi?  U 



qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin bo`lganida hamma undan foydalanar 

va  u  hech  qanday  ma’lumotni  uzatmas  edi.  Huddi  shu  sababga  boshqa  bir  talab 

bor: yuqoriroq sifatli  mahsuloti bo`lgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori 

foydali bo`lishi kerak. O`zga holda barcha signalni ishlatishni hohlab qoladi va u 

hech narsani bildirmay qo`yadi. 

Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor ko`rib chiqamiz. Reklama holatida, 

sifatli  mahsuloti  bo`lgan  firma  reklamaga  pul  ketkazib  yanada  ko`proq  daromad 

ko`radi  chunki mahsulotni bir bor ishlatib ko`rgan iste’molchi uni yana sotib olishi 

ehtimoli  yuqoriroq.    Shuning  uchun  yaxshi  mahsulotga  ega  firmaga  signal 

(reklama)  uchun  mablag’  sarflash  foyda,  iste’molchiga  esa  signalni  mahsulotni 

sifati haqida habar beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak bo`ladi. Ta’lim 

misoliga  kelsak,  iqtidori  bor  odam  maktabni  bitirishi  osonroq  iqtidorsiz  odamga 

qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalni (ta’lim) narxini to`lash, ishga oluvchiga 

esa  bu  signalga  shaxsning  qobiliyatlari  haqida  ma’lumot  sifatida  qabul  qilish 

to`g’ri bo`ladi.  

Dunyo  signallarga  to`lib  ketgan.  Jurnallardagi  reklamalarda  ba’zida 

“televizorda ko`rganingizdek”  yozuvi bo`ladi.  Nega  jurnalda  reklamasi bor  firma 

bu  faktga  urg’u  bermoqchi  bo`ladi?  Bunga  sabab  korxona  qimmat  signaldan 

(televizorda)  foydalanayotgani  sizga  uning  mahsuloti  yuqori  sifatli  ekanligidan 

darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga ko`ra nufuzli maktablarni bitirganlar 

bu faktni o`z rezumelarida aks ettirishadi. 

 

                       Sovg’alar signallar o`rniga 

Bir  bola  o`z  yoqtirgan  qiziga  qanday  sovg’a  olishni  o`ylayapti.”bilaman” 

deydi  u  o`ziga,  “  men  unga  naqd  pul  beraman.  Uning  didini  o`zichalik  yaxshi 

bilmayman. Pulga esa o`zi hohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida 

qiz xafa bo`ladi. U meni sevmas ekan deb o`ylab, munosabatlarni tugatadi. 

Bu voqea orqasidagi iqtisod qanday? 

O`ylab qarasak sovg’a berish bu g’alati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek 

odamlar  o`z  didlarini  boshqalarnikiga  qaraganda  yaxshiroq  biladilar,  shuning 

uchun  biz  hammani  pulni  sovg’aning  bir  shakli  deb  qabul  qilishini  kutishimiz 

mumkin.  Agar  sizning  ish  beruvchingiz  oyligingizni  tovarlar  shaklida  berganida 

siz  bunga  qarshi  chiqardingiz.  Lekin  sizning  reaksiyangiz  sizni  (umid 

qilganingizdek) sevuchi odam shunday qilsa umuman boshqacha bo`ladi. 

Sovg’a  berishning  bir  talqini  u  o`zida  asimmetrik  ma’lumot  va  signalni 

saqlaganligidadir. Bizning misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi bo`lgan shaxsiy 

ma’lumoti  bor:  Haqiqattan  ham  u  qizni  sevadimi?  Qiz  uchun  yaxshi  sovg’a 

tanlashi bu uning signali. Sovg’a tanlash pul bergandan ko`ra signal bo`lish uchun 

to`g’riroq xarakteristikalarga  egaligi  aniq. U  qimmat  (vaqt oladi),  va uning narxi 

Keys stady 

 


122 

 

shaxsiy  ma’lumotga  asoslangan(qanchalik  sevishi).  Agar  yigit  haqiqattan  ham 



qizni sevsa to`g’ri sovg’a tanlash oson bo`ladi, chunki u qiz haqida ko`p o`ylaydi. 

Agar  uni  sevmasa  to`g’ri  sovg’a  tanlash  qiyinroq  bo`ladi.  Shunday  qilib  to`g’ri 

sovg’a  tanlash  uning  sevgisi  haqidagi  shaxsiy  ma’lumotini  izhor  etishning  bir 

yo`li. Pul berish esa u hatto sovg’a tanlashga harakat qilmaganini ko`rsatadi. 

Signal  nazariyasining  sovg’a  berish  bilan  bog’liqligini  yana  bir  kuzatuvi 

mavjud:  Odamlar  ta’sir  kuchi  muhim  bo`lgan  odatlar  haqida  ko`proq 

qayg’urishadi. Shunday ekan yigit yoki qizga pul berish odatda nomaqul harakat. 

Lekin kollej o`quvchilari ota onalaridan chek olganlarida ular kamdam kam xafa 

bo`lishadi.  Ota-ona  muhabbati  shubhada  bo`lishi  mumkin  emas  shuning  uchun 

qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi. 



Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish 

Xabardor  taraf  o`z  ma’lumotini  oshkor  etish  uchun  qilgan  harakati  signal 

berish  deyiladi.  Xabari  yo`q  bo`lgan  taraf  esa  ma’lumotni  bilish  uchun    qilgan 

harakati tekhirish deyiladi. 

Ba’zida  tekhirish  bu  oddiy  holat.  Ishlatilingan  mashinani  sotib  olayotgan 

shaxs  uni  avtomexanik  tomonidan  tekshirib  ko`rilishini  so`rashi  mumkin.  Bu 

talabni  rad  etgan  sotuvchi  o`z  shaxsiy  ma’lumoti,  ya’ni  uning  mashinasi  limon 

ekanligini  oshkor  etib  qo`yadi.  Xaridor  narxni  tushirishni  so`rashi  yoki  boshqa 

mashinani ko`rishni afzal deb bilishi mumkin. 

Tekhirishning boshqa  misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil sug’urtasi 

bilan  shug’ullanuvchi  tashkilotni  ko`raylik.  Tashkilot  ehtiyotkor  xaydovchilar 

uchun past narxdagi badal va tavakkal xaydovchilar uchun yuqori badal narxlarini 

o`rnatishni  xoxlaydi.  Lekin  ularni  qanday  ajratish  mumkin?  Xaydovchilar  ular 

ehtiyotkor  yoki  tavakkal  xaydovchiliglarini  bilishadi,  lekin  tavakkallari  buni  tan 

olishmaydi.  Xaydovchining  tarixi  bu  birqancha  ma’lumot  (sug’urta  kompanialari 

undan foydalanishadi) lekin avariyalarning tasodifiy sodir bo`lishini hisobga olgan 

holda xaydovchining tarixi kelajakdagi xatarlardan habar beruvchi yaxshi indikator 

emas. 


Sug’urta  kompaniyasi  ikki  xil  toifadagi  xaydovchilarni  ikki  xil  sug’urta 

shartlarini o`rnatib, xaydovchilarni o`zini ozi ajratishiga undashi mumkin. Birinchi 

sug’urta shartlari yuqori badalli bo`ladi lekin u avariyadan ko`rilgan zararni to`liq 

qoplab  beradi.  Boshqa  sug’urta  shartlari  esa  past  narxdagi  badalga  ega  bo`ladi 

lekin misol uchun $1000 franshizaga ega bo`ladi.(bu degani haydovchi zararning 

birinchi $1000 ni to`lashi kerak bo`ladi, tashkilot esa qolgan zararni to`lab beradi) 

E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha tashvish bo`ladi, 

chunki ular avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq. 

Shunday  ekan  yetarlicha  yuqori  franshiza  bor  biroq  past  narxdagi  badali 

bo`lgan  sug’urta  ehtiyotkor  haydovchilarni,  franshiza  bo`lmagan  lekin  yuqori 

narxdagi  badali  bo`lgan  sug’urta  tavakkal  haydovchilarni  qiziqtiradi.  Bu  ikki 


123 

 

sug’urta  shartlarini  ko`rib  chiqib  ikki  toifadagi  haydovchilar  o`zlarining  shaxsiy 



ma’lumotlarini qaror qabul qilib oshkor etadilar. 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin